scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLUZIV TA'LIMMGA JALB QILINGAN BOLALAR IJTIMOIYLSHUV OMILLARI

Xudoynazarova Saida Oltmish qizi

Abstract

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil pedagogik-psixologik usullar va vositalari yoritib berilgan.

Full text

810 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 INKLUZIV TA’LIMMGA JALB QILINGAN BOLALAR IJTIMOIYLSHUV OMILLARI Xudoynazarova Saida Oltmish qizi Jizzax viloyati “Mirzacho‘l” tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassis psixologi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17734734 Annotatsiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil pedagogik-psixologik usullar va vositalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Bolalar, rivojlanish, inklyuzivlik, inklyuziv ta’lim, individuallik, pedagogik texnologiyalar, ro‘lli o‘yinlar moslashuv. Inklyuzivlik-inglizcha soʻz boʻlib, inclusifqoʻshish, birlashtirish ma’nolarini anglatadi. 811 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan oʻquvchilarni umumta’lim maktablarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib birgalikda oʻqitish jarayonini ifodalaydi. Inklyuziv ta’lim - barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual farqliligini inobatga olgan imkoniyatlarning holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir. Inklyuziv ta’lim boʻyicha xorijiy tajribalar tahlil qilinganda, masalan, Rossiya Federatsiyasida oʻqituvchini imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari “Umumta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kasbiy darajasini oshirishning kompleks dasturi”da (2014 y.) aks ettirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar ushbu kasbiy standart pedagogika ta’lim sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi malaka talablarini ishlab chiqishda asos sifatida qoʻllanilib kelinmoqda. Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir. Shuningdek, inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. 1 N.V.Borisova, S.A.Prushinskiy ta’kidlaydilarki, inklyuziv ta’lim tayanadigan ijtimoiy modelga koʻra, “nogironlikning sababi faqat kasallikning oʻzida emas, balki jamiyatdagi mavjud jismoniy (ijtimoiy tuzilmalar va tartiblarga doir) va tashkiliy (munosabatlarga doir) toʻsiqlar, stereotiplar va notoʻgʻri qarashlardir.” Ushbu olim o‘z fikrlari bilan inklyuziv sharoit yaratilishi nogironligi mavjud shaxslarning jamiyatda ishtiroki va o‘z faolligini namoyon qilish uchun imkoniyat yaratilishi haqida dozarb fikrlarini bildirgan. Darhaqiqat ushbu fikrlar ahamiyati va muhimligini hozirgi davrda o‘z tasdig‘ini topmoqda. S.V.Alexinaning fikricha, “inklyuziya - ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning birgalikda sifatli ta’lim olishga huquqlarini tan olish maqsadlarini tushunishning bir xil ma’noda boʻlishini nazarda tutuvchi ijtimoiy konsepsiya” hisoblanadi. Inklyuziv ta’limni eng umumiy tarzda ta’lim siyosati va amaliyotining umumiy ta’lim asoslariga eng koʻp darajada tegishli boʻlgan yangi istiqbolli strategik yoʻnalishi sifatida belgilanadi. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning xalqaro tajribasi uzoq muddatli izchil, uzluksiz, bosqichma-bosqich va kompleks yondashuv xususiyatiga ega strategiya sifatida 1960yillardan hozirgi kunlargacha amalga oshirilmoqda. N.N.Malofeyevaning fikricha, faqat shu bosqichlardan keyingina inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga tatbiq qilishga oʻtish amalga oshirildi. Inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayonida toʻsiqlarsiz muhitni tashkil qilish qiyinchiliklarigina: panduslar borligi, maktabning bir qavatli dizayni, umumiy foydalanish joylarini qayta jihozlash, shtatlar jadvaliga mutaxassis defektologlarni kiritishgina emas, balki “keng tarqalgan stereotiplar va notoʻgʻri tushunishlar, shu jumladan, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalarning integratsiyaga tayyorligi yoki rad etishidan iborat” ijtimoiy xususiyatli qiyinchiliklar ham mavjud. Shu munosabat bilan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga joriy qilish, birinchi navbatda, maktab jamoasi tomonidan inklyuziya qadriyatlarini tan olish, har bir bolani uning “boshlanishdagi” imkoniyatlaridan qat’iy nazar, rivojlanishga ehtiyojini amalga oshirish, 1 Pedagogik atamalar lug‘ati. – T.: “Fan”, 2008. –B.47. 812 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 individuallikni qoʻllab-quvvatlash zarurligini tushunish bilan bogʻliq ta’lim muaassasasining inklyuziv madaniyatini yaratishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar belgilandi. 2 Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarni sogʻlom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqitishni anglatadi. Inklyuziv ta’lim bir qator muhim tamoyillarga tayanilgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga bogʻliq emasligi prinsipi; har bir shaxsning his qilish va oʻylash layoqatiga egaligi prinsipi; har bir shaxsning muloqot qilish va tinglash huquqiga egaligi prinsipi; har bir shaxsning bir-biriga kerakliligi prinsipi; shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonining aniq hamkorlik asosida amalga oshirilishi prinsipi; har bir oʻquvchining oʻz tengdoshlarining qoʻllab-quvvatlovi va doʻstona munosabatlariga ehtiyojmandligi prinsipi; turli-tumanlik oʻquvchi hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishni ta’minlashi zarurligi prinsipi kabilar. Bolalik bosqichida inson psixologik-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi. Oʻsib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolani mustaqil, hech kimga qaram boʻlmagan holda hayot kechirishga tayyorlash omillaridir. Bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi (tiklash) va ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi)-bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi texnologiya va innovatsiyalarning paydo boʻlishi bilan tadrijiy rivojlanib boradigan bu nozik sohada professional yondashuvni talab qiladigan sermashaqqat mehnatdir. Bu sohaning takomillashuvida nogironligi boʻlgan bolalar boʻyicha idoralararo muhtoj bolalarning ijtimoiy moslashuvi holatini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini tiklash maqsadida «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim loyihasi» asosida ish yuritib kelinmoqda. Bunda, asosan, inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish koʻzda tutilmoqda. Alohida ta’limga ehtiyoji mavjud o‘quvchilar va ularning ota-onalarida kuzatiladigan emotsional charchoq, stress holatlarida psixologik xizmat ko‘rsatishda ‘‘Inson’’ markazlari psixologlari o‘rni alohida kasb etmoqda. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 813 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Natijada inklyuziv ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini, oʻziga xos imkoniyatlarini chuqurroq oʻrganish, u bilan bogʻliq muammolarni aniqlash, samaradorlik jihatlarini asoslab berish dolzarb ilmiy muammoga aylanmoqda. Chunki inklyuziv ta’lim usuli barcha bolalarning ruhiy jismoniy holatidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida toʻlaqonli ishtirok etishini ta’minlashga qulay imkoniyat yaratadi. Lekin ba’zan sogʻlom bolalar bilan nogiron bolalar orasidagi tafovut sezilib qolishi, nogiron bola oʻz tengdoshlariga qoʻshilmay, tortinishi, oʻz imkoniyatlaridan foydalana olmasligi sabab uyalib turishi, kamsitilishi, ayrimlari esa oilada haddan tashqari erka oʻstirilganligi tufayli qaysarlik, injiqlik qilishi kuzatiladiki, bunday sharoitda ta’lim amaliyoti va ta’lim xizmatlarini tashkillashtirishda oʻzgarishlar qilishga toʻgʻri keladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim jarayoni oʻziga xos murakkabliklarga ega ekanligini va shu sohada ishlaydigan oʻqituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari zimmasiga jiddiy talablar va mas’uliyatlar yuklashini oydinlashtiradi. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqitish jarayonida korreksion-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga oid bilimlarni egallashga, inklyuziv ta’lim jarayonida ijodiy izlanuvchanlik bilan yondashish, mulohazalar zanjirini mantiqiy qura olish, qiziqarli materialni tanlash, oʻrganilayotgan obyektlarning xossalarini isbotlash boʻyicha malakalar va koʻnikmalarni shakllantirishga, oʻz bilim va malakalarini mustaqil toʻldirib borish koʻnikmalarini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni qoʻllash ijobiy samara beradi. Inklyuziv ta’limda pedagogik texnologiyalarni qoʻllash jarayonida bolalarni oʻquv imkoniyatlari – bunda tahsil oluvchilarning yoshi, darslarga tayyorgarlik darajasi, jamoadagi oʻzaro munosabatlar, oʻz – oʻzini boshqarish qobiliyatlarini e’tiborga olish lozim. Inklyuziv ta’limda pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga binoan ta’lim metodlarini tanlashda yuqorida keltirilgan mezonlarga asoslangan holda oʻquv jarayonlarini toʻliq loyihalashtirish orqali tashkil etiladi va berilgan oʻquv materiallari mazmuni ular ongiga tez, oson singdirilishiga hamda ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga erishiladi. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishning va nutqiy muloqotni amalga oshirishda interfaol oʻyinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli oʻyinlar obyektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan oʻyinlar rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. Oʻyin bolalarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini hosil qilishda mashgʻulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq oʻyin tariqasida uyushtirishga e’tibor berilmoqda. Bolalar nutqini rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi usullarni qoʻllash muhim ahamiyatga ega. Bolalarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning soʻz boyligini oshirish va tafakkurini rivojlantirishda didaktik oʻyinlardan foydalanish mumkin. Bolalarga individual yondashib, mos topshiriq berish ularning qobiliyatini oʻstirishni ta’minlaydi. 3 Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki barcha bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. 3 Bespalko V. P. Pedagogika va ilg'or o'qitish texnologiyalari. M.: IRPO, 1996 yil. 814 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Inklyuziv sinfda o’qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo’llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Amirsaidova SH.M. “Maxsus pedagogika fani taraqqiyotida sharq mutafakkiri g‘oyalarining o‘rni va roli” . Ped. fan. nom... diss. – T., 2006. 2. ИИектра Спандагоу, Cатҳй Литтле, Давид Эванс, Мичелле Л. Инклусиве Эдуcатион ин Счоолс анд Эарлй. Чилдҳоод Сеттингс.спрингер Спрингер Сингапоре. 2020. 3. Т.Д.2018. Инклюзивное образование в Испании. Пашкова.М, Скуднова. 4. Екатерина Михалч. Инклюзивное образование. 2021. 5. Наталя Микляева, Татяна Чудесникова, Анна Виленская, Олга Кудравес, Светлана Семенака. Инклюзивное образование детей с ограниченными возможностями здоровя. Москва Юрайт. 2021. 6. Nurmuhamedova L.SH. Nogiron bolalarning huquqiy asosalari va ilmiy-nazariy masalalari. Defektolog kadrlarni tayyorlash jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish: muammolar va istiqbollar.-T.,2014 7. D.S.Qaxarova ―Inklyuziv ta’lim texnologiyasi‖ Toshkent. 2014 8. R.Shomaxmudova, D.Tulaganova, A.Berdieva. Jismoniy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan inklyuziv va maxsus ta’lim tizimida olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar. Toshkent: XT «Roziqov O.J». 2007 y. 9. R.Shomaxmudova. Inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy asoslari. Toshkent: XT «Roziqov O.J». 2007 y. 10. Ю.В.Шумиловская Подготовка будущего учителя к работе с учащимися в условиях инклюзивного образования. 11. Yuldashev J.G‘., S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. –T.: O’qituvchi, 2004