scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GʻOʻZA YOKI TAMAKI OQQANOTI (BEMISIA TABACI) NING OʻZBEKISTON VA QORAQALPOGʻISTONDA TARQALISH TARIXI HISTORY OF THE DISTRIBUTION OF THE TOBACCO WHITEFLY (BEMISIA TABACI) IN UZBEKISTAN AND KARAKALPAKSTAN

Serjanova.G.S.; Juginisov.T.I.

Full text

206 GʻOʻZA YOKI TAMAKI OQQANOTI (BEMISIA TABACI) NING OʻZBEKISTON VA QORAQALPOGʻISTONDA TARQALISH TARIXI HISTORY OF THE DISTRIBUTION OF THE TOBACCO WHITEFLY (BEMISIA TABACI) IN UZBEKISTAN AND KARAKALPAKSTAN Serjanova.G.S. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Juginisov.T.I. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751759 Annotatsiya. Ushbu tezisda Bemisia tabaci – gʻoʻza oqqanoti hasharotining Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tarqalish tarixi, biologik xususiyatlari, ekologik moslashuvchanligi ham da zarar yetkazish xususiyatlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mintaqada iqlim o‘zgarishi, intensiv dehqonchilik va issiqxona xo‘jaliklarining kengayishi oqibatida mazkur zararkunandaning areali tez sur’atlarda kengayib bormoqda. Tadqiqot natijalari oqqanot populyatsiyasining o‘sishida antropogen omillar muhum rol oynayotganini korsatadi. Kalit so‘zlar:Bemisia tabaci, oqqanotlilar,Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, tarqalish tarixi, invazion tur, agroekotizim. Abstract. This thesis analyzes the history of distribution, biological characteristics, ecological adaptation and damage characteristics of the cotton bollworm Bemisia tabaci in Uzbekistan and the Republic of Karakalpakstan. In recent years, the range of this pest has been rapidly expanding in the region due to climate change, intensive farming and the expansion of greenhouse farms. The results of the study show that anthropogenic factors play a significant role in the growth of the bollworm population. Keywords: Bemisia tabac, whiteflies, Uzbekistan, Karakalpakstan, distribution history, invasive species, agroecosystem. Gʻoʻza oqqanoti (Bemisia tabaci) — Hemiptera tartibiga mansub Aleyrodidae oilasining vakili bo‘lib, dunyo miqyosida 600 dan ortiq o‘simlik turida uchraydi. Bu hasharot gʻoʻza, sabzavot, poliz, tamaki va manzarali o‘simliklarning asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi.Oʻzbekistonda oqqanotning tarqalishi XX asrning 1980-yillariga to‘g‘ri keladi. Avvaliga janubiy hududlarda — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan, keyinchalik Buxoro, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga ham kirib kelgan. Ayni paytda Bemisia tabaci mamlakatning deyarli barcha gʻoʻzazorlarida uchraydi va issiqxonalarda ham barqaror populyatsiyalar hosil qilgan. Gʻoʻza oqqanoti (Bemisia tabaci) Oʻzbekiston hududida dastlab 1980-yillar oxirida Surxondaryo viloyatining Denov va Sariosiyo tumanlarida qayd etilgan. 1990-yillarda bu tur Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ham aniqlangan. 2000-yillarga kelib, respublikaning markaziy va shimoliy viloyatlariga ham tarqalish 207 boshlangan. Xususan, Xorazm viloyatida 2002-yilda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy hududlarida esa 2004–2005-yillarda oqqanotning barqaror populyatsiyalari kuzatilgan. So‘nggi 15–20 yil davomida ǵʻoʻza oqqanoti (Bemisia tabaci) Oʻzbekistonning barcha dehqonchilik mintaqalarida uchraydi. Ayniqsa, issiqxonalarning ko‘payishi, iqlim isishi va qishlarning yumshoqlashuvi ularning qishdan chiqish imkoniyatini kuchaytirdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologik jihatdan murakkab, yarim cho‘l va cho‘l mintaqalari ustun bo‘lgan hududdir. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda bu yerda ǵʻoʻza oqqanotining tarqalish tezligi ortib bormoqda. Dastlabki holatlar 2004-yilda Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlarida aniqlangan. 2010-yillarga kelib, zararkunanda Amudaryo, Beruniy va Xo‘jayli tumanlarida keng tarqaldi. Bugungi kunda Qoraqalpogʻistonning deyarli barcha gʻoʻzazorlarida oqqanot koloniyalari uchraydi. Oqqanotlarning bu hududga kirib kelishida asosiy omil — janubiy viloyatlardan ko‘chat va sabzavot mahsulotlarining tashilishi, hamda har yili kuzatiladigan iliq iqlimdir. Amudaryo bo‘yidagi mikroiqlimlar (suv manbalari yaqinidagi issiq namlik) bu tur uchun qulay yashash muhitini yaratadi. Oqqanotning biologik xususiyatlari. Oqqanotlar kichik (1–1,5 mm) o‘lchamli, sutrang tanali, oq qanotli hasharotlardir. Ular o‘simlik bargining pastki tomonida koloniyalar hosil qiladi. Voyaga yetgan hasharot va lichinkalar o‘simlik sharbatini so‘rib oziqlanadi. Bu jarayonda ular yopishqoq shira — “asal dog‘i”ni ajratib chiqaradi. Bu modda ustida qora zamburug‘lar rivojlanib, barglarning fotosintez jarayonini cheklaydi. Oqqanotlar virusli kasalliklar, jumladan, Tomato yellow leaf curl virus kabi xavfli patogenlarning tashuvchisi hisoblanadi. Bu ularning iqtisodiy zararini yanada oshiradi. Oqqanotlarning tarqalishida quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Iqlim isishi: So‘nggi 30 yilda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda o‘rtacha harorat 1,5–2°C ga oshgan. 2. Issiqxonalar sonining ortishi: Qishloq xo‘jaligidagi yopiq tizimlar oqqanotning qishlab chiqishiga imkon yaratadi. 3. Kimyoviy qarshilik (rezistentlik): Uzoq muddatli insektitsid ishlatish natijasida Bemicia tabaci da genetik moslashuv kuchaygan. 4.Transport aloqalari: Janubdan shimolga o‘simlik ko‘chatlari va sabzavot mahsulotlari tashilishi bilan oqqanot ham yangi joylarga tarqaladi. Oqqanotga qarshi samarali kurash kompleks yondashuvni talab qiladi. Quyidagi choralar eng maqbul hisoblanadi: 208 - Agrotexnik tadbirlar: o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, dalalarda almashlab ekish, begona o‘tlarni yo‘q qilish. - Biologik usul: entomofaglar — Encarsia formosa, Eretmocerus mundus kabi parazit ari turlarini ko‘paytirish. - Kimyoviy usul: neonicotinoid, pyriproxyfen va spiromesifen guruhidagi insektitsidlarni navbatlab qo‘llash. - Monitoring: feromonli tuzoqlar va barg tahlillari yordamida populyatsiya dinamikasini kuzatish. Bemisia tabaci Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonning agroekotizimlariga 1980– 2000-yillar oralig‘ida kirib kelgan invazion tur hisoblanadi. Hozirda u mintaqaning barcha dehqonchilik tarmoqlarida uchrab, iqtisodiy zarar yetkazuvchi asosiy zararkunandalardan biriga aylangan.Kelgusida zararkunandani nazorat qilishda biologik usullarni keng joriy etish, iqlim monitoringini kuchaytirish va zararkunandalarga chidamli ekin navlarini tanlash dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Gennadius, P. (1889). Bemisia tabaci — novel species description. Entomological Review, 12(4), 45–50. 2. De Barro, P.J., et al. (2011). Global genetic structure of Bemisia tabaci. PLoS One, 6(12): e24166. 3. Qodirov. A.(2018). Oqqanotlarning Oʻzbekiston sharoitida biologiyasi. Oʻzbekiston agrar jurnali, №3, 22–28. 4. Ziyaev, M., & Rasulov, U. (2020). Oqqanotlilarning Qoraqalpogʻistonda tarqalishi. Biologiya fanlari axboroti, 3(2), 51–57. 5. FAO Report (2022). Whitefly invasions in Central Asia and pest management strategies.