scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUKKAKLI O`SIMLIKLAR TUPROQLARIDA UCHRAYDIGAN KOLLEMBOLALAR FAUNASI

Elmuratova Z.U.; Safarova K. S.; Xalilova U. A; Hamidullaev F.L.

Full text

89 DUKKAKLI O`SIMLIKLAR TUPROQLARIDA UCHRAYDIGAN KOLLEMBOLALAR FAUNASI Elmuratova Z.U., Safarova K. S., Xalilova U. A., Hamidullaev F.L. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744925 Annatatsiya. Jizzax viloyati no‘xot agrotsenozlari tuproq qatlamlarining 2 ta kenja turkumga (Isotomidae oilasiga Isotoma besselsi, Folsomia nana, Isotoma minuta, Proisotoma vesiculata, Desoria cinerea, Isotoma bidenticulata, Proisotoma tuberculate, Achorutes sokolowi, Xenyllodes armatus, Onychiuridae oilasiga Metaphorura affinis, Ongulonychiurus colpus, Lophognathella choreutes) mansub kollembolalar uchrashi aniqlandi. Kalit so`zlar: Tuproq, kollembola, jamoalar, no‘xot agrotsenozlar Abstract. The occurrence of collembola belonging to 2 suborders (Isotoma besselsi, Folsomia nana, Isotoma minuta, Proisotoma vesiculata, Desoria cinerea, Isotoma bidenticulata, Proisotoma tuberculate, Achorutes sokolowi, Xenyllodes armatus, Metaphorura affinis, Ongulonychiurus colpus, Lophognathella choreutes, family Onychiuridae) in the soil layers of chickpea agrocenoses of the Jizzakh region was determined. Keywords: Soil, collembola, communities, chickpea agrocenoses, Tuproq faunasi — eng muhim biologik resurslardan biridir. Tuproqda yashovchi kollembola turlari quruqlik ekotizimlaridagi biologik xilma-xillikning 95 foizigacha qismini tashkil etadi. Tuproq jamoalari murakkab tizimlardir, ularning tuzilishi va funksional faoliyatini kompleks o‘rganish jarayoni endigina boshlanmoqda. Keng tarqalganligi va katta umumiy biomassasi tufayli tuproq hayvonot olami tabiiy hamda antropogen landshaftlarning asosiy funksional tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy elementlarning aylanish jarayonlarida ishtirok etib, tuproqning barqarorligi va unumdorligini ta’minlovchi bir qator muhim ekologik funksiyalarni bajaradilar. Bu jarayonlar tuproq faunasi va mikroorganizmlar o‘rtasidagi murakkab trofik va no-trofik (bilvosita) regulyativ mexanizmlar orqali amalga oshadi. O‘z navbatida, mikroorganizmlar biogeotsenozlarda moddalarning 95 foizgacha aylanishini ta’minlaydi [1]. Kollembolalar (Hexapoda: Collembola) tuproqekologik taqqoslama tadqiqotlar uchun eng istiqbolli model guruhlardan biridir. Ularning son jihatdan ko‘pligi, keng tarqalganligi va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga yuqori sezuvchanligi sababli, ular pedobiontlar orasida eng ko‘p o‘rganilgan taksonlardan biridir. Hozirgi kunda kollembolalar taksotsenlarining turlar tarkibi va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bilan bir qatorda, hayotiy shakllar spektri tahlili ham keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy tadqiqotlarda ushbu ko‘rsatkichning qulayligi va yuqori darajadagi informativligi, uni atrof-muhitdagi buzilishlarni aniqlashda samarali indikator sifatida qo‘llash imkonini beradi [3]. 90 Tuproq qoplamining buzilishi tuproq biotasining tarkibiy qismlarining transformatsiyasiga, shu bilan birga quruqlik ekotizimlarining funksional faoliyatidagi o‘zgarishlarga olib keladi. Tadqiqotchilar fikricha, tuproqqa ta’sir etuvchi bir martalik (katastrofik) va surunkali ta’sirlarning natijalari mohiyatan bir-biridan farq qiladi. Mazkur tadqiqot doirasida tuproq jamoasining yoki ayrim tuproq organizmlari taksotsenining bir martalik ta’sir natijasida buzilishi, ularning biomassasi, soni va turlar tarkibining vaqtincha qisqarishi, so‘ngra dastlabki holatiga qaytish jarayoni sifatida belgilanadi. Biroq surunkali ta’sirlar natijasida buzilgan tuproqlar va ularda yashovchi organizmlar yangi dinamik muvozanat holatiga o‘tadi. Bu holatda tuproq ekotizimlari tarkibi va ularning faoliyati muayyan chegaralarda, ya’ni ta’sir intensivligiga qarab o‘zgaradi, biroq, odatda, dastlabki darajaga qaytmaydi [2]. Olingan natijalarga ko‘ra kollembolalarning agrotsenozlardagi tarqalish xususiyatlari tur tarkibi va jamoalar strukturasi aniqlandi. Jizzax viloyati no‘xot agrotsenozlari tuproq qatlamlarining 30 sm. gacha bo‘lgan qatlamlarida jami 12 ta turga, 10 ta 12 ta turga, 10 ta avlodga, 4 ta oilaga, 2 ta kenja turkumga (Isotomidae oilasiga Isotoma besselsi, Folsomia nana, Isotoma minuta, Proisotoma vesiculata, Desoria cinerea, Isotoma bidenticulata, Proisotoma tuberculate, Achorutes sokolowi, Xenyllodes armatus, Onychiuridae oilasiga Metaphorura affinis, Ongulonychiurus colpus, Lophognathella choreutes) mansub kollembolalar uchrashi aniqlandi. Jizzax viloyatida joylashgan no‘xot dalalari tuproq qatlamlaridan aniqlangan kollembolalardan 4 ta turi (Isotoma minuta, Proisotoma vesiculata, Desoria cinerea, Xenyllodes armatus) no‘xot agrotsenozlarining 0-10, 10-20, 20-30 sm qatlamlarida uchrashi, 8 ta turlari faqat 0-10, 10-20 sm qatlamlarida uchrashi kuzatildi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Elmuratova Z.U. Janubiy O‘zbekiston tuproqlari kollembolalarining faunasi va ekologiyasi. Avtoref. diss. b.b.f.dok. – Nukus, 2021. – 20 b. 2. Rakhimov M.Sh., Elmuratova Z.U. Fauna and seasonal dynamics of the collembolans of Uzbekistan //«International Journal of Advanced Science and Technology» Австрия. №28. 2019. – P. 68-87. 3. Rakhimov M.Sh., Elmuratova Z.U. Distribution and seasonal dynamics of soil collembolan in the soils of southern regions of // European science review, Premier Publishing s.r.o. Vienna. 2018. - №9-10. – P. 28-31.