scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATI KARAKALLAR (CARACAL) AVLODIGA MANSUB TURKMAN KARAKALI KENJA TURIINING (TURKMEN CARACAL) TAVSIFI VA UCHRASH HUDUDLARI

A.O.Otaboyev; I.I.Abdullaev

Full text

169 XORAZM VILOYATI KARAKALLAR (CARACAL) AVLODIGA MANSUB TURKMAN KARAKALI KENJA TURIINING (TURKMEN CARACAL) TAVSIFI VA UCHRASH HUDUDLARI A.O.Otaboyev Xorazm Ma’mun akademiyasi I.I.Abdullaev Xorazm Ma’mun akademiyasi, Xiva DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17749973 Annatasiya: Maqolada Xorazm viloyatida iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan turkman karakallarining qisqacha tasnifi va hududiy tarqalishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so`zlar: GAT, ekspeditsiya, binokl, to‘qay, Turkman karakali, Locus Map. Summary: The article provides a brief classification and information on the territorial distribution of the Turkmenian caracal, a genus of caracals of economic importance in the Khorezm region. Key words: GAT, ekspeditsiya, binokl, to‘qay, Turkman karakali, Locus Map. O’zbekiston tabiatining biologik va landshaftlar xilma-xilligi milliy boyligimizning ajralmas qismidir. Bu boylik bir necha ming yillik evolyutsiya davomida yuzaga kelgan hamda ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirgan ulkan merosdir. Zimmamizda ushbu merosni avlodlarga xilma-xil va barqaror tizim ko’rinishida qoldirishdek ulkan va mas’uliyatli vazifa turibdi. Respublika faunasi juda qadimiy bo’lib, u murakkab genetik rishtalar bilan bog’langan. Bu o’lkada endemik va avtoxton turlarning ahamiyati katta. Shu bilan birgalikda tarixiy o’tmishda bu yerga boshqa o’lkalardan kirib kelgan hayvon guruhlarining ham muayyan o’rni mavjud [3]. O’zbekistondagi ko’plab hayvon turlari kuchli atropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqaradi, ba’zilari esa butunlay y’q bo’lib ketdi. Ayniqsa, ov ob’ektlari sifatida muhim ahamiyatga ega sutemizuvchilarning yirik turlari, shuningdek, inson tomonidan ayovsiz o’zlashtirilayotgan, tashqi ta’sirga unchalik chidamli bo’lmagan ekotizimlarning endemik va cheklangan turlari katta xavf ostida qoldi. Buxora qo’ylari, morxo’r, qoraquloq, qunduz kabi turlar yo’q bo’lib ketish yoki butunlay yo’q bo’lib ketish xavfi arafasida turibdi [4]. Sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida ko’plab to’qaylar o’zlashtirildi. Sug’orish tufayli o’zlashtirilgan hududlarda ekologik vaziyaty tubdan o’zgardi. Bunday sharoitga moslasha olmagan ko’plab cho’l hayvonlarning soni keskin kamayib ketdi [7]. 170 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati yovvoyi sutemizuvchilar faunasining geografik tarqalishi, tur tarkibi, soni, yashash muhiti, xo‘jalikdagi ahamiyati va undan foydalanish, shuningdek iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladigan muntazam yangilanib turuvchi kadastrni yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 2016-yil 19-sentyabrdagi 408-son Qonuni bilan belgilab berilgan [8]. Xorazm viloyati yovvoyi sutemizuvchilar faunasining holati va xususiyatlarini baholash uchun asosiy rasmiy ma'lumot manbai, shuningdek noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni, hayvonlarning xilma-xilligini muhofaza qilish bo‘yicha maqbul qarorlar qabul qilish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz tadqiqotlarimizda Xorazm viloyati hududida yovvoyi sutemizuvchi hayvonlar fаunasining zamonaviy holati, ekologiyasi va ahamiyatini o’rganishni maqsad qilib oldik. Sundan kelib chiqib, Xorazm viloyati tabiiy ekotizimlarida (to‘qay, tabiiy ko‘llar, cho‘llar va boshqalar) tarqalgan iqtisodiy ahamiyatga ega sutemizuvchilarning bugungi kundagi tur tarkibini aniqlash, hoziri holatini o‘rganish bo‘yicha dala tadqiqotlarini amalga oshirish, hududiy taqsimlanishini aniqlash va GAT texnologiyasi yordamida xaritalash kabi vazifalarni belgilab oldik. 2024-yilda biz Xorazm viloyatining Xorazm milliy tabiat bog‘i (Xiva, Urganch, Yangibozor, Xonqa, Tuproqqal’a), Shovot tumani Bo‘stonamirqum ovchilik xo‘jaliklari hududlarida “Xorazm viloyatining noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan sutemizuvchi hayvon turlarining raqamli kadastrini yuritish” bo‘yicha tadqiqot ishlarni amalga oshirdik. Xorazm viloyatida tabiiy hududlar “Xorazm o’rmon xo’jaligi” “Xorazm milliy tabiat bog’i” va “Ovchilik xo’jaliklari” hududlaridan iborat. Jumladan, “Xorazm milliy tabiat bog’i” hududi Xiva (1163 ga), Tuproqqal’a (19538,8 ga), Xonqa (45,0 ga), Yangibozor (743,2 ga), Urganch (197,5 ga) tumanlarida jami 21687,5 ga maydon mavjud. Tadqiqotlar 6 ta ekspeditsiya davomida amalga oshirildi. Caracal avlodi tur tarkibini aniqlashda, umum qabul qilingan uslublardan foydalanildi [4]. Bunda: Kuzatish va sanashning marshrutli uslubi (piyoda, avtomobilda); hayotiy faoliyat izlarini qayd etish (axlatlar, ovozlari); binoklda kuzatish va visual kuzatishlar; To‘qay va chakalakzorlarda hayvonlarning ovozini audio dastur orqali kuzatish va turini aniqlash asosida amalga oshirildi. Kuzatuv nuqtalari va diqqatga sazovor joylarning koordinatalari Locus Map yordamida qayd etildi [5, 6]. 171 Turning mavjudligini to'g'ridan-to'g'ri vizual tasdiqlash imkoniyati bo’lmaganda, bir qator bilvosita belgilarga amal qilindi. Jumladan, boshpanasi va iz yo'llari orqali aniqlandi. Najasi qulay pinset yordamida germetik yopiq plastik qoplarga to'plandi va laboratoriyada turga mansubligi aniqlandi [2]. 2024 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlarimizda hududda mushuksimonlar oilasi Karakal avlodiga mansub Turkman karakali (Turkmen caracal, Caracal caracal Schreber, 1776, ssp. michaelis) kenja turi qayd etildi. Turkman karakali. Turkman karakali karakallarning eng katta kenja turi hisoblanadi. Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo hamda Pokiston va Hindiston shimoli-gʻarbiy qismidagi qurgʻoqchil hududlarda yashaydiAmudaryo yaqinidagi to’qaylarda uchraydi.Jumladan Xoraz viloyatining Tuproqqal’a, Shovot tumanlari to’qaylarida tarqalgan. 1945-yilda g’arb olimlari tomonidan kenja tur sifatida qayd etilgan. U mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Boshi nisbatan katta va qisqa mo'yna tufayli ham shunday ko'rinadi. Yuz qismi cho'zilgan va quloqlari uzun. Quloqlari tagida hamda quloqining uchki qismida uzun tuklar to'plami bor. Ular bosh qismida tik joylashgan. Bu esa ularni uzun qilib ko'rsatadi (1-rasm). 1-rasm. Turkman karakali (Turkmen caracal) Uning yungi bir xilda qizgʻish yoki sargʻish, qorin boʻshligʻidagi yungida kichik qizgʻish dogʻlari bor. Qoraquloq yelkasining oʻlchami oʻrtacha 40 sm dan 50 sm atrofida boʻladi va ogʻirligi taxminan 8 kg dan 19 kg ni tashkil qiladi. Tanasining oʻlchami esa 65 sm dan 82 sm gacha yetadi, dumining uzunligi 25 sm dan 30 sm gacha boʻladi. Tashqi koʻrinishi qisman silovsinga oʻxshaydi; qulogʻi uchida qora tuklari bor, dumi toʻmtoq emas. Yungi kalta. Odatda tunda, qoraquloqni kuzatish qiyin. Qoraquloqlar hududlarini boʻlib olishadi va asosan yolgʻiz yoki juft boʻlib yashaydi. Qoraquloq yirtqich hayvon boʻlib, odatda qushlar, kemiruvchilar va boshqa 172 mayda sutemizuvchilarni ovlaydi. U 3,0 m dan balandroq sakrashi va havoda qushlarni tutishi mumkin. U oʻz oʻljasini undan 5 m masofada boʻlgunga qadar taqib qiladi, soʻng uning tomogʻi yoki boʻyniga otilib tishlab oladi va soʻngra oʻldiradi. Qoraquloqning erkagi ham urgʻochisi ham bir yoshga toʻlganida balogʻatga yetadi, yil davomida koʻpayadi. Homiladorlik ikki oydan uch oygacha davom etadi, ular bittadan oltitagacha mushukchalar bolalashi mumkin. Qoʻriqxonalardagi Qoraquloqlarning oʻrtacha umri deyarli 16 yil. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 1. Сагитов А.К., Салимов Х.В. Животный мир Кызылкумского заповедника, Ташкент, 1978 2. Палваниязов М. Хищные звери пустынь Средней Азии. – Нукус. Издательство Каракалпакстан", 1974. – 320 с. 3. Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби Ҳайвонлар бўлими. Тошкент 2019. 392 б. 4. Флинт В. Е., Чугунов Ю. Д., Смирин В. М. Млекопитающие СССР / М.: Мысль, 1965. С. 151-152. 438 с. 5. Степной кот. www.moscowzoo.ru. Дата обращения: 26 апреля 2020. Архивировано 27 октября 2019 года. 6. Степной кот Felis libyca (Forster, 1780) - Млекопитающие (Mammalia) - Разделы - Красная книга Оренбургской области. redbook56.orenlib.ru. Дата обращения: 26 апреля 2020. Архивировано 28 сентября 2020 года. 7. Jumanov M.A., Asenov G.A., Bekbergenova Z.O., Qoshanov D.E. Qoroqalpog’istonning hayvonot olami Nokis «Qaraqalpaqstan» 2020 637 b. 8. O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 2016-yil 19-sentyabrdagi 408-son Qonuni