TOSHKENT VILOYATI TUYABO'G'IZ SUV OMBORI NINACHILAR (INSECTA: ODONATA) FAUNASI
Full text
202 TOSHKENT VILOYATI TUYABO’G’IZ SUV OMBORI NINACHILAR (INSECTA: ODONATA) FAUNASI Samandarova O.D., 1Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Axmedova M.Sh. Urganch Davlat Universiteti E-mail: [email protected]. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751747 Annotatsiya: Ushbu maqolada Toshkent viloyatining Tuyabo‘g‘iz suv omboridan namunalar to’plangani va ularning tur tarkibi tahlil qilingani bayon qilindi. Tadqiqot O’zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz suv omborida 2024-2025 yillar (bahor, yoz, kuz) da amalga oshirildi. Shunga ko’ra Zygoptera va Anisoptera kenja turkumlariga oid 3 ta oila 5 ta avlod 9 ta tur aniqlandi. Kalit so’zlar: Odonata, fauna, Tuyabo’g’iz suv ombori, Ohangaron daryosi, Zygoptera, Anisoptera, kenja turkum. Abstract: This article describes the collection of samples from the Tuyabogiz reservoir of the Tashkent region and the analysis of their species composition. The study was carried out in the Tuyabogiz reservoir of the Tashkent region of the Republic of Uzbekistan in 2024-2025 (spring, summer, autumn). Accordingly, 3 families, 5 genera, and 9 species belonging to the suborders Zygoptera and Anisoptera were identified. Keywords: Odonata, fauna, Tuyabogiz reservoir, Ahangaron river, Zygoptera, Anisoptera, suborder. Kirish: Tuyabo‘g‘iz suv ombori ya’ni Toshkent dengizi – Ohangaron daryosining o‘rta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshootidir [9]. Suv ombori o’ziga xos tabiatiga ega bo’lib, o’simliklar dunyosi va hayvonot olamini o’z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu suv ombori ninachilar faunasi bilan ham ajralib turadi. Bu yerda ninachilarning xilma xil turlarini uchratish mumkin. Tadqiqot maqsadi: Toshkent viloyati Tuyabo’g’iz suv ombori ninachilar faunasi o’rganish. Ularni morfologik va ekologik tahlil qilish. Material va metodika: Tadqiqot Toshkent viloyatining Tuyabo‘g‘iz suv omborida (40°56'35.5"N 69°22'02.2"E), 2024-2025 yil (bahor, yoz, kuz) da amalga oshirildi. Tuyabo‘g‘iz suv ombori ya’ni Toshkent dengizi 1962 yilda qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln. m3, foydali hajmi 224 mln. m3. Suv yuzasi mayd. 20 km2. O‘rtacha chuqurligi 12,5 m. Ko‘tarma tuproq to‘g‘on, chap va o‘ng qirg‘oq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat. To‘g‘on uzunligi 2,4 km, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Ombor gidrouzeli 1,9 km uzunlikdagi dambaga tutashgan. To‘g‘on ustidan Toshkent–Bekobod avtomobil yo‘li
203 o‘tadi. Suv omboridan Qorasuv daryosiga va Tuyabo‘g‘iz chap qirg‘oq kanaliga suv beriladi. Tuyabo‘g‘iz suv ombori Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida sug‘oriladigan yerlar suv ta’minotini yaxshilashga imkon beradi. Tuyabo‘g‘iz suv omborida turli baliqlar urchitiladi [9]. I rasm. Tadqiqot o’tkazilgan hudud koordinatasi Tadqiqot davomida ninachilarni yig’ish va kolleksiya qilishda bir qancha uslublardan foydalanildi. Ninachilar imagolarini kolleksiya materiali uchun yig‘ishda eng samarali usul bu-pistirmadan turib, ularni uchish yo‘nalishi (traektoriya) bo‘ylab havoda ushlashdir. Buning uchun diametri 40-50 sm. bo‘lgan, tutqichi uzun entomologik sachok (to‘r tutqich) dan foydalanildi. Shuningdek ayrim “Zygoptera” kenja turkumiga mansub ninachilarni qo‘nib turgan holatlarini qo‘l bilan ham ushlash mumkin. Imagolarni yig‘ishda suv havzalari yaqin bo‘lgan, ninachilar ko‘p uchraydigan maydonlarni 6-15 kv.m o‘lchamdagi hududlarga ajratilib, shu maydon bo‘yicha individlarni yig‘ish ishlari olib borildi [5]. Ekspeditsion marshrut usuli – bunda uzunlik bo’yicha har 500 - 1000 metrda yurib, to’xtab, 6 m kenglikda bo’lgan maydondagi yetuk imagolar hisobga olinadi. Kuzatuvlar vaqti kunduzi 9:00 dan kech soat 17:00 gacha o‘tkazildi. Yig‘ilgan ninachilar asosan ichiga xloroform shimdirilgan paxta bo‘lakchasi solingan morilkalarda (hasharotlarning jonsizlantiradigan idish) jonsizlantirildi. Yig‘ilgan turlarni saqlash va aniqlashda Z.D. Spuris [1], B.F. Belыshev, A.Yu. Xaritonov [4] va V.E. Skvorsovning [3] usullaridan foydalanildi. Natija va muhokamalar: Toshkent viloyati Tuyabo’g’iz suv omborida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 2 ta kenja turkumga oid 3 ta oila 5 ta avlod 9 ta ninachi turlari aniqlandi. Kenja turkum: Zygoptera Selys, 1854
204 Oila: Coenagrionidae Kirby, 1890 Avlod: Ischnura Charpentier, 1840 Ischnura elegans Vander Linden, 1820 – turi Tarqalishi: Palearktikada sharqdan g‘arbgacha, Yevropaning mo‘tadil hududlarida, G‘arbiy va Markaziy Osiyoda. Oila: Coenagrionidae Kirby, 1890 Avlod: Ischnura Charpentier, 1840 Ischnura pumilio Charpentier, 1825 – turi Tarqalishi: Yevropa, G‘arbiy va O‘rta Sibir, Shimoliy Afrika, Kichik va Markaziy Osiyoda. Kenja turkum: Anisoptera Selys-1854 Oila: Aeshnidae Rambur, 1842 Avlod: Anax Leach, 1815 Anax imperator Leach, 1815 - turi Tarqalishi: Shimoliy va Markaziy Afrika, Yevropa (shimoldan tashqari), Kichik va Markaziy Osiyo shimoliy Hindisto.n Oila: Aeshnidae Rambur, 1842 Avlod: Anax Leach, 1815 Anax parthenope Sеlys, 1839 - turi Tarqalishi: ushbu tur Yevropaning janubiy va markaziy qismida, Osiyoda, Yaponiyada, Koreya yarim orolida, Xitoyda va Shimoliy Afrikada uchraydi. Oila: Libellulidae Rambur, 1842 Avlod: Selysiothemis Ris, 1897 Selysiothemis nigra (Vander Linden,1825) – turi O‘zbekistonda keng tarqalgan tur hisoblanadi. Oila: Libellulidae Rambur, 1842 Avlod: Crocothemis Brauer, 1868 Crocothemis servilia (Drury, 1770) – turi Oʻzbekiston boʻylab koʻp tarqalgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati, Xorazm viloyati, Toshkent shahri , M.Sh.Axmedova 2021-2024 y.) Oila: Libellulidae Avlod: Orthetrum Newman, 1833 Orthetrum cancellatum (Linnaeus, 1758) – turi Tarqalishi: Markaziy Yevropa, Rossiyaning Yevropagacha bo‘lgan qismi, Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyoda. Oila: Libellulidae
205 Avlod: Orthetrum Newman, 1833 Orthetrum albistylum (Selys, 1848) - turi Oila: Libellulidae Avlod: Orthetrum Newman, 1833 Orthetrum sabina (Drury, 1773) – turi Tarqalishi: Janubi-sharqiy Yevropa va Shimoliy Afrikadan Yaponiyagacha va Avstraliyada. Xulosa: Tadqiqotlar natijasida Zygoptera va Anisoptera kenja turkumlariga oid 3 ta oila 5 ta avlod 9 ta tur aniqlandi. Tadqiqot davomida Ischnura elegans Vander Linden, 1820, Ischnura pumilio Charpentier, 1825, Ischnura Forcipata Morton 1907, Anax imperator Leach, 1815, Anax parthenope Sеlys, 1839, Orthetrum cancellatum (Linnaeus, 1758), Orthetrum albistylum (Selys, 1848), Orthetrum sabina (Drury, 1773) kabi turlar aniqlandi. Tadqiqot davomida Orthetrum sabina (Drury, 1773) turlari nisbatan ko’p tarqalganligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Спурис З.Д. Отряд Odonatoptera (Odonata) - стрекозы. Определитель насекомых европейской части СССР // Москва-Ленинград. – Изд. «Наука». - 1964. - Т.1. - С.137-161. 2. Скворцов В.Э. Стрекозы Восточной Европы и Кавказа. Атлас - определитель. -М.: Товарищество научных изданий КМК, 2010. 3-623 с. 3. Белышев Б.Ф. Стрекозы Сибири // Нoвoсибирск. - Изд. «Наука». Сиб. отд. - Т.1. - Ч.1-2. - 1973. – С 24-31. 4. Борисов С.Н. Фауна и экология стрекоз Таджикистана: автореф. дис. ... канд. биол. наук. - Новосибирск, 1987. C. 3-23. 5. Фасулати К.К. Полевое изучение наземных беспозвоночных // - Москва. - Изд. «Высшая школа». - 1971. - С.25-424. 6. Борисов С.Н. Экологические ниши видов рода Ischnura Charpentier,1840 (Odonata, Coenagrionidae) в оазисах Памиро-Алая// Зоол. журн. 2006г. 85(8). С. 935-942. 7. Boudot J.P. Schneider W. & Samraoui B. Lindenia tetraphylla // The IUCNRed List of Threatened Species. 2013. 8. «Toshkent» ensiklopediyasi 2009. C. 104-109. 9. Aҳмедова М.Ш. Хоразм воҳаси ниначилар (Insecta: Odonata) фаунаси// “Ўзбекистон зоология фани: ҳозирги замон муаммолари ва ривожланиш истиқболлари” III Республика илмийамалий конф. Мат. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси, “Фан” нашриёти, Тошкент – 2021. Б. 98-11. 10. https://www.gbif.org/species/1424201 11. https://www.odonatacentral.org/app/#/wol/ 12. https://www.inaturalist.org/home