scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZMSHOHLAR DAVLATI INQIROZI VA MO`G`ULLAR ISTILOSIGA OLIB KELGAN OMILLAR

Amirqulova Feruza Muzaffar qizi; Raxmonova Madinabonu Raxmatullayevna

Full text

406 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XORAZMSHOHLAR DAVLATI INQIROZI VA MO`G`ULLAR ISTILOSIGA OLIB KELGAN OMILLAR Amirqulova Feruza Muzaffar qizi Raxmonova Madinabonu Raxmatullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tarix yo’nalishi 4-kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17739635 Annotatsiya: Ushbu maqolada XII–XIII asrlarda Markaziy Osiyoda yirik siyosiy kuch sifatida shakllangan Xorazmshohlar davlatining inqiroz sabablari va jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlatning siyosiy, iqtisodiy hamda harbiy tizimidagi ichki ziddiyatlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, feodal tarqoqlikning kuchayishi va tashqi bosqinlar, xususan, mo‘g‘ullar istilosining hal qiluvchi omil sifatida ta’siri yoritilgan. Maqolada tarixiy manbalar hamda zamonaviy tadqiqotchilar fikrlari asosida Xorazmshohlar davlatining qulashiga olib kelgan omillar kompleks tarzda tahlil etilib, mintaqaning keyingi siyosiy tarixiga bo‘lgan ta’siri haqida xulosa chiqariladi. Kalit so’zlar: Xorazmshohlar davlati, inqiroz, mo‘g‘ullar istilosi, siyosiy zaiflashuv, feodal tarqoqlik, Jaloliddin Manguberdi, davlat boshqaruvi, iqtisodiy tanglik, Markaziy Osiyo tarixi. ASOSIY QISM Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, shu yo‘lda aziz jonini qurbon qilgan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir. Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida Jaloliddin Manguberdiga teng keladigan ulug‘ shaxslar dunyoda kamdan kam uchraydi. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1 XIII asr boshlarida Xorazmshoh-anushteginiylar davlati o‘z hududining kengligi, saltanatning nufuzi, xalqining salohiyati, madaniyati, xo‘jalik hayoti yuqori darajadaligi bilan ajralib turgan. Saltanat asosan qang‘li-qipchoq hamda turkmanlardan iborat muntazam qo‘shinga ega edi. Qo‘shinning katta qismini “Lashkari berun” deb nomlangan nomuntazam armiya tashkil qilgan. Xorazmshoh qo‘shini otliq va piyodalardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi otliqlar edi. Qo‘shin og‘ir va yengil qurollangan hamda tuya mingan askarlardan iborat qismlarga bo‘lingan. Jangchilar kamon, nayza, qilich, gurzi kabi qurollar bilan jang qilgan. Qo‘shin asosini qabilalar tamoyiliga ko‘ra, turkiy qism va bo‘linmalar tashkil etgan. Qo‘shinning tarkibida yana mamluklar (jangchi qullar)dan iborat 10 ming kishilik tansoqchilar (xaros) qismi bo‘lgan. Urush vaqtida xalq lashkarlari tuzilgan. Qo‘shinning jangovar tartibi to‘rt qismdan: avang‘or (muqaddam yoxud yozoq), o‘ng (maymana), so‘l (maysara), qanotlar va markaz (qalb)dan tashkil topgan. Qo‘shinning orqasida ham qo‘riqlovchi qism bo‘lgan. 2 Sulton Muhammad Xorazmshoh qo‘shinining umumiy soni 400 000 nafarga yetgan va mo‘g‘ullar qo‘shiniga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lgan. 1226-yilda Ozarbayjon, Shirvon va Gurjiston Xorazmshoh qo‘liga o‘tdi. 1227-yil sentyabrda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengdi. Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdining jangdagi mardligiga qoyil qolib: “Zamonasining haqiqiy bahodiri, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan edi. Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misr hukmdorlariga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-harakatlari behuda ketdi. Sultonning o‘sib borayotgan mavqeyi Bag‘dod xalifasini, Misr, Damashq va Jazira hukmdorini 1 Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko„taramiz. 1-tom, –T.: “O'zbekiston”, 2017. 2 Q.Usmonov va b. O’zbekiston tarixi. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2016. 407 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tashvishga sola boshladi. 3 Ichki fitnalar va xiyonatlar boshlandi. Ustiga-ustak Ko‘niya sultoni Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Jaloliddinning ukasi G‘iyosiddin Pirshoh birinchi bo‘lib xiyonat yo‘liga o‘tdi. U o‘z lashkarlari bilan akasi qarorgohini tark etdi. G‘iyosiddin akasiga hasadi qo‘zg‘ab, o‘zi mustaqil davlat barpo etish va Jaloliddin kabi shuhrat qozonishni istadi. U Kirmon hokimi tomonidan qo‘lga olinib, qatl etildi. Mo‘g‘ullar ushbu voqeadan so‘ng Jaloliddin davlati ular o‘ylagandek kuchli emasligini anglab, u bilan sulh tuzish fikridan qaytishdi. Ozarbayjon va Gurjiston sari talonchilik yurishlarini boshlab yuborishdi. Jaloliddinning bosh vaziri Sharofulmulk sultonga fitna uyushtira boshladi. Uning Jazira va Ko‘niya hukmdorlariga Jaloliddindan hokimiyatni tortib olishda madad so‘rab yozgan maktubi Jaloliddinning qo‘liga tushgach, u hibsga olinib, qatl etildi 4 . 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shini Jaloliddin Manguberdi kuchlarini Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchratdi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin Manguberdini ta’qib etadi 5 . Mo‘g‘ullar uning qarorgohiga uyushtirgan tungi hujum natijasida oz sonli qo‘shinini tormor keltirdi, Jaloliddin Manguberdining o‘zi esa ta’qibdan qutulib, Kurdiston tog‘lariga chiqib ketdi. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, fojiali halok bo‘ldi. Atigi o‘ttiz uch yil umr ko‘rgan, ammo nomi ellarda mashhur bo‘lgan, Chingizxonni lol qoldirgan, o‘z yurtini beadad sevgan so‘nggi xorazmshoh Sulton Jaloliddin Manguberdi yorug‘ dunyodan shu tariqa ko‘z yumdi. Uning nomi asrlar davomida avlodlar uchun jasorat va mardlik, vatanparvarlik ramzi bo‘lib keldi. Sulton Jaloliddinning hayotlik davrida mo‘g‘ullar O‘rta Sharqni bosib ololmadilar. Bu voqea ancha keyin – 1256-yili ro‘y berdi. Jaloliddin Manguberdi o‘n bir yil davomida mo‘g‘ullarni nafaqat O‘rta Sharqqa, balki Sharqiy Yevropaga ham qo‘ymadi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yil bahorida Ganjaga kelib, barcha gina-kuduratlarini unutib, yana mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlarga murojaat etdi. Jaloliddin Ganjada turib birlashish haqida qo‘shni o‘lkalar hokimlariga yuborilgan maktublarga javob kutdi. Ammo unga hech qayerdan javob xati kelmadi. Jaloliddin Kichik Osiyo tomon yo‘l olish va u yerda kuch to‘plash niyatida edi. 1231-yilning avgusti boshida Amid (Diyorbakr) yo‘li yaqinida unga to‘satdan mo‘g‘ullar hujum qilib qoldi. 6 Uni 15 chog‘li mo‘g‘ul navkarlari ta’qib etdi. Jaloliddin o‘z sheriklaridan ajrab, Mayaforiqin (hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinidagi Ayndor qishlog‘iga keldi. Ushbu tog‘ qishlog‘ida u kurdlar qo‘liga tushdi 7 . O‘zini sulton deb tanishtirganidan so‘ng kurdlar uni o‘ldirishga jazm etmadi. Jaloliddinni tegishli joyga yetkazib qo‘yish evaziga kurdlarga mukofot va’da qilindi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni o‘lgan kurd inisi xuni evaziga o‘ldirdi. Bu voqea taxminan 1231-yilning avgust oyida ro‘y berdi. Jaloliddin Manguberdi Mayaforiqinda dafn etildi, mo‘g‘ullar kirib kelgudek bo‘lsa, xorlamasin degan maqsadda qabri yer bilan tekislab yuborildi. Jaloliddinning ashaddiy dushmani Damashq hokimi Malik Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib, suyunchi so‘raganlarida, u qayg‘uga botib: “Sizlar uning o‘limi bilan meni 3 M.Rahimov, A.Zamonov. O’zbekiston tarixi. –T.: “Fan”, 2019. 4 Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi. –T.: “O’zbekiston”, 2006. 5 Bosworth, Clifford Edmund (1978). "K h wārazm-S h āhs". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. OCLC 758278456. 6 Bosworth, Clifford Edmund (1984). "Āl-e Maʾmūn". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. 762–764 b. 7 Katouzian, Homa. Iranian History and Politics: The Dialectic of State and Society. Routledge, 2007. ISBN 978-0415297547. 408 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qutlamoqchimisizlar? Endi siz voqeaning achchig‘ini tatib ko‘rasiz. Alloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mo‘g‘ullarning bostirib kirishini anglatadi. 8 Endilikda biz bilan mo‘g‘ullar o‘rtasida devor bo‘lib turgan Xorazmshohdek odam yo‘qdir”, deb javob bergan edi. Ibn Vosil esa uni “mo‘g‘ullar va musulmonlar orasidagi istehkom” deb ta’riflagandi. Jaloliddinning o‘limidan so‘ng uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bo‘lib ketdi. “Jaloliddin tirik”, “Jaloliddin qaytib kelyapti” degan ovozalar uzoq vaqtgacha mo‘g‘ullarni tahlikaga solib kelgan. Jaloliddin Manguberdining o‘limini o‘sha davr muarrixlari tili bilan “Yo‘lbars (Chingizxon nazarda tutilgan) changalidan omon chiqqan arslon chiyabo‘ri qo‘lida jon berdi”, deya ta’riflash mumkin. MUHOKAMA Xorazmshohlar davlati o‘z davrida Markaziy Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan qudratli davlatlardan biri bo‘lgan. Lekin davlatning tezkor ravnaq topishi bilan bir qatorda ichki boshqaruvdagi muammolar ham chuqurlashib bordi. Sulton Muhammad Xorazmshoh davrida markaziy hokimiyat kuchaygan bo‘lsa-da, feodallarning mustaqillikka intilishi, viloyat hokimlari o‘rtasidagi raqobat va saroy ichidagi nizolar davlatning siyosiy barqarorligiga jiddiy putur yetkazdi. Bundan tashqari, iqtisodiy sohada soliqlarning oshishi, aholining noroziligi va savdo yo‘llarida xavfsizlikning susayishi davlatning ichki holatini zaiflashtirdi. Xorazmshohlarning diplomatik siyosatida ham jiddiy xatolar kuzatildi 9 . Ayniqsa, mo‘g‘ullar bilan munosabatlarning keskinlashuvi, Chingizxon elchilarining o‘ldirilishi davlat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi. Mo‘g‘ullar istilosi boshlangach, Xorazmshohlar davlati ichki birlikdan mahrum bo‘lgani sababli tashqi bosqinga qarshi samarali qarshilik ko‘rsata olmadi. Poytaxtlarning birin-ketin qulashi, aholining ommaviy qirg‘in qilinishi va iqtisodiy infratuzilmaning vayron bo‘lishi davlatni butunlay inqirozga olib keldi. Jaloliddin Manguberdi tomonidan ko‘rsatilgan qahramonlik va mustaqillik uchun kurash esa davlatning sobiq qudratini tiklashga yetarli bo‘lmadi. Xorazmshohlar davlati inqirozining asosiy sabablari — ichki siyosiy tarqoqlik, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, iqtisodiy tanazzul va tashqi bosqinlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlardir. Bu holat o‘rta asr Markaziy Osiyo tarixida kuchli davlatning qanday qilib qisqa muddatda qulashiga yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi. NATIJALAR Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Xorazmshohlar davlati inqirozining asosiy sabablarini ichki va tashqi omillar yig‘indisi tashkil etgani aniqlanadi. Ichki omillarga markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, feodal tarqoqlikning kuchayishi, hokimlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va iqtisodiy tanglik kiradi. Bu holatlar davlatning siyosiy barqarorligini susaytirib, tashqi tahdidlarga qarshi tura olmaslikka olib kelgan. Tashqi omil sifatida mo‘g‘ullar istilosi hal qiluvchi rol o‘ynagan. 10 Chingizxon qo‘shinlarining bosqini Xorazmshohlar davlatining allaqachon zaiflashgan siyosiy va iqtisodiy tuzilmasini butunlay yemirib tashladi. Bu jarayon Markaziy Osiyo tarixida siyosiy tizimlarning beqarorligi va ichki birlikning yo‘qligi qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini yaqqol ko‘rsatdi. Natijada Xorazmshohlar davlati inqirozi nafaqat bir sulolaning qulashini, balki mintaqaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy taraqqiyotida katta tanaffus yuz berganini ifodalaydi. Shu 8 Kuznetsov, Andrew; Fedorov, Michael (2013). "Late Drachms of the Khwārazmshāh Azkājvār and Imitations of such Drachms". Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies (Taylor & Francis) 51 (1): 145–149. 9 Ziyo Bunyodov. Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlati. 1097—1231.. М.: Fan, Sharq adabiyoti bosh muharriri, 1986. 10 Васильева Г. П. Преобразование быта и этнические процессы в северном Туркменистане. — M.: Наука, 1969. Цитата: «…В XIII в., как писал А. Ю. Якубовский, „почти весь земледельческий Хорезм, в том числе и города, говорили по-гузски (потуркменски)“». 409 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bois mazkur davr tajribasi keyingi asrlarda davlat boshqaruvi va hududiy birlikni mustahkamlash borasidagi tarixiy saboq sifatida katta ahamiyat kasb etadi. XULOSA Xorazmshohlar davlati o‘z davrida Markaziy Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davlat bo‘lgan. Biroq ichki siyosiy beqarorlik, feodal tarqoqlik, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi hamda tashqi tahdidlarga nisbatan muvofiqlashtirilgan siyosatning yo‘qligi uning inqiroziga sabab bo‘ldi. Davlat rahbarlarining diplomatik xatolari, ayniqsa mo‘g‘ullar bilan munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan siyosiy noaniqliklar mamlakatni halokat yoqasiga olib keldi. Xorazmshohlar davlati qulashining oqibatida Markaziy Osiyoda siyosiy parokandalik kuchaydi, iqtisodiy hayot izdan chiqdi va madaniy markazlar vayronaga aylandi. Shunga qaramay, bu davr tarixdan chuqur saboq sifatida ahamiyatlidir — u kuchli davlatni saqlab qolishda ichki birlik, adolatli boshqaruv va oqilona tashqi siyosatning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Q.Usmonov va b. O’zbekiston tarixi. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2016. 2. 2. M.Rahimov, A.Zamonov. O’zbekiston tarixi. –T.: “Fan”, 2019. 3. 3. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi. –T.: “O’zbekiston”, 2006. 4. Bosworth, Clifford Edmund (1978). "K h wārazm-S h āhs". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. OCLC 758278456. 5. Bosworth, Clifford Edmund (1984). "Āl-e Maʾmūn". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. 762–764 b. 6. Katouzian, Homa. Iranian History and Politics: The Dialectic of State and Society. Routledge, 2007. ISBN 978-0415297547. 7. Kuznetsov, Andrew; Fedorov, Michael (2013). "Late Drachms of the Khwārazmshāh Azkājvār and Imitations of such Drachms". Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies (Taylor & Francis) 51 (1): 145–149. 8. Ziyo Bunyodov. Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlati. 1097—1231.. М.: Fan, Sharq adabiyoti bosh muharriri, 1986. 9. Васильева Г. П. Преобразование быта и этнические процессы в северном Туркменистане. — M.: Наука, 1969. Цитата: «…В XIII в., как писал А. Ю. Якубовский, „почти весь земледельческий Хорезм, в том числе и города, говорили по-гузски (потуркменски)“». 10. Ошанин Л. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез её народов. Часть 3. — Издательство Ереванского университета, 1959. Цитата: «В X в., к которому относятся сообщения арабских географов, тюрками, окружавшими Хивинский оазис, были туркмены…» 11. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko„taramiz. 1-tom, –T.: “O'zbekiston”, 2017.