TEMIR YО'L KESISHMASIDA YO`L HARAKATINI TASHKIL ETISH
Abstract
Avtomobil va temir yо‘llari о‘zaro kesishmasi holatining xavfsizligiga ta'siri. Temir yо‘l kesishmalariga qо‘yiladigan talablar. Avtomobil va temir yо‘llarning о‘zaro kesishmalarida sodir etilgan yо‘l-transport xodisalari tahlili. Temir yо‘l kesimalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarini tadqiq qilish Temir yо‘l kesishmalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi. Temir yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish bо‘yicha tavsiyalar. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni texnik iqtisodiy asoslash.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 55 TEMIR YО‘L KESISHMASIDA YO`L HARAKATINI TASHKIL ETISH 1Bo`ronov Sh.E., 1Qurbonov F. 1Toshkent shahridagi Belarus-О‘zbekiston qо‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17737765 Annotatsiya. Avtomobil va temir yо‘llari о‘zaro kesishmasi holatining xavfsizligiga ta'siri. Temir yо‘l kesishmalariga qо‘yiladigan talablar. Avtomobil va temir yо‘llarning о‘zaro kesishmalarida sodir etilgan yо‘l-transport xodisalari tahlili. Temir yо‘l kesimalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarini tadqiq qilish Temir yо‘l kesishmalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi. Temir yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish bо‘yicha tavsiyalar. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni texnik iqtisodiy asoslash. Kalit so‘zlar: Temir yо‘l kesishmaSi, harakat, xavfsizlik, transport, yo‘l harakati qatnashchilari. Abstract. The impact of road and rail intersection conditions on safety. Requirements for railway crossings. Analysis of road accidents at road and rail intersections. A study of vehicle traffic indicators at railway crossings. Changes in vehicle traffic indicators at railway crossings. Recommendations for improving traffic safety at railway crossings. Feasibility study of the developed recommendations. Key words: Railway crossing, traffic, safety, transport, road users. Аннотация. Влияние состояния пересечения автомобильных и железных дорог на безопасность. Требования к железнодорожным переездам. Анализ дорожнотранспортных происшествий на пересечениях автомобильных и железных дорог. Исследование показателей движения транспортных средств на железнодорожных переездах. Изменение показателей движения транспортных средств на железнодорожных переездах. Рекомендации по повышению уровня безопасности движения на железнодорожных переездах. Технико-экономическое обоснование разработанных рекомендаций. Ключевые слова: Железнодорожный переезд, движение, безопасность, транспорт, участники дорожного движения. KIRISH Temir yо‘l kesishmasida svetoforlar, turli signallar, yо‘l kо‘rsatkichlari va katta tezlik bilan poyezd kelayotgan tо‘g‘risidagi ogoxlantirish belgilariga xaydovchilar sо‘zsiz amal qilishlari kerak bо‘gan qonun -qoidalardir. Shuning uchun yо‘l kesishmalaridan о‘tishda avtomobil xaydovchilaridan xar doim xushyorlik talab etiladi. Lekin avtoulovni boshqarayotgan ayrim xaydovchilar xamisha xam qonun –qoidalarga amal qilishmaydi. Noxush tuknashuvlar kelib chikishiga , eng avvalo avtomobil xaydovchilari yul xarakat xavfsizlik koidalarini buzishi sabab bulmokda. Jumladan, о‘tgan 2017 yil davomida Respublikamizda temir yо‘l kesishmalarida poyezdlar bilan avtomobillar tо‘qnashuvlari 40 marta sodir bо‘ldi. Joriy yilning shu kuniga qadar temir yо‘l kesishmalarida poyezdlar bilan avtomobillar tо‘qnashuvlari 17 marta sodir bо‘ldi.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 56 Aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan datlidagi eng dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Harakat xavfsizligini tashkil etishda yо‘l transport hodisalari oqibatida odamlar halok bо‘lishi yoki turli darajada tan jarohatlari olishlari, yetkazilayotgan moliyaviy zararlar, atrof muhit va ekologik yechimini kutayotgan muammolar xisobga olinadi. Hozirgi kunda Harakat xavfsizligini taminlash uchun mamlakatimizda keng kо‘lamli chora tadbirlar olib borilmoqda. Hususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-sonli “Yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi 377sonli “О‘zbekiston Respublikasi yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarorlarida harakat xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha mamalakatimizda keng kо‘lamli islohatlar olib borilishi nazarda tutilgan. Temir yо‘llari bilan avtomobil yо‘llari kesishmalarida sodir etildaigan yо‘l-transport xodisalari о‘zlarining og‘irlik darajasiga kо‘ra о‘ta xavfli bо‘lib hisoblanadi. Temir yо‘l kesishmalarida sodir etiladigan yо‘l-transport xodisalari о‘zining og‘irlik darajasi bо‘yicha eng yuqori kо‘rsatkichga ega. Temir yо‘l kesishmalarida sodir etiladigan yо‘l-transport xodisalari о‘zining jiddiy oqibatlari bilan kо‘plab insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi. Ishga quyilgan maqsad va vazifa temir yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish, temir yо‘l kesishmalariga qо‘yiladigan talablar, avtomobil va temir yо‘llarning о‘zaro kesishmalarida sodir etilgan yо‘l-transport xodisalari tahlili, temir yо‘l kesimalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarini nazariy tadqiq qilish, temir yо‘l kesishmalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi. Temir yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni texnik iqtisodiy asoslash. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori 1-ilovasiga asosan, temir yо‘l kesishmalari orqali harakatlanishda, transport vositalarining haydovchilari temir yо‘llarni faqat temir yо‘l kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yо‘l berib kesib о‘tishlari lozim. Temir yо‘l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib о‘tmoqchi bо‘lgan haydovchi kesishma navbatchisining kо‘rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yо‘l belgilariga, yо‘l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yо‘qligiga ishonch hosil qilish shart. Quyidagi hollarda temir yо‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi: svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani tо‘suvchi qurilma kо‘tarilib turgan yoki kо‘tarila boshlagan holatda; shlagbaumning holatidan va bor-yо‘qligidan qat’iy nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida; kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga kо‘tarib tursa yoki qо‘llarini yonga uzatsa); agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada tо‘xtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo bо‘lsa; agar kо‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashayotgan bо‘lsa. Bundan tashqari: kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bо‘lagiga chiqib aylanib о‘tish;shlagbaumni о‘zboshimchalik bilan ochish; transport holatiga keltirilmagan qishloq xо‘jaligi, yо‘l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib о‘tish; temir yо‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bо‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Temir yo'l kesishmasining xavfsizligi va maksimal o'tkazuvchanligi quyidagi asosiy
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 57 shartlar va chora-tadbirlar bilan ta'minlanadi: haydovchilar va piyodalarning temir yo'l kesishmasida belgilangan qoidalarga rioya qilishlari; haydovchilar va lokomotiv muhandislari uchun o'tish joyining etarli darajada ko'rinishi; yo'lning silliqligi va sirtning yaqinlashishda va to'g'ridan-to'g'ri yo'llarning kesishmasida kerakli yopishish koeffitsienti bilan; harakatlanish chizig'ining etarli kengligi va o'tish joyidagi qatorlar soni; piyodalar uchun alohida yo'laklarni ta'minlash; O'tish joyida ogohlantiruvchi ma'lumot va signalizatsiya mavjudligi va to'g'ri ishlashi (yo'l belgilari, svetoforlar, to'siqlar va ovozli signallar). O'tish joyida ko'rish o'tish joyini to'g'ri joylashtirish va ko'rishni buzadigan ob'ektlarni etarli darajada tozalash bilan ta'minlanadi. O'tish joylari to'g'ridan-to'g'ri temir yo'l stantsiyalari yonida yoki aholi punktlarida joylashganda, ayniqsa, odatiy bo'lgan tor sharoitlarda, belgilangan ko'rish masofalarini ta'minlash har doim ham mumkin emas. Bunday hollarda ogohlantirish svetoforlari juda muhimdir; ular haydovchilarga kamida 100 metr masofadan aniq ko'rinadigan bo'lishi kerak. Agar buni ta'minlashning iloji bo'lmasa, o'tish joyiga yaqinlashishda tezlikni cheklash kerak. REFERENCES 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ”Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.04.04.2022 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori.2022-yilning 12-aprelida 3. Chorraxalarda vat emir yo`l kesishmalarida sun`iy intellektni qo`llash. Bo`ronov Sh.E., Rayimov A.A., Kurbonov F.Q. № DGU 49290. Talabnoma raqami DT 202502484. (2025) 4. Temir yo‘llari kesishmasi holatining xavfsizligi. Bo`ronov Sh.E., Kurbonov F., Kahharova Sh. Amaliy fanlar va texnologiyalar: sohalarga amaliy tatbiq etishning muammolari va yechimlari. Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ma`ruzalar to`plami. 2-qism. 30-aprel 2025-yil-277 b. 5. www.unicef.uz 6. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/road-safety-for-children