scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA IYSO MASIH VA BIBI MARYAM OBRAZLARI QIYOSIY TAHLILI

Iroda Tilyayeva, Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universitet 2 - kurs magistranti

Abstract

Jahon adabiyoti tarixida diniy va ilohiy timsollar orqali insonning ruhiy olamini ifodalash an’anasi keng tarqalgan. Iyso Masih va Maryam obrazlari xiristian madaniyatida ilohiy muhabbat, qurbonlik va najot g‘oyalarining asosiy timsollaridan biri hisoblanadi. Islom madaniyati asosida shakllangan o‘zbek adabiyotida ham bu obrazlar muayyan tarzda diniy – tasavvufiy tarzda talqin etiladi. O‘zbek adabiyotidagi Iyso Masih qissasining bosh manbai Qur’oni karimdir.

Full text

SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 30 INGLIZ VA O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA IYSO MASIH VA BIBI MARYAM OBRAZLARI QIYOSIY TAHLILI Iroda Tilyayeva, Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universitet 2 - kurs magistranti Jahon adabiyoti tarixida diniy va ilohiy timsollar orqali insonning ruhiy olamini ifodalash an’anasi keng tarqalgan. Iyso Masih va Maryam obrazlari xiristian madaniyatida ilohiy muhabbat, qurbonlik va najot g‘oyalarining asosiy timsollaridan biri hisoblanadi. Islom madaniyati asosida shakllangan o‘zbek adabiyotida ham bu obrazlar muayyan tarzda diniy – tasavvufiy tarzda talqin etiladi. O‘zbek adabiyotidagi Iyso Masih qissasining bosh manbai Qur’oni karimdir. Manbalarda Iso alayhissalomning ismlari Iyso, laqablari Masih, kunyalari Ibn Maryamdir, deb yoziladi. Iyso alayhissalom haqlaridagi hech bir so‘z Maryam binti Imronsiz o‘tmaydi. Bibi Maryam Iyso alayhissalomning onalaridir. Qur’oni karimda marhamat qilinadi: “...va farjini pok saqlagan Imron qizi Maryamni (misol keltirdi). Bas, Biz unga O‘z ruhimizdan pufladik va u Robbining so‘zlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo‘ldi” (Tahrim surasi, 12 – oyat). Maryam binti Imron Alloh taologa sof e’tiqodda bo‘lganlar va o‘zlarini ham pok tutganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali o‘sha pok tanaga O‘z ruhidan “puflash” orqali Iyso alayhissalomni ato qilgan. U kishi Allohning so‘zlariga va kitoblariga iymon keltirganlar va itoatkor qavmlardan bo‘lganlar. Bibi Maryamning otasi Imron katta obro‘ egasi va Bani Isroil ulug‘ ulamolaridan, ayni paytda befarzand ham edilar. Shuning uchun xotinlari “Farzand tug‘sam, Baytul maqdisning xizmatiga beraman”, deb nazr qilib qo‘ygan edi. Bu haqda Oli Imron surasida kelgan oyatlardan bilib olamiz: “Imronning xotini: “Robbim! Men qornimdagini O‘zingga xolis nazr qildim. Mendan qabul et. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 31 Albatta, Sen eshituvchisan, biluvchisan”, deganini esla!” (35-oyat). O‘sha vaqtlarda ibodatxonalarga faqat o‘g‘il bolalar nazr qilinardi. Imronning xotini ham homilador vaqtida “O‘g‘il tug‘sam kerak”, degan umid bilan o‘z homilasini avvaldan Alloh taologa nazr qilgan edi. Vaqti – soati kelib u qiz tug‘di. “Uni (Maryam)ni tuqqan chog‘ida: “Robbim, men buni qiz tug‘dim-ku!” – Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. – O‘g‘il qizdek emas. Va men unga Maryam deb ism qo‘ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga quvilgan shaytondan panoh tilayman, dedi” (36-oyat). Lekin Imronning xotiniga ko‘ra, ibodatxona xizmatida qiz bola o‘g‘il bolachalik bo‘la olmaydi. Shuning uchun u : “O‘g‘il qizdek emas”, dedi. Keyin onalik mehri jo‘shib, gapi davomida “Va men unga Maryam deb ism qo‘ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga quvilgan shaytondan panoh tilarman”, deb duo qildi. Onaning duosi qabul bo‘ldi: “Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go‘zal o‘stirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga – mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko‘rdi. “Ey Maryam, senga bu qaerdan? dedi. “Bu Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur”, dedi (37-oyat). Yuqorida zikr qilinganidek, Horun alayhissalom zurriyotidan bo‘lgan, yahudiylarning “Haykal” deb nomlangan ibodatxonasi boshlig‘i Zakariyo alayhissalom Maryamning kafili sifatida uning oziq – ovqatidan xabardor bo‘lib turgan. Zakariyo alayhissalom ibodatxona mehrobida ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib turgan Maryamning oldiga kirsa, uning huzurida rizq turar edi. Maryamning onasi Xanna va’dasiga vafo qilib, bu qizchani ibodatxonaga olib kelib topshirgan edi. Odatda qiz bola o‘zidan – o‘zi, yo‘q joydan homilador bo‘lib qolmaydi. Lekin Alloh taolo Maryamga uning homilador bo‘lib, Allohning kalimasi tufayli Iyso ibn Maryam degan qiz farzand ko‘rishini farishtalar orqali bildirdi: “O‘shanda farishtalar dedilar: “Ey Maryam! Albatta, Alloh senga O‘zidan bo‘lgan “kalima”ning xushxabarini bermoqdaki, uning ismi Masih Iyso ibn Maryam, dunyoyu oxiratda obro‘li va muqarrablardandir. U beshikda ham, navqironligida ham odamlarga gapiradi va u solihlardandir”. (45-46 – oyat). SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 32 Bibi Maryam – ota – onadan tug‘ilib, odamlar ichida o‘sgan bir qiz edi. Uning insoniy tushunchasi bo‘yicha, erkak bilan birga bo‘lmagan qiz bolaning farzand ko‘rishi aql bovar qilmaydi. Farishtalar esa unga bir o‘g‘il ko‘rishining xabarini berib turishibdi. Shuning uchun “U dedi: “Robbim, menda qayoqdan bola bo‘lsin?! Axir, menga bashar qo‘l tekkizmagan bo‘lsa?! (47-oyat). Shunda unga qisqa va tushunarli javob keldi: “Ana shunday. Alloh xohlaganini yaratadi. Biror ishni hukm qilsa, unga: “Bo‘l” deydi, xolos, bas, u bo‘ladir” (47-oyat). Jumladan, pok, bashar qo‘li tegmagan qizga ham “Tug‘” desa, tug‘averadi. Shundan so‘ng Maryamga xushxabar olib kelgan farishtalar tug‘ilajak bolaning sifatlarini aytishda davom etadilar: “...va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi” (48oyat). Tavrot Muso alayhissalomga nozil qilingan ilohiy kitobdir. U Iyso alayhissalomga ham kitob bo‘lishini Allohning O‘zi aytib turibdi. Tavrot Iyso alayhissalomga kelgan dinning asosini tashkil etadi. Injil esa Tavrotni to‘ldirib kelgan. Nasroniylar da’vo qilganlaridek, Iyso alayhissalom xudo emas, xuddi boshqalar kabi bandadir. Shuningdek, u zot payg‘ambar bo‘lib kelgan. Bibi Maryam bokira holatda tuqqach, chaqaloqni ko‘tarib, qavmining huzuriga olib bordi. Odamlar bu holni ko‘rib, hayratga tushishdi. Darhol Maryamni tergab, dashnom bera boshlashdi. Maryamning o‘zi bir og‘iz ham gapirmay, “Bundan so‘ranglar”, degandek, go‘dakka ishora qildi. Shunda odamlar avvalgidan ham hayratga qolib: “Beshikdagi yosh bola ila qanday gaplashamiz?!” dedilar (29-oyat). Beshikda yotgan Iyso alayhissalomning tillaridan yosh bolaning emas, “ulul azm” (“sabot – matonatli”) payg‘ambarning so‘zlari yangradi: “Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni nabiy qildi. Meni qaerda bo‘lsam ham, muborak qildi. Modomiki hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi. Meni volidamga mehribon qildi, lekin dimog‘dor, badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, o‘ladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir” (30-33-oyatlar). Bu ilohiy haqiqatlar hozirgacha yanglish bo‘lib kelayotgan e’tiqod, tasavvur va tushunchalarni to‘g‘irlaydi. Iyso alayhissalomning ta’limoti, u zot haqlaridagi botil g‘oyalarni muolaja qiladi. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 33 Iyso alayhissalom Falastinning Nosira (Nazaret) degan shahrida yashab, odamlarni Allohning ibodatiga chaqira boshladilar. Alloh taolo u zotga Injil kitobini nozil qildi. Iyso alayhissalom kim uchrasa, o‘sha odamga va’z qilar edilar. Alloh taolo u zotga bemorlarning shifosiga sabab bo‘lish, tug‘ma ko‘rlarning ko‘zini ochish, peslarni tuzatish, o‘liklarni tiriltirish kabi juda ko‘p mo‘jizalarni bergan edi. Bani Isroil Iyso alayhissalomni qatl qilish uchun o‘zaro yashirin ish olib bordi. U zotni Falastinning rumlik hukmdori Pontiy Pilatga topshirishdi. U Iyso alayhissalomni osib o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Lekin Alloh u zotga najot berdi: boshqa odamni u zotga o‘xshatib qo‘ydi va Iyso alayhissalomni O‘z huzuriga ko‘tardi. 1 Ingliz adabiyotida Iyso Masih obrazi asosan insonning najot topishi, gunohdan qutilishi va qurbonlik orqali ruhiy poklanishi g‘oyasini ifoda etadi. -Jon Miltonning “Paradise Lost” (Yo‘qolgan jannat) dostonida Iso Masih insonning najotkori sifatida tasvirlanib, uning qurbonligi ilohiy adolatni tiklaydi, deyiladi. -Uilyam Bleyk she’riyatida Iyso Masih ijod va ma’rifat ruhi, ezgulik ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. -Tomas Sternz Eliotning “Ash Wednesday” asarida esa Iyso Masih obrazi insonning ichki azobi va tavba ehtiyoji bilan bog‘lanadi. Mazkur ingliz ijodkorlari talqinlarida Iyso nafaqat diniy timsol, balki falsafiy – ekzistensial obraz sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida Iyso Masih to‘g‘ridan – to‘g‘ri diniy personaj sifatida emas, balki tasavvufiy ma’noda – ruhiy poklik va ma’rifat timsoli sifatida qo‘llaniladi. Abdrahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Mirzo Bedil asarlarida Iyso obrazi – Iyso nafasi inson qalbini tozalovchi ruh ramzi sifatida kelgan. Binobarin, o‘zbek mumtoz adabiyotida Iyso Masih obrazi tasavvufiy ruhiy poklanish, ma’naviy nurlanish timsolida aks etadi. 1 hhps://share.goole/ZoharEJG5Vw0pBihz SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 34 Alisher Navoiy ko‘plam g‘azallarida Iyso obrazini qo‘llaydi: Ey Navoiy, fayzdin anfosim o‘lmish ruhbaxsh, To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen. Shoirlar sultoni she’rlarida Iyso bilan birga Maryam obrazidan ham foydalanadi: Dayr eli tutti Masiho so‘gini, ey mug‘bacha, Baski, Maryam charxidek hajringda shevan ayladim. Navoiy she’rlaridan birida Yusuf va Iyso obrazlarini yonma – yon qo‘llaydi: Tushumda la’liyu ruxsoridur, uyg‘otmang meni, gar xud, Masiho birla Yusuf boshim uzra yetsalar nogah. Ingliz va o‘zbek adabiyotidagi Iyso Masih va Maryam obrazlari turli diniy va madaniy an’analarga asoslangan bo‘lsa-da, har ikkisi ham inson ham inson ruhiyatini yuksaltirish, poklik, kechirim va mehr g‘oyalarini ifoda etadi. Ingliz adabiyotida bu obrazlar qurbonlik va najot falsafasi bilan bog‘lansa, o‘zbek adabiyotida ular tasavvufiy – ma’rifiy va ruhiy poklanish g‘oyasi bilan uyg‘unlashgan. Muxtasar aytganda, Iyso va Maryam obrazlari har ikki madaniyatda ham insoniy mehr, fidokorlik va ma’naviy yuksalishning umuminsoniy ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Qur’oni Karim: ma’nolarining tarjima va tafsiri (Tarjima va tafsir muallifi A.Mansur). – Toshkent: Toshkent Islom universiteti, 2009.-624 b. 2. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul – bidoya. MAT. Yigirma tomlik. Birinchi tom.- Toshkent: Fan, 1987.-724 b. 3. Alisher Navoiy. Navodir un-nihoya. MAT. Yigirma tomlik. Ikkinchi tom. - Toshkent: Fan, 1987.-624 b. 4. Salohiy D. Tasavvuf va badiiy ijod.-Toshkent: Navro‘z, 2018.-190 b. 5. Qobilov U. Ilohiyot va badiiyat.-Toshkent: Nihol, 2008.-134 b. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 35 6. Haqqulov I. Taqdir va tafakkur.-Toshkent, Sharq NMK BT, 2007.-334 b. 7. Hasanov S. Qur’oni karim so‘zlarining arabcha – o‘zbekcha ko‘rsatkichli lug‘ati.-Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi ASN, 1997.-378 b.