scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA DERAEOCORIS SERENUS (HEMIPTERA: MIRIDAE) NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Jollibekova G.P.; Juginisov T.I.

Full text

116 QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA DERAEOCORIS SERENUS (HEMIPTERA: MIRIDAE) NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Jollibekova G.P. Nukus davlat pedagogika instituti Juginisov T.I. Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744997 Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroekotizimlarida uchraydigan Deraeocoris serenus (Hemiptera: Miridae) ning tarqalishi, morfologik belgisi, hayot sikli, oziqlanish xususiyatlari, tabiiy dushman sifatidagi roli hamda ekologik omillarga bog‘liq dinamikasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari mazkur tur entomofag sifatida qishloq xo‘jaligi ekinlarida zararli hasharotlar populyatsiyasini tabiiy cheklashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Deraeocoris serenus, Miridae, Hemiptera, bioekologiya, yirtqich hasharot, Qoraqalpog‘iston, biologik himoya. Abstract. This article highlights the distribution, morphological characteristics, life cycle, nutritional characteristics, role as a natural enemy, and dynamics related to environmental factors of the *Deraeocoris serenus* (Hemiptera: Miridae) found in the agroecosystems of the Republic of Karakalpakstan. The research results show that this species, as an entomophage, plays an important role in the natural limitation of the population of harmful insects on agricultural crops. Keywords: Deraeocoris serenus, Miridae, Hemiptera, bioecology, predatory insect, Karakalpakstan, biological protection. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston hududida iqlim o‘zgarishlari, qurg‘oqchilik va antropogen ta’sir natijasida entomofaunaning tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shu sababli, tabiiy foydali hasharot turlarini aniqlash, ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish — agroekotizimlarda biologik himoya tizimini takomillashtirish uchun muhim ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Hemiptera turkumiga mansub Miridae oilasi hasharotlar dunyosida juda keng tarqalgan bo‘lib, ular orasida ham zararli, ham foydali turlar mavjud. Miridae — so‘qir qandalalar oilasi — dunyo bo‘yicha 11 000 dan ortiq turga ega bo‘lib, ularning ko‘pchiligi o‘simlik sharbati bilan oziqlanib (fitofag), bir qismi esa yirtqich (zoofag) bo‘lib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi tabiiy dushman sifatida muhim rol o‘ynaydi. Aynan zoofag va aralash oziqlanuvchi Miridae turlarining kamayib borishi agroekotizimlar barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Deraeocoris serenus (Fallen, 1807) — bu Hemiptera turkumiga, Miridae (so‘qir qandalalar) oilasiga mansub yirtqich (zoofag) tur bo‘lib, ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlarida zararkunandalarga qarshi tabiiy dushman sifatida uchraydi va 117 o‘zining ekologik moslashuvchanligi va biologik nazoratdagi roli bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Deraeocoris serenus Qoraqalpog‘istonning deyarli barcha ekin maydonlarida uchraydi, ayniqsa, paxta dalalari, issiqxonalar, pomidor, baqlajon, qalampir ekinlari, mevali bog‘lar va tabiiy o‘tloqlarda ularni ko‘plab uchratish mumkin. Uning ko‘pligi may–iyun oylaridan boshlab oshadi va avgust–sentyabrda maksimal darajaga yetadi. D. serenus Miridae oilasiga xos morfologik belgilarga ega: o‘rta kattalikdagi, cho‘zilgan tana tuzilishi, membranali qanotlar va o‘tkir rostrum bilan ajralib turadi. Tuxumi cho‘zilgan, oqsimon, o‘simlik to‘qimalariga joylanadi, lichinkalari (nimfalar) qanotsiz, lekin bosqichlar o‘tgan sari qanot kurtaklari rivojlanadi. Rangi dastlab och sariq, so‘ng to‘q jigarrang tusga o‘tadi. Rivojlanishi to‘liq bo‘lmagan metamorfoz orqali amalga oshib, tuxum, nimfa va imago bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Nimfalar va imago davrlarining ikkalasi ham faol yirtqich bo‘lib, bu turning biologik nazoratda qo‘llanishini yanada samarali qiladi. Ushbu tur Miridae oilasining yirtqich vakillaridan biri bo‘lib, o‘simliklarda yashovchi shira (Aphididae) va trips (Thripidae) kabi zararkunandalarning tabiiy dushmani hisoblanadi, shuningdek, har xil agroekosistemalarda uchrashi bilan xarakterlanadi: bog‘ va tokzorlar, sabzavot ekinlari, poliz maydonlari, tabiiy o‘rmon-dasht landshaftlarida ham o‘z populyatsiyasini saqlab qola oladi. Bunday ekologik moslashuvchanlik uni foydali entomofaunaning muhim komponentiga aylantiradi. Deraeocoris serenus ning o‘lja spektri juda keng bo‘lib, u asosan yumshoq tana tuzilishiga ega bo‘lgan zararli hasharotlar bilan oziqlanadi. Yirtqichligining eng muhim xususiyatlaridan biri — o‘lja tanlashning selektiv emasligi. Ya’ni, populyatsiyani boshqarish zarur bo‘lgan eng ko‘p tarqalgan zararli turlarga nisbatan moslashuvchan ravishda ov qiladi. Ayniqsa, o‘simlik bitlarining yuqori zichlikda uchraydigan populyatsiyalarida D. serenus samarali tabiiy dushman sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy o‘lja obyektlari o‘simlik biti (Aphididae), tripslar (Thysanoptera), o‘rgimchaksimon zararkunandalar, mayda mayda g‘umbak va lichinkalar, shiralar (Aphididae) hisoblanadi. Faol yirtqichlik davri, odatda, yuqori harorat mavsumida kuzatiladi, bu esa bahor–yoz fasllarida zararli hasharotlar sonining tabiiy ravishda kamayishiga xizmat qiladi. Deraeocoris serenus qishloq xo‘jaligi ekinlarida zararli hasharotlar populyatsiyasini tabiiy ravishda tartibga soluvchi samarali entomofag sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur turdan biologik kurash dasturlarida foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, pestitsidlarga qaramlikni kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 118 Umuman olganda, Qoraqalpog‘iston sharoiti agroekotizimlaridagi Miridae oilasining ko‘plab yirtqich turlari tabiiy biologik nazoratning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning kamayib borishi agroekotizimlarda zararkunandalar bosimini oshiradi, kimyoviy vositalardan foydalanishni kuchaytiradi va ekologik muvozanatni buzadi. Ayniqsa Deraeocoris kabi turlarining saqlanishi qishloq xo‘jaligi barqarorligi uchun muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Пучков В.Г. Важнейшие клопы-слепняки вредители сельскохозяйственных культур. Киев, 1965. – С. – 177. 2. Азимов Д.А., Бекузин А.А., Давлетшина А.Г., Кадырова М.К. Насекомые Узбекистана. –Ташкент, 1993. – 320 с. 3. Есенбекова П.А. Полужесткокрылых (Heteroptera) Казакстана. – Алматы, 2013. – 349 с. 4. Мусаев Д.М. Жанубий Ўзбекистон (Hemiptera: Miridae) сўқир қандалалари. Ташкент. 2020.