scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOREYANING IKKIGA BO'LINISHI VA KOREYA URUSHINING MANBAALARDA YOROTILISHI

Oqbo'tayev Ilyos Ismoilovich

Full text

461 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc KOREYANING IKKIGA BO’LINISHI VA KOREYA URUSHINING MANBAALARDA YOROTILISHI Oqbo’tayev Ilyos Ismoilovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi Denov, O‘zbekiston Email: [email protected] https://orcid.org/0009-0004-7269-9989. https://doi.org/10.5281/zenodo.17750591 Annotatsiya: Hozirgi kunda Koreya yarimorolida bir xalqdan tuzilgan ikki davlat mavjud. Ular bir tilda gaplashishsada mafkuraviy farq sabab ikkiga bo’linib qolishgan. Bu bo’linish sabab Sharqiy Osiyoda vaziyat keskinlashib yadro urushining xavfi mavjud bo’lib qolmoqda. Muammoni o’rganish uchun uning kelib chiqish sabablariga e’tibor qaratamiz. XXasrning birinchi choragida vujudga kelgan Sovet davlati sotsialistik g’oyalarni targ’ib eta boshladi. AQSH boshchiligidagi g’arbiy qutb bunga qarama-qarshi harakat yo’nalishida edi. Kapitalizm va sotsializm o’rtasidagi kurash borgan sari avj olib gegemon davlatlar o’z siyosiy ta’sirlarini yerning turli burchaklarida orttira boshladilar. Bu kurash bazi xalqlarni ikkiga bo’lib yubordi. Vetnam, Germaniya, Koreya shular jumlasidan bo’lib, ularning ko’pi qayta birlashgan bo’lsada Sharqiy Osiyodagi koreyslar hali ham yagona davlatga birlasha olmadilar. Bu g’oyaviy kurashlar bir xalqdan bir-biriga dushman ikki davlatni bunyod etdi. Ushbu maqolada bu jarayonlarni qisqacha yoritishga harakat qildik. Kalit so’zlar: Yapon mustamlakachiligi, 38-parallel chiziq, bir millatdan ikki respublika, Koreya urushi, mafkuraviy farq, urushning og’ir asoratlari, SSSR, AQSH, XXR aralashuvi. Abstract: Currently, there are two countries made up of one nation on the Korean Peninsula. Although they speak the same language, they are divided due to ideological differences. The reason for this division is that the situation in East Asia is tense and there is a danger of a nuclear war. To study the problem, we focus on its causes. The Soviet state, which was created in the first quarter of the 20th century, began to promote socialist ideas. The western pole led by the USA was in the opposite direction. As the struggle between capitalism and socialism escalated, the hegemonic states began to gain political influence in different parts of the world. This struggle divided some nations. Vietnam, Germany, and Korea are among them, and although many of them have been reunited, the Koreans in East Asia have still not been able to unite into a single country. These ideological struggles made two countries hostile to each other out of one nation. In this article, we tried to briefly cover these processes. Key words: Japanese colonialism, 38th parallel line, two republics from one nation, Korean War, ideological difference, serious complications of war, intervention of USSR, USA, PRC. Аннотация: В настоящее время на Корейском полуострове существуют две страны, состоящие из одной нации. Хотя они говорят на одном языке, они разделены из-за идеологических различий. Причина такого разделения в том, что ситуация в Восточной Азии напряженная и существует опасность ядерной войны. Чтобы изучить проблему, мы сосредоточимся на ее причинах. Советское государство, созданное в первой четверти 20 века, начало пропагандировать социалистические идеи. Западный полюс во главе с США находился в противоположном направлении. По мере обострения борьбы между капитализмом и социализмом государства-гегемоны начали приобретать политическое влияние в разных частях мира. Эта борьба разделила некоторые народы. Среди них Вьетнам, Германия и Корея, и хотя многие из них воссоединились, корейцы Восточной Азии до сих пор не смогли объединиться в единую страну. Эта идеологическая борьба превратила одну нацию 462 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc в две враждебные друг другу страны. В этой статье мы постарались кратко осветить эти процессы. Ключевые слова: японского колониализма, 38-я параллель, две республики одной нации, Корейская война, идеологические разногласия, серьезные осложнения войны, интервенция СССР, США, КНР. KIRISH Koreyaning Yaponiya ta'sir ostidaligi davri Ikkinchi Jahon urushiga qadar davom etdi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Koreyada Yaponiya mustamlakachiligiga qarshi kurashlar, qozg'alonlar avj olgan davr bo'ldi. Koreys xalqi o'z mustaqilligi uchun tinmay kurash olib borardi. Bu esa gegemon davlatlarni o'ziga jalb etdi. Koreyaning Yaponiya mustamlakachiligidan mustaqil bo'lishi XX asrda Koreya tarixida muhim voqea bo'ldi. Janubiy Koreya manbalarida Koreya koreys millati vatanparvarlari, fidoiylari xizmatlari natijasida ozod bo'lgani yoritilsa, rus manbalarida Qizil armiya yordamida, Amerika manbalarida esa AQSH harbiy qo'shini yordamida mustaqil bo'ldi deb yoritiladi. MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI Tadqiqot olib borish jarayonida ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, ilg‘or amaliy tajribani tahlil qilish va umumlashtirish, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, tizimli mantiqiy yondashuv, iqtisodiy va statistik tahlil usullaridan foydalalanilanilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR 1945-yil 5-aprelda SSSR 1941-yilda Yaponiya bilan tuzilgan betaraflik to'g'risidagi shartnomani bekor qildi. Fashistlar Germaniyasi taslim etilganidan so'ng, Moskvaga yapon shahzodasi Konoe Yaponiyaga hujum qilmaslik va Koreyani qayta mustamlaka etishdan voz kechish evaziga SSSRning Kuril va Janubiy Saxalinga ega bo'lish taklifi bilan keldi. Biroq shahzoda qabul qilinmadi [1]. 1945-yil 8-avgustda Yalta va Potsdam konferensiyalari antifashist kuchlarining qaroriga muvofiq SSSR Yaponiyaga qarshi urush e'lon qildi, 9-avgustda esa Manjuriya va Koreyada joylashgan Kvantun armiyasiga qarshi urush harakatlarini boshladi. 11-22-avgustda Ungi va Najin portlari, Chxonjin va Vonsandagi harbiy dengiz bazasi egallandi. 15-avgustda yapon imperatori urush harakatlarini to'xtatish haqida buyruq beradi, ammo Koreyaning yapon qismi yana bir muddat qarshilik ko'rsatdi. 24 va 25-avgustda sovet qo'shinlari Xamxin va Pxenyanga tushirildi. 25-avgustda Shimoliy Koreyadagi barcha yapon qo'shini qurolsizlantirildi, sentyabr boshlarida sovet qismi 38parallelga chiqdi. 2-sentyabrda Yaponiyaga ittifoqchi davlatlar taslim bo'lganlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. 8-sentyabrda esa Amerika qo'shini Inchxonga tushirildi va 38-parallelning janubiy qismini egalladi [2]. Koreya mustamlaka iskanjasidan ozod etildi. Biroq yagona mustaqil davlat haqidagi orzu amalga oshmadi. Qarama-qarshi mafkuraviy va geosiyosiy qiziqishlar tufayli, Koreyaning shimoli va janubida tuzilgan Amerika va sovet ma'muriyati bosib olingan doiralarda o'zlarining tartiblarini o'rnata boshladi, bu esa ichki siyosiy nizolarni kuchaytirdi va yangi sotsial g'alayonlarni qo'zg'atdi. 1945-yil 16-26 dekabrda Moskvada AQSh, SSSR va Angliya tashqi ishlar vazirlarining kengashi o'tkazildi. Koreyada 5 yillik vasiylik tartibini o'rnatishga, uning doirasida mamlakatning muvaqqat hukumatini tuzishga kelishildi va bu bilan bog'liq holda 1946-yil 20-martdan 1947-yil 18-oktyabrga qadar ish olib borgan Sovet-Amerika qo'shma komissiyasi tuzildi. Ammo o'zaro qarama-qarshiliklar tufayli uning ishi natija bermadi. 1947-yil noyabrda AQSh tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi Koreyaning har ikki qismida umumiy saylov o'tkazish va BMTning Koreyadagi Vaqtinchalik komissiyasi nazorati ostida hukumat shakllantirilishi to'g'risida qaror qabul qildi"[3]. SSSR ushbu komissiyaning Shimoliy Koreyaga kirishini rad etgach, ushbu saylovlar faqat Janubda o'tkazildi (1948-yil 18-may). Koreya 463 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi 1948-yilning 17-iyulida qabul qilindi va unga ko'ra Prezident boshchiligida markazlashgan hokimiyat e'lon qilingan edi. Ammo kiritilgan ko'plab qo'shimcha va o'zgartmalar nafaqat davlat asosiy qonunining negizini, balki Janubiy Koreya jamiyati siyosiy tizimining tuzilishiga ham o'zgartirishlar kiritib yubordi. Bundan oldin, Koreya muvaqqat hukumati tomonidan 1919-yilda vaqtinchalik Konstitutsiya qabul qilingan, ammo amalda bu qonun hech qanday kuchga ega bo'lmagan, chunki u davrda mamlakat Yaponiya mustamlakasi hisoblangan. Konstitutsiyaga birinchi qo'shimcha va o'zgartirishlar 1952-yilda Li Sin Manning qayta saylanishi oldidan Prezident mavqeyini kuchaytiruvchi o'zgartirish kiritilgan. 1954-yilda qaytadan Li Sin Manning tashabbusi bilan Prezidentlik lavozimining muddatini uzaytirish va iqtisodning kapitalistik modelini kuchaytirishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritilgan [4]. Janubiy Koreya butun tarixi davomida AQSHning davlat konstitutsiyaviy qurilishiga ta'siri aniq sezilib turgan. Aslida, Janubiy Koreya siyosiy tizimi tashqi tomondan AQSHning siyosiy tizimini eslatsa ham, amalda o'z faoliyati va vazifalarida undan butunlay farq qiladi. Amerika singari Janubiy Koreyada ham “hokimiyatni bo'lish" tamoyili bo'lib, unga ko'ra hokimiyat o'zaro mustaqil va bir birini nazorat qiluvchi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga ajratiladi. Saylov natijalariga ko'ra, Koreya Respublikasi parlamenti shakllantirildi, u mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va prezidentni sayladi, keyinchalik hukumat va sud hokimiyati shakllantirildi. 1948-yil 15-avgustda, yapon hukmronligidan ozod etilganlikka uch yil to'lgan kunda, Koreya Respublika deb rasman e'lon qilindi. 1948-yil 9-sentyabrda esa Yuqori xalq kengashining 1sessiyasida yarim orol shimolida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil etilib, uning konstitutsiyasi qabul qilindi. Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar shu darajada keskinlashdiki KXDR va Koreya Respublikasi o'rtasidagi fojeaviy urushga olib keldi [5]. Yaponiya mustamlakachiligidan ozod etilgan Koreya millati ikki mafkuraviy lagerga bo'linib, turli yo'nalishga qaratilgan siyosiy tashkilotlar va shu bilan birga yoshlar, ayollar, diniy va boshqa tashkilotlar paydo bo'ldi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya siyosiy jarayoniga Koreyaning majburiy ikkiga ajratilishi, xorijiy davlatlar qo'shinlari tomonidan egallanishi, Amerika va Sovet davlati qiziqishlarining Koreya siyosatiga ta'siri kuchayishi singari ko'p sonli siyosiy harakatlar ta'sir ko'rsatdil [6]. Mamlakat demokratiyaga asoslangan zamonaviy siyosiy partiyalar tizimini yaratishga intilgan, ammo siyosiy tayyorgarlik va tajribaning yetishmasligi natijasida bu urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Koreyaning ozod etilganidan keyingi yillarda siyosiy tashkilotlar umumiy chaqiriqlar va birbiridan mafkuraviy tuzilishi bo'yicha farq qilmagan. Siyosiy sardorlar milliy mustaqil davlat tuzishga va Koreyaning mustamlakachilik balosidan qutqarishga intilganlar. Amerikaliklar partiya qurilishidagi qonun chiqaruvchilik va partiyalar uchun majburiy bo'lgan tashkiliy tizimning shakllanishiga ta'sir ko'rsatganlar. Janubiy Koreyaning Birinchi Respublikasi siyosiy tizimi aholining ko'pchilik qismi sustligi va shahar qatlamlarining guruh qiziqishlari mavjud emasligini ko'rsatib berdi. 1947-yilning o'rtalariga kelib, Janubiy Koreyada turli yo'nalishdagi qirqga yaqin siyosiy partiyalar mavjud edi. Ular orasida Kommunistik partiyaning vorisi - Janubiy Koreya ishchilar partiyasi, 1945-yilga qadar faoliyat yuitgan Koreya Demokratik partiyasining vorisi - Koreys demokratik partiyasi bor edi. Bu siyosiy partiyalar emas, balki ko'proq oz vakillik mintaqaviy, qarindoshlik, maktab va shaxsiy rishtalar bilan bog'langan siyosiy birlashmalar edi holos [7]. 1948-1949-yillarda chet el qo'shinlari Koreya yarim orolidan olib chiqib ketildi (avval sovet, keyin esa Amerika). 1950-yil 25-iyunda mamlakat 3 yil davom etgan fuqarolik urushi girdobiga tortilgan edi. Shimoliy Koreya va sovet adabiyotlarida urush tashabbuskorlari Janub deb, Janubiy 464 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Koreya, g'arb va zamonaviy Rossiya adabiyotlarida esa Shimol deb aytiladi. Koreya urushi 19501953-yillarni o'z ichiga olgan bo`lib ikki davlat o'rtasidagi fojeaviy oqibatlarga olib keldi [8]. Bu urushda nafaqat KXDR va Koreya Respublikasi balki gegemon davlatlar AQSH, Sobiq Ittifoq, Xitoy Xalq Respublikasi ham bevosita ishtirok etgandi. Koreya urushi tez orada Jahon hamjamiyati e'tiboriga tushdi. Urushning birinchi bosqichi Koreya Milliy armiyasining Koreya Respublikasi hududi bo'ylab chuqur kirib borishi bilan boshlandi. KXDR harbiy qo'mondoni rejasiga ko'ra, Koreya yarimorolining janubiy qismidagi harbiy harakatlar tez 50 kunda, har kuni janubga tomon taxminan 10km harakatlanib tugallanishi kerak edi. 1950-yillar o'rtalariga kelib janubdagi yirik port shaxar Pusan egallanishi mo'ljallangan edi. Va shu tariqa Koreya birlashar edi. Haqiqatan, mazkur rejaning bu bosqichda bir qismi amalga oshgan edi. Urushning dastlabki bosqichida Shimol armiyasi Seulni shiddat bilan bosib oladi va raqib qo'shinini Koreya yarim orolining janubi sharqiy chekkalariga surib borgan holda Janubi Koreyaning katta qismini egallab oladi. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining mandatiga ko'ra, Janubiy Koreya tomonidan xalqaro qurolli kuchlarning, eng avvalo, AQSh, shuningdek, boshqa davlatlaming urushga kirishi, Janubiy Koreya armiyasining qarshi xujumga o'tishiga imkon berdi. Urushning ilk kunlaridanoq Janubiy Koreyaning harbiy salohiyati sustligi aniq edi. U mustaqil tashqi yordamisiz Koreya Milliy Armiyasiga qarshi tura olmasligi tez orada ma`lum bo'ldi. Shu sabab, urushga Janubiy Koreya tomonidan AQSH qatnashdi. AQSH Janubga harbiy yordam cho'zdi. AQSH tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyani “Tinchlikni buzganlikda" ayblab rezolyutsiya qabul qildi. Bundan tashqari Xavfsizlik Kengashi BMT qo'shinlarini Koreyaga jo'natish to'g'risida qaror qabul qildi. Janubiy Koreya tomonidan 16 davlat harbiy kontingenti urushda qatnashdi. BMT harbiy kontingentining urushga jalb etilishi Koreya urushining ikkinchi bosqichini boshlab berdi [9]. 1950-yil 13-sentabrida Inchon port shahriga BMT qo'shinini dengiz desanti kelib tusha boshladi: 230 kema va 400 samolyotda 45ming askar. KMAning 3000 askari Inchxonda edi. Shu sababli endi ustunlik Janubda edi. Seul qaytarib olindi, harbiy harakatlar esa Shimoliy Koreya hududiga ko'chdi. Janubiy Koreya qo'shini va BMT kuchlari Pxenyanni egalladi va koreys-xitoy chegarasidagi Amnokkan daryosiga chiqdi hamda koreys-sovet chegarasidan uzoqda bo'lmagan Chxonjinni egalladi. Ammo Xitoy bo'linmalarining Shimoliy Koreya tomonidan urushga kirishi [10]. 1950-yil oktyabrda yana Janubiy Koreya va BMTqo'shinini 38-parallelga chekinishga majbur etdi. Front chizig'i ushbu parallel rayonlarda barqarorlashdi, harbiy harakatlar esa navbatma-navbat hujumkorlik va himoyaviy xarakter kasb etdi. Ammo urushga Xitoy Xalq Respublikasining kirishi urushning borishini o'zgartirib yubordi va urushning uchinchi bosqichi boshlandi. 1950-yil 25oktyabrda Xitoy milliy ozodlik armiyasi doimiy qismidan 1 mlnga yaqin xitoy milliy ko`ngillilar bo'limi Shimoliy Koreyaga keldilar. Bu qo'shinga marshal Pen Dahuay qo'mondonlik qildi [11]. XXR 1950-yil kuzidayoq KXDRga yordam berishga tayyor edi va bu haqida XXR Tashqi Ishlar Vazirligi rasman e'lon qilgan edi. Chunki bu paytda Amerika havo samolyotlari 27-avgustdan24-oktabrgacha 200 marta XXR harbiy hududi buzib, uchib o'tilgan. Qolaversa Janubiy Koreya va BMT qo'shinlari Xitoy chegarasiga jiddiy xavf sola boshlagan edi. Tez orada Amerika harbiy qo`shini Janubga tomon siqib chiqarildi. 1951-yil o'rtalaridan boshlab muzokaralar boshlandi va bu qariyb 2 yil davom etdi. 1953 yil 27 iyulda KR, KXDR va BMT qo'shini vakillari tomonidan sulh imzolandil [12]. 1950−1953 yillarda davom etgan Koreya urushi tinchlik kelishuvi emas, balki yarashuv bilan yakunlangan. Texnik tomondan Shimoiy va Janubiy Koreya haligacha urush va keskin munosabatlar holatida — ularni mos ravishda Xitoy va AQSh qo‘llab-quvvatlab turadi. 465 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XULOSA. Urush millionlab kishilar hayotiga zomin bo'ldi. Mamlakat iqtisodi vayron bo'ldi: taxminan 80 foiz sanoat va transport infrastrukturasi, 50 foiz atrofidagi turar joy fondi vayron bo'ldi. Ustiga-ustak, urush millatning yanada parchalanishiga ,o'zaro dushmanlik va ishonchsizlikka olib keldi. Koreya urushi ikki davlatga birdek katta zarar keltirdi. KXDR ham Koreya Respublikasi ham o'z manbalarida g'alaba qilganliklari aytib o'tiladi. Urush tugashidan so'ng ikki yonma-yon davlatlar turli xil tuzumdagi davlatlarga aylandilar. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma faqatgina vaqtinchalik tinchlikni ta'minladi. Ammo ikki koreys davlati haligacha bir-birini tan olmaydilar. Ikkala davlat ham butun Koreya yarim orolini o'z hududlari deb qaraydilar. Buning natijasida esa Sharqiy Osiyoda doimiy beqarorlik hukum surmoqda. Koreya urushi davlatlar o'rtasidagi chegarani yanada mustahkamladi. Fuqarolar majburan janubdan shimolga va aksincha shimoldan janubga migratsiya qilindi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Ким Ен Сам. Новая Кoрeя / Пер. с кор. В. Тихонов, - СПб.: Петербурrскоe востоковeдente,1993 2. Торкунов А.В., Денисов В.И., Ли В.Ф. Корейский полуостров: метаморфозы послевоенной истории. - M.:ОЛМА Медиа Групп, 2008 3. Schroeder Ralph. Max Weber and the Sociology of Culture.-London: Sage Publications Ltd, 1992 4. Kim Yersu, Cultural Policy in the Republic of Korea.-Seoul: UNESCO,1976 5. Андронова ЛА. Партийная система Южной Кореи: традиции и современность // Вестник Томскогогосударственного университета. История. 2014. No 1 (27) 6. Булычев Г.Б. Политические системы государств Корейского полуострова. МГИМО МИД РоccHи. - M.,2002 7. Li, Piter X. (1992). Koreya sivilizatsiyasi manbalari . Nyu-York: Kolumbiya universiteti nashriyoti. p. 750 . ISBN 978-0231079129. 8. Li, Ki-Baik ; Vagner, Eward V. (1984). Koreyaning yangi tarixi . Garvard universiteti matbuoti. p. 518. ISBN 978-0674615762. 9. Sin, Chaeho(1931)."see-sengengeong" [Qadimgi Koreya tarixi, 2 jild]. Dajo[ Danjae Sin Chaehoning toʻplamlari ] (koreys tilida) qayta nashr etilgan. ed: Seul, Munjangsa, 1982 yil. 10. https://m.ww2db.com/country/korea 11. http://countrystudies.us/south-korea/8.htm 12. https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/13/koreas/.