ELEKTRON KUTUBXONALAR YOSHLARNI O'QISHGA QIZIQTIRA OLDIMI?
Abstract
Hozirgi kundagi muammolardan biri yoshlarni kitobga qiziqtirishdir. Ushbu maqolada yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish orqali tafakkurni, aqliy faoliyatini, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, internetdan to‘g‘ri foydalanish odatini rivojlantirish mazmuni yoritilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 37 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17735795 ELEKTRON KUTUBXONALAR YOSHLARNI O‘QISHGA QIZIQTIRA OLDIMI? Isxakova Nasiba Sanjarovna Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot – resurs markazi direktor o‘rinbosari Elektron pochta:[email protected] Shamayeva Dilnora Turamurotovna Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot – resurs markazi xodimi 3-darajali yurist: Elektron pochta: [email protected] ANNOTATSIYA Hozirgi kundagi muammolardan biri yoshlarni kitobga qiziqtirishdir. Ushbu maqolada yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish orqali tafakkurni, aqliy faoliyatini, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, internetdan to‘g‘ri foydalanish odatini rivojlantirish mazmuni yoritilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, kitobxonlik, kitob o‘qish, elektron kutubxona, zamonaviy texnologiyalar, kutubxona, ijtimoiy tarmoqlar, audio darslik. Kirish. Bugun biz tezkor global aloqa olamida yashayapmiz. Har bir inson ko‘zni qamashtiruvchi tezlik bilan kelgan texnologik o‘zgarishlar bilan yaxshi tanish. Matnlarni, tovush yoki vizual tasvirlarni yozib olish va uzatishning yangi usullari ko‘paydi. Raqamli texnologiya bilimlarni saqlash, tarqatish va olish uchun ajoyib
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 38 imkoniyatlar yaratdi. Ushbu texnologiya butun dunyo bo‘ylab odamlar o‘rtasida muloqot qilish, shuningdek, madaniy sohalarni rivojlantirish va asarlardan foydalanish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Elektron resurslar to‘plami haqiqatan ham har bir kutubxona fondining asosiy tayanchiga aylanadi. Demak bunda OTM talabalar soni yildan yilga o‘sish bir davrda biz o‘z-o‘zidan oliy ta’lim kutubxona tizimlarini elektron kutubxona tizimiga o‘tish talab qilinadi. Oliy ta’lim tizimida har bitta talabaga adabiyotlar bilan ta’minlash katta muammo bo‘lib qolmoqda. Shu muammodan xalos bo‘lish uchun har bir oliy ta’lim raqamli kutubxona tizimlariga o‘tishi shart. Endilikda bitta talaba-yoshlarni elektron kutubxonalarga jalb qilishning bir necha yo‘llari mavjud bularga misollar: - Elekron kutubxonalarda kitoblarni reklamasini ko‘proq yoritish kerak; - Kitoblarni yorqinroq kitobxonlarni diqqatini torta oladigan darajada adabiyotlar bilan ta’minlash kerak; - Audio kitoblarni nafaqat badiiy adabiyotlar aynan talabalar darsliklari ham audio qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi; - Professor-o‘qituvchilar uchun talabalarni kitob mutolaa qilishiga imkon qoldiradigan darajada uyga vazifalar berilsa; - Biz ko‘plab yana misollar keltirishimiz mumkin ammo yoshlarni kitobga qiziqtirish avvalo oiladan keyin esa ta’lim dargohlarida qiziqishi ortib boradi. - ARMlar jadal rivojlanayotgan bir davrda oliy ta’lim kutubxona tizimlarini elektron kutubxona fondini aynan kitobxonlar talabidan kelib chiqib fondni yaratish yoki to‘ldirib borish kerak. Ayni damda oliy ta’lim kutubxona tizimlarida elektron kitoblarga ehtiyojlar soni ortib borilmoqda, nashr qilingan kitobdan kamida 6 ta kitobxon foydalanilsa 1ta elektron kitobdan esa minglab yoki cheklanmagan kitobxonlar foydalanishi mumkin. - Respublikamizda barcha tizimlar raqamlashtirilayotgan bir davrda inson ehtiyojlarini qondirish foydalanuvchilar uyda o‘tirgan holatida gaz, elektr energiya, sovuq suv, issiqlik energiyalar to‘lovuni uyida amalga oshirilyapdi. Shundan kelib
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 39 chiqqan holda biz ARM hodimlari kitobxonlarni ehtiyojlariga hohlagan holda yani kitob shaklimi? Kitobning elektron shaklimi? Audio darsliklar deysizmi? hamma shaklini bir xil rivojlantirish kerak. Xususan ta’lim tizimida elektron kutubxonalar ishga tushirilgan bir vaqtda tizimdagi TA’MINLANGANLIK muammosi o‘z-o‘zidan bartaraf qilingan bo‘lar edi. Kitobxonlar 100 % adabiyotlar bilan ta’minlanganda balki kutubxonalarga tashrif buyurmasdan uyda o‘tirgan holda kerakli dasrliklarini o‘qishi mumkin. Oliy ta’lim tizimida hozirgi kunda joriy qilinadigan turli dasturlar qatorida Toshkent davlat yuridik universiteti va Navoiy davlat konchilik universitetlarida elektron kutubxona yaratishda asosan AKBT dasturi amalda joriy qilingan. Universitetlar o‘zaro hamkorlik asosida ish yuritishgan. “AKBT” dasturini ishga tushurish orqali foydalanuvchilarga masofadan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va universitetning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, shu maqsadda dastur quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - ARMda saqlanayotgan adabiyotlarning elektron kutubxonasini yaratish; - ARM filial yoki bo‘limlarini yagona dasturiy kompleksga jamlash; - ARMlarni birlashtirish va ularni yagona veb-platforma tizimiga birlashtirish; - ARMlararo elektron hamkorlikni takomillashtirish; - Eng so‘nggi web texnologiyalar asosida adabiyotlarni bir joyga jamlash; - Mamlakatda axborot, kommunikatsion texnologiyalar sohasining rivojiga hissa qo‘shish; - Aholining, fan va ta’limga oid elektron axborot resurslar bilan shug‘ullanadigan, mazkur ma’lumotlarga talabi mavjud bo‘lgan qatlamlarini ma’lumot bilan ta’minlash; - Aholiga masofadan turib ma’lumot olish, qayta ishlash, qo‘shish va foydalanish imkoniyatini yaratish. - ARMni raqamlashtirish talabani o‘qishga qiziqtira oldimi? O‘z o‘zidan talabalar har qanday ehtiyojini elektron kutubxonalardan savollari – javoblarini olishsa o‘qishga yana ham qiziqishi oshadi degan umiddaman.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 40 Xulosa qilib aytganda shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo‘qolmaydi. Yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish yo‘llarini o‘rganish, barcha darajadagi sa’y-harakatlarni birlashtirish lozim: oilada, maktabda, jamiyatda va hatto internetda ham bu borada ishlash kerak. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mustaqil O‘zbekiston kutubxonalari statistik ma’lumotlari. 2. Internet manbalari: ijtimoiy tarmoqlarda kitob targ‘iboti bo‘yicha bloglar va maqolalar.