scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAXRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Norxidirova Sabrina Jurabek qizi

Full text

351 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ZAXRIDDIN MUHAMMAD BOBUR Norxidirova Sabrina Jurabek qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instutiti Biologiya yo ‘nalishi 1-kurs talabasi [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17737863 Annotation: Zahiriddin Muhammad Babur (1483–1530) was a great statesman, commander, poet, and writer. He was born in Fergana and belonged to the Timurid dynasty. From a young age, Babur showed interest in science, literature, and military affairs. In 1494, he ascended the throne of Fergana and later fought for control over Transoxiana and India. In 1526, after winning the Battle of Panipat, he founded the Mughal Empire in India. Babur also made a significant contribution to world literature with his famous work “Baburnama,” in which he vividly described his life, campaigns, and the nature and culture of his time. His literary heritage is considered one of the greatest treasures of Uzbek literature. Аннотация: Захириддин Мухаммад Бабур (1483–1530) — великий государственный деятель, полководец, поэт и писатель. Он родился в Фергане и принадлежал к династии Тимуридов. С ранних лет Бабур проявлял интерес к науке, литературе и военному делу. В 1494 году он взошёл на трон Ферганы, а позже вёл борьбу за владение Мавераннахром и Индией. В 1526 году, одержав победу в битве при Панипате, Бабур основал в Индии государство Великих Моголов. Он также внёс огромный вклад в мировую литературу своим знаменитым произведением «Бабур-наме», в котором подробно описал свою жизнь, походы, природу и культуру своего времени. Творческое наследие Бабура считается одним из величайших сокровищ узбекской литературы. Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) — buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoir va adib. U Farg‘onada tug‘ilgan bo‘lib, Temuriylar sulolasiga mansub edi. Bobur yoshligidan ilmga, adabiyotga va harbiy ishga qiziqqan. U 1494-yilda Farg‘ona taxtiga chiqdi, keyinchalik Movarounnahr va Hindiston uchun kurash olib bordi. 1526-yilda Panipat jangida g‘alaba qozonib, Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Bobur shuningdek, o‘zining “Boburnoma” asari bilan jahon adabiyotiga katta hissa qo‘shgan. Ushbu asarda u hayoti, yurishlari, zamonasining tabiati va madaniy hayotini batafsil tasvirlagan. Bobur ijodi o‘zbek adabiyotining bebaho durdonalaridan hisoblanadi. Keywords:Zahiriddin Muhammad Babur, Baburnama, Timurids, Fergana, India, Mughal Empire, poet, commander, statesman, literature, history. Ключевые слова:Захириддин Мухаммад Бабур, Бабур-наме, Тимуриды, Фергана, Индия, Империя Великих Моголов, поэт, полководец, государственный деятель, литература, история. Kalit so‘zlar:Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, Temuriylar, Farg‘ona, Hindiston, Boburiylar sulolasi, shoir, sarkarda, davlat arbobi, adabiyot, tarix. Kirish: Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk sarkarda va adib Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) — o‘zbek xalqining tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs, shoir, sarkarda va davlat arbobidir. U 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida, Temuriylar sulolasiga mansub oilada tug‘ilgan. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona hokimi bo‘lgan. Yoshligidan bilim olishga, she’riyatga va harbiy san’atga qiziqqan Bobur tez orada o‘z iste’dodini namoyon eta boshladi.1494yilda otasi vafotidan so‘ng, 11 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirdi. U o‘sha davrning murakkab siyosiy sharoitida ko‘plab janglar olib bordi, Movarounnahrni birlashtirishga intildi, biroq raqib kuchlar bilan kurashish oson bo‘lmadi. Keyinchalik Bobur Afg‘oniston tomon yurish qilib, Kobul shahrini egalladi va o‘ziga tayanch davlat yaratdi.1526-yilda Bobur Panipat jangida Dehli sultoniga qarshi g‘alaba 352 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qozonib, Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Bu sulola keyingi uch yuz yildan ortiq vaqt davomida Hindiston tarixida muhim o‘rin egalladi. Bobur davlatni boshqarishda adolat, ilm-ma’rifat va san’atni rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. Bobur nafaqat buyuk sarkarda, balki iste’dodli adib ham edi. Uning mashhur asari — “Boburnoma” — o‘z davrining tarixiy, geografik va madaniy hayotini yorituvchi noyob manbadir. Asarda Bobur o‘z hayoti, yurishlari, xalq urf-odatlari va tabiat go‘zalliklarini samimiy tarzda tasvirlagan. Shuningdek, u o‘zbek va fors tillarida go‘zal she’rlar yozgan, lirikasida insonparvarlik, vatanparvarlik va muhabbat mavzularini kuylagan. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530-yilda Hindistonda vafot etdi. Uning nomi bugungi kunda ham nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda hurmat bilan tilga olinadi. Bobur — xalqimiz faxri, milliy o‘zlik va madaniyat ramzidir. Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/1519—1530). „Boburiya“, „Voqeoti Bobur“, „Voqeanoma“, „Tuzuki Boburiy“, „Tabaqoti Boburiy“, „Tavorixi Boburiy“ kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa „Vaqoye“ va „Tarix“ degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada 1494— 1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.„Boburnoma“da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol-yarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiy maʼmuriy istilohlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, „Boburnoma“da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, anʼanaviy tadbir-marosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shahar, viloyatlarning jugʻrofiy-maʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻl-adirlari, togʻ, sahrolari, bogʻu -rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15-16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turk-moʻgʻul qabilalarining urf-odatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiy, turkiy zabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. „Boburnoma“ da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi 353 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. Xulosa.Zahiriddin Muhammad Bobur — nafaqat o‘z davrining, balki butun Sharq tarixining eng yirik siymolaridan biridir. U o‘zining aql-zakovati, jasorati, siyosiy donoligi va adabiy iste’dodi bilan xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Bobur yoshligidan boshlab og‘ir sinovlarga duch keldi, ammo hech qachon orqaga chekinmadi. U o‘z yurti uchun kurashdi, ko‘plab yurishlar olib bordi va nihoyat Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Bu sulola asrlar davomida Sharq madaniyati, san’ati va ilm-fanining yuksalishiga xizmat qildi. Bobur o‘z faoliyati bilan adolatli hukmdor, dono rahbar va xalqparvar inson sifatida tarixda qoldi. U harbiy sohada ham, davlat boshqaruvida ham o‘zining noyob iste’dodini namoyon etgan. Shuningdek, Bobur o‘z davrining yirik adibi va shoiri sifatida “Boburnoma” kabi asar yaratib, jahon adabiyoti xazinasini boyitdi. Ushbu asar orqali biz o‘sha davrning siyosiy voqealari, tabiat manzaralari va insonlar hayotini chuqur his eta olamiz.Boburning she’riy merosi ham o‘ziga xos. Uning g‘azal va ruboiylarida vatan, muhabbat, do‘stlik, hayot falsafasi va insoniy tuyg‘ular chuqur ifoda etilgan. Bobur ijodida xalqparvarlik, ilm va ma’naviyatni ulug‘lash asosiy o‘rinda turadi.Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat maktabi hisoblanadi. U bizga qat’iyat, bilimga chanqoqlik va Vatanga sadoqat timsoli sifatida namuna bo‘lib qolmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Abdurashid Abdugʻafurov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Azimjonova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977; 3. Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3j., T., 1978; 4. Axmedov B, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; 5. Boburnoma, T., 1960; 6. Le Livre de Babur, Parij, 1985; 7. Baburname, T., 1993.