scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"THE METHODICAL SIGNIFICANCE OF QUICK EXERCISES IN SHAPING STUDENTS' AESTHETIC TASTE"

Suyunov, Navruz

Abstract

This article analyzes the methodological significance of quick sketching exercises in shaping students’ aesthetic taste. The relevance of the study lies in the fact that the development of aesthetic taste in art education is effectively achieved not only through theoretical knowledge but also through consistent and rapid exercises. Quick sketches enhance students’ observation, imaginative thinking, and artistic expression, contributing to the formation of creative perspectives based on aesthetic criteria. The purpose of the article is to examine the methodological foundations of quick sketching exercises in developing students’ aesthetic taste. The study was conducted with students of the “Fine Arts and Engineering Graphics” program at Shahrisabz State Pedagogical Institute, comparing the results of control and experimental groups. The findings confirmed that systematic use of quick sketching exercises is an effective tool in fostering aesthetic taste.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 876 UDK 7.0.741.744 “TALABALARNING ESTETIK DIDINI SHAKLLANTIRISHDA TEZKOR MASHQLARNING METODIK AHAMIYATI” “THE METHODICAL SIGNIFICANCE OF QUICK EXERCISES IN SHAPING STUDENTS’ AESTHETIC TASTE” “МЕТОДИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ БЫСТРЫХ УПРАЖНЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВКУСА СТУДЕНТОВ” \ Suyunov Navro’z Alisher o’g’li e-mail: [email protected] Qarshi Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi Shahrisabz davlat pedaogigka instituti o’qituvchisi Navruz Alisherovich Suyunov E-mail: [email protected] Independent researcher at Qarshi State University Lecturer at Shahrisabz State Pedagogical Institute Суюнов Навруз Алишерович Электронная почта: nav[email protected] Независимый исследователь Каршинского государственного университета Преподаватель Шахрисабзского государственного педагогического института ANNOTATSIYA Ushbu maqolada talabalarning estetik didini shakllantirishda tezkor qalamchizgi mashqlarining metodik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, san’at ta’limida estetik didni rivojlantirish nafaqat nazariy bilimlar, balki tezkor va izchil mashqlar orqali samarali shakllanadi. Tez qalamchizgi mashqlari talabalarning kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur va badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirib, estetik mezonlarga asoslangan ijodiy qarashlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolaning maqsadi — talabalarda estetik didni shakllantirishda tezkor mashqlarning metodik asoslarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari ishtirokida olib borilib, nazorat va tajriba guruhlari natijalari solishtirildi. Natijalar tezkor mashqlarni tizimli qo‘llash estetik didni rivojlantirishda samarali vosita ekanligini isbotladi. АННОТАЦИЯ В данной статье анализируется методическое значение экспресс-упражнений в формировании эстетического вкуса студентов. Актуальность исследования заключается в том, что развитие эстетического вкуса в художественном образовании эффективно формируется не только через теоретические знания, но и посредством быстрых и последовательных упражнений. Быстрые зарисовки расширяют наблюдательность, образное мышление и художественные возможности студентов, способствуя формированию творческого взгляда, основанного на эстетических критериях. Цель статьи — анализ методических основ экспресс-упражнений в процессе формирования эстетического вкуса студентов. Исследование проводилось со студентами направления «Изобразительное искусство и инженерная графика» Шахрисабзского ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 877 государственного педагогического института с сопоставлением результатов контрольной и экспериментальной групп. Полученные данные доказали, что систематическое применение экспресс-упражнений является эффективным средством в формировании эстетического вкуса. ABSTRACT This article analyzes the methodological significance of quick sketching exercises in shaping students’ aesthetic taste. The relevance of the study lies in the fact that the development of aesthetic taste in art education is effectively achieved not only through theoretical knowledge but also through consistent and rapid exercises. Quick sketches enhance students’ observation, imaginative thinking, and artistic expression, contributing to the formation of creative perspectives based on aesthetic criteria. The purpose of the article is to examine the methodological foundations of quick sketching exercises in developing students’ aesthetic taste. The study was conducted with students of the “Fine Arts and Engineering Graphics” program at Shahrisabz State Pedagogical Institute, comparing the results of control and experimental groups. The findings confirmed that systematic use of quick sketching exercises is an effective tool in fostering aesthetic taste. KALIT SO‘ZLAR. tez qalamchizgi, estetik did, badiiy tafakkur, kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur, ijodiy yondashuv, san’at ta’limi, metodik asoslar, talabalarning badiiy idroki, pedagogik jarayon КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА. быстрые зарисовки, эстетический вкус, художественное мышление, наблюдательность, образное м ышление, творческий подход, художественное образование, методические основы, художественное восприятие студентов, педагогический процесс KEYWORDS. quick sketching, aesthetic taste, artistic thinking, observation, imaginative thinking, creative approach, art education, methodological foundations, students’ artistic perception, pedagogical process 1. KIRISH (INTRODUCTION) 1.1. Muammolarning dolzarbligi Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, san’at ta’limida talabalarning estetik didini shakllantirish zamonaviy pedagogikaning eng muhim vazifalaridan biridir. Estetik did nafaqat talabaning badiiy tafakkuri va ijodiy faoliyatini belgilaydi, balki uning dunyoqarashi, qadriyatlari va san’atni idrok etish madaniyatini ham shakllantiradi. Biroq amaliyotda estetik tarbiyani faqat nazariy bilimlar asosida shakllantirish yetarli emas, shu sababli tez qalamchizgi mashqlari kabi tezkor va samarali metodlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu muammo nafaqat O‘zbekiston ta’lim tizimida, balki jahon miqyosida ham dolzarbdir, chunki zamonaviy san’at pedagogikasi global tajribada ham estetik tarbiyani ijodiy mashqlar orqali rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1.2. Muammoga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlar tahlili Xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tezkor mashqlar estetik idrokni kuchaytirishning samarali vositasi sifatida qaraladi (R. Arnheim, J. Dewey, H. Gardner). Jumladan, Dewey estetik tajribaning shaxs tarbiyasidagi ahamiyatini ochib bergan bo‘lsa, Arnheim vizual idrok orqali estetik mezonlarni shakllantirishni ta’kidlaydi. Gardner esa ijodiy mashqlar ko‘p qirrali intellektni rivojlantirishga xizmat qilishini asoslab beradi. Mahalliy va rus olimlari (N.N. Rostovsev, V.S. Kuzin, N.N. Volkov, N.F. Gonobolin, V.A. Slastenin) estetik didni shakllantirishda badiiy tafakkur va tasviriy mashqlarning alohida o‘rni borligini qayd ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 878 etadilar. Ularning fikricha, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali talabalarda estetik mezonlarni samarali shakllantirish mumkin. 1.3. Muammolarni o‘rganish holatidagi bo‘shliqlarni aniqlash Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlarda estetik did ko‘proq nazariy bilimlar yoki badiiy asarlar tahliliga asoslangan holda o‘rganilgan. Biroq tez qalamchizgi mashqlarining estetik tarbiya jarayonidagi o‘rni yetarlicha chuqur tadqiq etilmagan. Ayniqsa, ularni metodik jihatdan tizimlashtirish masalasi ilmiy asosga ehtiyoj sezmoqda. 1.4. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari Ushbu o‘rganilmagan jihatlar maqolaning maqsadini belgilashga imkon berdi. Maqolaning maqsadi — talabalarning estetik didini shakllantirishda tez qalamchizgi mashqlarining metodik asoslarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1. Tez qalamchizgi mashqlarining estetik tarbiya jarayonidagi psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash. 2. Tezkor mashqlar orqali estetik mezonlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish. 3. Tajriba asosida bu metodikaning samaradorligini aniqlash. 1.5. Maqola materiallarining nazariy va amaliy hissasi Mazkur tadqiqotning nazariy hissasi san’at ta’limida estetik didni shakllantirishda tez qalamchizgi mashqlarining metodik modelini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Amaliy hissasi esa talabalarning badiiy tafakkuri va estetik qarashlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni taqdim etishdir. Bu tavsiyalar o‘qituvchilarga mashg‘ulotlarda tezkor chizgi mashqlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. 2. Adabiyotlar tahlili Xorijiy tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, estetik didni shakllantirish masalasi san’at ta’limi tizimida alohida o‘ringa ega. John Dewey o‘zining “Art as Experience” (1934) asarida estetik tarbiya shaxsning badiiy idrokini chuqurlashtirish va ijodiy faoliyatini faollashtirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Rudolf Arnheim esa “Art and Visual Perception” (1954) kitobida estetik did vizual idrok orqali rivojlanishini ko‘rsatadi va bu jarayonning samaradorligini tezkor mashqlar yordamida kuchaytirish mumkinligini qayd etadi. Howard Gardnerning ko‘p qirrali intellekt nazariyasi ham estetik didning shakllanishini ijodiy mashqlar bilan bog‘laydi. Evropa va rus olimlarining tadqiqotlari ham bu masalani yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, N.N. Rostovsev, V.S. Kuzin, N.N. Volkov, G.V. Beda, E.I. Ignatyev estetik didni shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlarning, xususan, tez qalamchizgi mashqlarining o‘rni katta ekanligini ta’kidlaganlar. Ularning fikriga ko‘ra, bunday mashqlar talabalarda kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur va badiiy idrokni kengaytiradi, estetik mezonlarga asoslangan qarashlarni shakllantiradi. Mahalliy pedagog va san’atshunoslarning izlanishlari ham estetik tarbiya jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, N.F. Gonobolin, V.A. Slastenin, S.I. Arxangelskiy san’at ta’limida estetik didni shakllantirish nazariya va amaliyot uyg‘unligiga asoslanishi kerakligini ta’kidlaydilar. Ularning izlanishlarida talabalarning estetik qarashlarini rivojlantirishda chizgi mashqlari, tasviriy kuzatish va ijodiy yondashuvning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 879 Shu tariqa, xorijiy olimlar estetik didni shakllantirishni ko‘proq nazariy va psixologik nuqtai nazardan o‘rganib, mashqlarni estetik tajribani boyituvchi vosita sifatida talqin etadilar. Rus olimlari bu jarayonga metodik yondashib, tezkor mashqlarni amaliy o‘quv jarayonida samarali qo‘llash zarurligini asoslab beradilar. Mahalliy olimlar esa estetik tarbiyani ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi sifatida ko‘rib, uni metodik yondashuvlar bilan takomillashtirishni ta’kidlaydilar. Mazkur adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tez qalamchizgi mashqlari talabalarning estetik didini rivojlantirishda nazariy bilimlar bilan amaliy faoliyatni uyg‘unlashtirishning eng muhim vositalaridan biridir. 3. Materiallar va metodlar (Materials & Methods) 3.1. Tadqiqot chegaralarini ta’riflash Ushbu tadqiqotning eksperimental chegaralari talabalarning estetik didini shakllantirishda tez qalamchizgi mashqlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayoni asosan san’at ta’limi mashg‘ulotlari bilan chegaralanib, estetik tarbiyaning amaliy tomoniga qaratildi. 3.2. Tadqiqot savollari va gipoteza Tadqiqotda quyidagi savollar qo‘yildi: • Tez qalamchizgi mashqlari talabalarning estetik didini rivojlantirishda qanchalik samarali? • Estetik idrokni boyitishda tezkor mashqlar nazariy bilimlar bilan qanday uyg‘unlashadi? • Ushbu mashqlar metodik jihatdan qanday tashkil etilishi kerak? Gipoteza: agar tez qalamchizgi mashqlari tizimli va metodik asosda tashkil etilsa, talabalarning estetik didi, badiiy idroki va ijodiy yondashuvi sezilarli darajada rivojlanadi. 3.3. Tadqiqot metodlari va usullarini tanlash asoslari Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, tajriba-sinov ishlari, taqqoslash, anketa va suhbat metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, talabalar chizmalari tahlili asosiy metod sifatida qo‘llandi. Ushbu metodlarni tanlash sababi shundaki, ular talabalarning estetik qarashlari va chizgi mashqlaridagi ijodiy yondashuvini ob’ektiv baholash imkonini beradi. 3.4. Tadqiqotning eksperimental bazasi va uning tanlanish asoslari Tadqiqotning eksperimental bazasi sifatida Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi tanlandi. Tanlov sababi — mazkur yo‘nalishda talabalar chizgi mashqlari bilan muntazam shug‘ullanadilar va estetik tarbiya jarayoni ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Eksperimentda 40 nafar 2–3 kurs talabalari ishtirok etdi. Ular nazorat va tajriba guruhlariga bo‘lindi. Nazorat guruhida an’anaviy chizgi mashqlari, tajriba guruhida esa tez qalamchizgi mashqlari asosida estetik tarbiyaga qaratilgan metodik yondashuv qo‘llanildi. 3.5. Eksperiment bosqichlari • Birinchi bosqich (tayyorgarlik): talabalarning estetik qarashlari va badiiy idroki diagnostika qilindi. • Ikkinchi bosqich (asosiy): tez qalamchizgi mashqlari orqali estetik didni shakllantirish metodikasi qo‘llanildi. • Uchinchi bosqich (yakuniy): natijalar baholandi, nazorat va tajriba guruhlari ko‘rsatkichlari solishtirildi. 3.6. Baholash mezonlari Talabalarning estetik didi quyidagi mezonlar asosida baholandi: 1. Obrazli tafakkurning rivojlanganlik darajasi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 880 2. Kuzatuvchanlik va tafsilotlarga e’tibor. 3. Estetik mezonlarga asoslangan ijodiy qarash. 4. Chizmalarda badiiy ifodalilik darajasi. Baholash natijalari pedagogik kuzatuv va talabalar ishlarini ekspert tahlili orqali aniqlashtirildi. 4. Natijalar (Results) Maqoladagi eksperiment bosqichlarining mantiqiga ko‘ra, tadqiqot tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlarda olib borildi. Tayyorlov bosqichida talabalar estetik qarashlari va chizgi mashqlaridagi qiziqishlari diagnostika qilinib, nazorat va tajriba guruhlari orasida katta farq kuzatilmadi. Asosiy bosqichda tez qalamchizgi mashqlarini metodik asosda qo‘llash orqali tajriba guruhi talabalari chizmalarida kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur va badiiy ifodalilik sezilarli darajada rivojlandi. Masalan, tezkor chizmalar orqali talabalarning predmetni yaxlit idrok etishi, kompozitsion yechimlarni topishi va estetik didni namoyon etishi kuzatildi. Yakuniy bosqich natijalari shuni ko‘rsatdiki, muallif tomonidan ishlab chiqilgan metodika talabalar estetik qarashlarini shakllantirishda samarali bo‘ldi. Tajriba guruhi talabalari nazorat guruhiga nisbatan: • estetik mezonlarga asoslangan baholashda 30–35% yuqori ko‘rsatkich, • obrazli tafakkurni qo‘llashda 25% yuqori natija, • chizmalarda badiiy ifodalilik darajasida esa 40% yuqorilashga erishdi. Rasmlardan olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tez qalamchizgi mashqlari talabalarda estetik tafakkur bilan birga kuzatuvchanlik va ijodiy yechim topish qobiliyatini ham rivojlantirdi. Jadval va diagrammalar orqali berilgan natijalar esa metodikaning samaradorligini aniq tasdiqladi. Umuman olganda, eksperiment jarayonida qo‘llanilgan metodika talabalarda estetik didni shakllantirish bilan birga, ijodiy izlanishga rag‘bat uyg‘otdi va ularning tasviriy san’at mashg‘ulotlaridagi faol ishtirokini kuchaytirdi. 5. Muhokama (Discussion) Maqoladagi natijalarni umumlashtirib aytganda, tez qalamchizgi mashqlari talabalarning estetik didini shakllantirishda samarali vosita sifatida o‘zini namoyon qildi. Talabalarda kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur va badiiy ifodalilikning rivojlanishi metodikaning amaliy samaradorligini isbotladi. Maqolada taklif etilgan metodikaning samaradorligi tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqlar orqali tasdiqlandi. Xususan, tajriba guruhi talabalari estetik mezonlar bo‘yicha 30–35% yuqori natijalarga erishganligi, mazkur yondashuvning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ayrim izlanishlari bilan to‘liq mos kelmasligi mumkin. Chunki ko‘plab adabiyotlarda tez qalamchizgi mashqlari ko‘proq texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish vositasi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, mazkur tadqiqot estetik did va ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berdi. Bu esa mavzuni kengroq ilmiy munozaraga olib chiqish imkonini beradi. Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, estetik qarashlar ko‘proq nazariy bilimlar orqali rivojlanadi, biroq bu tadqiqot natijalari amaliy mashqlar ham didni shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Demak, nazariy va amaliy yondashuvlarning uyg‘unligi samaradorlikni oshiradi. Mazkur tadqiqotning oldingi ishlardan ajralib turuvchi xususiyati shundaki, tez qalamchizgi mashqlari faqat texnik ko‘nikma emas, balki estetik qarash va ijodiy mustaqillikni rivojlantirishning ham muhim metodik vositasi sifatida tadqiq etildi. Bu yondashuv san’at ta’limi metodikasida yangi amaliy yo‘nalishlarni shakllantirish imkonini beradi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 881 6. Xulosa (Conclusion) Maqolada tez qalamchizgi mashqlarining talabalarning estetik didini shakllantirishdagi metodik asoslari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu mashqlar talabalar tasavvurini kengaytirish, obrazli tafakkurni rivojlantirish va kuzatuvchanlikni oshirish orqali ularning badiiy qarashlari va estetik baholash qobiliyatini sezilarli darajada yuksaltirishi aniqlandi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan metodika tajriba asosida sinovdan o‘tkazilib, nazorat guruhlari bilan taqqoslash orqali samaradorligi tasdiqlandi. Bu esa tez qalamchizgi mashqlari estetik tarbiya vositasi sifatida ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Muallif tomonidan taklif etilgan tavsiyalar, jumladan: • tez qalamchizgi mashqlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, • an’anaviy va zamonaviy metodlarni uyg‘unlashtirish, • grafik dasturlardan foydalanish orqali talabalarning ijodiy qiziqishini rag‘batlantirish, san’at ta’limi jarayonida samarali natijalarga erishishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv talabalarni nafaqat texnik, balki estetik jihatdan ham yuksak darajada tayyorlash imkonini beradi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullayev, Sh. (2010). San’at ta’limida ijodiy yondashuv. Toshkent. 2. Alberti, L. B. (1435). De pictura (On Painting). Florence. 3. Arnheim, R. (1974). Art and Visual Perception: A Psychology of the Creative Eye. University of California Press. 4. Avloniy, A. (1918). Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent. 5. Barrett, T. (2000). Criticizing Art: Understanding the Contemporary. McGraw-Hill. 6. Beruniy, A. R. (1998). Tanlangan asarlar. Toshkent. 7. Boymetov, B. (2006). Qalamtasvir. Toshkent: Musiqa nashriyoti. 8. Da Vinci, L. (1500). Notebooks. Florence. 9. Dewey, J. (1934). Art as Experience. New York: Minton, Balch & Co. 10. Dürer, A. (1525). Underweysung der Messung. Nuremberg. 11. Edwards, B. (1979). Drawing on the Right Side of the Brain. Los Angeles. 12. Eisner, E. (2002). The Arts and the Creation of Mind. Yale University Press. 13. Forobiy, A. N. (1993). Fozil odamlar shahri. Toshkent. 14. Hetland, L., Winner, E., Veenema, S., & Sheridan, K. (2007). Studio Thinking: The Real Benefits of Visual Arts Education. Teachers College Press. 15. Ignatyev, E.I. (1987). Psikhologiya khudozhestvennogo vospriyatiya. Leningrad. 16. Kuzin, V.S. (1982). Metodika prepodavaniya risovaniya. Moskva. 17. Lebedko, V.K. (1990). Metodika izobrazitelnogo iskusstva v shkole. Moskva. 18. Lowenfeld, V. (1947). Creative and Mental Growth. New York: Macmillan. 19. Medvedev, L.G. (1995). Pedagogika iskusstva. Moskva. 20. Navoi, A. (1991). Xamsa. Toshkent. 21. Qodirov, A. (2001). Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. Toshkent. 22. Read, H. (1943). Education Through Art. London: Faber and Faber. 23. Rostovtsev, N.N. (1984). Osnovy prepodavaniya izobrazitelnogo iskusstva. Moskva. 24. Shorokhov, Ye.V. (1986). Psikhologiya khudozhestvennogo tvorchestva. Leningrad. 25. Terentyev, A.Ye. (1991). Metodika khudozhestvennogo obucheniya. Moskva. 26. To‘xliyev, H. (2004). Pedagogik kuzatuv asoslari. Toshkent. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 882 27. Volkov, N.N. (1985). Psikhologiya risunka. Moskva. 28. Yashuxin, A.P. (1992). Metodika obucheniya izobrazitelnomu iskusstvu. Moskva. 29. Zinchenco, V.P. (1987). Myshlenie i deyatel’nost’. Moskva. 30. Беда, Г.В. (1980). Metodika prepodavaniya izobrazitelnogo iskusstva. Moskva.