NUKUS SHAHRI SHAROITIDA MAYNANING (ACRIDOTHERES TRISTIS) BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASIGA OID MATERIALLAR
Full text
16 NUKUS SHAHRI SHAROITIDA MAYNANING (ACRIDOTHERES TRISTIS) BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASIGA OID MATERIALLAR Ametova N.I., Jumanov M.A., Bekturdiyeva G.O., Bekmuratov A.X., Toxtarbayeva Z.T. Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matekova G.A. O‘zRFA QQ bo‘limi, Tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744758 Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda 2021, 2022, 2023-yillari Nukus shahri sharoitida maynaning Acridotheres tristis biologiyasi va ekologiyasiga oid materiallar ilmiy taqlil qilingan. Tayanch so‘zlar: mayna, ekotizim, hasharotlar, biologiya, qushlar, uya quruvchi. Abstract: In this scientific work, materials on the biology and ecology of the Acridotheres tristis myna in the conditions of the city of Nukus in 2021, 2022, 2023 were analyzed on a scientific basis. Key words: Indian Myna, ecosystem, insects, biology, birds, family, nesting. Mayna Acridotheres tristis - Qoraqalpog‘istonning madaniy landshaftlarida o‘z arealini kengaytirib boruvchi o‘troq yashovchi ko‘p sonli qushlardan biri hisoblanadi. U sistematik jihatdan chumchuqsimonlar (Passeriformes) turkumining chug‘urchuqlar (Sturnidae) oilasiga va maynalar (Acridotheres) urug‘iga mansub. Mayna Hindiston, Birma, Pokiston va Afg‘onistonda keng tarqalgan. Markaziy Osiyo hududiga o‘tgan XX asrning boshida Afg‘onistondan o‘tgan va keng tarqala boshlagan [8]. Ular Janubiy Afrika, Isroil, Gavayi, Shimoliy Amerika (ayniqsa, janubiy qismi - Florida), Avstraliya, Yangi Zelandiyaga olib kelingan va keng tarqalgan. XX asrning boshida Afg‘onistondan o‘tgan va keng tarqala boshlagan [8]. Ular Janubiy Afrika, Isroil, Gavayi, Shimoliy Amerika (ayniqsa, janubiy qismi - Florida), Avstraliya, Yangi Zelandiyaga olib kelingan va keng tarqalgan (https://ru.wikipedia.org). Mayna ikki kenja turni hosil qiladi. Nominativ kenja tur - oddiy mayna Acridotheres tristis tristis L. Shri-Lanka orolidan tashqari turning butun hududini egallaydi. MDH davlatlari orasida Makaziy Osiyoda tarqalgan. Moskva va G‘arbiy Zabaykaliyada sun’iy olib kirish bilan bog‘liq izolyatsiyalangan uyalash o‘choqlari mavjud [7]. Mayna - Qoraqalpog‘iston qushlari orasida ekologik jihatdan juda moslashuvchan qush bo‘lib, muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga oson va tez moslasha oladi. O‘z yashash joylarida o‘troq hayot kechirib, bazida oziq-ovqat izlab ko‘chib yuradi [2].
17 Adabiyotlarda maynaning O‘zbekistonga kirib kelishi, tarqalishi va arealini kengaytirishiga doir juda ko‘p ma’lumotlar uchraydi. Markaziy Osiyoga XX asrning boshlarida Afg‘onistondan kirib kelgan va qisqa muddatda tez tarqalgan. Mayna O‘zbekistonda ilk bor N.A. Zarudniy tomonidan 1912-yilda Surxondaryo viloyatining Termiz hududida tasodifan uchrovchi tur sifatida qayd etilgan [3]. N.A. Zarudniy, S.I.Bilkevich ma’lumotlari bo‘yicha mayna Orol dengizining janubiy qirg‘oqlarida, Amudaryoning qo‘yi va o‘rta oqimlarida yashashi qayd etilmagan, lekin Amudaryoning yuqori oqimlarida kamdan kam uchraydigan ko‘rinibo‘tuvchi o‘troq qush ekanligini aytgan [4]. Qoraqalpog‘istonda mayna ilk bor 1960-yili A.Mambetjumayev tomonidan Turtkulda qayd etilgan. So‘ngra 1961-yili Beruni shahrida, 1962-yili Amudaryo tumanida, 1964-yili esa Nukus shahrida o‘troq qush sifatida qayd etilgan [5,6]. M.Ametov ko‘zatishlariga ko‘ra 1975-yilidan boshlab mayna Nukus shahridan 240-250 km shimolda joylashgan Qarajar va Qiziljar qishloqlarida o‘troq qushga aylangan. Shunday qilib maynaning Amudaryo bo‘ylab Qarajar va Qiziljargacha tarqalishi uchun 11-yil kerak bo‘lgan [1]. Bizning ko‘zatishimiz bo‘yicha mayna Nukus shahrining deyarli barcha statsiyalarida, shu jumladan, maishiy chiqindixonalar, bozorlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sanoat ishlab chiqarish obyektlari, aholi turar uylari, agrolandshaftlar va boshqa joylarda uchraydi. Maynaning soni tabiiy landshaftlarda ancha kam, madaniy landshaftlarda esa ancha yuqori bo‘ladi. Amudaryoning quyi oqimidagi agrolandshaftlarda va Nukus shahri atrofida maynalar ko‘p sonda uchraydi. Biz 2021, 2022, 2023-yillari barcha mavsumlarda Nukus shahrida maynaning asosiy yashash joylarida sonaq ishlarini olib bordik. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o‘rtacha 10 ga maydonda qishda – 16.4, bahorda – 21.1, yozda – 21.5, kuzda – 18.1 individ to‘g‘ri keladi Adabiyot ma’lumotlari bo‘yisha maynalar uyalarini binolarning tomlari ostida, yoriqlarida, havo o‘tkazuvchi quvur ichida, ko‘chalarni yorituvchi singan chiroqlar chida, beton ustunlar bo‘shliqlarida, daraxtlarning bo‘shliqlarida, qushlarning yasama uyalarida, bog‘larda va zag‘izgonlarning tashlab ketilgan uyalariga tuxum qo‘yib ko‘payadi [8]. Maynaning ko‘payish biologiyasiga tegishli materiallar A.Mambetjumayev (1996) ilmiy ishida keltirilgan. Olim 1961-1963-yillari may-iyul oylarida Baday tuqayda maynaning 4 ta uyasini (1961-yilda - bitta uya, 1962-yilda - 2 va 1963-yilda - bitta), topgan va biologiyasi o‘rganilgan. Uyalarning 2 tasi turang‘il daraxtining
18 kovaklariga, 2 tasi Yampik-qala qo‘rg‘onining yorig‘iga qurilgan. Kuzatish vaqtida 2 ta uyada polaponlar bo‘lgan, qolgan 2 ta uyaga maynalar 9 kun davomida qurilish materiallarini olib kelishdi. Olib borilgan ornitologik tadqiqotlar davomida (2021-2022 yy.) biz maynaning 4 ta uyasini kuzatuv ostiga oldik. Uyalar yasen va baland qora tol daraxtida, eski uy yorig‘ida va kladovka devorida joylashgan. Yasen va qora tol daraxtidagi uyalar zag‘izgonning tashlab ketgan uyasi bo‘lib, unga mayna konfet qog‘ozlari, yashil barglar, shoxlar, patlar va klenkalarni to‘shagan. Bizning kuzatishlarimizga ko‘ra uyalar (n=6) er yuzasidan 90-560 sm (o‘rtacha 345) balandlikda joylashgan bo‘lib, uyalarning diametri 17.5-37.5 sm (22.3), chuqurligi 4.6-27.4 sm (15.2) keladi. Uya qurilishida ikki jins vakili ishtirok etadi. Mayna juda ehtiyotkor qush hisoblanib, agar uni odam kuzatayotganini sezsa, birdan uya qurishni to‘xtatadi. Uyaga har kuni kunning birinchi yarmida tuxum qo‘yadi. Odatda uyaga 4-6 dona tuxum qo‘yadi. Tuxumlar (n=12) och-ko‘k rangda bo‘lib, uzunligi 28,4-32,1 mm, eni 20,2-23,1 mm (o‘rtacha 30,3x21,8), yangi tug‘ilgan tuxumlarning massasi 6,2-8,1 g (7,2) keladi. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra tuxum bosib yotish jarayoni ikkinchi tuxum tug‘ilgandan so‘ng boshlanadi va 13-14 kun davom etadi. Tuxumlarni asosan modasi bosib yotadi, narqush esa modasini oziqlantiradi va uyani himoya qiladi. Bizning kuzatishimizcha, polaponlar zaif va yalang‘och, boshi va elkasida oq momiq pat bilan tug‘iladi. Ko‘z va quloq teshiklari yopiq bo‘lib, terisi va tumshug‘i sariq, tirnoqlari oq rangda bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan polaponlarning (n=8) og‘irligi 5.96.8 g keladi. 2-kuni quloq teshiklari, 4-kuni ko‘zlari ochiladi. 6 kunlik yoshida katta patlarning tukchalari, 7 kunlik yoshida esa qanot patlarining naychalari chiqa boshlaydi. 9-10 kuni naychalardan patlar o‘sib chiqadi. 15-16 kunlarida polaponlar tanasi to‘liq pat bilan qoplanadi. Maynalar uyada 21-22 kun bo‘ladi. Maynalar polaponlarini turli ozuqa obektlari, jumladan, ko‘pincha hasharotlar bilan oziqlantiradi. Maynaning (n=2) oshqozoni yorib o‘rganilganda sholi, qo‘ng‘iz lichinkasi, chumoli, chivin, buzoqbosh, ninachi, pashsha, qandala, kapalak, so‘na, beshiktervatar, chigirtka, suvarak, mosh, sholi, kungaboqar, qovoq uchradi. Odamlar maynani "uzumlarni eydigan zararkunanda qush" deb hisoblashadi. Lekin maynalar zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligi ekinlariga, o‘rmonlarga bebaho foyda keltiradi. Ular haddan tashqari ko‘payib ketgan paytda sonini tartibga solish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
19 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Аметов М. Птицы Каракалпакии и их охрана. – Нукус: Каракалпакстан, 1981. – 138 с. 2. Жуманов М.А., Тилепов Ш., Аметов Я.И., Аметова Н.И., Абдикаримова М., Генжемуратова У. Әмиўдәрьяныӊ тѳменги ағымында тарқалған майнаныӊ Acridotheres tristis биоэкологиясы бойынша мағлыўматлар // «Жанубий Оролбўйи табиий ресурсларидан оқилона фойдаланиш» X республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Нукус, 2022. – 75-76 б. 3. Зарудный Н.А. Птицы пустыни Кызылкум // Материалы к познанию фауны и флоры Российской империи. Отд. зоол. – Москва, 1915. – Вып. 14. – 149 с. 4. Зарудный Н.А., Билькевич С.И. Список птиц Закаспийской области и распределение их по зоологическим участкам этой страны // Изв. Закаспийского музея. – Ташкент, 1918. Кн.1. – С. 1-48. 5. Мамбетжумаев А.М. О расселении обыкновенной майны на юге Каракалпакской АССР, Хорезмской обл. и северо-западе Бухарской обл. УзССР // Зоологический журнал. – М., 1960. Т.34. - вып. 5. - С. 781-783. 6. Мамбетжумаев А.М. Полный систематический список птиц Южного Приаралья. Сообщение 2-ое: Отряд воробьинообразные – Passeriformes // Вестник ККО АН РУз. - Нукус, 1996. - №2. – С. 31-43. 7. Степанян Л.С. Конспект орнитологической фауны СССР. - Москва. - Изд-во "Наука". - 1990. – 727 с. 8. Шерназаров Э.Ш. Майна // Птицы Узбекистана. Т.3. - Ташкент, 1995. - С. 108-112. 9. https://ru.wikipedia.org