"SUDOCHYE-AKPETKI" DAVLAT BUYURTMA QO'RIQXONASI AKPETKI BO'LIMI QUSHLAR TUR TARKIBI VA ULARNING SAQLANISH HOLATI: 2025-YIL BAHORGI DALA TADQIQOTLARI NATIJALARI
Full text
30 “SUDOCHYE-AKPETKI” DAVLAT BUYURTMA QO'RIQXONASI AKPETKI BO‘LIMI QUSHLAR TUR TARKIBI VA ULARNING SAQLANISH HOLATI: 2025-YIL BAHORGI DALA TADQIQOTLARI NATIJALARI Arzıbaev D.F., Nukus davlat pedagogika [email protected] Ametov Ya.I., Orinbayev D.J. Qoraqalpoq davlat universiteti [email protected], DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744801 Annotatsiya. Orol dengizi hududidagi muhim botqoq tizimlardan biri sifatida 2021-yilda tashkil etilgan “Sudochye–Aqpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi ko‘chmanchi va doimiy qushlar uchun Markaziy Osiyo ko‘chish yo‘lida alohida ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotlar Aqpetkey ko’llar tizimi hududida 2025-yil bahorgi (mart–may) o‘tkazilgan keng qamrovli ornitologik kuzatuv natijalari keltiriladi. Kalit so’zlar. Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo'riqxonasi, qushlar, tur tarkibi, dinamikasi Abstract. The Sudochye-Akpetkey State Reserve, established in 2021 as one of the important swamp systems in the Aral Sea region, is of particular importance for the migration of migratory and permanent birds to Central Asia. These studies present the results of a comprehensive ornithological survey conducted in the Akpetkey lake system in the spring (March-May) of 2025. Keywords. Sudochye-Akpetki State Reserve, birds, species composition, dynamics Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo'riqxonasining "Akpetki" uchastkasi 195 805 gektar. Buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash zonasining jami yer maydoni 389 285 gektardan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari hududida joylashgan. Akpetki ko‘llar tizimi bir qancha ko‘llarni o‘z ichiga oladi. Ular: Achi ko‘l, Ashoxi, Akpetki, Sorali, Arg‘inbay, Shadik. Bugungi kunda hududda 120 dan ortiq qush turi qayd etilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi suv qushlari, suvchanlar va yirtqichlardir [2], [6]. Ko‘plab turlar Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish uyushmasi (IUCN) hamda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan [5]. Global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi inqirozi sharoitida qushlar populyatsiyasini muntazam monitoring qilish tabiiy ekotizimlar salomatligini baholash va muhofaza tadbirlarining samaradorligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega [7]. Sudochye–Aqpetkey davlat qo‘riqxonasining 2021-yilda tashkil qilinishi qushlarning ko‘chish va tuxum qo‘yish joylarini asrab qolishni maqsad qilgan.
31 Ushbu maqolada 2025-yil bahorida olib borilgan kuzatuv natijalari bayon qilinadi. Maqsad – 2021-yildan keyingi yangilangan ma’lumotlar asosida tur tarkibi, soni va muhofaza holatini baholash hamda tarkibiy o‘zgarishlar bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish. Materiallar va metodlar Vizual Kuzatish (Ko'z bilan kuzatish asosan Nikon coolpix p1000 fotoapparatida), Akustik Kuzatish (Quloq bilan eshitish), Statistik Hisob-kitob va Monitoring usullaridan foydalanildi. Natijalar Standart nuqta hisob va transekt usullari asosida jami 58 tur qush ro'yxatga olindi(1-jadval). Muhim turlardan. Vishildoq oqqush (Cygnus olor,) – 320 ta, jumladan 18 juft tuxum qo‘ygan Jingalak saqoqqush (Pelecanus crispus,) – 81 ta. Katta qo'ng'ir (Podiceps cristatus,) – 160 dan ortiq 25 juft tuxum qo‘ygan. 1-jadval Aqpetkey ko’llar tizimi hududida 2025-yil bahorgi (mart–may) o‘tkazilgan ornitologik kuzatuv natijalari № Turning o’zbekcha nomi Turning ilmiy nomi Soni Kelibketish xarakteri 1 Qora bo'yinli qo'ng'ir Podiceps nigricollis 15 n, tr 2 Katta qo'ng'ir Podiceps cristatus 160 h, tr 3 Pushti saqoqqush Pelecanus onocrotalus 60 n, tr 4 Jingalak saqoqqush Pelecanus crispus 81 n, tr 5 Katta qoravoy Phalacrocorax carbo 113 n, tr, h 6 Kichik qoravoy Microcarbo pygmaeus 130 n, tr 7 Oq qutan Egretta alba 148 tr 8 Kishi oq qutan Egretta garzetta 143 h, tr 9 Ko'k qo'ton Ardea cinerea 15 n, tr 10 Jiyron qo'ton Ardea purpurea 25 h,tr 11 Qoravoy Plegadis falcinellus 35 tr 12 Yovvoyi g'oz Anser anser 102 n, h, tr 13 Vishildoq oqqush Cygnus olor 320 n, tr 14 Baqiroq oqqush Cygnus cygnus 35 n, tr 15 Qizil o'rdak Tadorna ferruginea 25 s 16 So'ralay g'oz Tadorna tadorna 25 n 17 Yovvoyi o'rdak Anas platyrhynchos 145 h, tr 18 Olaqanotli suqsur Anas penelope 68 n, tr 19 Olmabosh Netta rufina 3035 n, h, tr 20 Qizilbosh Aythya ferina 25 n, tr
32 21 Oq ko'z Aythya nyroca 95 s 22 Oqbosh o'rdak Oxyura leucocephala 76 n, h, tr 23 Yomon cherag Mergus albellus 45 n, tr 24 Dasht bo'ktargisi Circus macrourus 12 n, h, tr 25 Soz bo'ktargisi Circus aeruginosus 22 n, tr 26 Berkut Aquila chrysaetos 5 n, tr 27 Oq dumli suvburgut Haliaeetus albicilla 5 tr 28 Kuyka (Dasht miqqiysi) Falco naumanni 10 n, h, tr 29 Qirg'ovul Phasianus colchicus 7 n, tr 30 Kul rang turna Grus grus 102 n, h, tr 31 Qashqaldoq Fulica atra 3558 n 32 Suv targ'oq Vanellus leucurus 15 n 33 Zax loyxo'rak Haematopus ostralegus 25 tr 34 Fifi Tringa glareola 45 s 35 Ko'l balchiqchisi Tringa stagnatilis 8 s 36 Qoraboshli baliqchi Larus ichthyaetus 152 h, tr 37 Dengiz kaptari Larus genei 38 n, tr 38 Xaley Larus heuglini 65 tr 39 Oddiy chag'alay Larus cachinnans 61 h, tr 40 Ko'k kaptar Columba livia 11 S 41 Oddiy tentakqush Caprimulgus europaeus 37 n 42 Oqqanotli qizilishton Dendrocopos leucopterus 5 n, tr 43 Sassiq popishak Upupa epops 10 n 44 Qirg'oq qaldirg'ochi Riparia riparia 6363 tr 45 Sariq boshli jiblajibon Motacilla citreola 62 tr 46 Oq jiblajibon Motacilla alba 35 n, tr 47 Bo'z qarqunoq Lanius excubitor 12 n, tr 48 Zag'izg'on (Hakka) Pica pica 10 n, tr 49 Zag'cha Coloeus monedula 12 s 50 Go'ng qarg'a Corvus frugilegus 206 n, h 51 Ola qarg'a Corvus cornix 10 n, h, tr 52 Penochka-ten'kovka Phylloscopus collybita 21 tr 53 Oddiy bulbul Luscinia luscinia 6 n, tr 54 Mo'ylobdar chittak Panurus biarmicus 26 n, tr 55 Inuya Remiz pendulinus 9 n, tr 56 Cho'l v'yurogi Rhodospiza obsoleta 15 tr
33 57 To'qay dehqonchumchug'i Emberiza schoeniclus 17 tr Qisqartmalar: n-uya quruvchi, s-o‘troq, tr-uchub o‘tuvchi, h-qishlovchi turlar Ro'yxatdagi qushlarning 21 tasi (~36%) O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo'lib, ularning asosan suv-botqoq yerlari va cho'l yashash joylariga bog'liq ekanligi ko'rinadi. Ro'yxatdagi deyarli barcha qushlar (qoluvchi turlardan tashqari) O'zbekistonni ko'chish koridori yoki qishlov sifatida ishlatadi, bu esa mamlakatimizning global ko'chmanchi qushlarni muhofaza qilishdagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Asosiy natijalar qatoridan oqbosh g‘oz (Oxyura leucocephala) kabi xavfli turlarning barqaror populyatsiyasi va suv toshqini rejimi yaxshilanishi sababli ko‘chmanchi suv qushlari sonining ortishi qayd etildi. Biroq suv sathining keskin o‘zgarishi va inson faoliyatiga bog‘liq buzilishlar kabi omillar yangi tahdidlar sifatida aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar uzoq muddatli monitoring dasturlariga hissa qo‘shadi va Markaziy Osiyoning quruq hududlarida bioxilma-xillikni asrab qolish uchun qo‘riqxonaning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi [3] 2025-yilgi tadqiqotlar Akpetki ko‘llar tizimi qushlar tur tarkibining barqarorligini ko‘rsatdi. Suv kirishi yaxshilanishi bilan ayrim ko‘chmanchi qushlar soni oshgan. Masalan, sariqtumshuq g‘oz va oqquz soni 7–9% ga ko‘paygan. Biroq xavf ostidagi turlar – xususan oqbosh g‘oz populyatsiyasi hali ham zaif hisoblanadi. Qiyosiy tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, turlar soni 2019-yilga nisbatan keskin kamaymagan, ammo qamishzor maydonining qisqarishi ayrim tuxum qo‘yuvshi turlarga salbiy ta’sir qilmoqda. 2025-yil bahorida olib borilgan keng qamrovli kuzatuvlar Akpetki ko‘llar tizimi Markaziy Osiyodagi muhim ornitologik hudud sifatidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Jami 58 tur qush qayd etilgani, shu jumladan jahon miqyosida yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan turlar — oqbosh g‘oz (Oxyura leucocephala) va Jingalak saqoqqush (Pelecanus crispus) kabi turlarning barqaror populyatsiyalari hududda saqlanib qolayotgani, qo‘riqxonaning bioxilma-xillikni muhofaza qilishdagi o‘rni katta ekanini ko‘rsatadi. Kuzatuvlar shuni ham ko‘rsatadiki, suv rejimi yaxshilanishi natijasida ko‘chmanchi suv qushlari soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, suv sathining keskin o‘zgarishi, qamishzorlarning qisqarishi va inson faoliyatiga bog‘liq tahdidlar (noqonuniy ovchilik va resurslardan cheklanmagan foydalanish) barqaror rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda. Shu sababli hududda biotoplar uzluksizligini ta’minlash, suv tashlanmalarini ekologik me’yorlarda tartibga solish va qo‘riqxonani boshqarishda moslashuvchan yondashuvni joriy etish zarur.
34 Ilmiy jihatdan olib qaralganda, ushbu tadqiqot natijalari hududdagi ornitofaunaning hozirgi holatini baholashda, populyatsiya dinamikasini prognoz qilishda va uzoq muddatli monitoring dasturlarini takomillashtirishda muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro ekologik tashabbuslarda qo‘riqxonaning strategik ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, Akpetki ko‘llar tizimi nafaqat qushlarning ko‘chish va in qo‘yish nuqtalari, balki Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil landshaftlarida bioxilmaxillikni saqlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun uzluksiz ilmiy tadqiqotlar va samarali boshqaruv talab etiladigan o‘ta muhim bioxilma-xillik hududi hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Қўчқоров Б.Т. (таҳр.). (2018). Ўзбекистонда биохилма-хилликни муҳофаза қилиш бўйича Олтинчи миллий ҳисобот. БМТ БХК котибияти. 2. IUCN. (2024). Қизил рўйхат маълумотлари. 3. Аметов М. Птицы Каракалпакии и их охрана. – Нукус: Каракалпакстан, 1981. – 138 с. 4. Аметов Я.И. Биоразнообразие птиц Каракалпакстана и их охрана (фауна, экология, охрана).: Автореф. дисс.. докт. биол. наук. – Ташкент, 2019. – 58 с. 5. Аметов Я.И., Жуманов М.А., Зиватдинов Р., Исмоилов Г., Арепбаев И. 2010 йили октябрда «Акпеткей кўллар тизими» да олиб борилган орнитологик кўзатишлар Босма Материалы Республиканской научно-практической конференции «Рациональное использование природных ресурсов Южного Приаралья» Нукус, 2012. - С. 55-57. \ 6. Новиков Г.А. Полевие исследования экологии наземних позвоночних животних. – М. Издво Советская наука,1949. – 346 s 5. Ўзбекистон Республикасининг қизил китоби II жилд Tошкент – 2019 7. Ramsar Convention Secretariat. (2023). RIS for Site no. 2522, Sudochye lake system, Uzbekistan. https://rsis.ramsar.org/RISapp/files/RISrep/UZ2522RIS_2310_en.pdf 8. BirdLife International. (2024). Sudochye Lake Factsheet. https://datazone.birdlife.org/site/factsheet/sudochye-lake