scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QO'SHOYOQLARNING AYRIM TURLARIGA BIOEKOLOGIK TAVSIF

Adilbayeva G.B.; Begjanova S.E.

Full text

266 QO‘SHOYOQLARNING AYRIM TURLARIGA BIOEKOLOGIK TAVSIF Adilbayeva G.B., Begjanova S.E. Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751997 Kemiruvchilar turkumi vakillari butun dunyoda eng ko‘p va keng tarqalgan hayvonlar sanalib, umumiy 2000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Yer sharining deyarli barcha joylarida tarqalgan. Qoraqalpog‘iston sharoitida kemiruvchilar ekosistemaning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Tana o‘lchami kichik va o‘rtacha bo‘lib o‘simliklar bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham qoziq tishi yo‘q, ammo kurak tishlari juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, u orqali o‘simliklarning shoxlarini qalamdek qilib kesadi. Kurak va oziq tishlarining ildizi bo‘lmaydi. Kurak tishi orqali qattiq po‘stli urug‘larni chaqib ichidagi donasini yeydi. Shuning uchun ham umr bo‘yi o‘sadi. Kemiruvchilar yer ustida, yer ostida, o‘rmonda yashaydi. Kemiruvchilar turkumiga ko‘plab oilalar va turlar kiradi. Qoraqalpog‘iston sharoitida shulardan yumronqoziqlar avlodi, qo‘shoyoqlar oilasi, uch barmoqli mitti qo‘shoyoqlar avlodi, kichik qo‘shoyoq, uch barmoqli qo‘shoyoqlar oilasi, jun oyoqli qo‘shoyoqlar avlodlari va boshqalar uchraydi [1,2]. Geptner mitti qo‘shoyog‘i (Salpingotus heptneri Vor et Smir, 1969). Bu qo‘shoyoq tanasining uzunligi 4-5 sm, dumi 9-10 sm. Geptner kichik xaltachasi har xil donli o‘simliklarning urug‘i va hasharotlar bilan oziqlanadi. O‘simlikning vegetativ qismini kam yeydi. Kechasi harakat qiladi. Qishda uyquga ketadi va u martgacha cho‘ziladi, juftlashishi aprelda bo‘ladi. Homiladorlikni may, iyun oylarida uchratish mumkin. Yiliga bir marta 2-4 tadan bola tug‘di. Bolalari may oyida birinchi marta uyasidan chiqadi, kelasi yilning bahoriga kelib jinsiy voyaga yetadi. Havo sovuq bo‘lsa, uxlab qoladi. Maqomi bo‘yicha, zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Shimoliy Qizilqum Qoraqalpog‘iston, Navoiy viloyati shimolida va Qozog‘istonda tarqalgan [3]. Mustahkamlangan qumlar bilan to‘silgan va siyrak buta o‘simliklari bilan qoplangan taqirsimon tuproqli allyuvial tekislik qismlarida yashaydi. Lokal populyatsiyalardagi o‘rtacha zichligi har gektariga 0,5 ta to‘g‘ri keladi. Ularni cheklovchi omillarga cho‘l zonasidagi quruq yerlarning o‘zlashtirilishi kiradi. Saqlanib qolgan barcha lokal populyatsiyalarini aniqlab, muhofazasini tashkil etish, areali, soni va yashash tarzini batafsil o‘rganish lozim [3]. 267 Emuranchik (Scirtopoda telum L., 1823) O‘rtacha kattalikdagi qo‘shoyoq. Emuranchik turkumga kiruvchi sichqonlarning o‘rtacha tana uzunligi 12,5 sm ga yetadi. Dumining uzunligi 16,3 sm, dumida belgisi yo‘q. Bu turkumga ikki tur kiradi. Shundan bizda faqat Emuranchik uchraydi. Tanasining uzunligi 11,4 sm, dumining uzunligi 14,5 sm, orqa tirsagi 46-51 sm. Urg‘ochisining tana uzunligi 11,7 sm, dumi 14,9 sm, erkaklarining tana og‘irligi 51,96 gr (o‘rtacha 66,6), urg‘ochilarining tana og‘irligi 52-94 gr (o‘rtacha 71,7 gr) keladi. Cho‘l, yarim cho‘l va dashtlarda yashaydi. Qum, toshloq va soz tuproqli joylarda, sho‘rxok tuproqlarda, shuvoqli dashtlarda, ekin maydonlarida uchraydi. Har xil cho‘l o‘simliklarining urug‘i, tuganak va gul bilan oziqlanadi. G‘ira-shira tong otguncha harakatda bo‘ladi. Qattiq tuproqli yerlarga in qaziydi. Doimiy inning uya kamerasi (bo‘shlig‘i) quruq ezilgan, maydalangan o‘simliklar bilan to‘shalgan bir nechta qo‘shimcha chiqish yo‘li bor. Vaqtincha ini qiyshiq, uncha chuqur bo‘lmagan berk yo‘ldan iborat. Juftlashish davri bahorda va yozning birinchi yarmigacha davom etadi. 2-7 bola tug‘adi. Bizdagi emuranchiklarning tana rangi oqish-sarg‘ishroq bo‘lib keladi. Qoraqalpog‘istonda Ustyurtning shimoli-g‘arbida ko‘plab uchraydi. O‘lat epizootiyasida ishtirok etadi [1,2]. Kemiruvchilar bog‘larda, polizlarda, inlari yaqinidagi sershox daraxtlarga zarar yetkazadi. Har xil kasalliklar tarqatadi. Shu bilan bir qatorda ba’zi yirtqichlarning asosiy ozuqasi va yana ikkinchi tomondan chuqur murakkab in qazib, qancha tuproqlarni dalaga chiqarib tuproqqa qo‘shimcha organik moddalarni aralashtiradi. Bu o‘simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. Shuning uchun ularning bioekologik faoliyati tuproq unumdorligi, o‘simliklarning rivojlanishi hamda ekologik muvozanatga o‘z hissasini qo‘shadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qayipbekov Q. Qaraqalpaqstan faunasi. Qaraqalpaqstan-2009. 2. Jumanov M.A., Asenov G.A., Bekbergenova Z.O., Qoshanov D.E. “Qaraqalpaqstannıń haywanat dunyası” -Nókis. 2020. - 640 b. 3. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1-2 tom Toshkent. 2019. 710 b.