SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATINING TARIXIY SHAKLLANISHI HAMDA ILMIY RIVOJI
Full text
273 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATINING TARIXIY SHAKLLANISHI HAMDA ILMIY RIVOJI Abdumoʼmin Jumayev Fayziyevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Tarix va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Mengboyev Shaxboz Juma O‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika intituti “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “Tarix va falsafa” kafedrasi 2-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17734915 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq falsafasi va madaniyatining qadimgi sivilizatsiyalar davridan boshlab hozirgi zamongacha bo‘lgan shakllanish jarayoni, uning ilmiy, falsafiy hamda ma’naviy rivoj bosqichlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sharq tafakkurining asosiy manbalari - qadimgi Hind, Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo va Arab falsafiy an’analari asosida shakllangan g‘oyalar o‘rganiladi. Ayniqsa, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy kabi allomalar faoliyati orqali Sharq falsafasining ilmiy-metodologik asoslari, inson va jamiyat haqidagi falsafiy qarashlarning mazmuni yoritiladi.Maqolada Sharq madaniyatining ma’naviy poydevori, diniy-falsafiy maktablarning shakllanishi, tasavvuf falsafasining inson kamoloti haqidagi qarashlari hamda ilmiy tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy davrda Sharq falsafasi merosining raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global madaniyat kontekstida o‘rganilishi va targ‘ib etilishi masalalari ham ko‘rib chiqiladi.Natijada Sharq falsafasi nafaqat tarixiy jarayon sifatida, balki bugungi global dunyoda ilmiy, madaniy va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlovchi muhim tizim sifatida baholangan. Maqola Sharq falsafasining insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini yangi ilmiy yondashuvlar asosida yoritishga qaratilgan. Kalit so’zlar: Sharq falsafasi, Sharq madaniyati, falsafiy tafakkur, tarixiy shakllanish, ilmiy rivojlanish, Markaziy Osiyo allomalari, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, tasavvuf falsafasi, axloqiy g‘oyalar. Abstract: This article systematically analyzes the process of formation of Eastern philosophy and culture from the time of ancient civilizations to the present day, the stages of its scientific, philosophical and spiritual development. The study studies the main sources of Eastern thought - ideas formed on the basis of ancient Indian, Chinese, Iranian, Central Asian and Arab philosophical traditions. In particular, the scientific and methodological foundations of Eastern philosophy, the content of philosophical views on man and society are highlighted through the work of such scholars as Al-Farabi, Ibn Sina, Al-Biruni, Al-Khwarizmi. The article analyzes the spiritual foundation of Eastern culture, the formation of religious and philosophical schools, the views of Sufi philosophy on human perfection, and its contribution to the development of scientific thought. The issues of studying and promoting the heritage of Eastern philosophy in the context of digital technologies, artificial intelligence and global culture in the modern era are also considered. As a result, Eastern philosophy is assessed not only as a historical process, but also as an important system that strengthens scientific, cultural and moral values in today's global world. The article aims to shed light on the role and significance of Eastern philosophy in the development of human civilization based on new scientific approaches. Keywords: Eastern philosophy, Eastern culture, philosophical thought, historical formation, scientific development, Central Asian scholars, Al-Farabi, Ibn Sina, Al-Biruni, philosophy of Sufism, moral ideas.
274 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Аннотация: В данной статье системно анализируется процесс формирования восточной философии и культуры со времен древних цивилизаций до наших дней, этапы её научного, философского и духовного развития. В исследовании изучаются основные источники восточной мысли – идеи, сформировавшиеся на основе древнеиндийской, китайской, иранской, среднеазиатской и арабской философских традиций. В частности, научнометодологические основы восточной философии, содержание философских взглядов на человека и общество освещаются через творчество таких учёных, как Аль-Фараби, Ибн Сина, Аль-Бируни, Аль-Хорезми. В статье анализируется духовная основа восточной культуры, формирование религиозно-философских школ, взгляды суфийской философии на совершенство человека, её вклад в развитие научной мысли. Также рассматриваются вопросы изучения и популяризации наследия восточной философии в контексте цифровых технологий, искусственного интеллекта и глобальной культуры в современную эпоху. В результате восточная философия рассматривается не только как исторический процесс, но и как важная система, укрепляющая научные, культурные и нравственные ценности в современном глобальном мире. Цель статьи – пролить свет на роль и значение восточной философии в развитии человеческой цивилизации на основе новых научных подходов. Ключевые слова: восточная философия, восточная культура, философская мысль, историческое становление, научное развитие, центральноазиатские учёные, Аль-Фараби, Ибн Сина, Аль-Бируни, философия суфизма, нравственные идеи. Kirish: Insoniyat tafakkuri tarixida Sharq falsafasi va madaniyati alohida o‘rin egallaydi. Sharq - qadimdan buyuk sivilizatsiyalar beshigi, ma’naviyat va tafakkur markazi sifatida shakllangan hududdir. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Eron, Arab mamlakatlari hamda Markaziy Osiyo xalqlari qadimiy davrlardan buyon inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik g‘oyasiga asoslangan falsafiy qarashlar tizimini yaratganlar. Ushbu tizimlar nafaqat o‘z davrining madaniy hayotini belgilagan, balki keyingi asrlar davomida butun jahon falsafasi rivojiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatgan.Sharq falsafasi, mohiyatan, insonning ma’naviy barkamolligiga, ruhiy poklanishiga va ijtimoiy adolatga intilishini markazga qo‘yadi. U G‘arb falsafasidagi ratsionalizm va individualizm tamoyillaridan farqli o‘laroq, borliqni yaxlitlikda, insonni esa jamiyat va tabiat bilan o‘zaro bog‘liq holda talqin etadi. Shuning uchun ham Sharq falsafasi nafaqat tafakkur tizimi, balki axloq, odob, e’tiqod va hayot falsafasining mukammal ifodasidir.Tarixiy manbalarga ko‘ra, Sharq tafakkurining dastlabki ildizlari qadimgi diniy-mifologik qarashlarda, “Avesto”,“Veda”lar, “Upanishad”lar, “Yijing”,“Dao de tszin” kabi manbalarda shakllangan. Keyingi asrlarda esa bu tafakkur Al-Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Jomiy, Konfutsiy, Lao Szı, Rumi kabi mutafakkirlaras arlarida yanada yuksak ilmiy-falsafiy tizimga aylangan.Zamonaviy tadqiqotchilar, jumladan, Sayyid Hossein Nasr, Henry Corbin, Toshihiko Izutsu, A. Toynbi va o‘zbek olimlaridan H. Karimov, N. Komilov, A. Erkaevlarning fikrlariga ko‘ra, Sharq falsafasi insonni o‘z mohiyatini anglash, ruhiy uyg‘onish va jamiyat bilan uyg‘un yashash sari yetaklaydigan tizimdirShunday qilib, mazkur mavzu bugungi globallashuv davrida ham dolzarb ahamiyatga ega. Chunki Sharq falsafasining tarixiy ildizlarini o‘rganish, uning ilmiy rivoj yo‘nalishlarini tahlil etish - milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy yangilanish va zamonaviy falsafiy tafakkur rivoji uchun mustahkam nazariy asos yaratadi. Sharq falsafasining shakllanish bosqichlari. Sharq falsafasi insoniyat tafakkuri tarixida eng qadimgi va chuqur ildizlarga ega bo‘lgan falsafiy tizimlardan biridir. Uning shakllanish jarayoni minglab yillar davomida qadimgi Sharq sivilizatsiyalarida - Hindiston, Xitoy, Eron, Bobil, Misr va Markaziy Osiyo hududlarida kechgan. Bu davrda falsafiy fikrlar diniy e’tiqodlar, mifologik qarashlar hamda insonning tabiat va olam bilan
275 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc munosabatini tushunishga bo‘lgan intilish bilan uzviy bog‘liq edi.Sharq falsafasining dastlabki bosqichlarida tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik, mavjudotlar birligi, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, hayot va o‘lim, ruh va materiya kabi muammolar asosiy falsafiy masalalardan bo‘lgan. Shu boisdan qadimgi Sharq tafakkuri G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, hayotning amaliy, ma’naviy-axloqiy tomoniga ko‘proq e’tibor qaratgan. Akademik A. H. Saidov ta’kidlaganidek, “Sharq falsafasi — bu insonning o‘zini va olamni anglashga qaratilgan ruhiy-axloqiy izlanishlar tizimi bo‘lib, unda diniy e’tiqod va ilmiy tafakkur uyg‘unlashgan”. Qadimgi Hind falsafasi Qadimgi Hind falsafasi Sharq falsafiy tafakkurining eng qadimiy manbalaridan biridir. Uning ildizlari miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqaladi. Vedalar (“bilim”, “donolik” ma’nosida) Hind falsafasining ilk manbalari hisoblanadi. Ular dunyo, inson, xudo va tabiat haqidagi mifologik va diniy qarashlarni o‘z ichiga oladi.Keyinchalik Upanishadlar davrida bu qarashlar falsafiy tafakkur darajasiga ko‘tarildi. Upanishadlarda inson ruhining abadiyligi, qayta tug‘ilish (samsara), karma qonuniyati va mukammallikka erishish yo‘llari haqida chuqur falsafiy fikrlar ilgari surilgan. Bhagavad Gita esa axloqiy-falsafiy asar bo‘lib, unda inson o‘z burchini ado etish, ruhiy poklanish va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida bahs yuritiladi.Hind falsafasi Sankxya, Yoga, Nyaya, Vaisheshika, Mimansa va Vedanta kabi maktablarga bo‘linadi. Bu maktablar orqali inson tafakkurining nazariy (bilish), amaliy (axloqiy) va ruhiy (mystik) jihatlari chuqur tahlil qilingan. Shunday qilib, Hind falsafasi insonni kosmosning bir bo‘lagi sifatida ko‘rgan va uning ma’naviy kamolotini bosh maqsad deb bilgan. Sharq falsafasi insoniyat tafakkuri tarixida eng qadimgi va chuqur ildizlarga ega bo‘lgan falsafiy tizimlardan biridir. Uning shakllanishi ming yillar davomida Hindiston, Xitoy, Eron, Bobil, Misr va Markaziy Osiyo kabi qadimiy sivilizatsiyalar hududida kechgan. Falsafa dastlab diniy-mifologik tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlik g‘oyasi markaziy o‘rinni egallagan. Qadimgi Hind falsafasi Sharq tafakkurining eng qadimiy manbalaridan bo‘lib, insonning ruhiy kamoloti, axloqiy burchi va dunyoviy hayotdagi o‘rni haqida chuqur fikrlar bayon etilgan. Vedalar, Upanishadlar va Bhagavad Gita kabi manbalarda insonni olamning ajralmas qismi sifatida ko‘rish, karma va dharma qonuniyatlarini anglash g‘oyalari ilgari surilgan.Hind olimi Radhakrishnan S. o‘zining “Indian Philosophy” asarida shunday yozadi:“Hind falsafasining mohiyati insonni ruhiy ozodlikka eltuvchi yo‘lni izlashdir; bu yo‘l bilim, axloq va meditatsiya orqali amalga oshadi”. Shuningdek, o‘zbek tadqiqotchisi M. Karimov fikricha, “Hind falsafasi diniy tasavvurlardan boshlab, inson ongining o‘zo‘zini bilish darajasigacha rivojlangan. Uning markazida insonning ma’naviy poklanishi va koinot bilan uyg‘unlashish g‘oyasi yotadi” Qadimgi Xitoy falsafasi Qadimgi Xitoyda falsafiy tafakkur asosan miloddan avvalgi VI–III asrlarda shakllanib, “Bahslashuvchi maktablar davri” nomi bilan tarixda mashhur bo‘lgan. Bu davrda Konfutsiy (Konfutsiylik), Lao-szi (Daochilik), Mo-szi (Moizm) va Sun-szi (Legalizm) kabi mutafakkirlar falsafaning turli yo‘nalishlarini yaratdilar.Konfutsiy insoniy fazilatlar, axloq, oilaviy tartib va davlat boshqaruvini tartibga soluvchi g‘oyalarni ilgari surdi. U “Ren” (insonparvarlik) va “Li” (odob, marosim) tushunchalari orqali inson jamiyatdagi o‘rnini belgiladi. Lao-szi esa Dao (yo‘l, tabiiy qonun) ta’limoti orqali inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni asoslab berdi. Daochilik tabiat qonunlariga zid harakat qilmaslik, sokinlik va tabiiylikni saqlash g‘oyasiga tayanadi.Xitoy falsafasi insonni jamiyat va tabiatning ajralmas qismi sifatida ko‘radi. U nazariy bilimdan ko‘ra amaliy tajriba, axloq va uyg‘unlikni ustun qo‘yadi. Shu boisdan u nafaqat falsafa, balki siyosat, san’at va tibbiyotning ham falsafiy poydevorini yaratgan. Xitoylik mutafakkir Feng Youlan shunday
276 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yozadi:“Xitoy falsafasining asosi insoniy fazilatlarni mukammallashtirish va ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlashdir; bu orqali inson tabiat qonunlari bilan birlashadi”. O‘zbek olimi N. Jo‘raev esa Xitoy falsafasining mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Konfutsiy va Dao ta’limotlari insonni ijtimoiy tartibning markaziga qo‘yadi. Sharq falsafasining bu yo‘nalishi G‘arb ratsionalizmidan farqli o‘laroq, amaliy axloqiy hayotni,ustun,qo‘yadi.” Qadimgi Eron va Markaziy Osiyo falsafasi Markaziy Osiyo va Eron hududlarida shakllangan Zardushtiylik (Mazdayasna) ta’limoti Sharq falsafasining muhim bosqichidir. Uning asosiy manbasi - Avesto dunyoqarash, axloq, tabiat va ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy fikrlarni o‘zida mujassam etgan.Zardusht ta’limotida olam “ezgulik” (Ahura Mazda) va “yovuzlik” (Angra Mainyu) kuchlari o‘rtasidagi abadiy kurash sifatida tasvirlanadi. Insonning vazifasi – ezgulik tarafida turib, yovuzlikni yengish, haqiqat (asha) va poklikni saqlashdir. Bu g‘oyalar keyinchalik islom falsafasi, tasavvuf, hatto G‘arb falsafiy fikrlarida ham o‘z aksini topgan.Zardushtiylikning “ezgulikni tanlash”, “halollik”, “poklik”, “mehnatsevarlik” g‘oyalari Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatida chuqur ildiz otgan. Aynan shu hududda keyinchalik Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar faoliyat yuritib, Sharq falsafasining yangi ilmiy bosqichini boshlab berdilar.Sharq falsafasi insoniyat tafakkuri tarixida eng qadimgi va chuqur ildizlarga ega bo‘lgan falsafiy tizimlardan biridir. Uning shakllanishi ming yillar davomida Hindiston, Xitoy, Eron, Bobil, Misr va Markaziy Osiyo kabi qadimiy sivilizatsiyalar hududida kechgan. Falsafa dastlab diniy-mifologik tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlik g‘oyasi markaziy o‘rinni egallagan.Akademik E. Bertels bu haqda shunday deydi: “Avesto insoniyat tarixida birinchi bor ezgulik va yovuzlikni nafaqat diniy, balki falsafiy kategoriya sifatida ajratib bergan manbadir.” Shuningdek, o‘zbek olimi B. Ahmedov fikricha, “Avesto falsafasi Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuriga asos bo‘lgan axloqiy qadriyatlarni - halollik, poklik va mehnatsevarlikni shakllantirgan” Bu falsafiy g‘oyalar keyinchalik Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk allomalarning asarlarida ilmiy-nazariy darajada rivoj topdi. Ularning asarlarida inson aqli, bilish jarayoni va ijtimoiy adolat g‘oyalari Sharq tafakkurining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Bu falsafiy g‘oyalar keyinchalik Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk allomalarning asarlarida ilmiy-nazariy darajada rivoj topdi. Ularning asarlarida inson aqli, bilish jarayoni va ijtimoiy adolat g‘oyalari Sharq tafakkurining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Islom uyg‘onish davrida falsafaning yuksalishi Islom uyg‘onish davri (IX–XII asrlar) insoniyat tarixida ilm-fan, madaniyat va falsafaning eng yuksak cho‘qqilaridan biridir. Bu davrda Sharq, xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Arabiston va Andalusiya (Ispaniya) hududlarida ilmiy tafakkur yangi bosqichga ko‘tarilib, diniy dunyoqarash bilan falsafiy tafakkur o‘rtasida uyg‘unlikka erishildi. Aynan shu jarayon natijasida “Islom falsafasi” deb ataluvchi ulkan intellektual maktab vujudga keldi.Olim G. E. von Grunebaum ta’kidlaganidek, “Islom uyg‘onish davri bu diniy e’tiqod va ilmiy tafakkurning o‘zaro sintezi orqali insoniyat sivilizatsiyasiga yangi aqlparastlik (rationalism) bosqichini olib kirgan,davrdir”Ilm va tafakkur uyg‘onishining manbalari.Islom falsafasi rivojining .asosiy manbalari Qur’on, hadislar va arabmusulmon tafakkurida shakllangan ilmiy tafsir maktablariga borib taqaladi. Qur’onda tafakkur, aql, ilm kabi tushunchalarga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu musulmon olimlarini ilmiy izlanishlarga undagan.Akademik A. Saidov bu haqda yozadi: “Islom dunyoqarashida ilm – ibodat bilan tenglashtirilgan. Shu sababli musulmon olimlar diniy ilmlarni bilish orqali tabiat va insonni anglashni Allohni bilish yo‘li deb,bilganlar.”Bundan tashqari, yunon falsafasi asarlari (Aristotel, Platon,
277 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Gippokrat va boshqalar) arab tiliga tarjima qilinishi natijasida, Sharqda falsafaning nazariy va mantiqiy asosi yanada mustahkamlandi. Bu jarayon “Bayt ul-hikma” ya’ni “Donishmandlik uyi” (Bag‘dod, IX asr) faoliyati orqali amalga oshgan. Bu markazda Hunayn ibn Ishoq, al-Kindiy, alXorazmiy, al-Farobiy kabi buyuk mutafakkirlar faoliyat yuritgan.Al-Kindiy – islom falsafasining otasi deb hisoblanganIslom falsafasining dastlabki yirik namoyandalaridan biri Ya’qub ibn Iso alKindiy (IX asr) bo‘lib, u “arab faylasufi” sifatida tanilgan. Al-Kindiy yunon falsafasini islomiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirib, inson bilishining imkoniyatlari, aqlning tabiatini va ilmiy metodlarni tahlil qilgan.U o‘z asarlarida: “Falsafa bu insonni haqiqatga yaqinlashtiruvchi vositadir. U orqali inson Alloh yaratgan olamning mohiyatini anglaydi”,deb yozgan. Olim O. Usmonov bu haqda shunday deydi: “Al-Kindiy Sharqda birinchi bo‘lib aqlni diniy bilimlar bilan muvofiqlashtirishga uringan faylasufdir. Uning asarlari keyingi avlod mutafakkirlari uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.” Al-Farobiy – falsafa va jamiyat uyg‘unligi.Islom uyg‘onish davrining eng yirik mutafakkirlaridan biri Abu Nasr al-Farobiy (870–950) bo‘lib, u “Muallim as-soniy” (Ikkinchi muallim) deb e’tirof etilgan. Uning “Fozil shahar ahli”, “Aql haqidagi risola”, “Baxt-saodatga erishish yo‘li” kabi asarlarida jamiyat, axloq, siyosat, ilm va inson baxti masalalari chuqur falsafiy tahlil qilingan.Farobiy fikricha, “Baxt – bu insonning aqliy kamolotga erishishidir. Aql esa ilm orqali yuksaladi. Jamiyatda adolat va ma’naviyat hukm sursa, inson kamolot topadi.” O‘zbek olimi N. Jo‘raev yozadi: “Farobiy asarlarida ilm va axloq, davlat va inson, aql va e’tiqod o‘rtasidagi uyg‘unlik g‘oyasi Sharq tafakkurining asosiy mezoniga aylangan.”Ibn Sino – ilmiy va falsafiy tafakkurning cho‘qqisi.Abu Ali Ibn Sino (980–1037) Sharq falsafasining eng buyuk namoyandalaridan biridir. U tibbiyot, mantiq, metafizika, psixologiya va tabiiy fanlarni birlashtirgan “ensiklopedik olim” sifatida e’tirof etilgan.Uning “Kitob ush-shifo”, “Donishnoma”, “Najot”, “Ishorat va tanbihat” asarlari falsafiy tafakkurning eng yuksak namunalaridir. Ibn Sino Aristotel ta’limotini rivojlantirib, inson ongining bilish jarayoni va mavjudotning mohiyati haqidagi masalalarga ilmiy yondashuvni kiritdi.Ibn Sino shunday yozadi: “Inson aqli – bu Alloh tomonidan berilgan eng buyuk quvvatdir. U orqali inson borliqni biladi, lekin bilishning maqsadi haqiqatni anglashdir.” Olim,B.Ahmedov,fikricha:“Ibn Sinoning falsafiy qarashlari Sharqda nafaqat ilmiy tafakkur, balki insonparvarlik g‘oyalarining ham shakllanishiga asos bo‘ldi.” Beruniy – ilmiy bilishning falsafiy asoschisi.Abu Rayhon Beruniy (973–1048) falsafa va tabiiy fanlarni uyg‘unlashtirish orqali Sharq ilm-fanini yangi bosqichga olib chiqdi. U “Qonuni Mas’udiy”, “Hindiston”, “Geodeziya” kabi asarlarida tabiat qonuniyatlarini empirik (tajriba) asosda o‘rgangan.Beruniy fikricha:“Bilim – bu tajriba, kuzatish va aql birligidan tug‘iladigan haqiqatdir.” Faylasuf R. Alimov Beruniy haqida shunday deydi: “Beruniy tabiiy fanlar falsafasini yaratdi. U bilish jarayonini tajriba bilan bog‘lagan birinchi Sharq olimidir.” Islom falsafasining G‘arbga ta’siri.Islom uyg‘onish davri faqat Sharq doirasida emas, balki Yevropa Uyg‘onish davrining shakllanishida ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, Akvinskiy Foma, Albert Velikiy kabi g‘arb faylasuflari tomonidan o‘rganilgan.Britaniyalik olim H.Corbin yozadi: “Agar Forobiy va Ibn Sino bo‘lmaganida, Yevropa Uyg‘onish davrining aqlparastlik poydevori bo‘lmagan bo‘lur edi.” Sharq madaniyatining falsafiy asoslari.Sharq madaniyati insoniyat sivilizatsiyasi tarixida eng qadimiy, chuqur ma’naviy va falsafiy asoslarga ega bo‘lgan madaniy tizimlardan biridir. U o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonni tabiat, jamiyat va kosmos bilan uyg‘unlikda ko‘rgan, ma’naviy-axloqiy kamolotga intilgan falsafiy qarashlar majmuasidir. Sharq madaniyatining shakllanishida diniy e’tiqodlar, mifologik qarashlar, axloqiy qadriyatlar va ilmiy tafakkur o‘zaro uyg‘unlashgan holda
278 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc namoyon bo‘lgan.Sharq madaniyati va falsafasi bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘nalishdir: falsafa madaniyatga g‘oyaviy asos beradi, madaniyat esa falsafiy tafakkurni amaliy hayotga tatbiq etadi. Shu boisdan Sharq madaniyatining ildizlarini tushunish uchun avvalo uning falsafiy manbalarini o‘rganish zarur. Tabiat va inson uyg‘unligi tamoyili.Sharq tafakkurining markazida tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik g‘oyasi yotadi. Bu tamoyil qadimgi Xitoydagi Dao (yo‘l), Hind falsafasidagi Brahman va Atman birligi hamda islom falsafasidagi tavhid (yagona mavjudlik) konsepsiyalarida o‘z ifodasini topgan.Masalan, Lao-szi “Dao De Jing” asarida insonning tabiat qonunlariga zid yashamasligi zarurligini uqtiradi. Uningcha, “tabiatdagi uyg‘unlikni buzish - jamiyatdagi muvozanatni buzishdir.” Shu g‘oya keyinchalik Sharq madaniyatida me’moriy uslublar, bog‘-rog‘lar, san’at va she’riyatda ham o‘z aksini topgan. Islom dunyosida bu tamoyil Ibn Sino, Forobiy, Beruniy kabi allomalar ta’limotida davom etdi. Xulosa Sharq falsafasi insoniyat tafakkurining eng qadimiy, chuqur va boy qatlamlaridan biridir. U ming yillar davomida inson, tabiat va koinot o‘rtasidagi uyg‘unlikni, ma’naviy komillikka intilish va adolat g‘oyalarini ilgari surgan. Sharq falsafasining shakllanish jarayoni qadimgi Hindiston, Xitoy, Eron, Bobil, Misr va Markaziy Osiyo sivilizatsiyalarining diniy-mifologik dunyoqarashlari negizida boshlangan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan u chuqur falsafiy tizimga aylangan.Islom uyg‘onish davrida esa Sharq falsafasi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, G‘azzoliy, Ibn Rushd, Umar Xayyom, Al-Xorazmiy kabi buyuk mutafakkirlar ilm-fan va falsafani uyg‘unlashtirib, inson aqli va tafakkurining cheksiz imkoniyatlarini namoyon etdilar. Bu davrda falsafa faqat nazariy bilim emas, balki jamiyatni, insonni va borliqni anglashning universal vositasiga aylandi.Sharq madaniyatining falsafiy asoslari insonparvarlik, ezgulik, bag‘rikenglik, axloqiy tozalik va ma’naviy uyg‘unlik g‘oyalariga tayanadi. Ushbu qadriyatlar nafaqat tarixiy davrlarda, balki hozirgi zamonda ham insoniyat uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qilmoqda.Bugungi kunda Sharq falsafasi o‘z tarixiy ildizlariga tayangan holda yangi ilmiy bosqichga ko‘tarilmoqda. U ekologiya, sun’iy intellekt, bioetika, sotsiologiya, ta’lim va psixologiya kabi zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashib, global miqyosda inson va texnologiya o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, axloqiy me’yorlarni mustahkamlash va ma’naviy qadriyatlarni asrash yo‘lida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Sharq falsafasi - bu o‘tgan asrlar merosi emas, balki hozirgi va kelajak avlodlar uchun ma’naviy va ilmiy yo‘nalishni belgilab beruvchi tirik tafakkur tizimidir. U insoniyatni ilm, axloq, adolat va uyg‘unlik yo‘lida birlashtiruvchi falsafiy kuch sifatida ahamiyatini saqlab qolmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Saidov A.H. “Sharq falsafasi va madaniy meros”, Toshkent: Fan, 2018. 2. Radhakrishnan, S. Indian Philosophy, Vol. I–II. London: George Allen & Unwin, 1923. 3. Karimov M. “Sharq tafakkuri manbalari”, Toshkent: Ma’naviyat, 2015. 4. Feng Youlan. A Short History of Chinese Philosophy. New York: The Free Press, 1948. 5. Jo‘raev N. “Sharq tafakkurining rivojlanish bosqichlari”, Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019. 6. Bertels E.E. Istoriya persidskoy literatury, Moskva: Nauka, 1960. 7. Ahmedov B. “Markaziy Osiyo manbalari va ularning tahlili”, Toshkent: Fan, 2015. 8. Saidov A.H. Sharq falsafasi va madaniy meros. Toshkent: Fan, 2018. 9. Radhakrishnan, S. Indian Philosophy. London: George Allen & Unwin, 1923. 10. Karimov M. Sharq tafakkuri manbalari. Toshkent: Ma’naviyat, 2015. 11. Feng Youlan. A Short History of Chinese Philosophy. New York: The Free Press, 1948. 12. Jo‘raev N. Sharq tafakkurining rivojlanish bosqichlari. Toshkent: O‘zMU, 2019.