SURXON QO'RIQXONASINING TUNLAM KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA: NOCTUIDAE) XILMA-XILLIGI VA TARQALISHI DIVERSITY AND DISTRIBUTION OF NOCTURNAL MOTHS (LEPIDOPTERA: NOCTUIDAE) IN THE SURKHAN STATE RESERVE
Full text
189 SURXON QO‘RIQXONASINING TUNLAM KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA: NOCTUIDAE) XILMA-XILLIGI VA TARQALISHI DIVERSITY AND DISTRIBUTION OF NOCTURNAL MOTHS (LEPIDOPTERA: NOCTUIDAE) IN THE SURKHAN STATE RESERVE Raximov.M.SH Raxmataliyev O. R. O‘zbekiston Milliy Universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17750074 Annotatsiya: Maqolada Surxon Davlat Qo‘riqxonasida tunlam kapalaklar (Lepidoptera: Noctuidae) faunasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida 22 tur aniqlanib, ularning taksonomik tarkibi va ekologik guruhlari tahlil qilingan. Natijalar hududning biologik xilma-xilligini va kapalaklarning bioindikator sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.. Kalit so‘zlar: Surxon Davlat Qo‘riqxonasi; Noctuidae; Lepidoptera; tunlam kapalaklar; biologik xilma-xillik; taksonomiya; ekologik guruhlar; bioindikatorlar; Abstract: The article studies the fauna of moths (Lepidoptera: Noctuidae) in the Surkhan State Reserve. As a result of the study, 22 species were identified, and their taxonomic composition and ecological groups were analyzed. The results indicate the biodiversity of the area and the importance of butterflies as bioindicators. Key words: Surkhan State Reserve; Noctuidae; Lepidoptera; moths; biodiversity; taxonomy; ecological groups; bioindicators; Kirish. Bioxilma-xillikni saqlash va uning monitoringini tashkil etish bugungi kunda butun dunyoda eng dolzarb ekologik masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, umurtqasiz hayvonlar, xususan hasharotlar sinfi vakillari ekotizimlarda muhim ekologik funksiyalarni bajaradi. Shu jumladan, tunlam kapalaklar (Lepidoptera: Noctuidae) nafaqat o‘zlarining yuqori soni va turli ekologik rollari bilan, balki hududning ekologik holatini baholashda bioindikator sifatida ham ahamiyatlidir. Noctuidae oilasiga mansub turlar kechasi faol bo‘lib, tabiiy va antropogen omillarga sezgirliklari bilan ajralib turadi. Shu bois, ularning mavjudligi va tarqalishi hududning ekologik holatini aniqlashda muhim indikator bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston hududida, xususan, Surxon davlat qo‘riqxonasi kabi nisbatan saqlangan tabiiy hududlarda tunlam kapalaklar faunasini o‘rganish ularning xilma-xilligi, ekologik ahamiyati va tarqalish xususiyatlarini aniqlashda dolzarb ilmiy vazifa sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, global miqyosda tangachaqanotli hasharotlar tur tarkibi, ularning tarqalishi, iqlim o‘zgarishlari va antropogen ta’sirlar lepidopterofaunaga qanday ta’sir qilishini o‘rganish, shuningdek kamayib borayotgan turlarni boshqarish bo‘yicha
190 ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar kapalaklarning biologik xilmaxilligi va ularni muhofaza qilish choralari samaradorligini aniqlashga yordam beradi. O‘zbekiston sharoitida hayvonot dunyosi faqat ayrim mintaqalarda bir qator entomologlar tomonidan o‘rganilgan. 1972 yilda I. L. Suxareva [4] "Qizilqum cho‘lining kapalaklari (Lepidoptera,Noctuidae) faunasi" ilmiy maqolasini nashr etdi, unda 12 ta kenja oilaga mansub 144 ta turning biologik xususiyatlari va qurtlarining ozuqa o‘simliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. So‘nggi yillarda tunlam kapalaklari bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borildi. Quyi Amudaryo regioni ya`ni Qoraqalpog‘iston Respublikasida B.A.Mo‘minov va M.Ya.Bobojonovalar (1995 y) 22 avlodga mansub 34 turni aniqladilar [4]. M.Sh.Raximov tomonidan 1993-1995 yillarda Xorazm vohasining antropogen landshaftlaridagi tunlamlar faunasini biologiyasi o‘rganilgan bo‘lib, 53 tur haqida qisqacha ma’lumot keltirigan. Ulardan 20 turi g‘o‘za agrotsenozida 28 tur makkajo‘xori agrotsenozida 30 tur beda agrotsenozida va 4 tur tunlam sholi agrotsenozida uchrashi aniqlangan [1] Xorazm vohasining tabiiy landshaftlarida tarqalgan Noctuidae oilasining faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari X.U.Bekchanovning tadqiqotlarida batafsil yoritib berilgan. Muallif tomonidan mazkur hudud tabiiy landshaftlarida tunlamlarning 58 avlodiga mansub 109 turi, shu jumladan, Markaziy Osiyo faunasi uchun 6 tur, O‘zbekiston faunasi uchun 16 tur hamda Xorazm vohasi faunasi uchun 48 tur tunlam kapalaklari tasniflab berilgan. 39 tur tunlamlarni Xorazm vohasi agroekotizimlariga mansubligini qayd etgan Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning eng boy va noyob tabiiy hududlaridan biri bo‘lgan Surxon davlat qo‘riqxonasi alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu qo‘riqxona janubiy tog‘lar, vodiylar, adir va cho‘l landshaftlarini uyg‘unlashtirgan tabiiy majmuani tashkil etadi va ko‘plab noyob hamda endemik turlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Hududning murakkab landshaft-geografik sharoiti, iqlim o‘zgaruvchanligi va turli mikroekotizimlarning mavjudligi bu yerda hayvonot dunyosining turli guruhlari, xususan, kechqurun faol bo‘ladigan tunlam kapalaklar uchun qulay yashash muhitini ta’minlaydi. Tunlam kapalaklar ekotizimda changlatish, modda aylanishi va oziqa zanjirlarining uzviy bo‘g‘inlari sifatida muhim ekologik funksiyalarni bajaradi. Shunga qaramay, ularning xilma-xilligi, yashash sharoitlari va tarqalish qonuniyatlari hali to‘liq o‘rganilmagan. Ayniqsa, Surxon davlat qo‘riqxonasi kabi ilmiy tadqiqotlar bilan kam o‘rganilgan hududlarda bu guruh vakillarini aniqlash va ularning ekologik holatini baholash nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega.
191 Material va metodlar. Surxon davlat qo‘riqxonasi tunlam kapalaklari faunasini o‘rganish ishlari 2025-yilning mart,may,iyun oylarida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasining Xatak, Sherjon, Xojanqo, Kampirtepa, Qizilolma va Shalqon bo‘limlarida amalga oshirildi. (1-rasm) Mazkur tadqiqot ishida materialni yigʻish va tur darajada aniqlashda Golub va Yablokov (1980), Dunaev E.A (1980), Kozlov va Ninburgu (1971, Gornostaev (1970), Koch (1991) va umumiy qabul qilingan entomologik usullari asosida olib borildi [6]. (1-jadval). 1-rasm. Tadqiqot olib borilgan hududlar Natijalar va muhokama. Amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlarimiz davomida Surxon davlat qo‘riqxonasining Xatak, Sherjon, Xo‘janqo, Kampirtepa, Qizilolma, Shalqon bo‘limlaridan tunlam kapalaklarining jami 50 dan ortiq namunalar yig‘ildi. Taksonomik tahlillar natijasiga ko‘ra, yig‘ilgan tunlam kapalaklari 7 ta kenja oila, 12 triba, 17 avlod, 22 turga mansub ekanligi aniqlandi (1-jadval). 1-jadval Aniqlangan tunlam kapalaklari haqida ma‘lumot Bosh oila Oila Kenja oila Triba Avlod № Tur Ekologik guruhi Noctuoide a Noctuidae Hadeninae Orthosiini Orthosio 1 Orthosio gothica Dendrobiont Hadeninae Orthosiini Orthosio 2 Orthosio hibisci Dendro-tamnobiont Cuculliinae Cuculliini Cucullia 3 Cucullia lucifuga Xortobiont Hadeninae Hadenini Anarta 4 Anarta trifolii Tamnobiont
192 Xyleninae Prodeniini Spodoptera 5 Spodoptera exigua Tamnobiont Noctuinae Agrotini Agrotis 6 Agrotis segetum Tamno-xortobiontlar Xyleninae Apameini Apamea 7 Apamea aceps Xortobiont Noctuinae Noctuini Rhyacia 8 Rhyacia arenacea Xortobiont Noctuinae Noctuini Noctua 9 Noctua interposita Xortobiont Hadeninae Leucaniini Mythimna 10 Mythimna vitellina Xortobiont Noctuinae Agrotini Agrotis 11 Agrotis infusa Xortobiont Noctuinae Noctuini Noctua 12 Noctua pronuba Xortobiont Noctuinae Leucaniini Mythimna 13 Mythimna separata Xortobiont Amphipyrinae - Amphipyra 14 Amphipyra tragopoginis Xortobiont Noctuinae Noctuini Noctua 15 Noctua orbona Tamnobiont Noctuinae Agrotini Euxoa 16 Euxoa nigricans Tamno-xortobiontlar Xyleninae Caradrinini Hoplodrina 17 Hoplodrina ambigua Tamnobiont Plusiinae Plusiini Autographa 18 Autographa gamma Xortobiont Xyleninae Caradrinini Caradrina 19 Caradrina aspersa Tamnobiont Noctuinae Apameini Hypocoena 20 Hypocoena rufostrigata Xortobiont Oncocnemidinae - Lophoterges 21 Lophoterges centralasiae Dendro-tamno-ortobiontlar Hadeninae Hadenini Hadena 22 Hadena scythia Xortobiont Kenja oilalar tarkibi quyidagicha: Hadeninae kenja oilasidan -5 ta, Cuculliinae kenja oilasidan1 ta, Xyleninae kenja oilasidan – 4 ta, Noctuinae kenja oilasidan -9 ta, Amphipyrinae kenja oilasidan – 1 ta, Plusiinae kenja oilasidan – 1 ta, , Oncocnemidinae kenja oilasidan – 1 ta Xulosalar. Surxon Davlat Qo‘riqxonasida tunlam kapalaklar (Lepidoptera: Noctuidae) faunasini o‘rganishga qaratilgan ushbu tadqiqot natijalari hududning entomofaunasi boy va ekologik jihatdan murakkab tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot Sherobod tumanidagi bir nechta uchastkalarda — Xatak, Sherjon, Xojanqo, Kampirtepa, Qizilolma va Shalqon hududlarida olib borildi. Namunalar yorug‘lik tuzoqlari va klassik kolleksiya usullari yordamida yig‘ilib, morfologik belgilar asosida aniqlanib, taksonomik tahlilga tortildi.Natijada 22 tur aniqlanib, ular 7 kenja oilaga, 12 urug‘dosh guruhga va 17 avlodga mansub ekani belgilandi. Bu yuqori darajadagi taksonomik xilma-xillik Surxon qo‘riqxonasi Tunlam kapalaklar kenja oilalari taqsimoti (%) Hadeninae Cuculliinae Xyleninae Noctuinae Amphipyrinae Plusiinae Oncocnemidinae 40,9% 4,5% 4,5% 4,5% 22,7% 4,5% 18,2%
193 entomofaunasining boyligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, Noctuinae kenja oilasining ustunligi (40.9%) bu guruh vakillarining ekologik moslashuvchanligini va hududda keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Hadeninae (22.7%) va Xyleninae (18.2%) kabi guruhlarning sezilarli ulushi esa o‘rmon va butazor ekotizimlarining mavjudligini bildiradi. Qolgan kenja oilalar — Cuculliinae, Amphipyrinae, Plusiinae va Oncocnemidinae — nisbatan kam uchraydi, ammo ular hududning ekologik mozaikasini to‘ldiruvchi muhim komponentlardir.Kapalaklarning ekologik guruhlarga ko‘ra taqsimlanishi — dendrobiont, tamniobiont, xortobiont va aralash shakllar — qo‘riqxona landshaftining murakkabligini va turli ekotizimlarning tutashganligini aks ettiradi. Bu guruhlar orqali hududdagi o‘simlik qoplamasi, mikroiqlim sharoitlari va antropogen ta’sir darajasi haqida bilish mumkin. Ayniqsa, tamno-xortobiont turlarining mavjudligi kapalaklarning bir necha muhitga moslasha olishini ko‘rsatadi.Tunlam kapalaklar bioindikator sifatida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning tarkibi va tarqalishi orqali ekotizim holatini, biologik xilma-xillik darajasini va ekologik barqarorlikni baholash mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari Surxon Davlat Qo‘riqxonasining biologik resurslarini saqlash, ekologik monitoringni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi faunistik hamda ekologik izlanishlar uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Bekchanov X.U. Шимоли - ғарбий Ўзбекистон тангачақанотлилари (Insecta, Lepidoptera) фаунаси ва экологияси. 2. Bekchanov X.U., Bekchanov M.X., Bekchanova M.X. Kapalaklar elektron qo‘llanmasi // O‘zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi № DGU 2011 0068 guvohnoma. 16.06.2011 y. 3. Дунаев Е.А. Методы эколого-энтомологических исследований. — М.: МосгорСЮН, 1997. — 44 с., 24 илл. 4. Загуляев А.К., Кузнецов В.И., Стеколников А.А., Сухарева И.Л., Фалкович М.И.Л. Определитель насекомых европейской части СССР. Том IV. Чешуекрылые. Первая часть. — Москва: Наука, 1978. — 712 с. 5. Лябзина С.Н., Узенбаев С.Д. Энтомологическая коллекция: методическое пособие. — Петрозаводск: Изд-во ПетрГУ, 2008. — 36 с. 6. Муминов Б.А., Рахимов М.Ш. «Сариқ чизиқли тунлам (Mythimna vitellina)ни ривожланишини ўрганиш». ТошДУ ёш олимлари ва талабалари илмий мақолалар тўплами. Тошкент, 1997, №1, Б. 80–83 7. Рахимов М.Ш. Совки (сем. Noctuidae) антропогенных ландшафтов Хорезмского оазиса (фауна, биология, экология). Автореферат дисс. к.б.н. — Тошкент, 1997. — 21 с 8. Шерматов М.Р. Фарғона водийси агро экотизимлари тангачақанотли ҳашаротларининг (Insecta: Lepidoptera) зоогеографик таҳлили // FarDU. Илмий хабарлар. 2023. №1. — Б. 147– 153.