TOSHKENT VILOYATI BO'STONLIQ TUMANIDA JOYLASHGAN "GOLDEN FISH" FERMER XO'JALIGIDA BOQILAYOTGAN KAMALAK GULBALIQNING TRIPLOID SHAKLLARI VA CROSS LINIYALARINING O'SUVCHANLIGINI BAHOLASH
Full text
148 TOSHKENT VILOYATI BO‘STONLIQ TUMANIDA JOYLASHGAN “GOLDEN FISH” FERMER XO‘JALIGIDA BOQILAYOTGAN KAMALAK GULBALIQNING TRIPLOID SHAKLLARI VA CROSS LINIYALARINING O’SUVCHANLIGINI BAHOLASH Nabiyev N., O’zbekiston Milliy universiteti, e-mail:nabiyevnozim19 94@gmail. Com DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17749834 Annotatsiya. Ushbu magistrlik ishida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Golden Fish” fermer xo‘jaligida 2025-yil iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan tajriba natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida qafas sharoitida yetishtirilgan kamalak forelining xochlanma va triploid shakllarining o‘sishi, tana vazni va ichki a’zolar nisbati o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: triploid, cross-line, aquaculture,forel,Oncorhynchus mykiss. Annotation. This thesis presents the details of an experiment conducted at the “Golden Fish” farm located in the Bostanlyk district of the Tashkent region during July–August 2025. During the study, the growth performance, body weight, and internal organ ratios of cross-line and triploid forms of rainbow trout cultivated in cage aquaculture were examined. Keywords: triploid, cross-line, aquaculture, trout, Oncorhynchus mykiss. Zamonaviy dunyoda forel baliqchiligini rivojlantirish yuqori daromad keltiruvchi, barqaror rivojlanayotgan tarmoq bo‘lib, unda forelning barcha yosh guruhlarini to‘liq yoki qisman nazorat ostida boqish usullari qo‘llaniladi. Bu jarayonda to‘liq granulali yemlardan foydalanish, iqtisodiy va texnologik jihatdan xavfsiz parvarishlash tizimiga to‘liq o‘tish amalga oshirilgan (Novojenin, 2010). Kamalak forel (Oncorhynchus mykiss Walbaum, 1792) jahon akvakulturasining eng keng tarqalgan obyekti hisoblanadi va ko‘plab mamlakatlarda intensiv tarzda yetishtiriladi. Bu baliq turi o‘zining yuqori naslchilik xususiyatlari bilan ajralib turadi: u sun’iy sharoitlarga yaxshi moslashadi, sun’iy yemni o‘zlashtira oladi hamda yuqori zichlikda saqlanganda ham tez o‘sish sur’atiga ega. Tajriba kamalakbaliqning 2 xil: triploid liniya va cross shakllari ustida olib borildi . Bunda har 2 xil guruhdan 10 donadan baliq ajratib olindi.Bunda har ikkala guruhga tegishli baliqlarning umumiy morfologik ko’rsatgichlari tana o’lchamlari va og’irliklari bir xil bo’lganlarini ajratib olish va ular ustida tajriba o’tkazishdan iborat Morfometrik ko‘rsatkichlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘sish davri oxirida kamalak forelining triploid liniyasi morfometrik ko‘rsatkichlari cross shakllariga nisbatan yuqoriroqdir. Tajriba baliqlarining ikkala guruhi uchun saqlash va oziqlantirish sharoitlari mutlaqo bir xil bo‘lganini inobatga olsak, baliqchilik nuqtai nazaridan kamalakbaliq triploid liniyasi bu baliq xo‘jaligida ko‘paytirish uchun yanada qimmatli obyekt ekanligini ta’kidlash mumkin.
149 Tajriba baliqlarining morfofiziologik xususiyatlari. Morfofiziologik ko‘rsatkichlar usulining ahamiyati shundaki, u o‘rganilayotgan obyektlarning biologik o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi, ya’ni ayrim morfologik belgilar asosida ayrim ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligini baholash imkoniyatini yaratadi. Morfofiziologik ko‘rsatkich sifatida tanlanadigan parametrlar tadqiqotning maqsadlari va tadqiqotchining mavjud imkoniyatlariga qarab aniqlanadi. Tur holati to‘g‘risida dastlabki tasavvur hosil qilish uchun eng samarali, mehnat talab qiluvchi va yaxshi o‘rganilgan ayrim ko‘rsatkichlar bilan cheklanish mumkin: tana og‘irligi va uzunligi, asosiy ichki organlarning (yurak, jigar, ovqat hazm qilish trakti, taloq va boshqalar) massasi. Biroq, morfofiziologik ko‘rsatkichlar usulining asosiy afzalligi shundaki, u eng oddiy ko‘rsatkichlardan foydalanishga asoslanadi; bunda zarur ixtiologik material mavjud bo‘lsa, katta miqdorda va qiyinchiliksiz ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Mazkur baliq xo‘jaligida kamalakbaliq va uning turdosh shakli — cross shakllari forel yetishtirilgani bois, ularning asosida olingan ekish (naslchilik) materiali sifati dolzarb masala hisoblanadi va chuqur o‘rganishni talab etadi. 1-jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilar ekanmiz, ishonch bilan aytish mumkinki, tadqiqot uchun tanlangan kamalakbaliq triploid shakllarining va cross liniya umumiy tana og‘irligi jihatidan farqi deyarli yo‘q (ikkala guruh orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha sezilarli tafovut aniqlanmadi). Ammo triploid shakllari xo’jalikda faqatgina tez massa yig’ishi va gonadalarning mavjud emasligi sababli cross liniya organlari massasiga nisbattan og’irroq va yirikroq hajmni ko’rsatadi. Bunga asosiy sabab сross liniya o’sish davomida barcha ko’rsatgichlari triploid shakllariga qaraganda tezroq o’sadi . Yetilish davriga kelganda esa cross liniya baliqlarida gonadalar rivojlanishi uchun asosiy energiya sarfi ortadi va tana massasi o’sish ko’rsatkichlari pasayishni boshlaydi, bu holat baliqlarning ko’payish instinkti bilan bog’liq va uvildiriq tashash davrining yakunlanishi bilan to’xtaydi. 1-Jadval “Golden Fish” fermer xo’jaligida amaliyot natijalari 23.08.2025 № Shakli Tana massasi (g) Ichki organlarsiz (g) Yog’-ichak (g) Jigar (g) Yurak (g) Uvildiriq (g) Taloq (g) 1 Kross 2920 2450 389 36,5 3,76 35,7 2,3 2 Kross 3490 2930 442 49,6 4,1 60,5 8,6 3 Kross 3540 2900 500 58,3 3,9 49 9,4
150 4 Kross 3750 3200 437 46 3,6 62,3 11 5 Kross 3420 2830 488 41,2 4,4 50 5,2 6 Kross 3540 2970 440 47,6 4,6 58,2 2,7 7 Kross 3650 3100 418 47,9 3,9 37 11 8 Kross 2960 2520 350 45,4 3,1 35,2 1,9 9 Kross 3200 2740 390 33,9 3,5 28,8 10,4 10 Kross 4000 3300 570 51,3 4,2 100 4 1 Triploid 3106 2657 380 35,58 2,98 2,68 2 Triploid 3318 2933 323 43,46 3,72 3,14 3 Triploid 3773 3340 370 39,9 3,42 5,5 4 Triploid 3321 2883 398 30,2 4,18 3,4 5 Triploid 3378 2900 410 36,1 3,56 1,6 6 Triploid 3090 2580 450 43,7 3,3 3,4 7 Triploid 3570 2840 450 42,6 3,6 5,4 8 Triploid 3160 2600 462 44,8 5,9 3,6 9 Triploid 3160 2750 360 35,2 3,2 1,9 10 Triploid 3380 2990 344 26,8 4,3 3,2 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Новоженин, А. И. Современные технологии выращивания радужной форели (Oncorhynchus mykiss). – Москва: Издательство ВНИРО, 2010. – 145 с. 2. Benfey, T. J. Effectiveness of triploidy in the genetic containment of farmed fish: A review // Reviews in Aquaculture. – 2016. – Vol. 8, No. 3. – P. 264–282. 3. Рахматуллаев А. Ш., Хасанов У. Б. Аквакультурада интенсив усулларни қўллаш ва самарадорликни ошириш масалалари // Қишлоқ хўжалиги илмий журнали. – Тошкент, 2021. – №2. – Б. 33–37. 4. Разведение форели в условиях Узбекистана Камилов Б.Г., Халилов И.И. Ташкент –2014. С. 94 – 95 5. Создание, совершенствование и поддержание селекционных достижений в племенных хозяйствах/ Породы радужной форели (……) Серия. Породы и одомашненные формы рыб. Никандаров В. Я., Шиндавина Н. И. М.Росинформагротех, 2006 С. 110–315 6. Руководство по разведению радужной форели в пресной и соленой воде. Канидьев А. Н., Новоженин Н.П., Титарев Е.Ф. М:ВНИИПРХ, 1975. С. 60 7. Spigarelli S.A., Thommes S. Temperature selection and estimated thermal acclimation by rainbow trout (Salmo gairdneri) in a thermal plume // J. Fish. Res. Board Can., 1979. V. 36. N 4. P. 366 – 376