scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOGʻISTONDA KATTA SASSIQPOPISHAKSIMON TO'RG'AY ALAEMON ALAUDIPES UCHRASHI BOʻYICHA MAʻLUMOTLAR INFORMATION ON THE OCCURRENCE OF THE GREATER HOOPOE-LARK ALAEMON ALAUDIPES IN KARAKALPAKSTAN

Turdibaev Q.P.; Ametov Ya.I.

Full text

247 QORAQALPOGʻISTONDA KATTA SASSIQPOPISHAKSIMON TO‘RG‘AY ALAEMON ALAUDIPES UCHRASHI BOʻYICHA MAʻLUMOTLAR INFORMATION ON THE OCCURRENCE OF THE GREATER HOOPOE-LARK ALAEMON ALAUDIPES IN KARAKALPAKSTAN Turdibaev Q.P., Ametov Ya.I. Qoraqalpoq davlat universiteti, qtur[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751919 Annotatsiya. Ushbu maqolada Ustyurt tekisligi Qoraqalpogiston boʻlimida katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ay Alaemon alaudipes uchrashi boʻyicha maʻlumotlar bayon qilingan Kalit soʻzlar. Ustyurt tekisligi, arid va yarimarid, areal, siyrak butazor, Alaemon alaudipes yangi tur. Abstract. This article presents information on the occurrence of the large partridge-like lark Alaemon alaudipes in the Karakalpakstan section of the Ustyurt Plain. Keywords. Ustyurt Plain, arid and semi-arid, range, sparse shrubland, Alaemon alaudipes new species. Katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ay Alaemon alaudipes so‘fito‘rg‘aylar Alaudidae oilasining morfologik va ekologik xususiyatlari bo‘yicha eng yirik vakillaridan biri hisoblanadi. Turning tanasi 22 sm, qanot yoyilishi 12 sm va dumi 9 sm ga teng bo‘lib, nisbatan uzun oyoqlari va pastga egilgan tumshug‘i qumli cho‘l sharoitiga morfologik moslashuv sifatida baholanadi. Tumshug‘ining shakli sassiqpopishaksimonlarga o‘xshash bo‘lib, qattiq hasharotlar va tuproq orasidan ozuqa qidirishda funksional ustunlik beradi. Alaemon alaudipes asosan issiq, arid va yarimarid zonalarga xos bo‘lib, Afrikaning shimoli va shimoli-sharqi, Arabiston yarimoroli, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyoning cho‘l mintaqalarida keng tarqalgan. Turning hozirgi areali Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Isroil, Iordaniya, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Suriya kabi mamlakatlarni qamrab oladi. Mazkur keng tarqalish turning yuqori ekologik moslashuvchanligi, arid mintaqalardagi ekstremal harorat o‘zgarishlariga moslashganligi va ozgina o‘simlikli ochiq biotoplarni afzal ko‘rishi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ay ilk bor 2021-yil 31-mayda Qarnabcho‘lda V. Nivet-Mazerolles tomonidan qayd etilgan bo‘lib, bu turning mamlakat fauna ro‘yxatiga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etgan. 2021-yil 22iyunda T. Abduraupov tomonidan Qalata va Jangeldi hududlarida 2 ta katta va 2 ta yosh individning kuzatilishi bu turning Qizilqum cho‘lida uyalayotganini 248 ko‘rsatuvchi ilk ishonchli dalillar sifatida baholangan [4]. Mazkur ma’lumotlar tur uchun O‘zbekiston hududida barqaror reproduktiv guruh shakllanish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatadi. Ilgari ilmiy adabiyotlarda katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ayning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida uchrashi haqida ma’lumotlar mavjud emas edi [1,2,3]. Biz ushbu turni 2024-yil 28-oktyabrda Ustyurt tekisligining markaziy qismida, Borsakelmas botig‘ining janubi-sharqida (N 42.73939, E 57.88202) bitta individ ko‘rinishida kuzatdik va uni rasmga oldik (1-rasm). Bu hudud relyefi, qumloq-shag‘alli substrati va siyrak butazor fitotsenozining mavjudligi bilan turning tabiiy ekologik talablari bilan mos keladi. 1-rasm. Katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ay (2024-y.) So‘nggi yillarda mazkur turning O‘zbekistonning turli cho‘l hududlarida qayd etilishi, jumladan Qoraqalpog‘iston hududida aniqlanishi, katta ehtimol bilan global iqlim o‘zgarishi jarayonlarining regional cho‘l ekotizimlariga ta’siri bilan bog‘liq. Iqlim modellariga ko‘ra, arid zonalarda havo haroratining izchil ko‘tarilishi choʻl biotoplariga xos turlar arealining shimolga siljishiga sabab bo‘lmoqda. Alaemon alaudipesning Qizilqum va Ustyurt hududlarida uchrashi biogeografik dinamik jarayonning amaliy tasdig‘i bo‘lib, turning O‘rta Osiyodagi areali kengayib borayotganidan dalolat beradi. Bu holat ayniqsa cho‘l hududlarida antropogen bosimning pastligi va yangi mos yashash maydonlarining shakllanishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 249 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Аметов Я.И. Биоразнообразие птиц Каракалпакстана и их охрана (фауна, экология, охрана).: Автореф. дисс. … докт. биол. наук. – Ташкент, 2019. – 58 с. 2. Мамбетжумаев А.М. Полный систематический список птиц Южного Приаралья. Сообщение 2-ое: Отряд воробьинообразные – Passeriformes // Вестник ККО АН РУз. - Нукус, 1996. - №2. - С. 31-43. 1. 3.Турдыбаев К.П., Аметов Я.И., Матекова Г.А., Аметова Н.И., Тлеумуратов С.А. Материали по птицам Каракалпакский части Плато Устюрт // Журнал «Universum: Химия и биология». – Москва, Россия, Выпуска: №11(125) декабрь, 2024. – С. 16-20. 3. https://birds.uz