scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JANUBIY OROL BO'YLARIDA BALIQLARNING KO'PAYISHI

Samandarov O.K.; Maxsudova T. K

Full text

199 JANUBIY OROL BO‘YLARIDA BALIQLARNING KO‘PAYISHI Samandarov O.K. Maxsudova T. K Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751724 Annotatsiya: O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning baliqlarining xilma-xilligini (ovqatga, ko‘payishga, qishlashga), ovqatlanishga bog‘liq guruhlari (plankton, bentosxo‘r, yirtqich va har xil ya’ni aralash ovqatlanadigan), ko‘payishga bog‘liq yil fasllariga bog‘liq baliq guruhlari, ularning suv ichidagi biotoplarda uvildiriq tashlashga moslashgan guruhlari, bundan tashqari uvildiriq tashlash taktikalari: ko‘ratib o’tildi Kalit so‘zlar: Baliqlar, fauna, ko‘payishi, uvildiriq, moslashish, Abstract: The diversity of fish species of Uzbekistan and Karakalpakstan (food, reproduction, overwintering), groups related to feeding (plankton, benthosphorus, predatory, and various, i.e., mixed-feeding), groups of fish related to breeding, depending on the seasons of the year, their groups adapted to spawning in underwater biotopes, as well as spawning tactics: Key words: Fish, fauna, reproduction, spawning, adaptation, Orol dengizi ekologik fojiasi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo uchun eng dolzarb muammolardan biridir. Dengizning qurib borishi, suv havzalarining parchalanishi va sho‘rlanishning oshishi natijasida mintaqa baliqlarining ko‘payish jarayonlari jiddiy o‘zgargan. Ushbu referatda Janubiy Orolbo‘yi baliqlarining ko‘payish biologiyasi va ekologiyasi yoritiladi. Baliqlarning uvildiriq tashlab ko‘payishiga bog‘liq moslanish guruhlari. Baliqlar ko‘llarning chuqur joylaridan suv yaxshi isiydigan suv qirg‘oqlariga yoki daryoga kirib 100 dan 1000 km ga, undan ham ko‘tarilib uvildiriq sochadigan baliqlar yotadi. Bunga suv bo‘ylariga, daryoning 100 km gacha bo‘lgan yuqori qismiga borib uvildiriq sochadigan: sazan, oqchavoq, shemaya, sholi va b. kiradi. Ulardan dengizdan daryoga kirib 100 km dan 1000-1500 km gacha ko‘tarilib borib, ko‘tarilib uvildiriq sochadigan baliqlarga, bekre, suven, ilaqa, qorako‘z, marqa baliqlari kiradi. Bularning ichida bekre, suvenlardan boshqalari ko‘llarda ham uvildiriq sochib ko‘payadi. Bu guruhlarni qisqacha aytganda oziqlanishga, qishlashga va ko‘payishga bog‘liq ko‘chib qo‘nadigan baliqlar guruhlariga bo‘linadi. Baliqlarning jinsiy jihatdan yetilishiga, yil davomida mavsumga qarab uvildiriq tashlab ko‘payishiga qarab quyidagi kichik guruhlarga bo‘linadi, ya’ni bu holat 3 ga bo‘linadi. Oq amur balig‘i. Yirik tez o‘sadigan baliq. Tanasi tarpedasimon, tangachalari yirik bo‘lib kelgan. Tabiiy hovuzlarda uzunligi 1 m ga yetadi, og‘irligi 30 kg va undan ortiq bo‘lsa yaylov akvakulturasi uchun juda samarali baliq hisoblanadi. 200 Urg‘ochilari 4-5 yoshida uzunligi 55-65 sm (dumsiz) va vazni 3,5-4 kg ga yetganda, erkaklari esa bir yil ertaroq voyaga yetadi. Odatda nasl beruvchilardan 5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Baliqlar o‘sgan sari gonadalar (hamda ulardagi jinsiy hujayralar) 5 ta rivojlanish bosqichidan o‘tadi. [2] O‘zbekiston sharoitida Oq amur balig’i aprelning oxirida suvning harorati 1820°C ga yetganda yetiladi. Oq amurning nasl beruvchi baliqlari mayning boshida, iyunning boshida yetiladi. O‘zbekistonda oq amur 3-5 yoshda, voyaga yetadi. Qayta yetilayotgan 4-6 va undan katta yoshdagi baliqlar kutilgan natijani beruvchi nasldor baliqlar hisoblanadi. Mamlakatimiz baliqchilari 8 yoshdan katta baliqlarga unchalik ahamiyat bermaydilar, lekin boshqa mamlakatlarda bunday yoshdagi baliqlarni ko‘proq ma’qul ko‘radilar. [1] Ona baliqlar turkumini rivojlantirish. Baliqchilik xo‘jaligini ko‘paytirish ona baliqlar guruhi uvildiriq va erkak jinsiy mahsuloti olinadigan baliqlar hamda nasl beradigan va kelgusi yillarda bo‘ladigan baliqlar va nasl bera oladigan baliqlar zaxirasidan iborat kichik va katta to‘ldirish guruhlari bo‘lishi lozim. Naslchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, baliqchilik xo‘jaliklarida kichik to‘ldirish guruhi lichinkalaridan formallashtiriladi, boshqa xo‘jaliklarda esa ona baliqlar guruhini xrayl qilish uchun baliqlar tovar yetishtiriladigan guruhlardan tanlab olinadi. Umuman olganda ona baliqlar guruhini formallashtirishda baliqlarni boqish texnologik usullari tovar baliqni yetishtirishdan deyarli farq qilmaydi, faqat ularda biologik me’yorlar farq qiladi. Turli yoshdagi baliqlar katta to‘ldirish guruhiga o‘tkazilgunga qadar alohida hovuzlarda parvarish qilinishi zarurligini yodda tutish lozim. Erta bahorda suvning harorati 12-14° ga yetganda ona baliqlar to‘dasining bonitirovkasi o‘tkaziladi. Qishlovchi hovu Amur baliqlarining barcha voyaga yetgan erkaklarida ko‘zga tashlanadigan belgisi ko‘krak qanotining birinchi joyida g‘adir-budir bo‘ladi. Urg‘ochilarida esa bu joy sip-silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvildiriq qo‘yishga tayyorligini qornidan ham bilish mumkin. [4] Xulosa qilib aytganda Janubiy Orolbo‘yi hududida baliqlarning ko‘payishi ko‘plab ekologik, biologik va antropogen omillarga bog‘liq. Suvning kamayishi, sho‘rlanish, ozuqa zaxirasining tanqisligi baliqlar ko‘payishiga eng katta to‘sqinlik qiluvchi omillar hisoblanadi. Shunga qaramay, ilmiy asoslangan boshqaruv, sun’iy ko‘paytirish dasturlari, ekologik oqimni tiklash va tabiiy ko‘payish muhitlarini saqlash orqali Janubiy Orolning baliq resurslarini sezilarli darajada tiklash mumkin. 201 Foydalanilgan Adabiyotlar 1. Тлеўов Р Об аралкий белогазке //.Рыбный запасы Аралские море сборник изд. «наука» Ташкент 1964 г 2. Тлеўов Р., Сагитов Н.И. 1973. Осетровые рыбы Амудари. Изд-во, «Фан» Узбекской ССР. Ташкент. 3. Тлеўов Р .Алламуратов Б Сапаров А Сейтназаров С.Қошанов Д АлламуратоваГ Омырытқалылар зоологиясы « Қарақалпақстан» баспасы Нўкис 2005 ж 4. http://www.ebio.ru (biologiyaliq ilmiy jumuslar sayti)