JANUBIY OROLBO'YI SHAROITIDA ECHKILARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR TUR TARKIBI VA ULAR ASOSIY GELMINTOZLARI EPIZOOTOLOIYASI
Full text
310 JANUBIY OROLBO‘YI SHAROITIDA ECHKILARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR TUR TARKIBI VA ULAR ASOSIY GELMINTOZLARI EPIZOOTOLOIYASI Dadayev S., Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Paluaniyazova D.A., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Rametullaeva V.K. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752226 Kirish. Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mayda shoxli mollar, shu jumladan echkilar gelmintlari bo‘yicha kompleks holda tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan. Mavjudlari ham fragmentar xususiyatga ega bo‘lib, o‘tgan asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi, ya’ni M.A. Sultonov va boshqalar tomonidan 1964-1965 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayvonlari parazitlarini o‘rganish jarayonida, echkilar gelmintlari haqida ham tadqiqot ishlari olib borilgan, yani to‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usuli bilan 1 bosh echki hamda kushxonalardan echkilarning 70 ga yaqin ichki organlari tekshirilgan va natijada ularda quyidagi 6 tur gelmintlar uchrashligi aniqlangan: Moniezia expansa, Taenia hydatigena (larvae), Echinococcus granulosus (larvae), Nematodirus oiratianus, Trichocephalus skrjabini, Trichocephalus sp.[1]. G.S. Pulatov va A.D. Utepovlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining cho‘l va chala - cho‘l hududlarida qo‘y va echkilar moniyeziozini yil fasllari va hayvon yoshiga qarab o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan [2]. J.A. Azimov va boshq. [3] va E.B. Shakarboyev [4] O‘zbekistonda umurtqali hayvonlar trematodalarini o‘rganish jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mayda shoxli mollarida, ya’ni qo‘y va echkilarida Fasciola giganitica, Gastrothylax cruminifera va Orientobilharzia turkestanica turlari parazitlik qilishligini aniqlashgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Janubiy Orolbo‘yi sharoitida echkilar gelmintlarini o‘rganish fragmentar holda bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, 2021-2024-yillar davomida Qoraqalpog‘stonning bir qator tumanlaridagi chorvachilik fermer xo‘jaliklari hamda shaxsiy xonadonlarda Akademik K.I. Skryabinning to‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usuli bilan 95 bosh echki, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan gelmintologik yorib ko‘rish usuli bilan ularni 110 ta alohida organlari tekshirildi [5].
311 Natija va muhokamalar. Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz natijasiga ko‘ra Janubiy Orolbo‘yi sharoitida echkilarda 31 ta turga kiruvchi gelmitlar parazitlik qilishi aniqlandi: Moniezia exspansa (Rudolphi, 1810), M. benedeni (Moniez, 1879), Avitellina centripunctata (Rivolta,1874), Thysaniezia giardi (Moniez, 1879), Taenia hydatigena (Pallas, 1766) larvae, Multiceps multiceps (Leske, 1780) larvae, Echinococcus granulosus (Batsch, 1786) larvae, Alveococcus multicularis (Leukart, 1863) larvae, Fasciola gigantica L., 1758, Gastrothylax crumenifera (Creplin, 1847), Schistosoma turkestanicum (Skrjabin, 1913), Trichocephalus ovis (Abildgaard, 1795), T. skrjabini (Baskakov, 1924), Chabertia ovina (Fabricius, 1788), Oesophagostomum venulosum (Rudolphi, 1809), O. columbianum (Curtice, 1890), Dictyocaulus filaria (Rudolphi, 1809), Trichostrongylus axei (Cobbold, 1879), T. vitrinus (Looss, 1905), Haemonchus contortus (Rudolphi, 1803), H. placei (Place, 1893), Marshallagia marshalli (Ransom, 1907), M. mongolica (Schumakovitsh, 1938), Nematodirus abnormalis (May, 1920), N. helvetianus (May, 1920), N. oiratianus (Rajewskaja, 1929), Skrjabinema ovis (Skrjabin, 1915), Gongylonema pulchrum, Parabronema skrjabini, Setaria labiatopapillosa, S. digitata. Shulardan 23 ta turi: Moniezia benedeni, Avitellina centripunctata, Thysaniezia giardi, Multiceps multiceps (larvae), Alveococcus multicularis (larvae), Trichocephalus ovis, Chabertia ovina, Oesophagostomum venulosum, O. columbianum, Dictyocaulus filaria, Trichostrongylus axei, T. vitrines, Haemonchus contortus, H. placei, Marshallagia marshalli, Nematodirus abnormalis, N. helvetianus, Skrjabinema ovis, S. caprae, Gongylonema pulchrum, Parabronema skrjabini, Setaria labiatopapillosa, S. digitata. ilk marta qayd etildi. Qoraqalpog‘iston sharoitida echkilarning turli organlarida parazitlik qiluvchi 31 tur gelmintlar 22 avlodga, 14 oilaga, 9 turkumga, 3 ta sinfga va hayvonot dunyosining 2 ta tipiga mansub. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston sharoitida olib borilgan tadqiqot ishlar natijasida echkilar jigarida Alveococcus multilocularis (larvae) uchrashi kuzatildi. Bu parazit O‘zbekistonda, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda echkilar jigarida ilk bor biz tomonimizdan aniqlandi. Quyida echkilarda keng tarqalgan va ularga katta zarar keltiradigan asosiy gelmintozlarni epizootologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Moniezioz. Echkilarda moniezioz qo‘zg‘atuvchlarini echkilarda yozda-7,425,9%, kuzda-22,3-33,4% va qishda-15,4% zararlanganligi kuzatildi. Moniezioz qo‘zg‘atuvchilari bilan barcha yoshdagi echkilarni zararlanganligi aniqlandi, ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan hayvonlarning zararlanish darajasi yuqori bo‘lishi qayd etildi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda-12,9-16,3%, bir yoshdan ikki yoshgacha14,7% va ikki yoshdan katta echkilarda-10,4-12,3% ekanligini kuzatildi.
312 Exinokokkoz. Qoraqalpog‘istonda echkilarda keng tarqalgan va ularga katta iqtisodiy zarar yetkazadigan turlaridan biri bu - Echinococcus granulosus (larvae) hisoblanadi. Echkilar Echinococcus granulosus (larvae) bilan bahorda-16,3%, yozda22,2%, kuzda-25,4% va qishda-25,7% ga kasallanganligi ma’lum bo‘ldi. Exinoko‘kko‘z qo‘zg‘atuvchilari bilan kichik yoshdagi hayvonlarda zararlanish darajasi yuqori bo‘lishi qayd etildi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda-25,8%, bir yoshdan ikki yoshgacha-22,0% va ikki yoshdan katta echkilarda-22,6 % ekanligini kuzatdik. Fassiolyoz. Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida Fasciola gigantica trematodasi bilan echkilarni umumiy zararlanishi 38% ni tashkil etib, invaziya intensivligi 1 tadan 283 donagacha borishi aniqlandi. Bunda echkilarda fassiolyozni invaziya ekstensivligi mavsumga qarab bahorda-26,5%, yozda-37%, kuzda-41,3% va qishda-46,2% ni tashkil etdi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, hayvonlar yoshining kattalashib borishi, ularning fassiolyoz qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlanish foizini ham orta borishi kuzatildi. Fassiolyoz qo‘zg‘atuvchilari bilan barcha yoshdagi echkilarni zararlanganligi aniqlandi. Lekin, ikki yoshdan katta bo‘lgan hayvonlarning zararlanish darajasi yuqori bo‘lishi qayd etildi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda -19,3%, bir yoshdan ikki yoshgacha-33,8% va ikki yoshdan katta echkilarda-46,2 % ekanligini kuzatdik. Shistosomoz. Echkilar shistosomozini unlarning ichak tutqichi va jigar vena qon tomirlarida parazitlik qiluvchi Schistosoma turkestanicum trematoda turi qo‘zg‘atadi. Bunda echkilar shistosomoz qo‘zg‘atuvchisi bilan bahorda-22,9%, yozda - uchramadi, kuzda-34,9%, va qishda-35,9% zararlanishini aniqladik. Shistosomoz qo‘zg‘atuvchilari bilan ham barcha yoshdagi echkilarni zararlanganligi aniqlandi, ayniqsa, katta yoshdagi hayvonlarning zararlanish darajasi ancha yuqori bo‘lishi qayd etildi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda-12,9%, bir yoshdan ikki yoshgacha22,0% va ikki yoshdan katta echkilarda25,5 % ekanligini kuzatdik. Trixosefalez. Echkilarda trixosefalezning qo‘zg‘atuvchilari yo‘g‘on ichakda, asosan, ko‘r ichakda parazitlik qiluvchi Trichocephalus ovis va T. skrjabini hisoblanadi. Trixosefalez ham boshqa nematodozlar singari yil fasllariga va hayvon yoshiga qarab zararlanish darajasi o‘zgarib turadi. Masalan, Qoraqalpog‘istonda echkilar trixosefalez bilan bahorda - 4,1-14,3%, yozda - 18,8-37,0%, kuzda - 25,438,1% va qishda -5,2-25,6% ni tashkil qildi. Trixotsefalez qo‘zg‘atuvchilari bilan bir yoshdan katta echkilarning zararlanganligi aniqlandi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan hayvonlarda zararlanish aniqlanmadi, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan echkilarda - 23,5-25% va ikki yoshdan katta echkilarda-25,5-28,3% ekanligini kuzatdik.
313 Gemonxoz. Qoraqalpog‘iston sharoitida echkilar shirdonida Haemonchus contortus va H. placei nematoda turlari parazitlik qilishi aniqlandi. Albatta, chorva mollarda, jumladan, echkilarda gemonxozning tarqalish darajasi va mavsumiy o‘zgarishi har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Qoraqalpog‘iston sharoitida gemonxozning echkilarda yil fasllari bo‘yicha zararlanish darajasini o‘rganganimizda, echkilar bahorda gemonxoz qo‘zg‘atuvchilari bilan 20,8-22,5%, yozda-25,9-31,5%, kuzda-27,0-33,4% va qishda-28,0% ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gemonxoz qo‘zg‘atuvchilari bilan barcha yoshdagi echkilarni zararlanganligi aniqlandi, invaziya bilan ko‘proq zararlanish ikki yoshdan katta hayvonlarda kuzatildi. Bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda - 6,4-9,7%, bir yoshdan ikki yoshgacha - 20,5-23,5% va ikki yoshdan katta echkilarda - 23,6-26,4 % ekanligini kuzatdik. Nematodiroz. Qoraqalpog‘istonda echkilarning ichagida Nematodirus avlodiga mansub 4 ta turi: Nematodirus abnormalis, N. helvetianus, N. oiratianus va N. spathiger parazitlik qilishi aniqlangan, shulardan quyidagi 3 ta turi: Nematodirus abnormalis, N. helvetianus, N. oiratianus keng tarqalgan. Echkilarda nematodiroz bilan yil fasllariga qarab zararlanish darajasi, ya’ni invaziya ekstensivligi bahorda30,6-38,8%, yozda-33,4-42,6%, kuzda-41,3-46,0% va qishda-38,4% ni tashkil etdi. Nematodiroz qo‘zg‘atuvchilari bilan barcha yoshdagi echkilarning zararlanganligi aniqlandi, ya’ni bir yoshgacha bo‘lgan echkilarda - 9,7%, bir yoshdan ikki yoshgacha - 26,5-27,9% va ikki yoshdan katta echkilarda - 37,8-41,5 % ekanligini kuzatdik. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston sharoitida mayda shoxli mollarda, jumladan echkilarda ancha keng tarqalgan yuqorida keltirilgan asosiy gelmintozlar chorvachilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Albatta, hayvonlarni ayrim gelmintozlar bilan zararlanish darajasi turli omillarga, birinchi navbatta, abiotik va biotik omillarga hamda yil fasllari va hayvonlarning yoshiga qarab ham o‘zgarib boradi. Bunda har bir gelmintoz qo‘zg‘atuvchilarining mavsumiy va hayvonlar yoshi bo‘yicha o‘zgarishiga qarab ularga qarshi asosli profilaktik chora-tadbirlar olib borish eng yaxshi natija beradi. Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijasida olingan ma’lumotlar respublikamizning turli mintaqalarida, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston sharoitida echkilardagi asosiy gelmintozlarning oldini olishda mutaxassislar uchun asosiy ilmiy manb'a bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Султанов М. А., Сарымсаков Ф. С., Муминов П. Гельминты животных Каракалпакской АССР. В кн. «Паразиты животных и человека низовьев Амударьи». Ташкент: Фан, 1969. -С.3-65.
314 2. Пулатов Г.С., Утепов А.Д. Особенности сезонной и возрастной динамики мониезиоза коз и овец в полупустынной зоне Каракалпакии.-Матер. юбил. конф., посвященной 50-летию УзНИВИ, 1976, ч. 2, С. 33-36. 3. Азимов Д.А., Акрамова Ф.Д., Шакарбоев Э.Б., Норкобилов Б.Т., Шакарбаев У.А., Сайиткулов Б.С. Шистосомоз животных. Ташкент: Фан, 2019. -320 c. 4. Шакарбоев Э.Б. Ўзбекистонда умуртқали ҳайвонлар трематодалари (тур таркиби, циркуляция йўллари, эколого-биологик хусусиятлари).: Автореф. дисс. ... докт. биол. наук. -Тошкент, 2009. -38 с. 5. Скрябин К.И. Метод полных гельминтологических вскрытий позвоночных, включая человека. М.: Изд. МГУ, 1928. -45 с.