scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TURKISTONLIK" MUHOJIRLARNING O'ZBEKISTON-SAUDIYA ARABISTON ALOQALARIGA QO'SHGAN HISSASI

Mamarajabov Bobir Normo'min o'g'li

Full text

255 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “TURKISTONLIK” MUHOJIRLARNING O‘ZBEKISTON-SAUDIYA ARABISTON ALOQALARIGA QO‘SHGAN HISSASI Mamarajabov Bobir Normo‘min o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Email:[email protected] https://orcid.org/0000-0003-2819-9237 https://doi.org/10.5281/zenodo.17734712 Annotatsiya: Ushbu maqola "Turkistonlik" muhojirlarning O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalariga qo‘shgan hissasi mavzusini yoritadi. Tadqiqot 1930-yillardan Gorbachyov davrigacha bo‘lgan sovet davrida xorijdagi o‘zbek diasporasi borligi haqida kam gapirilganini va inqilobdan so‘ng mamlakatni tark etgan turkistonliklarga "aksilinqilobiy" deb qaralganini ko‘rsatadi. Maqolada 1960-yillarning boshlarida Sovet hukumati tomonidan xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan harakatlar, xususan, "Chet ellar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar bog‘lash O‘zbekiston jamiyati" (UzODKS) hamda uning "Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqa bog‘lash bo‘limi" (keyinchalik komiteti) faoliyati tahlil qilingan. Kalit So‘zlar: Turkistonlik muhojirlar , O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalari , UzODKS (Chet ellar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar bog‘lash O‘zbekiston jamiyati), Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash bo‘limi/komiteti , "Oydin" gazetasi , Sovet targ‘iboti , Diaspora, 1930 yillardan Gorbachyov davrigacha bo‘lgan sovet tashviqotida xorijdagi o‘zbek diasporasi borligi haqida kam gapirilgan. Inqilobdan so‘ng yoki stalincha tozalashlarning ilk kunlaridanoq mamlakatni tark etgan turkistonliklar odatda “aksilinqilobiy, reaksion, vatan xoinlari” unsurlari sifatida ko‘rildi, ular haqida gapirish, ularni eslash, ular haqida tadqiqotlar olib borish taqiqlandi. Ular orasidan eng ko‘p uchraydigan ismlar dushmanlarning yetakchisi sifatida keltirigan. Surgunning boshidanoq sovet tuzumini qoralovchi turli tadbirlarda, xususan, Germaniya, Misr va Turkiyadagi bir qancha uyushmalar orqali tashkil etilgan qizg‘in intellektual faoliyat doirasida qatnashgan bu muhojirlarning borligini e’tiborsiz qoldirish uchun Sovet hokimiyatining ko‘p “uzrli sabablari” bor edi. 1 Ikkinchi jahon urushidan boshlab, sovet tuzumining surgundagi Turkiston jamoasiga nisbatan dushmanligi, ayniqsa, nemislar tomonidan asirga olingan qizil armiya askarlaridan xususan, turk etnik guruhlariga mansub (o‘zbeklar, qozoqlar, ozarbayjonlar va boshqalar) tashkil topgan “Turkiston legioni” polki tuzilganidan keyin yanada kuchaydi. Nemislarning maqsadi turkiy xalqlarni Sovet Ittifoqiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish va Turkiyani urushga jalb qilish edi. Germaniya mag‘lubiyatidan so‘ng, bu legionning omon qolgan a’zolari Germaniya va Turkiyada qolishdi, ular xorijdagi barcha o‘zbeklar, jumladan Saudiya Arabistoni o‘zbeklari bilan ham muhim aloqalar o‘rnatdilar. Ular orasida Valiy Qayumxon va Baymirza Hayitlar Saudiya Arabistonidagi o‘zbek jamiyati yetakchilari tomonidan taniqli va hurmatli shaxslar sifatida ko‘rilgan. 2 Sovet ittifoqida Stalin davri tugaganidan so‘ng boshlangan nisbiy darjadagi iliqlik va islohotlar davrida sovet hukumati xorijdagi vatandoshlarga nisbatan munosbataini qisman o‘zgartirdi. 1963 yil may oyida Xorijdagi vatandoshlar bilan madaniy aloqalar o‘rnatish Qo‘mitasi tashkil qilindi, undan avval esa 1955 yildan 1959 yilgacha “Vatanga qaytish uchun” qo‘mitasi va 1959 yildan 1962 yilgacha “Vatanga qaytish va vatandoshlar bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun” qo‘mitasi mavjud bo‘lgan edi. 1963 yilda tuzilgan Qo‘mita plenumi tomonidan tasdiqlanadigan o‘z nizomiga ega 1 Balci, B. (2003). The Uzbek Community in Saudi Arabia Between Assimilation and Renewed Identity the Role of the Hadj, Muslim Pilgrimage. Revue européenne des migrations internationales, . 19(3), 9-9. 2 2 Balci, B. (2003) 256 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘lgan jamoat tashkiloti sifatida ro‘yxatga olingan. “Vatan ovozi” gazetasi va “Vatan” jurnalini nashr etilgan, xorijga muntazam ravishda radioeshittirishlar uzatildi. Ittifoqdosh Respublikalarda, Estoniya, Latviya, Litva, Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonda ham xorijdagi vatandoshlar bilan madaniy aloqalar bo‘yicha respublika qo‘mitalari tashkil etilgan. 1958 yilda jamoatchilik orqali xalqaro aloqalarda ishtirok etish maqsadida maxsuslashtirilgan ommaviy ijtimoiy tashkilot – “Chet ellar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar bog‘lash O‘zbekiston jamiyati” (UzODKS) tuzildi. Ushbu jamiyat dunyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni ko‘zda tutgan edi. Jamiyat ishiga O‘zbekistonning ilg‘or ziyolilari, olimlari va mehnatkash xalq vakillari jalb etildi. Xorijdagi o‘zbeklardan bir qatorlari O‘zbekiston bilan aloqa o‘rnatish uchun ushbu uyushmaga murojaat qila boshladilar. “Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqa bog‘lash bo‘limi” 1960 yilda tashkil topdi va ushbu bo’lim ishini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Qori Niyoziy boshqardi 3 . 1963 yil 25 oktyabrda Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqalar o‘rnatish sovet komiteti plenumida bo‘lim boshlig‘i Toshmuhammad Qori Niyoziy ishtirok etib Kavkazorti, Boltiqbo‘yi respublikalaridagi tashkilotlar ish tajribasini o‘rgandi. Bo‘limning 1962 yildagi birinchi hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston jamoatchiligining chet ellardagi vatandoshlarimiz xayotiga qiziqishi bir tarafdan va chet ellardagi vatandoshlarimizning O‘zbekistonga kelish orzu-istaklari boshqa tarafdan sabab bo‘lib mazkur tashkilot tuzulganligi aytiladi. Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqa bog‘lash Jamiyatning asosiy vazifasi kapitalistik mamlakatlarda panox topib olgan o‘zbek muhojirlarining burjua millatchi tashkilotlari ta’siriga tushub qolishiga qarshi kurashish, ularni vatanfurushlikdan asrash, turli targ‘ibot materiallari orqali ularni sovet hukumati tarafiga og‘dirish bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. 4 1961-1963 yillarda Turkiya va turli sharq mamlakatlarida (Iordaniya, Iroq, Pokiston, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni)da yashagan Jo‘ra Qori Bo‘tako‘z, Saudiya Arabistonilik muhojir o‘zbek, tish kasalliklari doktori Mo‘minjon Andijoniy hamda tijoratchi Xurshidbek Toshkandiy bilan «Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash bo‘limi» prezidenti Toshmuhammad Qori Niyoziy va bo‘lim boshlig‘i Ziyo Aminovlar o‘rtasida doimiy maktubiy aloqalar bo‘lib turdi. O‘zaro maktub almashuvlari jarayonida «o‘zbek diasporasining ijtimoiy ahvoli, fikr-o‘ylari, istak va umidlari, ular muammolariga oid ancha ma’lumotlar to‘plandi» 5 . Sharq va G‘arbning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan muhojir o‘zbeklarning manzilgohlari haqidagi ma’lumotlar ham bir qadar aniqlandi. 6 “Chet ellardagi vatandoshlar bilan madaniy aloqa bog‘lash bo‘limi” ning 1968 yilda tayyorlangan hisobotida, jamiyatning xorijdagi vatandoshlar orasida axbarot targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi haqida ma’lumot berilgan. 1968 yilning sentyabr oyida “Oydin” nomli gazetaning 1100 nusxada birinchi soni chop etildi. Gazetaning 800 nusxasi SSSRning AQSh, GFR, Turkiya, Suriya, Livan, BAA, Hindiston, Pokiston, Iordaniyadagi elchixonalariga yuborildi. Shuni ta’kidlash kerak, Saudiya Arabistonidagi o‘zbek vatandoshlari uchun ma’lumotlar uchinchi davlatlar orqali yuborilgan, chunki sovet ittifoqi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalar yaxshi rivojlanmagan qolaversa jamiyatning mazkur mamlakatda doimiy hamkori bo‘lmagan. «Oydin» gazetasi mavjud bo’lgan 1968-1992 yillarda yuqori sifatga ega bo‘lgan dolzarb, muhojir o‘zbeklarni qiziqtiruvchi maqolalar e’lon qildi deb bo‘lmaydi. Tarixiy haqiqatni ochib 3 ЎЗМА, Р-2661-фонд, 1-рўйхат, 1738-иш, 75-76-варақлар. 4 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат,7-иш; 96-варақ 5 ЎЗМА, Р-2661-фонд, 1-рўйхат, 105-иш, 6-93-варақлар. 6 Ш.Ҳайитов. 170 б. 257 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc beradigan va O‘zbekistondagi mavjud bo‘lgan muammolar gazetada ko‘tarilmadi. Gazeta UzODKS, uning viloyat bo‘limlari faoliyati haqida xorijdagi o‘zbeklarga kengroq ma’lumot berishga yetarlicha e’tibor qaratmadi. O‘zbekistonda ta’lim olayotgan muhojir o‘zbek talabalari, aspirant va ilmiy xodimlari bilan bo‘lgan suhbat va maqolalar juda oz miqdorda e’lon qilindi. «Oydin» gazetasi o‘zbek milliy an’analarini targ‘ib qiluvchi minbarga aylanishi kerak edi. Afg‘oniston va Turkiyadagi muhojir o‘zbeklarning ma’lumoticha, gazeta taxlamlari aeroport va turli shaharlarning transport bekatlarida, elchixonalarda o‘z o‘quvchilariga yetib bormay qolib ketgan. Muhojir o‘zbeklar gazetaning «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas!», shiori o‘rniga «Ona yurting ozod bo‘lsa, xalq ko‘nglida armon bo‘lmas!» tarzida o‘zgartirilgan shior qo‘llashgan. Xullas, «Oydin» gazetasi o‘nlab xorij mamlakatlariga tarqalgan muhojir o‘zbeklarning keng qatlamlari orasiga kirib bora olmadi. Muhojir o‘zbeklarni «Oydin»ning o‘zbek madaniyati tarixi, adabiyoti va san’atiga oid maqolalari, xabarlari qiziqtirgan xolos. Xolbuki gazetada sovet davlati va siyosatini targ‘ib qiluvchi materiallar ko‘plab berilganligi uning mafkuraviy cheklanganligini ko‘rsatardi, shu bilan birga «Oydin» gazetasi sovet mafkurasi ta’sirida bo‘lsada, vatan judolik azobini boshidan o‘tkazgan ayrim muhojirlarga ruhiy madad va tasalli bergan, desak xato bo‘lmaydi. 7 Sho‘baning targ‘ibot va tashviqot ishlari doirasida xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida quyidagilar tarqatildi: “Sovet O‘zbekistoni bugun” axborot byulleteni o‘zbek va fors tillarida arab alifbosida 400 nusxada, o‘zbek tili darsliklari (alifbe va boshqalar) 20 nusxa, badiiy adabiyot 30 nusxa” "B.Hayitning uch qiyofasi” nomli targ‘ibot-tashviqot risolasi o‘zbek, rus, ingliz, fransuz va nemis tillarida 1200 nusxa. 8 “Vatan” jamiyatining 1970 yilda Makka va Riyoz shaharlarida yashovchi 5-10 nafar vatandosh bilan aloqa o‘rnatib hamkorlik qiladi. 9 1974 yildagi hisobotida “Vatan” jamiyati asosiy e’tiborini targ‘ibot va tashviqot materiallari tayyorlashga qartganligi ko‘rsatilgan unga ko‘ra “Sovet O‘zbekistoni bugun” byulleteni yillik tayyorlab borilgan u 6 tilda: rus, ingliz, fransuz, ispan, arab va fors tillarida, oylik tiraji 11 ming nusxada, yillik tiraji 142 ming nusxada chop etiladi. Qarorda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan ulkan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan maqolalar, yozishmalar, ocherklar, reportajlar, axborotlar, xronikal xabarlar va shu kabilar asosiy o‘rinni egalladi. 10 “Vatan” jmiyatining 1976 yildagi hisobotida Saudiya Arabistonidan 4 nafar vatandosh bilan aloqa o‘rnatganligi va 12 nusxada “Oydin” gazetasini yuborganligi ko’rsatilgan. 11 1978 yilda “Oydin” gazetasi tahririyati targ‘ibot materiallarni 4 ming nusxadan ortiq tayyorlab AQSh, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Suriya, Iordaniya va Afg‘onistonga yuborgan, hisobotlardan birida qayd qilinishicha Saudiya Arabistoni bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar mavjud bo‘lmaganligi sabab u yerdagi vatandoshlarga uchinchi mamlakatlardagi vatandoshlar orqali targ‘ibot materiallari yuborib turilgan. 12 Umumun «Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash bo‘limi», keyinchalik komiteti ko‘p sonli muhojir o‘zbeklar uchun ommaviy tashkilotga aylana olmadi. U har bir mamlakatda progressiv deb hisoblangan oz sonli muhojir o‘zbeklar bilan aloqalar o‘rnatgan edi. Jumladan, o‘zbek muhojirlari zich yashaydigan Turkiya Respublikasi shaharlaridagi bo‘lim bilan aloqa o‘rnatgan muhojir o‘zbeklar 7 Ш.Ҳайитов. Ўзбек муҳожирлиги тарихи (1917-1991 йиллар). – Т., 2008. 179-178 бб. 8 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 8-иш; 124-варақ 9 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 8-иш; 99-варақ 10 ЎЗМА, Р-2661-фонд, 1-рўйхат, 537-иш; 6-варақ 11 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 8-иш; 5-варақ 12 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 34-иш; 14-варақ 258 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Istanbulda 20-30 kishi, Adanada 15-20 kishi, Izmirda 5-10 kishi, Anqara va Oqshaharda 2-3 kishidan oshmasdi. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod va Makka shaharlarida 5-10 kishi, Pokistonning Karachi shahridan bor-yo‘g‘i 2-3 kishi bo‘lim bilan doimiy maktubiy aloqalarda bo‘lgandi, xolos 13 . 1990 yilda “Vatan” jamiyati dunyoning barcha besh qit’asida joylashgan 16 mamlakat: Avstraliya, Avstriya, Afg‘oniston, Gollandiya, Misr, Iordaniya, Eron, Italiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Suriya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi va Shvesiyadagi chet eldagi vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qoldi. 1989 yil davomida Jamiyat 7 ta mamlakatdan 109 nafar vatandoshni qabul qildi. Ularning 54 nafari Saudiya Arabistonidan, 21 nafari Afg‘onistondan, 14 nafari XXRning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidan, AQShdan va Turkiyadan 8 nafardan, GFR va Gollandiyadan 2 nafardan edi. Shu bilan birga “Vatan” jamiyati orqali chet elga 17 kishi jo‘nab ketdi. Ulardan 5 nafari Turkiyaga, 4 nafari Afg‘onistonga, ilk bor 2 nafari Saudiya Arabistoniga, hamda Avstraliya, AQSh, Angliya va Hindistonga bittadan kishi tashrif buyurdi. 14 – deb ko‘rsatilgan jamiyatning 1990 yil hisobotida. “Vatan” jamiyati faoliyat doirasiga radio eshittirishlar tashkil qilish ham kirgan, dastlabki vaqtlarda ular cheklangan vaqtda va juda sifatsiz bir holatda bo‘lgan. Bu eshittirishlar turli rukunlardan tashkil topgan bo‘lib ulardan biri “Vatandoshlar maktubiga javob” nomi ostida efirga uzatilgan. Unda xorijda yashovchi vatandoshlarning O‘zbekistonda qolgan qarindoshlarini topib berish iltimosiga ko‘ra yozilgan xatlarga javoban ularning qarindoshlarini salom va istaklari radioto’lqin orqali uzatilgan. Misol uchun, 1961 yilda efirga uzatilgan ko‘rsatuvning hisobotida ArRiyod shahrida yashovchi, asli Toshkentda tug‘ulib keyinchalik Saudiya Arabistonga chiqib ketgan Xurshid Toshqandiy nomli vatandoshning xatiga javoban uning bir qancha qarindoshlari topiladi va ular radio to‘lqin orqali Ar-Riyodga, amakilari Xurshidaga salom yo‘llaydilar. 15 1962 yil Toif shahridan Jamiyat raisi Ziyo Aminga Jo‘ra Qori ismli vatandoshdan ham yo‘llanib jamiyat faoliyati va jamiyat bilan aloqa o‘rnatishdagi qiyinchiliklar xususan, saudiya hukumatining bunday shaxslarga nisbatan shubha bilan qarashi ularni “agent” sifatida gumonlashi kabi sabablar bilan Jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shishni istasa ham imkonsiz ekanligini yozadi. Shuningdek, u “mumkin bo‘lsa lutfan havo yo‘li bilan shu kitoblarni yuborib bering: “Muxokamatul Lug‘atayn”, “Hamsa”, “Mehrobdan chayon”, “O‘tgan kunlar”, “Devoni lug‘ati turk”, “Alpomish dostoni”, “Guro’g‘li dostoni”, “Hind ixtilolchilari” /pesa/, “Nasriddin afandi”, G‘afur G‘ulomning o‘zbekcha she’r majmuasi, Chustiyning she’r majmuasi, Hamza Hakimzodaning asarlaridan, ustoz Yunus Rajabiy bastalagan musiqa notasi, Mirtemirning she’r majmuasi, o‘zbek tarixi, muhtaram Qori Niyoziy xazratlari tuzgan o‘zbek madaniyati tarixi, Muso Oybekning boshqa asarlaridan, o‘zbek adabiyoti majmuasidan hammasi mumkin bo‘lmasa, ozroq yuboring.” – deb yozilgan. 16 Saudiya Arabistonidagi mavjud tizim taqazosi bilan bu yerdagi turkistonliklar hech bir uyushma yoki jurnal yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmagan biroq ular mamlakat tashqarisida panturkistik qarashlarning ta’sirida bo’lgan nashrlar bilan yaqindan hamkorlik qilish orqali o‘zlarini O‘rta Osiyoga – Turkistonga mansub ekanliklarini e’tirof etish bilan birga turk dunyosi bilan hamkorligini ko‘rsatar edi. Turkiya va Yevropada tashkil etilgan Turkiston diasporasi rahbarlari teztez Saudiya Arabistoniga, haj ziyorati yoki siyosiy topshiriqlar bilan borib turishar, ular Makka va Madinada vatandoshlari tomonidan yaxshi kutib olinar edi. 13 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 8-иш, 124-варақ. 14 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 91-иш; 7-варақ 15 ЎЗМА, Р-2822-фонд, 1-рўйхат, 85-иш; 29-варақ 16 ЎЗМА, Р-2661-фонд, 1-рўйхат, 105 - иш; 45-варақ 259 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xullas, O‘zbekiston bilan xorijdagi o‘zbeklar o‘tasidagi o‘zaro aloqalar tarixi 1960 yillarning boshlariga borib taqaladi. Qavm-qarindoshchilik va vatandoshlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda UzODKS huzurida “Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash bo‘limi”, 1973 yildan boshlab “Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash komiteti”, “Oydin” gazetasi, “Vatandosh” radiostansiyasi kabilarga asos solindi. Ushbu muassasalar orqali muhojir o‘zbeklar bilan O‘zbekiston munosabatlari tarixi boshlandi. Ular xorijdagi o‘zbeklar bilan hamkorlik qilishning turli-tuman usul va vositalaridan imkoni boricha foydalandilar. Muhojir o‘zbeklar yashayotgan mamlakatlar jug‘rofiyasi, ularning istak va intilishlari, dunyoda va ayrim olingan mamlakatlardagi soni, fuqarolik mavqei, ijtimoiy tarkibi kabilarni bilib olishda yuqoridagi muassasalar faoliyatining o‘ziga xos o‘rni bor qat’iy nazorat va maxsus ko‘rsatmalar asosida ish olib borgan mazkur tashkilotlar sovet mafkurasi ta’siridan chiqa olmadilar. Natijada ular xorijdagi o‘zbeklar uchun ishonchli va e’tiborga loyiq ommaviy rol o‘ynamadilar. Xulosa: Tadqiqot 1960-1990 yillarda sovet hukumati tomonidan tashkil etilgan "Chet ellar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar bog‘lash O‘zbekiston jamiyati" (UzODKS) hamda uning Vatandoshlar bilan aloqa bog‘lash bo‘limi faoliyatini tahlil qilish orqali, "Turkistonlik" muhojirlarning O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalariga bilvosita ta’sirini Muhojir o‘zbeklar bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1960-yillarning boshlariga borib taqaladi, ammo bu aloqalar sovet mafkurasi ta’siri ostida va ideologik maqsadlar (burjua millatchiligiga qarshi kurash)ga yo‘naltirilgan edi. Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi ko‘p sonli muhojirlar uchun UzODKS ommaviy ishonchli tashkilotga aylanmadi. Bo‘lim asosan Saudiya Arabistonining Makka va ArRiyod shaharlarida joylashgan 5-10 nafar progressiv deb hisoblangan vatandoshlar bilan cheklangan maktubiy aloqalarni saqlab qolgan. Saudiya Arabistoni Konteksti: Saudiya Arabistoni bilan aloqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uchinchi davlatlar orqali amalga oshirilgan. Saudiya tizimining muhojirlarga nisbatan shubha bilan qarashi aloqalarni o‘rnatishda qiyinchiliklar tug‘dirgan. "Oydin" gazetasi kabi targ‘ibot nashrlari sovet davlati siyosatini targ‘ib qilishdagi cheklanganligi sababli, muhojirlarning keng qatlamiga kirib bora olmadi. Shunga qaramay, 1989 yilda Saudiya Arabistonidan sezilarli sonli (54 nafar) vatandoshning O‘zbekistonga tashrif buyurishi, UzODKS faoliyatining qisman ijobiy natijasi sifatida ko‘rilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, Saudiya Arabistonidagi "Turkistonlik" muhojirlar O‘zbekiston bilan aloqalar o‘rnatishda bevosita rol o‘ynamagan, ammo Sovet O‘zbekistonining rasmiy tashkilotlari muhojirlarning oz bir qismi bilan ma’lumot va madaniy almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Bu aloqalar davrning mafkuraviy cheklovlari ostida yuzaga kelgan.