scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DATCHIKLARDAN FOYDALANIB ODAM BOʻYINI VA VAZNINI OʻLCHAB, MATN HAMDA OVOZLI KOʻRINISHDA BILDIRUVCHI QURILMA MAKETI UCHUN DASTURIY TIZIM YARATISH

F.Y. Xudayqulov, R.D. Abdumalikova

Abstract

Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotda turli sohalarda inson faoliyatini yengillashtirish uchun keng qo‘llanilmoqda. Datchiklar va mikrokontrollerlar asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan qurilmalar sog‘liqni saqlash, sport, ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar nafaqat ma’lumot yig‘ish, balki ularni tezkor qayta ishlash va natijalarni turli shakllarda foydalanuvchiga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

Full text

THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 191 DATCHIKLARDAN FOYDALANIB ODAM BOʻYINI VA VAZNINI OʻLCHAB, MATN HAMDA OVOZLI KOʻRINISHDA BILDIRUVCHI QURILMA MAKETI UCHUN DASTURIY TIZIM YARATISH F.Y. Xudayqulov, R.D. Abdumalikova Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17739778 Annotatsiya. Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotda turli sohalarda inson faoliyatini yengillashtirish uchun keng qo‘llanilmoqda. Datchiklar va mikrokontrollerlar asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan qurilmalar sog‘liqni saqlash, sport, ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar nafaqat ma’lumot yig‘ish, balki ularni tezkor qayta ishlash va natijalarni turli shakllarda foydalanuvchiga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Inson salomatligi bilan bog‘liq asosiy parametrlar – bo‘y va vaznni o‘lchashning o‘z vaqtida amalga oshirilishi turli kasalliklarni aniqlash va sog‘liq holatini monitoring qilishda muhim ahamiyatga ega. Shifokorlar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun bunday ma’lumotlarning tezkor va aniq bo‘lishi davolash jarayonining samaradorligini oshiradi. Shu nuqtai nazardan, avtomatlashtirilgan o‘lchov qurilmasi katta qulaylik yaratadi. Kalit so‘zlar: datchik, mikrokontroller, avtomatlashtirilgan qurilmalar, bo‘y va vaznni o‘lchash, LCD display. An’anaviy bo‘y va vazn o‘lchash usullari ko‘p hollarda qo‘lda amalga oshirilgani sababli inson xatosi xavfi mavjud bo‘lib, bu natijalarning aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchiga o‘lchov natijalarini tezkor va tushunarli tarzda yetkazish imkoniyatlari ham cheklangan bo‘ladi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun avtomatlashtirilgan, datchiklar asosida ishlaydigan qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ish doirasida insonning bo‘yi va vaznini aniqlash uchun ultrasonik va og‘irlik datchiklaridan foydalanilgan qurilma loyihalashtiriladi. Qurilma natijalarni LCD displeyda matn shaklida aks ettirish bilan birga, ovozli ko‘rinishda ham yetkazib beradi. Bunday qurilma nafaqat aniq o‘lchovlar taqdim etadi, balki foydalanuvchi uchun qulay interfeys va intuitiv boshqaruvni ham ta’minlaydi. Odam bo'yini va vaznini avtomatlashtirilgan ravishda aniqlovchi qurilmalar zamonaviy hayotda sog‘liqni kuzatish, tibbiy diagnostika va individual monitoring uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur ish sog‘liqni saqlash va sport sohalarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni tadqiq qilish bilan birga, texnik ko‘nikmalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Ishning dolzarbligi: Odam bo'yini va vaznini avtomatlashtirilgan ravishda aniqlovchi qurilmalar zamonaviy hayotda sog‘liqni kuzatish, tibbiy diagnostika va individual monitoring uchun muhim ahamiyatga ega. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 192 1-rasm. Ultrasonik datchik (HC-SR04) HC-SR04 ultrasonik datchigi ultratovush to‘lqinlari yuborib, ularni obyektdan qaytarib olish prinsipi ya’ni dopler effekti asosida mijoz bo‘yini o‘lchaydi. Datchikning TRIG pinidan ultratovush signalini yuboriladi va ECHO pinidan qaytgan signalni qabul qiladi. 2-rasm Datchikning mikrokontrollerga ulanish sxemasi 3-rasm. Load Cell – Og‘irlik sensori Load Cell — bu kuchni o‘lchaydigan sensor bo‘lib, unga qo‘llangan yuk kuchini deformatsiya qilib o‘lchaydi. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 193 Olingan ma’lumotlarni OLED yoki LCD displayga chiqariladi. OLED yoki LCD displey mikrokontroller tomonidan boshqariladi va o‘lchov natijalari to‘g‘ri formatda ekranga chiqariladi. Displey I2C yoki SPI interfeysi yordamida mikrokontrollerga ulanadi va tezkor ma’lumot uzatishni ta’minlaydi. 4-rasm. DFPlayer Mini – Ovozli xabar chiqaruvchi modul DFPlayer Mini – Ovozli xabar chiqaruvchi modul o‘lchov natijalarini ovozli shaklda eshittirishga xizmat qiladi. DFPlayer Mini moduli mikrokontrollerga ulanganda o‘zining xotirasida saqlangan ovozli fayllarni ovozli shaklda yetkazadi. Arduino orqali berilgan komandalarga asoslanib, foydalanuvchining bo‘yi va vazni haqida ovozli xabar beradi. Ovozli fayllar SD kartaga saqlanadi va dinamik ovozlar orqali eshittiriladi. Arduino mikrokontrolleri datchiklar va qurilmaning umumiy boshqaruvini amalga oshirishga xizmat qiladi. Arduino mikrokontrolleri barcha datchiklar va komponentlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini boshqaradi. Bo‘y va vaznni o‘lchash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va natijalarni displeyda va ovozli tarzda foydalanuvchiga taqdim etadi. Arduino mikrokontrolleri qurilmaning aniqligini yanada oshirish uchun datchiklar sifatini oshirish uchun foydalaniladi. 5-rasm. Tayyor qurilmaning visual ko‘rinishi. XULOSA Mazkur loyiha orqali inson bo‘yi va vaznini avtomatlashtirilgan ravishda aniqlash imkonini beruvchi qurilma yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Loyiha davomida zamonaviy datchik texnologiyalari va mikrokontroller tizimlaridan foydalanib, ma'lumotlarni to‘plash, qayta THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 194 ishlash va foydalanuvchiga qulay shaklda taqdim etish jarayonlari amalga oshirildi. Qurilmaning prototipi muvaffaqiyatli ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazildi. Texnik jihatlar: Qurilma ultrasonik masofa o‘lchovchi va bosim datchiklari yordamida inson bo‘yi va vaznini aniqlashda aniq va tezkor ishlashini ko‘rsatdi. Mikrokontroller (Arduino) boshqaruvi ostida olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, OLED ekran va ovozli xabar shaklida taqdim etildi. Ijtimoiy ahamiyat: Ushbu qurilma sog‘liqni saqlash va sport sohasida foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega. U yordamida inson o‘z salomatligini doimiy kuzatib borishi yoki diagnostika maqsadida foydalanishi mumkin. Qurilmaning qulay va arzon bo‘lishi uni keng jamoatchilik uchun maqbul qiladi. Texnologik rivojlanish imkoniyatlari: Qurilmaning funksiyalarini kengaytirish uchun unda boshqa parametrlarni o‘lchash, masalan, yurak urish tezligi yoki tana haroratini aniqlash kabi imkoniyatlarni qo‘shish rejalashtirilishi mumkin. Shuningdek, internet orqali ma’lumotlarni uzatish (IoT texnologiyalari) yoki mobil ilovaga ulanish imkoniyatlari integratsiya qilinishi kelajakda foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratadi. Mazkur qurilma oddiy, arzon va energiya tejovchi texnologiyalar asosida ishlab chiqilganligi sababli, uni maktablar, sport zallari, klinikalar va hatto uy sharoitida qo‘llash uchun moslashtirish mumkin. Qurilma o‘lchov aniqligi va ishonchliligi yuqori bo‘lishi uchun kelgusida undan foydalanish jarayonida doimiy kalibrlash va texnik xizmat ko‘rsatish talab etiladi. Bundan tashqari, uning dizayni va funksional imkoniyatlarini takomillashtirish orqali yana-da kengroq sohalarda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, loyiha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muayyan muammoni hal qilishga xizmat qiluvchi tizim yaratishga qaratilgan. Ushbu loyiha talabaning muhandislik yondashuvi, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va texnik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur ishlanma kelajakda yanada rivojlantirilsa, kundalik hayotda keng ko‘lamda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali yechimga aylanishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Arduino rasmiy hujjatlari va qo‘llanmalari: https://www.arduino.cc 2. Simon Monk. Programming Arduino: Getting Started with Sketches. McGraw Hill Professional, 2021. 3. John Boxall. Arduino Workshop: A Hands-On Introduction with 65 Projects. No Starch Press, 2013. 4. Ultrasonik masofa o‘lchovchi datchik (HC-SR04) texnik hujjatlari: https://components101.com. 5. Bosim datchiklari va yuk hujayralari (Load Cell + HX711) ishlash prinsiplari va foydalanish qo‘llanmasi: Sparkfun Electronics. 6. Massimo Banzi, Michael Shiloh. Getting Started with Arduino: The Open Source Electronics Prototyping Platform. Maker Media, 2015. 7. Dogan Ibrahim. Microcontroller Projects in C for the 8051. Newnes, 2000 (Arduino asosidagi mikrokontrollerlar uchun moslashtirilgan). 8. Ovozli xabar chiqish modullari: DFPlayer Mini va boshqa ovozli modul hujjatlari: DFRobot rasmiy sayti. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 195 9. Tibbiyotda o‘lchov qurilmalarini qo‘llashga oid tadqiqotlar: Advances in Healthcare Technology - Springer, 2020. Biomedical Measurement Systems and Analysis - Academic Press, 2021. 10. IoT (Internet of Things) asosida tibbiy qurilmalarni loyihalash bo‘yicha maqolalar: IoT-Based Smart Healthcare Systems - IEEE Xplore, 2022. 11. Peter Dalmaris. Maker Education Revolution: Building Arduino Projects. CreateSpace Independent Publishing Platform, 2017. 12. OLED va LCD displeylarning texnik hujjatlari va kutubxonalari: Adafruit Display Library - https://learn.adafruit.com. 13. Arduino uchun ovozli sintez (TTS - Text-to-Speech) kutubxonalari: Talkie Library Documentation - GitHub. TTS Arduino Libraries Overview - Random Nerd Tutorials. 14. Mikrokontroller asosida monitoring tizimlarini loyihalash bo‘yicha ilmiy maqolalar va qo‘llanmalar: Practical Electronics for Inventors - McGraw Hill Education, 2016. 15. Qurilmaning dasturiy ta’minotida ma'lumotlarni qayta ishlash va natijalarni vizualizatsiya qilish usullari: Embedded C Programming and the Microchip PIC - Elsevier, 2009.