scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLA TIZIMINING AHAMIYATI

Sanginova Iroda Nematullayevna

Full text

456 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLA TIZIMINING AHAMIYATI. THE IMPORTANCE OF THE NEIGHBORHOOD SYSTEM IN THE DEVELOPMENT OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS. ЗНАЧЕНИЕ СИСТЕМЫ МАХАЛЛИ В РАЗВИТИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Sanginova Iroda Nematullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch doktoranti. Denov, O‘zbekiston. [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17750363 Annotatsiya: Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida yoshlarni mahalla darajasida ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar,“5 muhim tashabbus” doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning ijtimoiy samaradorligi yoritilgan. Mahallalarda sport infratuzilmasining rivojlanishi, yoshlar ishtirokidagi ommaviy musobaqalar va sportning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati asosiy tahlil obyekti sifatida qaraladi. Tadqiqotda rasmiy statistikalar va huquqiy hujjatlarga asoslangan holda, mavjud yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi.[1] Kalit so‘zlar:ommaviy sport,milliy kurash,besh tashabbus,oilaviy sport,xalq o‘yinlari. Ключевые слова: массовый спорт, национальная борьба, пять инициатив, семейный спорт, народные игры. Keywords: mass sports, national wrestling, five initiatives, family sports, folk games. Kirish (Introduction). Bugungi kunda viloyatimiz mahallalarida yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda va sport inshoatlarini zamonaviy sport jihozzlari bilan ta’minlanmoqda,shuningdek,imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzulmasi yaratilmoqda. Aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushi oshirilmoqda. [2] Surxondaryo viloyatida olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar quyidagilar: Surxondaryo viloyatida olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish viloyatda sport siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Viloyatda sportning olimpiya va paralimpiya turlarini, shu jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun paralimpiya sportni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlarning asosiy maqsadi – yoshlarni jismoniy tarbiyalash, olimpiya va paralimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirokini ko‘paytirish va viloyatning sport taraqqiyotini oshirishdir. Viloyatda sportning barcha sohalarini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiyalash va nogironlikka chalingan fuqarolarni sportga jalb etish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi. Kelajakda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish maqsadida zarur choratadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Sportning og‘ir atletika sport turi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) va kichik o‘smirlar o‘rtasida 2024-yil 17–24-may kunlari Surxondaryo 457 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida musobaqasida jami 334 ta o‘g‘il bolalar, 125 ta qizlar ishtirok etdi.[3] Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-fevral kuni “Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor jarayonida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida viloyat hokimi U.B.Qosimov rahbarligida tuman (shahar) sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablariga tashrif buyurib trener va o‘quvchi-sportchilar bilan muloqotlar o‘tkazib, sport federatsiyalari tomonidan olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga nomzodlarni tayyorlash jarayoni, sport tizimini yanada rivojlantirish va bu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish borasida mutasaddilarning axborotlari tinglanib zarur chora-tadbirlar belgilanib kelinmoqda. Mazkur yig‘ilishlarda sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Respublika federatsiyalari viloyat bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, viloyatdagi sport turlari bo‘yicha mavjud federatsiyalarning faoliyati, ularning muammolari xususida batafsil to‘xtalib o‘tilmoqda. Bundan tashqari, olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha sport federatsiyalari rahbarlari va ijrochi direktorlarining 2028-yilda Los-Anjeles (AQSh)da bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglanib, har bir sport turlari bo‘yicha federatsiyalarning viloyat bo‘milariga viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mutasaddi boshqarmalar, tashkilotlar va idoralar hamda tashabbuskor xo‘jalik birlashmalarini sport federatsiyalariga rahbar va mas’ul etib biriktirish to‘g‘risida takliflar bildirildi.[4] Viloyat hokimi tomonidan viloyatdagi har bir tuman mahallalaridan paralimpiya sporti qatnashchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Viloyat hokimi vohadagi sport ta’lim muassasalarida ishlar samaradorligini oshirish, federatsiyalarning faoliyatini o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul shaxslarga kechiktirib bo‘lmas topshriqlar berdi.Bundan tashqari, joriy yilning 9 aprel kuni viloyat hokimi rahbarligida sportning badminton, gimnastika, gandbol va og‘ir atletika bo‘yicha federatsiyalarining sport inshooatlari bilan tanishib chiqib, aniqlangan kamchilik va muammolari to‘g‘risida topshiriqlar berildi. Xulosa. Bugungi mahallalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va mahallalarning ijtimoiy, ma’naviy-madaniy hayotining taraqqiyoti jamiyatdagi milliy va umuminsoniy qadryatlarni yuksaltirish, jismoniy tarbiya sport hamda tibbiy madaniyatni yuksaltirish ularni yangi bosqichga chiqqanligini hamda aholi turmush tarziidagi tub oʻzgarishlar va oʻsish darajasi bugungi ahvolini aniqlashtirish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va muammolarning obyektiv omillarini ochib berish zarur ekanligini tasdiqladi. Aholi orasida milliy va umuminsoniy qadryatlarni yuksaltirish, yoshlar tarbiyasida, milliy tarix, milliy o‘zlik kabi tushunchalarni mujassam etgan holda foydalanish bugungi kun talabi ekanligini har bir mahalla fuqarosi tushunib yetmog‘i lozim.Shu o‘rinda xulosa qilib shuni aytish mumkunki mahallalardagi yoshlarni sportga jalb etish bu avvalambor yoshlar o‘rtasida kelib chiqayotgan,chinoyatchilik, o‘g‘rilik,har hil illatlarning oldini olishga katta yordam beradi deb o‘ylaymiz. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Prezident qarori “Mahallada yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida.2022 yil 11aprel 458 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 1. Mirziyoyev.Sh.M Milliy tarraqiyot yo‘limizni qattiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: - “O‘zbekiston” 2. Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga qurishimiz kerak. T.: - “O‘zbekiston” 2017 3. Sanginova.I.N Yangi O‘zbekistonda mahalla ko‘rki. Eurasian journal of law Finance and Applied Scienges.Page 66-70 2022 4. Sanginova.I.N Mahallalarning ijtimoiy ma’naviy hayotdagi o‘rni. Surxondaryo ilm va tafakkur. 2023.N-1 son 35-39 betlar.