OLIY TA'LIM TIZIMIDA BO'LAJAK MUSIQA FANI O'QITUVCHILARINING INTЕGRATSION TA'LIMINI TASHKIL ETISHNING PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALARI
Abstract
OLIY TA'LIM TIZIMIDA BO'LAJAK MUSIQA FANI O'QITUVCHILARINING INTЕGRATSION TA'LIMINI TASHKIL ETISHNING PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALARI
Full text
520 OLIY TA’LIM TIZIMIDA BO‘LAJAK MUSIQA FANI O‘QITUVCHILARINING INTЕGRATSION TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALARI Moyanov Iqlasbay Jiyenbaevich O‘zbеkistоn dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti “Pеdаgоgikа vа psihоlоgiya” kаfеdrаsi dоtsеnti, pеdаgоgikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа dоktоri, O‘zbekiston ҚҰРМАНБЕКОВА АҚМАРАЛ ТІРІБОСЫНҚЫЗЫ Ш.Мұртаза атындағы Халықаралық Тараз университетінің ассистенті, педагогика ғылымдарының магистрі, Қазақстан Республикасы, Тараз қ. Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining integratsion ta’limini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi ilmiy nazariy manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek maqolada oliy ta’lim tizimida musiqa nazariyasi va musiqa garmoniyasi fanlari integratsiyalashuvida ta’limni tashkil etish mazmuni, shakl va metodlari, vositalari tahlil qilingan. Tayanch iboralar: integratsiya, pedagog, musiqa, potensial, guruhlashtirish, mazmun, shakl, metod, vosita, reja tuzish, o‘quv jarayoni, ta’lim, tarbiya, ishlab chiqarish, nazariya. Аннотация: В данной статье на основе научно-теоретических источников освещается эффективность использования педагогических технологий в организации интегрированного обучения будущих учителей музыки в системе высшего образования. Также в статье анализируются содержание, формы и методы, средства организации обучения в системе высшего образования при интеграции дисциплин музыкальной теории и музыкальной гармонии. Ключевые слова: интеграция, педагог, музыка, потенциал, группировка, содержание, форма, метод, инструмент, планирование, учебный процесс, образование, воспитание, производство, теория. Abstract: This article, based on scientific and theoretical sources, highlights the effectiveness of using pedagogical technologies in organizing integrated learning for future music teachers in the higher education system. The article also analyzes the content, forms and methods, and means of organizing education in the higher education system with the integration of music theory and musical harmony disciplines. Key words: integration, teacher, music, potential, grouping, content, form, method, tool, planning, educational process, education, upbringing, production, theory. Ta’lim – inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun oliy ta’lim tizimida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarini integratsion ta’lim asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning ilmiy-texnika o‘zgarishi bilan bog‘liq
521 yangi nazariyasini yaratish, ya’ni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantirish va amaliy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish ehtiyoji yuzaga kelmoqda. Respublikada ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar Oliy ta’lim tizimini ham milliy ruh bilan sug‘orish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish va amaliyotda qo‘llash kabi keng qamrovli ishlar mazmunan takomillashib bormoqda. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining integratsion ta’limini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari asosida o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mashg‘ulotlarni aniq reja asosida tashkil qilish hamda o‘quv jarayonini maqsadga ko‘ra individuallashtirishni nazarda tutadi. Musiqa sohasida ham ta’lim tizimining fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyalashuviga erishuvini ta’minlashni bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida kun tartibiga qo‘yilishi bu borada muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Musiqa ta’limi mazmunini tubdan yangilash, uni ilg‘or qarashlar bilan boyitishga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlash ana shunday vazifalar sirasiga kiradi. Rivojlangan mamlakatlar ilmiy-pedagogik tajribasi, mamlakatimizda ilmiymetodik izlanishlar olib borgan va borayotgan pedagog-olimlar ilmiy-metodik xulosalarining ko‘rsatishicha, zamonaviy ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi. Kuzatuvlarimiz natijasi shaundan dalolat beradiki, malakali mutaxassislarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashni va keng ko‘lamli axborotlardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etadi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviyaxloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiytarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga musiqa madaniyatining roli muhim ahamiyat va dolzarblik kasb etadi. Hozirgi davrda Oliy ta’lim tizimi o‘quv mashg‘ulotlari mazmuning nihoyatda xilma-xil bo‘lishi o‘quv bosqichlarning tadrijiyligini ta’minlashni talab etadi. Musiqa darslari jarayonida ma’ruza va amaliy, individual ta’lim mazmunini tanlashda
522 kurslarning invariant va variantiv qismlari nisbatini belgilashda integratsiyaning shakllari (an’anaviy va o‘qitishning noan’anaviy aktiv metodlari), integratsiyalash darajalari (didaktik sintez darajasi, predmetlararo bog‘liklikni ta’minlash darajasi)dan, integratsiyalash turlari (umumilliy, xususiy, ilmiy, muammoviy), integratsiyalash yo‘nalishlari (yangi ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanish, ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, dunyo ta’lim bozorida menedjment va marketingni rivojlantirish), integratsiyalash an’analari (ta’limning ustuvorligi hamda milliy yo‘nalganlikni ta’minlash, ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta’lim jarayonida inson shaxsini rivojlantirishni ko‘zda tutish)dan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining integratsion ta’limini tashkil etishning hayotiyligini ta’minlashda uning vertikal tashkil etuvchisi (o‘quv rejasi, dasturi, pog‘onalari), gorizontal tashkil etuvchilari (qo‘shimcha ta’lim, rasmiy, norasmiy, nodavlat tuzilmalar), ta’lim tuzilmalarini integratsiyalash unsurlari orasidagi turli muammolar yechimi oydinlashtiriladi. Shuningdek ta’lim jarayonida o‘quv fanining nazariy va amaliy ahamiyati, mavzu mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ijobiy samara beradi. Masalan, “Insert» strategiyasi” orqali musiqa nazariyasi va musiqa garmoniyasi fanlarining integratsiyasini hosil qilishimiz mumkin. Strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha tahsil oluvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyani qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi; – har bir guruhdan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so‘raladi; – guruhlar navbatma¬ navbat mulohazalarni bayon etadilar; – bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi; – so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi; – guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir¬biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi); – guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi; – guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi; – liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar; –guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
523 Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda o‘qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalariga sifat jihatdan tez o‘tish uchun obyektiv asos yuzaga keldi, chunki iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi innovatsion jarayonlar o‘z-o‘zidan ta’limda ham tub o‘zgartirishlarni taqozo etmoqda. Hech bir o‘qituvchi ertami - kechmi bu jarayondan chetda qolishi mumkin emas. O‘qituvchining an’anaviy ish usullari fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoki o‘qitishni kompyuterlashtirish sifatlarini o‘zlashtirish zaruriyati bularni ilmiy-metodik asoslash ehtiyojining tug‘ilishida obyektiv omil bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.Педагогик технология: муаммо ва истиқболлар (замоновий педагогик технологиянинг илмий-назарий асослари). Муаллифлар гуруҳи. / Т.:ОЎМКҲТРМ, 300 бет 2. Ишмуҳамедов. Р.Ж. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари. – Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2004, 2008 (қайта нашр). -44 б. 3. http://www.edunet.uz – мактаблар, ўқувчи ва ўқитувчилари сайти.