SOG'LOM VA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH, ULARNI MAMLAKATDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SIYOSIY, IJTIMOIY VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING FAOL ISHTIROKCHISIGA AYLANTIRISH MAMLAKATIMIZNING USTUVOR VAZIFALARIDAN BIRI BO'LIB KELMOQDA
Full text
326 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH, ULARNI MAMLAKATDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SIYOSIY, IJTIMOIY VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING FAOL ISHTIROKCHISIGA AYLANTIRISH MAMLAKATIMIZNING USTUVOR VAZIFALARIDAN BIRI BO‘LIB KELMOQDA Chorshanbiyeva Diyora Chorshanbiyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix fakulteti Mustaqil tadqiqodchisi Elektron manzil: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17736285 ANNOTATSIYA.Ushbu maqolada biz Yurtimiz yoshlarining mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligi haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: “Yoshlar kuni”, “Halollik vaksinasi”, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “Kreativ park”, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar jamg‘armalari” ВОСПИТАНИЕ ЗДОРОВОГО И РАЗНООБРАЗНОГО ПОКОЛЕНИЯ, ЕГО АКТИВНОЕ УЧАСТИЕ В ПОЛИТИЧЕСКИХ, СОЦИАЛЬНЫХ И ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРЕОБРАЗОВАНИЯХ СТАНОВИТСЯ ОДНОЙ ИЗ ПРИОРИТЕТНЫХ ЗАДАЧ НАШЕЙ СТРАНЫ АННОТАЦИЯ. В этой статье мы узнаем о решающей роли и значении молодежи нашей страны в достижении целей процветания и прогресса нашей страны, обеспечении ее гражданам благополучной и достойной жизни и занятии ими места среди самых передовых обществ мира. Ключевые слова: «День молодежи», «Вакцина честности», Стратегия «Узбекистан – 2030», «Креативный парк», «Молодежная тетрадь», «Молодежные фонды». RAISING A HEALTHY AND COMPLETE GENERATION AND MAKING THEM ACTIVE PARTICIPANTS IN THE POLITICAL, SOCIAL, AND ECONOMIC REFORMS BECOMING ONE OF THE PRIORITY TASKS OF OUR COUNTRY ANNOTATION. In this article, we can learn about the crucial role and importance of the youth of our country in realizing the goals of our country's prosperity and progress, ensuring that its citizens have a prosperous and dignified life, and taking their place among the most advanced societies in the world. Keywords: “Youth Day”, “Honesty Vaccine”, “Uzbekistan – 2030” Strategy, “Creative Park”, “Youth Notebook”, “Youth Funds” 1.Dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, avvalo, sog‘lom va intellektual jihatdan yetuk avlodni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Yurt taraqqiyoti va jamiyat barqarorligining poydevori bo‘lgan yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etadi. Chunki globallashuv jarayonlarining tezlashuvi, axborot oqimining keskin ortishi, raqobatbardoshlikning kuchayishi sharoitida yoshlarning mustahkam bilimga, yuksak ma’naviyatga, sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lishi davlatning kelajakdagi rivojlanish sur’atlarini belgilab beradi.
327 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Shuningdek, jahon miqyosida kuzatilayotgan turli ijtimoiy xavf-xatarlar, axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish ham yoshlar tarbiyasining dolzarbligini oshirmoqda. Farzandlarimizning jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetishi — O‘zbekistonning ertangi kuni, milliy taraqqiyot strategiyasining asosiy kafolatidir. 2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi: Yoshlarni mamlakatda davom etayotgan demokratik islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularda fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy mas’uliyat hamda tashabbuskorlikni kuchaytirish hozirgi davrning eng ustuvor vazifalaridan biridir. O‘zbekistonning modernizatsiya jarayonlari, iqtisodiy liberallashuv, raqamli iqtisodiyotning kengayishi, ijtimoiy sohalarning yangilanishi yosh avloddan yuqori kompetensiyalarni talab etadi. Shuning uchun ta’lim tizimini takomillashtirish, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. 3. Tadqiqot natijalari: Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda turli qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu yurtimiz yoshlarining mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning faol va bevosita ishtirokchisi, jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish mamlakatimizning ustuvor va strategik vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, keyingi 7 yilda yoshlar siyosati samaradorligiga oid jami 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari, jumladan, 2016 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. 2017 yil 30 iyunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi yoshlarning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratildi. O‘z navbatida, Prezident taklifiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar kunini belgilash to‘g‘risida” gi qonun bilan 30 iyun –“Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Bugungi kunda hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan, “halollik vaksinasi” bilan emlangan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Xalqaro ekspertlar yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligiga asosan yoshlarning umumiy ahvolidan kelib chiqib uch mezon asosida baho beradi. Yoshlar salomatligi darajasi, yoshlarga berilayotgan ta’lim darajasi va yoshlarning ijtimoiy ta’minlanganlik darajasi shular jumlasidandir. Islohotlar silsilasida Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – “Yoshlar daftari”ning joriy etilishi yoshlarga oid siyosatni yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Natijada o‘tgan qisqa davr ichida respublikada yashayotgan 18-30 yoshdagi minglab ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qo‘llabquvvatlashga muhtoj, ishsiz yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning muammolarini hal qilish uchun hududlarda “Yoshlar jamg‘armalari” orqali zarur mablag‘ ajratildi. Shuningdek, 2020 yildan boshlab yoshlar tadbirkorligini mikrokreditlashning yangi tizimi joriy etildi. Yoshlarga o‘z biznesini boshlashi uchun ta’minotsiz mikrokreditlar berish amaliyoti joriy
328 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc etildi. Yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi yo‘lga qo‘yilib, tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi davlat tomonidan kompensatsiya qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Natijada 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘paydi. 2021 yilda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSH dollari ajratilgani yosh tadbirkorlarni yanada ruhlantirdi. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirayotgani hech kimga sir emas. Joriy yilning – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilinishi ham mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning uzviy va mantiqiy davomi bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yoshlarga va tadbirkorlikka oid maqsadlariga aynan uyg‘undir. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash uchun har bir viloyatda bittadan “Kreativ park”lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish, har yili 500 nafar iste’dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish, maktab bitiruvchilarining kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta’minlash, kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish, “Top-500” ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish kabi maqsadlar o‘rin olgan. Holbuki, sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir. Yoshlarga oid davlat siyosati avvalo har bir davlatning ichki siyosati bo‘lib, yoshlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosati hech qachon yakunlangan tizimni anglatmaydi. Bu sohadagi izchil va hayotchan islohotlar davr talabi va mavjud shart-sharoitdan kelib chiqib, takomillashtirib boriladigan uzluksiz jarayondir. Xulosa Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash jamiyat taraqqiyoti, davlat barqarorligi va kelajak ravnaqi uchun eng muhim omillardan biridir. Bugungi globallashuv, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, raqobatning kuchayishi sharoitida yoshlarning jismoniy sog‘lomligi, ma’naviy yetukligi, bilim va ko‘nikmalarining yuqori darajada bo‘lishi strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatning faol, mas’uliyatli a’zolariga aylantirishdan iboratdir. Yoshlarni siyosiy jarayonlarga, ijtimoiy hayotga, iqtisodiy islohotlarga faol jalb etish ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaydi, tashabbuskorlik, liderlik, mas’uliyat, ijtimoiy faollik kabi fazilatlarini rivojlantiradi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatda kechayotgan demokratik yangilanishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy poklik, bilimga chanqoqlik va zamonaviy kompetensiyalar avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatini belgilab beradi. Shunday qilib, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish — bu nafaqat ta’lim-tarbiya tizimining, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Yuksak ma’naviyatli, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli yoshlar O‘zbekistonning ertangi kuni va milliy taraqqiyot strategiyasining
329 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ishonchli kafolatidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz islohotlar jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash esa davlatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 3. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – Toshkent, 2016. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari va qarorlari. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir qarorlari. 6. Abduazizov A., Yo‘ldoshev J. *Pedagogika asoslari.* – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 7. Ochilov E., Hasanov A. *Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.* – Toshkent: NMIU, 2021. 8. Jo‘rayev R. *Yoshlar psixologiyasi.* – Toshkent: Universitet, 2020. 9. Rahmonqulov H. *Sog‘lom turmush tarzi asoslari.* – Toshkent, 2018. 10. Hasanboeva O., Tursunov U. *Tarbiyaviy ishlar metodikasi.* – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. 11. Qodirov Q. “Barkamol avlod tarbiyasida zamonaviy yondashuvlar.” – *Ta’lim va innovatsiya*, 2021. 12. Mirzayeva M. “Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etishning samarali usullari.” – *O‘zbekiston pedagogik jurnali*, 2022. 13. Abdullayeva D. “Sog‘lom avlod – millat taraqqiyotining poydevori.” – ”Ma’naviyat va ma’rifat”, 2023. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – president.uz 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi portali – gov.uz 16. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sayti – youth.uz 17. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar bo‘yicha onlayn resurslar – uzedu.uz, ziyonet.uz.