QUYI AMUDARYO HUDUDI TUPROQLARINI SUVDA OSON ERUVCHI TUZLAR ZAHIRASI BO'YICHA BAHOLASH
Full text
225 QUYI AMUDARYO HUDUDI TUPROQLARINI SUVDA OSON ERUVCHI TUZLAR ZAHIRASI BO’YICHA BAHOLASH Sultashova O.G., Reymov P.R., Xudaybergenov Ya.G., Berdimuratova M.A., Shawdirbayev N.T Bedaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Geografiya va tabiyiy resurslar fakulteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751838 O‘rganilgan “Qo‘ng‘irot-Mang‘it”, “Beruniy-Miskin” va “Taxtako‘pir-Nukus” yo‘nalishlaridagi massivlar sug‘oriladigan tuproqlaridagi tuzlar zahirasi tabiiy va antropogen-xo‘jalik omillari, birinchi navbatda sizot suvlarining chuqurligi va minerallashganlik darajasi, gidrotexnik va gidromeliorativ tizimlarning texnik holati va ish samaradorligiga bog‘liq holda hudud tuproq qoplamlarida turlicha miqdorlarda o‘z ifodasini topgan. Tuproqlar aeratsiya mintaqasidagi (0-3 m), ayniqsa uning ustki ildiz qatlamidagi (0-1 m), tuzlarning haqiqiy miqdori (%) va zahiralarini (t/ga) aniqlash, meliorativ tuproqshunoslik nuqtai nazaridan nihoyatda muhim hisoblanib, u shu qatlamni zaharli tuzlardan tozalash, sho‘r yuvish me’yorlari va muddatlarini to‘g‘ri belgilash, tanqis sug‘orish suvlarini tejash imkonini beradi [2,3]. Tuproqlarda mavjud tuzlar zahirasini hisobiy qatlamlar bo‘yicha hisoblashning eng oson, eng qulay va maqbul usuli – bu muayyan qatlam uchun tuproq qatlamlari bo‘yicha aniqlangan tuzlarni o‘rtacha miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisobiy qatlam qalinligi (0-30, 0-50, 0-100, 0-200 sm va hajm massasiga (g/sm3) ko‘paytirish orqali gektar birligida tonna ko‘rsatkichlarida (t/ga) ifodalash hisoblanib, aniqlangan tuzlar zahirasi bo‘yicha xo‘jaliklar tuproq-meliorativ holatini haqqoniy baholash va ularni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi [1].O‘rganilgan massivlar sug‘oriladigan tuproqlarida hisobiy qatlamlar bo‘yicha aniqlangan umumiy tuzlar va xlor ioni zahiralari ma’lumotlariga ko‘ra, tuzlar zahirasi alohida stvor (yo‘nalish) doirasidagi massivlar tuproqlarida katta miqdoriy ko‘rsatkichlarda farqlanmasada, bir qator omillar bilan bog‘liq juz’iy tafovutlar kuzatiladi, har to‘rttala yo‘nalishdagi massivlar sug‘oriladigan tuproqlaridagi miqdoriy ko‘rsatkichlar qiyoslanganda esa sezilarli farqlanish qayd etiladi. Suvli so‘rim kimyoviy tahlil ma’lumotlarini chuqur o‘rganish va uni atroflicha tahlillari asosida hisobiy qatlamlarda aniqlangan quruq qoldiq bo‘yicha umumiy tuzlar va xlor ioni zahiralarining o‘rganilgan massivlar sug‘oriladigan tuproqlaridagi miqdoriy ko‘rsatkichlarining massivlar bo‘yicha tebranish oralig‘i va o‘rtacha arifmetik qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
226 1-jadval Sug‘oriladigan tuproqlardagi yalpi tuzlar va xlor ioni zahiralarining kesmalar soni bo‘yicha tebranish oralig‘i (sur’atda) va o‘rtacha arifmetik miqdorlari, (mahrajda) t/ga Massiv, tuman nomi Kesmalar soni Quruq qoldiq Xlor 0-1 m 1-2 m 0-1 m 1-2 m 0-1 m 1-2 m “Qo‘ng‘irot-Mang‘it” yo‘nalishi – II-stvor Amudaryo “To‘lqin” 8 30,6689,43 51,58 22,7280,66 39,75 53,38170,09 91,33 2,20916,758 8,081 2,84012,496 5,503 5,049-29,254 13,584 Qonliko‘l “Sarioltin” 15 44,82188,15 110,72 32,80102,24 62,39 85,81282,95 173,11 5,63384,506 29,312 4,43030,775 14,102 10,640101,404 43,414 Xo‘jeli “Do‘stlik” 14 21,39113,34 64,31 21,30153,57 52,58 42,69266,91 116,89 3,51948,811 13,553 1,98847,740 8,958 6,511-96,551 22,511 Qo‘ng‘irot Y.Oxunboboev nomli 12 22,54137,85 62,30 22,7288,43 55,94 53,34206,01 118,24 3,04318,023 10,872 2,55635,705 10,997 5,599-43,161 21,869 1-jadvalni ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, har to‘rttala yo‘nalishlar xo‘jaliklari sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial va botqoq-o‘tloqi, o‘tloqi-taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlarida hisobiy qatlamlar (0-1, 1-2, 0-2 m) bo‘yicha aniqlangan suvda oson eruvchi tuzlar va xlor ioni zahiralari nafaqat tanlangan yo‘nalishlar tuproqlari, balki bir xo‘jalik hududida ham keng oraliqda tebranib turadi. Suvda oson eruvchi tuzlarning tuproqni ustki 0-2 metrlik qatlamdagi umumiy zahirasining quruq qoldiq bo‘yicha o‘rtacha arifmetik miqdorlari “Qo‘ng‘irotMang‘it” yo‘nalishida – 91,3-173,1 tonnani; “Beruniy-Miskin” yo‘nalishida – 54,978,4 tonnani; “Taxtako‘pir-Nukus” yo‘nalishidagi massivlar sug‘oriladigan tuproqlarida 88,6-117,9 tonnani tashkil etadi. Shulardan tuproqning ustki ildiz qatlamida (0-1 m) mos ravishda 33,0-63,6; 51,6-110,7; 30,4-43,7 va 46,3-63,4 tonna miqdorlarida qayd etildi. Foydalanilgan adabyotlar 1. Рафиков А.А. Амударё дельта қисми геосистемалари чўлланишининг 2020 йилгача бўлган ўзгариш прогнози / Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академиясинининг Маърузалари №5. “Фан” - Тошкент, 2013. - Б. 23-28. 2. Рафиков А.А. Закономерности развития опустынивания в Южном Приаралье / Экономический вестник. 2014. №4. - С. 15 – 22. 3. Реймов П.Р., Статов В.А., Султашова О.Г., Xудайбергенов Я.Г. и.т. Некоторые вопросы геоинформационного обеспечения агроклиматического районирования При аралья c учетом геоэкологических особенностей - Ташкент 2024. - С.516-523.