scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH VA SOHADA INNOVATSIYALARNI QOʻLLASH JARAYONLARI

Jahongir Akramov

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiyalash jarayoni tavsiflangan. Bu borada muallif sohaga innovatsiyalarni jalb etish yoʻnalishida bir qancha xulosalarni keltirib chiqaradi.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 48 Annotatsiya Maqolada Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiyalash jarayoni tavsiflangan. Bu borada muallif sohaga innovatsiyalarni jalb etish yoʻnalishida bir qancha xulosalarni keltirib chiqaradi. Kalit so‘zlar: davlat boshqaruvi, ijro hokimiyati tizimi, mahalliy hokimiyat, modernizatsiya, innovatsiya, optimallashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi ijro hokimiyati tizimining quyi boʻgʻinini tashkil etuvchi mahalliy davlat hokimiyatini mustaqillik yillarida isloh qilish, ularning faoliyatini yaxshilash zarurati dolzarb masala boʻlib qoldi. Chunki Oʻzbekiston Respublikasida Sobiq ittifoqdan andoza olib joriy qilingan va uzok vaqtlar davomida ijro etuvchi, farmoyish beruvchi organ hisoblanib kelgan xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya komitetlari zamon talablariga umuman javob bermay qoʻygan edi. Ular partiya organlari kuchli taʼsiri ostida boʻlib, oʻzlari hech narsani mustaqil hal qila olmay qolgan edilar. Koʻrinib turganidek, yuqoridagi ushbu muammolarni maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligi holatida yechish mumkin emas edi. Bular, oʻz navbatida, mahalliy boshqaruv tizimini isloh qilishni Respublika rahbariyati oldiga dolzarb mavzu sifatida qoʻygan edi. Uzoq vaqt davomida mahalliy ijro organlari oʻzlariga berilgan muhim vazifalarni, iqtisodning rivojlanishiga rahbarlik qilish, madaniy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, mehnat va isteʼmol meʼyori ustidan nazorat olib borish, aholiga turli xizmatlar koʻrsatish, mulklarni, jamoat tartibini qoʻriqlash, tabiat resurslari va OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH VA SOHADA INNOVATSIYALARNI QOʻLLASH JARAYONLARI Jahongir Akramov, Oriental universiteti dotsenti v.b., s.f.f.d. (PhD) E-pochta: jahongir_u[email protected] Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 49 atrof-muhitni muhofaza etish va boshqa vazifalarni yetarli bajara olmadi. Ana shu sabablar mahalliy ijro organlarining yangi tizimini vujudga keltirishni taqozo etdi. Mahalliy hokimiyat organlarini isloh qilish, mahalliy boshqaruv idoralarining samarali faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammolarni hal qila olmaganligini eʼtirof etish zarur. Davlat hokimiyati idoralari bilan oʻzaro harakat nuqtai nazaridan gap mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishning oʻz vakolatlarining barqaror sohalarini shakllantirish, davlat hokimiyati darajalari oʻrtasidagi vakolatlarni taqsimlash muammosi, mahalliy boshqaruv idoralariga davlatning ayrim vakolatlarini taqdim etish, mahalliy boshqaruvning oʻz moliyaviy va iqtisodiy asosini shakllantirish hamda mahalliy byudjet uchun javobgarligini oshirish, mahalliy boshqarish idoralari ustidan davlat hokimiyati idoralarining nazorati, hokimiyatning mahalliy darajasiga norasmiy institutlarning taʼsiri toʻgʻrisida bormoqda. Bundan tashqari, mahalliy boshqarishning manfaatlarini mahalliy hokimiyat vakillaridan tashkil topgan, kengash idorasini yaratish yoʻli bilan toʻgʻridan toʻgʻri markaz darajasiga uzatishga imkon beruvchi mexanizmlarni ishlab chiqishi zarur. Mahalliy hokimiyat idoralarining ichki boshqaruvi aksariyat hollarda jamiyatimizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda boshqaruv qonunlari va qonuniyatlari asosidagi jiddiy tuzatishlarga muhtojdir. Mamlakatimizdagi butun jamoatchilik boshqaruvi tizimining asosiy qadriyati sifatidagi inson va uning manfaatlarini eʼtirof etish qaror topgan yangicha boshqaruv madaniyatini joriy etish va ommalashtirish zarur. Mahalliy hokimiyat organlarini professional kadrlar bilan taʼminlash muammosini hal qilish taqozo etilmoqda. Jamiyat va hokimiyat oʻzaro munosabati sohasi jiddiy oʻrganish va isloh qilishni taqozo etayotgan eng muhim yoʻnalishdir. Jamiyatda soʻzsiz boʻysunishga asoslangan siyosiy madaniyat koʻrsatmalarini bartaraf etish va sheriklik, teng huquqlilik, oshkoralik va shaffoflik asosida hokimiyat va jamiyat munosabatlarini Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 50 shakllantiruvchi yangicha dunyoqarash tamoyillari shakllantirilishi lozim. Mahalliy hokimiyat va jamiyatning oʻzaro munosabati jiddiy demokratlashtirishni taqozo etmoqda. Uning asosida fuqarolarning muayyan talablari oldida tizimning (mahalliy hokimiyatning) javobgarligini kafolotlovchi “boshqaruvning koʻrsatma beruvchi (retseptiv) modeli” joylashtirilishi lozim. Shu bois mahalliy boshqaruvning asosiy maqsadi jamiyat va ijtimoiy ahamiyatga ega manfaatlarga yoʻnaltirilishi lozim. Soʻnggi bir necha yil ichida Oʻzbekistondagi barcha darajadagi davlat boshqaruv organlari faoliyatiga yangiliklarni kiritish va ularni optimallashtirish dolzarb masalaga aylandi. Bugun xukumatning yuqori darajalarida Oʻzbekiston siyosiy tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha muloqot olib borilmoqda. Siyosiy boshqaruvning bunday tendensiyalari islohotlar jarayonida va mahalliy islohotni amalga oshirishning dastlabki natijalarini namoyish etayotgan mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimiga taʼsir qilmasligi mumkin emas. Boshqaruv jarayonini tashkil qilish va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish uchun vakolatlarini amalga oshirishda innovatsion asoslarga oʻtish mintaqaviy yoki markaziy hokimiyat organlariga qaraganda dolzarb muammo hisoblanadi. Bu Oʻzbekistonning barcha siyosiy tizimi va davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish sharoitida zarur qadamdir. Oʻzbekiston Respublikasi davlat rahbarligiga Sh.M.Mirziyoyev kelganidan soʻng dastlabki vaqtlardayoq mahalliy hokimliklar boshqaruv tuzilmasida islohotlar oʻtkazishga ilk harakatlar boshlandi. Jumladan, barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarida hokimning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, shuningdek, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy etildi [6]. Ushbu maʼmuriy-siyosiy islohot eng avvalo mahalliy hokimliklar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratildi. Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini optimallashtirish jarayoni birinchi navbatda siyosiy jarayondir. Bu mintaqaviy hokimiyat qarorining oddiy bajarilishi, saylov kampaniyasining elementi yoki tegishli xizmatlarning PR-harakati boʻlishi Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 51 mumkin emas. Haqiqiy optimallashtirish va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga eʼtibor uzoq va keng koʻlamli ishlarni talab qiladi. Zamonaviy ijtimoiy boshqaruvda demokratiya prinsipi asosiy hisoblanadi. Demokratiya - bu xalqni hokimiyatning yagona manbai, qonun jamiyat haayotining asosiy koʻrsatmasi sifatida tan olinishidan kelib chiqadigan faoliyat va munosabatlarni tashkil etish tizimidir. Ushbu tamoyilga rioya qilish jamiyatni boshqarishda demokratiyani amalga oshirishni nazarda tutadi, bunda barcha davlat va siyosiy tartibga solish fuqarolarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini, manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Bu borada yana bir muhim tamoyil departamentlashuv prinsipi boʻlib, u shahar boshqaruvida funksional (tarmoq) hududiy funksiyalarni birlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Bunday kombinatsiya amalga oshiriladigan transmilliy korporatsiyadan farqli oʻlarok, ushbu funksiyalarni shahar maʼmuriyatida konsolidatsiyalashni hisobga olish paritet asosida amalga oshirilishi kerak va shahar hokimiyati faoliyati davomida butun shahar aholisi manfaatlariga xizmat qilish uchun yagona mahalliy siyosatni amalga oshirishni taʼminlaydigan maxsus muassasalar – kollegiyalarni majburiy ajratishni oʻz ichiga oladi. Mahalliy hokimiyatda meʼyorlar va turmush darajalariga rioya qilish zarurati ijtimoiy ustuvorliklarni xususiy korxonalarda koʻprok namoyon boʻladigan iqtisodiy maqsadlarga imkon qadar yaqinlashtiradi. Bizning fikrimizcha, mahalliy hokimiyat organlarining siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy mustaqilligiga erishish Oʻzbekiston siyosiy tizimining zamonaviy rivojlanishi uchun asosiy maqsad boʻlmasligi kerak. Mahalliy hrokimiyat organlari, davlat boshqaruvi tizimining bir qismi boʻlib, oʻz mohiyatiga va funksional maqsadlariga koʻra umumiy davlat boshqaruv tizimiga birlashtirilgan. Chunki ular oʻz faoliyatini Oʻzbekiston hududida olib boradilar, demak, bu davlatning ichki va tashqi siyosatining umumiy davlat tamoyillari va yoʻnalishlariga zid boʻlmasligi mumkin. Ikkinchidan, ular mahalliy darajada davlat siyosatini amalga oshirish Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 52 boʻyicha davlat harakatlarining oʻziga xos agentlaridir. Mahalliy hokimiyatlarda jamiyat hayotining barcha sohalari davlat siyosat asosida rivojlanishi kerak, faqat shu mahalliy shakllanish doirasi bilan cheklangan. Shuningdek, viloyat, tuman, shahar hududida yashovchi va mahalliy hokimiyat organlari taʼsirini boshdan kechirayotgan odamlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlib, davlat himoyasida boʻlishadi, bu mahalliy hokimiyat organlariga maʼlum masʼuliyatni yuklaydi va ularni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va ularga rioya qilishga majbur qiladi. Shunday qilib, mahalliy hokimiyat organlarining muhim vazifasi – fuqarolarni oʻz faoliyatida ishtirok etishga jalb qilish, bu mahalliy boshqaruvning qonuniyligini taʼminlaydi va aholining unga boʻlgan ishonch darajasini oshiradi. Umuman olganda, mahalliy hokimiyat va jamiyat oʻrtasidagi samarali oʻzaro hamkorlik quyidagi qator vazifalarni hal kilish orqali osonlashadi: — mahalliy hokimiyat organlari faoliyati ochiq, kirish taʼminlaydigan aholi uchun shaffof va tushunarli boshqaruv jarayoni boʻlishi kerak; — mahalliy hokimiyat organlarini boshqarish masalalarini qayta koʻrib chiqish va jamiyatning oʻziga xos ehtiyojlariga moslashtirish zarur; — maxalliy hokimiyat boshkdruvni samarali rivojlantirish uchun byurokratik tizimni tubdan kdyta kurish talab etiladi; — mahalliy darajada, albatta, boshqarish va hal qilish kerak boʻlgan joylar va muammolarni doimiy ravishda kuzatib borish kerak; — mahalliy hokimiyat darajasida odatdagi aloqa usullarini asta-sekin aholiga imkon qadar yaqin boʻlgan aloqa jarayoniga aylantirish kerak; — mahalliy darajada boshqaruvning yangi usullarini joriy etish zarur, masalan, qonunchilik darajasida oʻrta muddatli va uzoq muddatli rejalashtirish tizimini, “yagona darcha” tizimini va Internet orqali mahalliy aholiga xizmat koʻrsatishni yanada kuchaytirish; Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 53 — mahalliy darajadagi huquqiy hujjatlarni qabul qilish tashabbusi va fuqarolarning manfaatlari asosida amalga oshirilishi kerak; — boshqaruv madaniyatini oʻzgartirish kerak, bu fuqarolarning tashabbuslari va gʻoyalarini harakatiga turtki sifatida qabul kilishni nazarda tutadi; — shaharlararo kooperatsiya va xalqaro shaxslararo tarmoqlarni rivojlantirish zarur; — mahalliy darajada hududiy jamoat oʻzini oʻzi boshqarish tizimini rivojlantirish, jamoat tinglovlari jarayonini isloh qilish, mahalliy referendumlar va soʻrovlarni tez-tez oʻtkazish zarur. Bizningcha, aholining siyosiy madaniyati oʻziga xosligi, mahalliy hokimiyatga ishonchsizlik darajasining yuqoriligi bois “yumshoq" usullari yordamida innovatsiyalarni joriy etish lozim. Boshqacha kilib aytganda, gap ijtimoiy hayotning barcha sohillarini rivojlantirishning mahalliy sharoitlariga innovatsiyalarni moslashtirish toʻgʻrisida bormoqda. Hokimiyatning mahalliy idoralari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish amaliyoti ularning mahalliy hamjamiyat manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishi tamoyiliga asoslanishi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdagi fuqarolar ishtiroki darajasi yuksalishiga imkon yaratishi, ijtimoiy kelishuvga, adolat, natijadorlik, shaffoflikka yoʻnaltirishi lozim. Mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatining natijalari mahalliy jamiyatning talablari, umidlariga imkon qadar mos kelishini mahalliy boshqaruvning samaradorligi, deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini baholashning bosh mezoni shunchaki iqtisodiy yuksalish emas, balki mahalliy hokimiyat faoliyatidan aholi, tadbirkorlik va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning qoniqishidir. “Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak”[1]. Mahalliy hokimiyat faoliyatiga innovatsiyalarni huquqiy mustahkamlash va joriy etish “mahalliy darajada qarorlar qabul qilish jarayonining oshkoraligi” Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 54 tamoyiliga ega boʻlishi lozim. Qabul qiladigan qarorlarni mahalliy darajada ijtimoiy muhokamadan oʻtkazish, bular haqida axborot olishning osonligi, hokimiyat vakillik idoralarining yigʻilishlarini va ishchi yigʻinlarni onlayn uzatish, qabul qilingan qarorlar natijasini ekspertlar baholashi shartligi ularni monitoringdan oʻtkazish va hokazolar zaruriy vositalarga aylanishi lozim. Joriy etilishi majburiy tusga ega boʻlgan nazorat tizimi mahalliy hokimiyat va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari faoliyatining samaradorligini taʼminlashda alohida ahamiyatga ega. Mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda markaziy davlat organlari mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda ish koʻrishi haqidagi qoida amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bunday nazorat tizimi hokimiyatning markaziy, mahalliy idoralari tomonidan nazorat, oʻz faoliyatini ichki oʻzi nazorat qilishi va monitoringi, jamoatchilik nazorati unsurlari muqarrar ravishda boʻlishi lozim. Nazorat qilish sohasi hokimiyatlarning taqsimlanishi tamoyili, mahalliy boshqaruv mustaqilligiga muvofiq belgilanishi hamda birinchi navbatda fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini himoyalashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – Toshkent: "Oʻzbekiston”, 2017. 50-bet. 2. Чориёров У. Бошқарув органлари ташкил этилиши ва фаолиятининг демократик қоидалари. Демократик давлат сари. -Т., 1993. 53-бет. 3. Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 51 -сон, 514-модда. 4. Ҳусанов О. Мустақиллик ва маҳаллий ҳокимият (ҳуқуқий, ташкилий масалалар ва муаммолар). -Т.: “Шарқ", 1996. 35-бет. 5. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 16-сон, 176-модда. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 55 6. Отабоев Ш. Ҳудудий бошқарув: қонунчилик асоси, муаммо ва ечимлар. // Жамият ва бошқарув. №4 (82), 2018. 130-бет.