BUXORO XONLIGIDA XALQARO DIPLOMATIYA VA TASHQI ALOQALAR
Full text
305 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BUXORO XONLIGIDA XALQARO DIPLOMATIYA VA TASHQI ALOQALAR Yuldoshova Feruza Akram qizi Ruziboyeva Maftuna Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tarix yo’nalishi 4-bosqich talabalari [email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17736093 Annotatsiya: Maqola Buxoro xonligining tashqi diplomatik siyosati va iqtisodiy aloqalarinig shakillanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning mintaqviy ahamiyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.Xususan Rossiya impiriyasi va Hindiston davlati bilan olib borilgan elchilar almashunuvi ,savdo, va xalqaro shartnomalar yoritilgan. Kalit so’zlar: Buxoro xonligi, Abdullaxon II, Rossiya, Fyodor Ivanovichga ,Ivan Danilovich Xoxlov,A.Bekovich-Chyerkasskiy, tashqi siyosat, Xonquli Kirish: Buxoro xonligi Markaziy Osiyoning eng yirik siyosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, XVI asrning ikkinchi yarmidan XIX asr oxirigacha mintaqada muhim o‘rin egallagan. Xonlik nafaqat siyosiy jihatdan, balki madaniyat, ilm-fan va diplomatiya sohalarida ham yuksak darajada rivojlangan edi. Tashqi siyosat Buxoro xonligining barqarorligi va xalqaro nufuzini belgilovchi omillardan biri bo‘lib, u orqali davlat o‘z manfaatlarini himoya qilgan va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlab borgan. Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo aloqalari. Abdullaxon II tomonidan 1585yilda Muhammad Ali boshchiligida, 1589yilda Do`stum boshchiligida Moskvaga yuborilgan. Elchilar Moskva hukmdori tomonidan iliq kutib olingan. Bu ikki elchilik oldiga o`rtadagi savdo-sotiq munosabatlarini tartibga solish vazifasi yuklatilgan edi. Elchilar Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon II ning buxorolik savdogarlar uchun Moskva davlatidagi barcha shaharlarda erkin savdo qilish imkoniyatini yaratish, Qozon va Astraxanda doimiy bozorlar ajratish iltimos qilingan xatini keltirgan. Rus podshosi bu iltimoslarni to`liq bajarganligi o`sha davr hujjatlarida o`z aksini topgan. Buxoro va Rossiya o`rtasidagi do`stona aloqalar XVI asr oxirida, xususan Sibir xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi tufayli biroz buzilgan bo`lsada, amalda butunlay to`xtab qolmadi. 1589yili Moskvada bo`lgan Buxoro elchisi Do`stum orqali Abdullaxon II ruslarning Sibir xonligidagi tajovuzini qoralagan va o`z noroziligini bildirgan edi. 1589yildayoq Buxoroga tatar millatiga mansub Boybo`ri Toychiev boshchiligidagi Moskva elchilari keladi va buxorolik savdogarlarga Sibir shaharlarida katta imtiyozlar yaratishga rus hukumati tayyor ekanini bildirib, ikki o`rtadagi siyosiy kelishmovchiliklarni biroz yumshatishga erishdi. 1 XVII asrda Buxoro va Moskva davlati o`rtasidagi elchilik aloqalari yanada rivojlandi. Mazkur davrda Buxoro va Xiva elchilari 26 marta Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsalar, rus elchilari 9 marta Buxoro va Xivaga kelganlar. Masalan, 1619yilda Imomqulixonning Odambiy boshchiligidagi elchilari Moskvada, Rossiya podshosi, Romanovlar sulolasining birinchi vakili Mixail Fyodorovich huzurida bo`ldi. Bu elchilik missiyasiga javoban podsho Mixail Fyodorovich tomonidan Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilar Buxoroga jo`natiladi. Lekin bu elchi Buxoroda ushlanib qolganligi va quruq qo`l bilan qaytarilganligi uchun Sibir (Tyumen shahri) orqali 1622yilda Tobolskka kelgan va Moskvaga borishni mo`ljallagan Buxoro elchisi Balik Chobakov sovuq kutib olinib, rus podshosining Imomqulixonga yozgan xati bilan Buxoroga qaytarib yuborilgan. Bu xatda rus podshosi o`rtadagi aloqalarni davom ettirish taklif 1 Akbar Zamonov Buxoro xonligi tarixi Toshkent-2021
306 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc etib, elchilarni Moskvaga uzoq Sibir orqali emas, Astraxan orqali yuborishni taklif qilgan. 1716yil fevralda Buxoro xonligi elchisi Xonquli to`pchiboshi Astraxanga keldi. U bilan birga savdogar Asan bobo, ikki yasovul, xotini va bolalari ham kelgan edi. Buxoro xoni Abulfayzxon Rossiya podshosi Pyotr I (1672-1725)ga 36 nafar rus asirlarini ham ozod qilib yuborgan edi. 2 Buxoro xoni Astraxan ober-komendanti Chirikov nomiga yozilgan yorliqda o`zaro yaxshi qo`shnichilik aloqalari va savdosotiq aloqalarini davom ettirish maqsadida elchi yuborayotgani bildiradi. Shuningdek, ushbu elchilik orqali Rossiyaning Kaspiy dengizi sharqiy qirg’oqlarida shahar-qal`alar qurish rejasini qo`llabquvvatlashini ham bildiradi. Demak,Buxoroda Pyotr I tomonidan Kaspiy dengizi qirg’oqlarida qal`aistehkomlar qurilayotgani haqida xabardor bo`lganlar. 1716yil 16martda Pyotr I tomonidan Abulfayzxon nomiga yozilgan yorliqda A.Bekovich-Chyerkasskiy ekspeditsiyasi “Rossiya davlati va Buxoro xonligi uchun umumiy manfaatlarga asoslangan zarurat” tufayli yuborilganligi va shuning uchun ham A.Bekovich-Chyerkasskiy hurmatini joyiga qo`yishni so`ragan. Ushbu yorliqni A.BekovichChyerkasskiy Xiva missiyasini yakunlagach, Buxoro xoniga yetkazishi ko`zda tutilgan edi. 3 1716yil aprelda A.Bekovich-Chyerkasskiy ekspeditsiya tayyorgarligini ko`rish jarayonida Astraxanda Buxoro elchisi Xonquli to`pchiboshi bilan uchrashgan va bu to`g’rida Pyotr I ga xat yozgan. Unda Xonquli to`pchiboshining iltimosiga ko`ra, Rossiyaga dushmanlikda, Turkiya bilan aloqada deya gumon qilinayotgan buxorolik va xivalik asirlarni ozod qilishni so`ragan. Bu paytda Pyotr I Sharqiy Prussiyada edi. Xatni olgan Pyotr I uning iltimosini qondirmagan. Biroq A.BekovichChyerkasskiy Xonquli to`pchiboshiga buxorolik va xivalik asirlarni ekspeditsiya yakunlangandan so`ng ozod qilishga va`da bergan. Buxoro elchisini Rossiya poytaxtida kutib olish va qabul marosimlari ham o`ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Buxoro elchisi Peterburgga oz masofa qolganda tashrif bo`yicha ruxsat berilishini kutib to`xtashi lozim edi. Belgilangan kunda elchi va uning hamrohlari uchun uchta kareta yuborilgan. Rossiya devonxonasi vakili elchi va uning hamrohlarini sog’- salomat etib kelganlari bilan qutlagandan keyin o`zini senatorlar tomonidan kutib olishga yuborilganini hamda mehmonlarni ajratilgan joyga qadar kuzatib qo`yishini bildirgan. Qabul qilingan tartibga ko`ra, kelgan elchi va uning hamrohlari Rossiya devonxonasi vakilini tik turgan holda eshitishlari, unga minnatdorchilik bildirishlari, shoh va vazirlar salomatligini so`rashlari kerak edi. Bir ozdan keyin elchi Rossiya devonxonasi vakili bilan birinchi karetaga, Buxoro savdogari va rus amaldori ikkinchi karetaga, oxun va tilmoch uchinchi karetaga o`tirishgan. Elchilik sekinlik bilan yura boshlagan, chunki birinchi kareta yonida tilmoch ham yurib, elchi Rossiya devonxonasi vakili bilan suhbatlashib ketgan. Elchini poytaxtga kirib kelishi bilan uni yo`lning ikki tomonida juda ko`p miqdordagi olamon, piyoda askarlar polki to`plar yonida saf tortib kutib olganlar. Buxoro elchisi Xonquli to`pchiboshi 1717yil 26iyunda Peterburgga yetib kelgan bo`lsa-da, uni qabul qilish 3iyulga belgilangan.Senatorlar tomonidan qabul qilingan Xonquli to`pchiboshiga Buxoro xonining maktubini topshirishi so`ralganida u qat`iylik bilan “Yorliqni xonning xohishirodasiga ko`ra, shaxsan podshoh Pyotr I ga topshiriladi”, degan. Shu boisdan ham Xonquli to`pchiboshini Pyotr I poytaxtga qaytganidan so`ng 1717yil 20oktabrda qabul qilgan. Pyotr I bilan uchrashuv uchun elchiga Rossiya devonxonasi o`rinbosari Shafirov karetasi, savdogar Asan boboga esa senat kotibi karetasini yuborilgan. Buxoro elchisi sovg’a-salomlarini 12 nafar askarlar ko`tarib borgan. Bu tantanali jarayonni kuzatishga chiqqan aholi ko`chalarni to`dirib yuborgan. Abulfayzxonning sovg’asidan tashqari qabul tartib-qoidasiga ko`ra elchi va savdogarning ham alohida sovg’alari topshirilgan. Sovg’alar ichida eng qimmatbahosi sifatida Buxorodan ozod qilib 2 Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов: Русский посланник в Персию и Бухару в XVII веке. СПб., 1891. 3 .Йўлдошев М. Й. XVI – XVII асрларда Бухоро билан Россия ўртасида элчилик муносабатлари. – Т., 1957.
307 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yuborilgan rus qullari e`tirof etilgan. Qabul Senatning yuqori palatasida bo`lib, eshik ro`parasidagi baland joyda Pyotr I tik turgan holda elchini qabul qilgan. Elchi eshikdan kirib, tiz cho`kkan va xon nomidan egilib salom bergan. Xonquli to`pchiboshi Pyotr I ni shvedlar ustidan qozongan g’alabasi bilan qutlagan hamda sovg’alarni topshirgan. Shundan so`ng Xonquli to`pchiboshi “Ishonch yorlig’i”ni topshirgan. “Ishonch yorlig’i”ni Pyotr I ning ishorasi bilan devonxona o`rinbosari Shafirov qabul qilgan. “Ishonch yorlig’i”da Abulfayzxon Xonquli to`pchiboshi elchi sifatida yuborilgani, u Rossiya urf-odatlarini yaxshi bilishi, Buxoro hukumati o`zaro yaxshi qo`shnichilik munosabatlari hamda savdo-sotiqni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta`kidlangan. 4 Buxoro-Hindiston munosabatlari (XVI-XVII-XVIII asrlar). Boburiylar davlati Buxoro xonligining janubiy qo’shni davlati bo’lib, bu ikki davlat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy munosabatlar qizg’in dovom etib kelgan. Ikki davlat o’rtasidagi siyosiy iqtisodiy diplomatik munosabatlar asosan XVI-asrning 70 yillaridan boshlab muntazam ravishda dovom etib kelgan. Bu haqida N. Nizomiddinovning XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyo va Hindiston munosabatlari kitobida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar haqida keng mulohaza yoritilgan. Ikki davlat o’rtasida ilk elchilik munosabatlari bir necha marta bo’lgan. Demak ulardan – 1572 yili Hindistonga Abdullaxonning birin chi elchisi Xo’ja Oltamish yuboriladi. Keyingi ikkinchi elchilik ham Abdullaxon II tomonidan yuborilib. Bu safar Abdiraxm boshchiligidagi elchilar yo’boriladi. Keyingi elchilar esa 1579 -yili Abdullaxon saroyiga sunniy mahzabdagi Mirza Po’lat boshchiligida hind elchilari yuborilgan. Uzoq yillardan so’ng Akbar Buxoroga elchi yuborishga qaror qiladi. 1597yili 17 mayda Hindistondan Buxoroga Xo’ja Ashraf Naqshbandiy boshliq elchilar yo’lga chiqadi”. Demak XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning boshlarigacha, Shayboniylar so’lola hukumronlik yillari yani Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati o’rtasida olib borilgan elchilik munosabatlar muntazam ravishda dovom etib turgan. Bunda har ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarining yo’lga qoyilishida manfaatdar bo’lganligini bilish mumkin. Keyingi elchiliklar esa Ashtarxoniylar so’lolasi hukumronlik davri bilan bog’liqdir. Ashtarxoniylar hukumronlik qilgan davrda ham Buxoro xonligi va Boburiylar davlati o’rtasida qizg’in diplomatik aloqalar mavjud bo’lgan. Ulardan – Hindistonga 1632yili Vaqqos Hoji, 1633yili Tarbiyatxon boshchiligida hind elchilari Balxgacha, uzoq vaqtdan so’ng Buxoro xonligidan Xo’ja Ahmad alHusayniy 1661yili 27 nayabr, undan so’ng esa Kuchakbek 1663yili hind shohi qobulida bo’lganlar. Buxoro xonligiga esa 1665yil iyulda Mustafaxon Hofi elchiligi qabul qilingan. 1669yili 11may Hindistonga Buxorodan Rustambiy boshchilik elchilar kelgan, unga javoban 1670yili may oyi Hindistondan Yakkatozxon elchiligi, so’ng 1671yili Buxorodan Muhammad Sharif elchiligi Hindistonga, 1685yili Buxoroga Zabardastxon, 1688-1689yili Nazarbiy Hindistonga, 1714-1715yili Sultonbiy elchiligi Hindistonga” kelgan. Bu kabi oliy darajadagi elchilik munosabatlar esa, birinchi navbatda siyosiy, iqtisoiy savdo munosabatlarning manfaatlarini ko’zda tutganligini bilish mumkin. 5 Xulosa. Buxoro xonligi o‘zining qulay geografik joylashuvi va siyosiy salohiyati tufayli Markaziy Osiyoda mustahkam o‘rin egallagan va xalqaro munosabatlar tiziida muhim o‘yinchilardan biriga aylangan. Xonlikning Rossiya imperiyasi va Boburiylar saltanati bilan olib borgan diplomatik aloqalari uning tashqi siyosiy strategiyasining asosini tashkil etgan. Rossiya bilan munosabatlar asosan savdo manfaatlarini ko‘zlab,chegara xavfsizligini ta’minlash vasiyosiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Hindiston bilan ham aloqani mustahkamlashga intilishi sovdoda hamda siyosiy jarayonlarda Hintistonga tayanishni maqsad qilgan edi. 4 Йўлдошев М. Й. XVI – XVII асрларда Бухоро билан Россия ўртасида элчилик муносабатлари. – Т., 1957 5 Akbar Zamonov Buxoro xonligi tarixi Toshkent-2021
308 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Akbar Zamonov Buxoro xonligi tarixi Toshkent-2021 2. Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов: Русский посланник в Персию и Бухару в XVII веке. СПб., 1891. 3. Йўлдошев М. Й. XVI – XVII асрларда Бухоро билан Россия ўртасида элчилик муносабатлари. – Т., 1957. 4. Муҳаммаджанов Р. Неъматов Т. Бухоро ва Хиванинг Россия билан муносабатлари тарихига доир баъзи манбалар. Т.: Ўзбекистон ССР Фанлар Академияси,1957. 5. Эрматов М. Ўрта Осиё, Россия ва Ҳиндистон халқлари ўртасидаги дўстона алоқалар тарихидан. – Т., 1959.