KO'CHA-YO'L KESISHMASIDA YO`L HARAKATINI TASHKIL ETISH
Abstract
Avtomobil yо‘llari о‘zaro kesishmasi holatining xavfsizligiga ta'siri. Yо‘l kesishmalariga qо‘yiladigan talablar. Avtomobil yо‘llarning о‘zaro kesishmalarida sodir etilgan yо‘l-transport xodisalari tahlili. Yо‘l kesimalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarini tadqiq qilish Yо‘l kesishmalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi. Yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish bо‘yicha tavsiyalar. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni texnik iqtisodiy asoslash.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 58 KO'CHA-YO'L KESISHMASIDA YO`L HARAKATINI TASHKIL ETISH 1Bo`ronov Sh.E., Rayimov A. A. 1Toshkent shahridagi Belarus-О‘zbekiston qо‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17737868 Annotatsiya. Avtomobil yо‘llari о‘zaro kesishmasi holatining xavfsizligiga ta'siri. Yо‘l kesishmalariga qо‘yiladigan talablar. Avtomobil yо‘llarning о‘zaro kesishmalarida sodir etilgan yо‘l-transport xodisalari tahlili. Yо‘l kesimalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarini tadqiq qilish Yо‘l kesishmalarida transport vositalari harakati kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi. Yо‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini oshirish bо‘yicha tavsiyalar. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni texnik iqtisodiy asoslash. Kalit so‘zlar: Yо‘l kesishmai, harakat, xavfsizlik, transport, yo‘l harakati qatnashchilari. Abstract. The impact of intersection conditions on traffic safety. Intersection requirements. Analysis of road accidents at intersections. Research into vehicle traffic indicators at intersections. Changes in vehicle traffic patterns at intersections. Recommendations for improving traffic safety at intersections. Feasibility study of the developed recommendations. Key words: Intersection, traffic, safety, transport, road users. Аннотация. Влияние состояния перекрёстков на безопасность движения. Требования к перекрёсткам. Анализ дорожно-транспортных происшествий на перекрёстках. Исследование показателей движения транспортных средств на перекрёстках. Изменение показателей движения транспортных средств на перекрёстках. Рекомендации по повышению уровня безопасности движения на перекрёстках. Техникоэкономическое обоснование разработанных рекомендаций. Ключевые слова: Перекресток, движение, безопасность, транспорт, участники дорожного движения. So`nggi paytlarda yo‘l harakati xavfsizligi muammosi ilmiy tadqiqot obyekti sifatida mamuriy huquq sohasi olimlari tomonidan keng tadqiq qilinmoqda, shu bilan birga ushbu muammoning ilmiy tahliliga oid yagona yondashuv hali ishlab chiqilmagan. Ayniqsa yo`l harakati xavfsizligini to`g`ridan-to`g`ri ma`muriy-huquqiy tartibga solish obyekti sifatida tushunish masalasida yetarlicha tadqiqotlar olib borilmagan. Bundan tashqari, aksariyat tadqiqot mualliflari o`tgan yillarning ijobiy tajibasini to`lik hisobga olmay, yo`l harakati havfsizligi tushunchasini “yo`l harakati”, “yo`l harakati havfsizligi”, “yo`l harakati havfsizligini ta`minlash” kategoriya orqali izohlamagan, bu esa muammoni o`rganishning yana bir dolzarb jihatini ifoda etadi. Yo`l hаrаkаtini tаshkil etish-trаnspоrt vоsitаlаri оqimini mаksimаl dаrаjаdа yo`lning gеоmеtrik o`lchаm imkоniyatlаridаn fоydаlаnib, uning hаr xil bo`lаklаridа xаvfsiz hаrаkаt tаrtibini vа yuqоri o`tkаzish qоbiliyatini tа`minlаshdan ibоrаt bo`ladi. Avtоmоbil yo`llаridа hаrаkаt tаrtibsiz rаvishdа vujudgа kеlаdi. Hаr bir hаydоvchi o`zigа qulаy hаrаkаt tаrtibini tаnlаydi va o`zi tаnlаgаn hаrаkаt tаrtibining bоshqа hаrаkаt qаtnаshchilаrigа tа`siri bilаn hisоblаshmаydi. shuningdеk, shahar ko`chalari va magistral yo`llarning kengligi turli
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 59 rusumli аvtоmоbillаrning hаr xil dinаmik gabariti sifаti hаrаkаt tаrtibigа tа`sir qilishi muqаrrаr. Yo`l hаrаkаtidа аvtоmоbillаrning o`zаrо tа`siri hаrаkаt miqdоri qаnchа ko`p bo`lsа, shunchа оrtа bоrаdi. Yo`l kengligini tashkil qilishning аsоsiy mаqsаdi dеb hаr xil trаnspоrt vоsitаlаrini yuqоri tеzlik bilаn yo`lning turli bo`lаgidаn yilning hаr qаndаy оb-hаvо shаrоitlаridа xаvfsiz o`tkаzishi tushunilаdi. Avtomobillar yo`l harakati havfsizligini yo`nаlishlаr bo`yichа аjrаtishdа quyidаgi ishlаr rеjаlаshtirilаdi: 1. Аjrаtuvchi tаsmа yordаmidа аlоhidа yo`nаlishlаr bo`yichа yo`l qаtnоv qismini yaxlit bitta yo`l pоyidа jоylаshtiriladi. 2. Yo`nаlishlаr bo`yichа qаtnоv qismini аlоhidа yo`l pоyidа jоylаshtirish. 3. Ko`rinishi tа`minlаnmаgаn kichik radiusli egriliklаrdа yo`nаlishlаr bo`yichа аjrаtuvchi xаvfsizlik оrоlchаlаrini o`rnаtish. 4. Аhоli yashаydigаn jоylаrdаgi pаrаllеl ko`chаlаrdа bir tоmоnlаmа hаrаkаtni tаshkil qilish. 5. Chоrrаhаdа kеsishаdigаn yo`llаrni hаr xil sаthdа jоylаshtirish. 6. Bir sаthdа jоylаshgаn chоrrаhаlаrdа chаpgа burilаdigаn аvtоmоbillаr kutib turishi uchun xаvfsizlik оrоlchаlаri (yo`l bеlgi chizig`i оrqаli) yordаmidа kutish tаsmаlаrini аjrаtish. Hozirgi vaqtda global avtomobillashtirishni hisobga olgan holda, yo`l harakatida ishtirok etuvchi va huquqbuzar bo`lgan huquqiy munosabatlar sub`ektlariga nisbatan o`rgangan mamuriy olinishi, mamuriy majburlov xususiyatidagi ma`muriy taʼminlashi, maʼmuriy javobgarlik nazoratini qo`llashni nazarda tutuvchi ma`muriy tartibga solish normalarni o`z kuchiga ega boshqarish uchun keng qamrovli innovatsiyalarga bo`lgan ehtioj hukumat darajasida hal etilish bilan izohlanadi. Avtomobil harakati xavfsizligi yo`l kengligining toifasi va avtomobillarning harakat avtomobillarning tezligi va dinamik gabaritiga ham bog`liq. Avtomobil yo`li kengligi transport oqimining zichligiga katta ta`sirini o`tkazadi. Transport oqimining zichligi oshgan sari transport oraliq masofasining kamayishi, tezligining darajasi, haydovchilarning psixologi ish rejimining qiyin kuchi umumiy yo`l harakatining noqulayligiga olib keladi. Avtomobil yo`llarida Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tadqiq qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Yo‘l harakatining qonuniyatlarini tahlil qilishda, shuningdek, harakatni boshqarishning amaliy masalalarini yechishda transport oqimi tavsiflarining o‘zaro ta’siridan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-son qaroriga muvofiq 2022 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida avtomobil yo‘llarida inson haѐti va sog‘lig‘ini harqanday hodisalardan kafolatli himoya qilish maqsadida mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari belgilandi. Shahar yo‘l-ko‘cha tarmoqlarida bajariladigan eng muhim vazifalardan biri, tarmoq bo‘ylab transport, piyodalar va velosipedchilarning xavfsiz harakatni tashkil etish, transportni tirbandligini bartaraf qilish etish, yo‘l o‘tkazish qobiliyatni tekshirish, ko‘cha bo‘ylab optimal tezlikni ta’minlash va yo‘l transport hodisalarini kamaytirish. Sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirishda va shahar yo‘l va ko‘chalarini transport ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishda yo‘l harakatini tashkil etishdagi texnik vositalar va qo‘llaniladigan usullardan foydalanish nafaqat harakatni to‘g‘ri tashkil etishda, balki harakat xavfsizligini va
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 60 yo‘lni o‘tkazish qobiliyatini hisobga olishga samarali ta’sir qiladi. Shuningdek yuqorida keltirilgan tadbirlar ko‘chani rekonstruksiya qilishga nisbatan arzon bo‘lib, capital yo‘l ishlarini qilishdan oldin shahar yo‘l va ko`chalarni harakatlanish sharoitlarini yaxshilash bo`yicha birinchi navbatda bajariladigan bosqich deb qabul qilish kerak. Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash transportning qulayligini ta`minlash, yo`l harakati qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, mamlakat iqtisodiyotining transport sohasini rivojlantirishning asosiy omili bo`lib, shunga mos ravishda turli tartibga solish vositalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Xulosa qilib aytganda, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiѐt strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, albatta, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishda ham, qolaversa ma’muriy-huquqiy tartibga solish normalarini takomillashuvida o‘z samarasini beradi. REFERENCES 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ”Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.04.04.2022 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori.2022-yilning 12-aprelida 3. Chorraxalarda vat emir yo`l kesishmalarida sun`iy intellektni qo`llash. Bo`ronov Sh.E., Rayimov A.A., Kurbonov F.Q. № DGU 49290. Talabnoma raqami DT 202502484. (2025) 4. Ko‘cha-yo‘l kesishmasida harakat xavsizligini oshirish yo`llari. Bo`ronov Sh.E., Rayimov A., Uktamova S.. Amaliy fanlar va texnologiyalar: sohalarga amaliy tatbiq etishning muammolari va yechimlari. Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ma`ruzalar to`plami. 2qism. 30-aprel 2025-yil-277 b. 5. www.unicef.uz 6. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/road-safety-for-children