scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOBUR VA BOBURIYLAR DAVLATI: TARIXIY JARAYONLAR VA SIYOSIY MEROS

A'zamova Farzona Usmon qizi

Full text

414 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BOBUR VA BOBURIYLAR DAVLATI: TARIXIY JARAYONLAR VA SIYOSIY MEROS A'zamova Farzona Usmon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika 1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17740662 Annotatsiya: Annotatsiya. Mazur maqolaga Zahiriddin Muhammad Bobur va uning asos solgan Boburiylar davlati tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan tahlil etilgan.Boburning siyosiy faoliyati,harbiy mahorati hamda davlat boshqaruvidagi islohotlari tarixiy manbalar asosida ilmiy yondashuv òrganiladi. Maqolada "Boburnoma"asarining tarixiy ahamiyati,unda keltirilgan siyosiy,madaniy va ijtimoiy jarayonlar ilmiy dalillar bilan asoslab berilgan.Shuningdek,Boburiylar sulolasining Hindiston va Markaziy Osiyo tarixidagi òrni,ularning davlat boshqaruvi,madaniyat va ilm fan rivojiga qòshgan hissasi yuritilgan.Tadqiqot Bobur shaxsining siyosiy yetakchilik fazilatlari milliy òzlikni anglash jarayonidagi ròli hamda uning merosini bugungi davr uchun ahamiyati kòrsatib òtilgan.Maqola Bobur va Boburiylar davlati faoliyatini tarixiy manbalar asosida tahlil etib,ularning òz davrida va keyingi asrlarda Markaziy Osiyo hamda Hindiston siyosiymadaniy hayotiga kòrsatgan ta'sirini ilmiy asosda ochib beradi. Kalit sòzlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburiylar davlati, tarix, siyosat, meros, Boburnoma, Movarounnahr, Hindiston,davlat boshqaruvi, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, islohot, harbiy san'at, tarixiy manba, ma'naviyat, jamiyat, siyosiy tizim, boshqaruv, tarixiy tahlil, milliy òzlik, madaniy meros, tarixiy shaxs, ilmiy tadqiqot, Bobur imperiyasi, tarixiy ahamiyat, Rennesans, ma'rifat,Temuriylar, an'analar. Аннотация: В данной статье анализирует Захириддин Мухаммад Бабур и основанная им династия Бабуридов с точки зрения исторических процессов. Исследуется политическая деятельность Бабура, его военное мастерство и управление государством на основе исторических источников и научного подхода. В статье рассматривается историческое значение его произведения “Бабур-наме”, в котором подробно отражены политические, культурные и социальные события того времени. Также освещается роль династии Бабуридов в истории Средней Азии и Индии особенности государственного управления, вклад в осознание национальной идентичности и значение его наследия для современности. Статья демонстрирует влияние деятельности Бабура и династии Бабуридов на политическую и культурную жизнь Средней Азии и Индии, опираясь на исторические источники и научный анализ. Ключевые слова: Захириддин Мухаммад Бобур династия Бабуридов, история, политика, наследие, ”Бабур-наме”, Мавераннахр, Индия государственное управление, культура, наука, литература, реформы, военное, искусство, исторический анализ, национальная идентичность, культурное наследие, историческая личность, культурное наследие, историческая личность, научное исследование, империя Бабура, историческое значение, ренессанс, просвещение,Тимуриды, традиции. Annotation: This article analyzes Zahiriddin Muhammad Babur and the Mughal(Baburin) dynasty founded by him from a historical and scientific perspective. The study explores Babur's political activities, military skills, and administrative reforms based on historical sources and scholarly approaches.The historical significance of Babur's work “Babirname"is examined, highlighting its valuable insights into the political, cultural, and social events of the time.The article also discusses the role of the Baburid dynasty in the history of Central Asia India, emphasizing their contributions to state governance, culture, and the development of science. Moreover, Babur's 415 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc leadership qualities, his role in shaping national identity, and the continuing relevance of his legacy in the modern era are underlined. This research presents an analytical overview of Babur and the Baburid state’s influence on the political and cultural life of Central Asia and India, grounded in historical evidence and academic analysis. Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur, Babur dynastic, history, politics, heritage, Baburnama, Mawarannahr, India, state, governance, culture, science, literature, reforms, military art, historical source, spirituality, society, political system, administration, historical figure, scientific research, Babur Empire, historical significance, Renaissance, enlightenment, Timurids, traditions. Kirish: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral Andijon shahrida tuğiladi.Boburning otasining ismi Umarshayxmirzo Farğona viloyati hokimi,onasi Qutluğ Nigorxonim Mòğuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.Boburning onasi òqimishli va oqila ayol bòlib,Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida kòmak bergan,harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan.Boburning yoshligi Andijonda òtgan.Bobur barcha temuriy shaxzodalari kabi maxsus tarbiyachilar,yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta'lim,fiqh ilmi,arab va fors tillarini òrganadi,kòplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi,ilm fanga,she'riyatga qiziqa boshlaydi.Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur”(“sher”) laqabini oladi. Bobur otasi yòlidan borib,mashhur sufiy Xòja Ahrorga ixlos qòyadi va ujig tariqati ruhida voyage yetadi.Umrining oxiriga qadar shu e'tiqodga sodiq qoladi.Otasi bevaqt 39 yoshida fojiali òlim topgach,oilaning katta farzandi 12 yoshli Bobur valiaxt sifatida taxtga òtiradi.Boburning eng mashhur asari Boburnoma bòlib,uning autobiografik xotiralari òz davri,joylari,tabiat va odamlar haqida fikrlar saqlanadi.Shuningdek u sheriy ijod bilan ham mashhur bòlgan,ruboiylar,ģazallar,tuyuqlar va boshqa nazm shakllarida ijod qilgan. Uning taxminan 4000 mimgdan ortiq Baytown she'ri qolganligi aytiladi.Uning she'riyati oddiy,ravon uslubda yozilgan bòlib,hayotiy kechinmalar,muhabbat,soğinch va vatanga muhabbat kabi mavzularni òz ichiga oladi. Necha davron ğussasi bòlğay mening jonimğa xos, Koshki òlsam,doği bu ğussadin bòlsam xolos. Kòngulni bu hijron bilan yondirdim,ey yor, Tuproq bòlsam ham,unda qolur bu xat bos. Kòpdin berikim yor-u diyorim yòqdir, Bir lahzayu bir nafas qarorim yòqdur. Keldim bu sori òz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yòqdur. Asosiy qism: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)-òz davrini eng yirik tarixiy shaxslaridan biri bòlib,u òz faoliyati bilan Òrta Osiyo va Hindiston tarixida muhim iz qoldirgan.Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda,Temuriylar sulolasi vakili bòlgan Umarshayx Mirzo oilasida tuģilgan.U yoshligidan ilmga,adabiyotga va siyosatga qiziqqan,arab,fors,turkiy va hind tillarini mukammal òrgangan.Bobur òz davrining madaniy va siyosiy hayotini chuqur anglagan ayni paytda davlat boshqaruvi,harbiy strategiya va adabiyot sohalarida ham yetuk bilimga ega bòlagan.Temuriylar davlatining zaiflashuvi davrida Bobur yoshligidan siyosiy kurashlar girdobiga tushdi.1497-yilda u Farģona taxtinin egalladi,biroq tez orada Samarqandni qòlga kiritish uchun bòlgan siyosiy raqobatlar salabli taxtni yòqotdi.Bobur umrining dastlabki yillarida Markaziy Osiyodagi siyosiy parokandalikni,temuriylar òrtasidagi nizolarni chuqur his qildi.Bu holat uning dunyoqarashini shakillantirdi va uni mustaqil davlat barpo etish ģoyasiga ilhomlantirdi.Bobur òz faoliyatining dastlabki davridayoq davlat boshqaruvi,harbiy kuchni birlashtirish,adolatni ta'minlash 416 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc kabi masalalarga katta e’tibor bergan.Uning shaxsiyati ilm,san’at va siyosat uyģunligining yorqin namunasi bòlib,u shoir,sarkarda,olim va davlat arbobining barcha fazilatlarini mujassamlashtirgan. Bobur òz hayotining dastlabki yillarida Farģona, Samarqand va Kobul uchun olib borgan janglarda kòplab siyosiy saboqlar oldi.1504-yilda u Kobulni egallab,bu yerda òz hokimiyatini mustahkamladi.Kobul Bobur uchun yangi siyosiy markazga aylandi.U bu davrda iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkam davlat tuzishga harakat qiladi hamda òz qòshinini zamonaviy qurollar bilan jihozladi.1526-yil 21-aprel kuni Bobur Panipat jangida Dehli sultoni Ibrohim Lòdini maģlun etib,Hindistonda buyuk Boburiylar imperiyasiga asos soldi.Bu ģalaba Osiyo tarixida yangi davrni boshlab berdi.Buriylar davlati Hindiston tarixida eng yirik va eng barqaror imperiyalardan biri bòlib,u 300 yildan ortiq vaqt davomida siyosiy,iqtisodiy va madaniy jihatdan Katta ta'sir kòrsatdi.Bobur siyosiy faoliyatida adolat,tenglik va tartib tamoyillariga tayanadi.U davlatni markazlashtirish,soliqlarni adolatli taqsimlash va xalq farovonligini oshirish siyosatini yuritdi.U òz boshqaruv tizimida turli diniy va etnik guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan,bu esa Boburiylar davlatining uzoq umr kòrishiga sabab bòlgan muhim omillardan biri bòldi. Boburiylar davlati boshqaruv tizimj jihatidan markazlashgan monarxiya bòlgan.Bobur òz davrida davlat boshqaruvini soddalashtirish,solid tizimini isloh qilish va harbiy intizomni kuchaytirish bòyicha kòplab islohotlar amalga oshirdi.U harbiy sohada zamonaviy artilleriyani joriy etgan birinchi hukmdorlardan biri sifatida tanilgan.Panipat jangida artilleriyadan foydalanish uning harbiy strategiyasining muhim yangiligi bòlgan.Boburiylar boshqaruvida iqtisodiy barqarorlikka erishish ha ustuvor yònalishlardan biri bòlgan.U dehqonchilik,savdo va hunrmandchilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratgan. Shuningdek,Bobur solid tizimini xalq manfaatlariga moslashtirgan,yer egaligini tartibga solgan.Bu Islohotlar natijasida Hindiston iqtisodiyoti mustahkamlanib, Boburiylar davlati iqtisodiy jihatdan eng qudratli imperiylardan biriga aylangan.Madaniy siyosatda esa Bobur òz davrida diniy baģrikenglikni,turli madaniyatlar òrtasidagi hamkorlikni qòllab-quvvatlagan.Bu siyosat uning avlodlari-Humoyun, Akbar, Jahongir va Shohjahon va Aurangzeb tomonidan ham davom ettirildi.Ayniqsa Akbar davrida diniy tolernatlik, ma'rifatparvarlik va fan rivoji eng yuqori darajaga chiqdi. Bobur nafaqat siyosatchi va sarkarda,balking yuksak iste'dodli adib ham edi.Uning “Boburnoma”asari òz davrining eng muhim tarixiy manbalaridan biridir.Asarda Bobur òz hayoti,siyosiy voqealar,tabiat,mamlakatlarning ijtimoiy hayoti va urf-odatlari haqida batafsil ma'lumot beradi.Bu asar òzbek adabiy tilining boyib borishida ham muhim ròl òynagan.Boburnoma"bugungi kunda tarixshunoslik,adabiyotshunoslik,geografiya va madaniyat tarixi uchun bebaho manba hisoblanadi.Boburiylar davlatida ilm-fan,san'at,me'morchilik va adabiyot jadal rivojlandi.Akbar davrida”Akbarnoma"kabi asarlar yaratildi,astronomiya,matematika,tibbiyot va tarix fanlari yuksaldi.Shohjahon davrida esa buyuk me'morchilik yodgorliklari-Toj Mahal,Qizil Qal'a,Agra Qal'asi kabi obidalar bunyod etildi.Bu obidalar Boburiylar davrining madaniy qadriyati va estetik didini ifoda etadi. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning sulolasi tomonidan yaratilgan madaniy,siyosiy va ilmiy meros bugungi kunda ham òz dolzarbligini yòqotmagan.Bobur shaxsiyati milliy òzlikni anglashda,tarixiy xotirani tikalshda,yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda muhim òrin tutadi.Uning adolat baģrikenglik va ilmparvarlik tamoyillari hozirgi davrda ham universal qadriyat sifatida qadrlanadi.Boburning siyosiy faoliyati xalq manfaatlariga xizmat qilgan.U kuchli,baraqaror va adolatli davlatni barpo etish orzusini amalga oshirgan hukmdor sifatida tarixda qolgan.Bobur qoldirgan"Boburnoma"esa qalqimizning tarixiy xotirasini,madaniy merosini asrab- 417 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc avaylashdabeqiyos ahamiyatga ega.Bugungi kunda ham Bobur nomi faqat òzbek xalqi emas,balki butun insoniyat tarixida ilm,adolat va madaniyat timsoli sifatida e'zozlanadi.Bobur merosi Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlariòrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash,tarixiy birlikni chuqurlashtirishda muhim òrin tutadi.Bobur va Boburiylar davlati tarixi shuni kòrsatadiki,siyosiy qudrat bilan bir qatorda ma'naviy va ilmiy salohiyat ham davlat barqarorligining asosiy tayanchidir.Shu bois,Bobur merosini òrganish nafaqat tarixiy,balki ilmiy va ma'naviy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Xulosa: Zahiriddin Muhammad Bobur va uning sulolasi barpo etgan boburiylar Sharq sivilizatsiyasining yuksak bosqichini ifodalaydi.Boburning siyosiy faoliyati adolatga asoslangan boshqaruv tamoyillari hamda madaniyat va ilm-fanga bòlgan e'tibori òz davrida ulkan òzgarishlarga sabab bòlgan.Bobur merosi-bu nafaqat tarixiy yodgorlik,balki milliy òzlik va davlat qurilishining bebaho tajribasidir .Uning asarlari va siyosiy ģoyalar bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik,adolat va ma'rifatga da'vat etuvchi ruhiy manbadir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Bobur,Z.M"Boburnoma”.-Toshkent:Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at,2010. 2. I.A.Karimov.”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.-Toshkent:Ma'naviyat 2008. 3. Alixonov.S"Zahiriddin Muhammad Bobur-shoir,sarkarda,davlat arbobi”.-Toshkent:Fan,2015. 4. Rajabov.H.”Boburiylar davlati tarixi va madaniyati”.-Samarqand SamDu nashriyoti,2018 5. Hayitmetov.A.”Bobur va uning davri”.-Toshkent:Òzbekiston Milliy Ensiklopediyasi,2006. 6. Qodirova.D.”Bobur merosi va uning jahon madaniyatidagi òrni”.-Toshkent:Oliy ta'lim,2020. 7. Ashrafiy,Sh "Hindistonda Boburiylar imperiyasi”.-Toshkent:Sharq.2012. 8. “Boburshunoslik masalalari”.-Toshkent:Fan va texnologiya.2019.