scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TURON MALIKASI" ROMANIDA BIBIXONIM OBRAZI TALQINI

Bo'riyeva Yulduz

Full text

318 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “TURON MALIKASI” ROMANIDA BIBIXONIM OBRAZI TALQINI Bo‘riyeva Yulduz Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17736218 Annotatsiya: Ushbu maqolada yozuvchi Shahodat Isaxonovaning “Turon malikasi” tarixiy romanida Bibixonim obrazi badiiy talqin nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Muallif Bibixonim siymosini tarixiy haqiqatlarga tayanib, ayni paytda badiiylik va obrazlilik mezonlari asosida yaratgan. Tadqiqotda Bibixonimning siyosiy zukkoligi, aql-idroki, insoniy fazilatlari, shuningdek, uning ayollarga xos nozik his-tuyg‘ulari tahlil qilinadi. Romanda Bibixonim nafaqat markaziy qahramon, balki asarning kompozitsion birligiga asos bo‘lgan obraz sifatida yoritiladi. Shuningdek, Shod Mulk obrazining Bibixonimga qarama-qarshi qo‘yilishi orqali yozuvchi bosh qahramonning axloqiy, ma’naviy ustunligini ko‘rsatishi ta'kidlanadi. Maqolada adibaning tarixiy faktlarga sodiqligi, badiiy fantaziyani me’yorida qo‘llagani va tarixiy shaxslarni haqqoniy tasvirlagani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: “Turon malikasi” , badiiy obraz , ayol obrazi , tarixiy haqiqat , Shod Mulk. Kirish Inson, narsa, hodisaning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ijodiy qayta ishlangan aksi badiiy obraz demakdir. Agar asar tarixiy material asosida yozilgan bo’lsa, ma’lum tarixiy shaxslar ham badiiy asarning qahramoni etib tasvirlanishi mumkin. Shahodat Isaxonovaning “Turon malikasi” tarixiy romanidagi Amir Temur, Bibixonim, Xalil Sulton, Shod Mulk, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Tuman Og’o, Gavharshodbegim, Xoja Yusuf, Shayx Nuriddin, Burunduq Barlos kabi shaxslar haqiqatan tarixda yashab o’tgan bo‘lib, ayni paytda ular tarixiy romanning badiiy obrazlaridir. Yozuvchi badiiy obrazlar vositasida o’sha davrdagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy muammolarni badiiy tadqiq etadi. Shahodat Isaxonovaning asarida Bibixonim obrazi alohida yoritiladi. Bibixonim Saroymulkxonim bo‘lib, yigirma ikkinchi xon – jo‘jinajot shahzoda Sulton Qozonxon Yasavurxon o’g’lonning qizi bo‘lgan. Romanda u: • Yoshi payg‘ambar yoshiga yetgan bo‘lsa-da, qarilikka bo‘y bermagan. • Qomati tik, yonoqlari bo‘rtib turgan oppoq kulcha yuzlari ajinsiz. • Qo‘ng‘ir qorachiqli, xiyol qisiq ko‘zlarining nigohlari jiddiy. • Ovozi sokin va ohangli bo‘lib, nafasidan taralayotgan so‘zlar suhbatdoshining ko‘ngliga oqib kirayotganday taassurot berardi. Muhokama va natijalar Bibixonimning “Turon malikasi” degan sharafga loyiq ko’rilishining boisi faqatgina husnimalohat bo’lmay, balki aql-idrok, o‘tkir zehn, uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati hamda vaziyatni to‘g‘ri baholay olish kabi kuchli siyosatdonlarga xos sifatlaridir. • Buyuk saltanat sohibqironi Amir Temur ham davlat siyosati, shahzodalar borasidagi ayrim qarorlarini Bibixonim bilan maslahatlashgan holda qabul qilgan. • Shahzodalarning dunyoviy, diniy falsafiy bilim olishlari va ularning nazorati vazifasi bosh malika zimmasiga yuklatilgan. • Sohibqiron vafot etgandan so’ng ham shahzodalarning boshini birlashtirish yolg’iz Bibixonimning qo’lidan kelishi ta'kidlanadi. Romanda Bibixonim obrazi bosh qahramon vazifasini bajarish bilan birga, asarning kompozitsiyasini birlashtirib, fabulani bog’lab turadi. Chunki qaysi shahzoda yoki amir Bibixonimni o’z yoniga olsa, g’alabaga erishish va taxtga egalik qilish ehtimoli kuchayadi. Lekin malika elulusning tinchlik-hotirjamligini ko’zlab, taxtga munosib valiahd kelishini, Amir Temur vasiyati 319 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc amalga oshishini istaydi. Bunday chigal vaziyatda shahzodalarni imonu insofga chorlab, el-u yurt osoyishtaligini o’ylamoqqa undash vazifasi uning zimmasiga tushadi. Yozuvchi Bibixonim obraziga alohida mehr, iliqlik va samimiylik bilan yondashadi. Ayni paytda, ijodkor qahramonining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy zarbalardan iztirobga tushayotganidan qayg’uradi. U Bibixonim qanchalik aql-zakovat egasi bo‘lmasin, uning ayollarga xos his-tuyg‘ulari mavjudligini ham ta’kidlaydi. Buni uning armonli farzandsizligi sababli Xalil Sultonning homilador ayoli haqidagi yolg‘oniga ishonib qolganini Amir Temur ruhi bilan xayolan olib borgan suhbatida ko’rish mumkin. Shahodat Isaxonova obraz yaratishda: • Davrga oid ko‘p adabiy, badiiy, tarixiy, ilmiy manbalardan xabardor. • Badiiy fantaziyani me’yorida qo‘llaydi, voqelikni yolg‘onlar bilan to‘ldirmaydi, ko‘pirtirmaydi. • Yaratgan har bir qahramonida, xoh tarixiy shaxs, xoh to‘qima obraz bo’lsin, haqqoniylik tamoyiliga amal qiladi. • Tarixiy shaxslarning ijtimoiy mavqei, jamiyatdagi roli tarixiy haqiqatga mos ravishda, buzmasdan saqlanadi. Bibixonim obrazini yaqqolroq ochishga Shod Mulk obrazining qarama-qarshi qo‘yilishi xizmat qiladi. Shod Mulk go‘zal va malohatli bo‘lsa-da, Bibixonimning butunlay teskarisi bo‘lib, uning yengiltakligi va aqli qisqaligi ayon bilinib turadi. Shod Mulk kabi riokorlarga guvoh bo‘layotgan Bibixonim o‘zining butun oliyjanob ziynati va qiyofasi bilan jozibali tarzda qad rostlaydi. Xulosa qilib aytganda, romanda Bibixonim tarixiy shaxs sifatida tarixiy haqiqatlar negizida muvaffaqiyatli badiiy talqin qilingan. Xulosa Shahodat Isaxonovaning “Turon malikasi” romanida Bibixonim obrazi nafaqat tarixiy shaxs, balki markaziy badiiy obraz sifatida mohirlik bilan talqin etilgan. Maqolada tahlil qilinganidek: • Bibixonimning siymosi faqatgina husn-malohat bilan emas, balki siyosiy aql-idrok, o‘tkir zehn va uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati kabi davlat arboblariga xos fazilatlar bilan boyitilgan. • U Amir Temur saltanatining birligini saqlovchi, shahzodalarni boshini birlashtiruvchi markaziy kompozitsion element bo'lib xizmat qiladi, unga asardagi boshqa barcha obrazlar ipsiz bog'lanadi. • Yozuvchi qahramonga samimiy mehr bilan yondashgan holda, uning ulug'vorligi bilan birga, farzandsizlik armonidan chekkan ayollik iztiroblarini ham haqqoniy tasvirlaydi. • Shod Mulk obrazi unga qarama-qarshi qo'yilib, Bibixonimning axloqiy, ma'naviy ustunligi yanada yorqinroq ochib beriladi. • Adiba tarixiy faktlarga sodiqlik va badiiy mezonlarga qat'iy amal qilish orqali Bibixonim obrazining tarixiy haqiqatini ochishga intilgan. Shunday qilib, Shahodat Isaxonova tomonidan yaratilgan Bibixonim obrazi o‘zbek tarixiy nasrida ayol qahramonning siyosiy, ma’naviy va insoniy murakkabligini ochib bergan muvaffaqiyatli badiiy talqinlardan biri hisoblanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Quronov D., Mamajonova Z,Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 2. Isaxonova Sh. Turon malikasi. – Toshkent: Kamalak-Press, 2014. 7-bet. 3. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi, 2005. 102-bet. 4. To‘ychiyev U. O‘zbek adabiyotida badiiylik. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2011. 5. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: Bookmany print, 2022. 320 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 6. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120. 7. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. – Macedonia, 2019. –P.33-39. 8. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664. 9. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 03. – С. 245-249. 10. Oripova, G. (2020, December). RHYTHM AND MYTHING IN LYRICAL GENRE. In Конференции. 11. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12. 12. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94. 13. Oripova, G. M., & Abdurasulova, N. A. Q. (2022). O’ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA “YO’QOTILGAN AVLOD” MUAMMOSI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 213220.