QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI O'TLOQI-ALLYUVIYAL TUPROQLARINING MORFOLOGIK VA MEXANIK TARKIBINI O'RGANISH. (NUKUS TUMANI MISOLIDA)
Full text
315 QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI O’TLOQI-ALLYUVIYAL TUPROQLARINING MORFOLOGIK VA MEXANIK TARKIBINI O’RGANISH. (NUKUS TUMANI MISOLIDA) Dosjanov Qilishbay Jienbaevich Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti Oteuliev Jaksilik Begdullaevich Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti q.x.f.f.d., docent. Janabaev Fayzulla Abibullaevich. Nukus shahar 1-sonli Iqtisoslashtirilgan maktab internati 11-sinf uquvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752305 Annotasiya: Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumani otloqi-allyuviyal tuproqlarining qatlamlarda morfologik belgilarining o’zgarishi, tuproq qatlamlaridagi zarrachalari o’rganilgan. Olib borilgan tadqiqotlarda tuproq kesmalari asosida mexanik tarkib o‘rganildi. Tuproq tarkibidagi engil qumoq ya’ni 0,01 mm dan katta fizik qum zarrachalar miqdorining eng ko‘p miqdori 40-50 sm qatlamida 75,43 foizni tashkil etdi. Аnnotation: Changes in morphological features in the horizons of meadow-alluvial soils of the Nukus district of the Republic of Karakalpakstan, soil particles in the soil horizons were studied. In the conducted studies, the mechanical composition was studied based on soil profiles. The maximum amount of light loam, i.e., physical sand particles larger than 0.01 mm, in the soil was 75.43% in the 40-50 cm layer. Kalit so’zlar: otloqi-allyoviyal, qumoqli, morfilogik, palaxsasimon, tangasimon, loy, zichlashgan, o’rtacha loy. Bugungi kunda dunyo bo’yicha er resurslari 13,4 mlrd gektarni, shundan, 12% qishloq xo’jalik erlari, 24% yaylavzorlar, 31% o’rmonlar va 33% boshqa turdagi erlar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida foydalanadigan erlarning yiliga 8-10 mln gektari degidratsiyaga uchramoqda. BMT ma’lumotiga ko’ra, dunyo bo’yicha har yili tuproq degidradatsiyasi oqibatida o’rtacha 40 mlrd dollor zarar ko’rilmoqda [2]. Dunyoda hozirgi kunda tuproqlarning mexanik tarkibi, agrofizikaviy, agrokimyoviy va tuproqlarning biologik faolligini tashqi muhit omillari bilan o’zaro bog’likligini taqlil qilish bo’yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, qishloq xo’jaligi maqsulotlari ekiladigan erlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy hossalarini yaqshilash, tuproq unimdorligini oshirish va qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hamda sof ekologik toza mahsulotlarni etishtirish maqsadida mikrobiologik og’itlardan foydalanishga doir ilmiy-amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda [1]. Tuproq mexanik tarkibi muhim suv-fizik va fizik-mexanik ko‘rsatgich hisoblanib, qumli, qumloq, qumoq va loy tuproqlarda bir xildagi xossa va tartibot
316 vujudga kelmaydi, albatta tuproqlar mexanik jihatidan bir-birlaridan farqlanganliklari sababli o‘ziga xos fizik–mexanik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, qumli tuproqlar uncha katta suv (nam) sig‘imiga ega emas, lekin yaxshigina suv o‘tkazuvchanlik va yomon kapillyarlik xossalarga ega. Loy tuproqlarda esa, aksincha, ular katta nam sig‘imiga ega. Bu ikki xil mexanik tarkibli tuproqlarda o‘ziga xos havo, suv va issiqlik tartibotlari mavjud. Agarda bu ikkala tuproqni ishlov berish nuqtai nazardan baholasak, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yopishqoqlik va fizik – mexanik xususiyatlar kam ifodalanganligi uchun ularga ishlov berish hatto yuqori namlik sharoitida ham shoshilinch amalga oshiriladi. Loy tuproqlar katta yopishqoqlikga ega bo‘lganligi uchun ularga ishlov berish juda katta qiyinchilik bilan, faqatgina ma’lum namlik darajasidagina amalga oshiriladi [3]. Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitlarida olib borildi, bunda dala tajribalarini joylashtirish, hisoblashlar va kuzatuvlar "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari", tuproq namunalari olishda GOST R 58595-2019, "Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur", tuproq va o‘simliklardagi tahlillar "Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax" uslubiy qo'llanmalari va tuproqlarning mexanik tarkibini aniqlashda GOST 12536-2014 asosida olib boriladi. Olingan natijalarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi va B.A.Dospexovning "Metodika polevogo opita" uslubiy qo'llanmasi asosida amalga oshiriladi. Tadqiqotlarimiz Qoraqalpog’iston Respublikasining markaziy massivi Nukus tumani otloqi-allyoviyal tuproqlarida morfologik belgilarini va tuproq mexanik tarkibini urganish bo’yicha olib borildi. Tuproqlardan namuna olish va morfilogik kuzatuvlar 2025-yil aprel oyining 25 sanasida olib borildi. Tuproqlarda morfilogik kuzatuvlar olib boorish uchun avvola chuqurchalar qazilib, rangi va belgilariga qarab qatlamlarga ajratildi. 0-28 sm. Rangi sur tusli to’q, namligi nam hush, mexanik tarkibi o’rta qumoqli, tuzilishi kesaksimon yirik, joylashishi qumoq, yangi yaralmasi hashoratlar izlari ko’p, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri sezilarli. 28-40 sm. Rangi kul rang to’q, namligi nam o’rtacha, mexanik tarkibi qumoqli, tuzilishi palaxsasimon yirik, joylashishi o’rta zichlashgan, yangi yaralmasi hashoratlar izlari kam, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri aniq. 40-50 sm. Rangi sur tusli to’q, namligi nam o’rtacha, mexanik tarkibi qumoqli, tuzilishi palaxsasimon yirik, joylashishi o’rta zichlashgan, yangi yaralmasi tomirsimon, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri sezilarli.
317 50-64 sm. Rangi kul rang to’q, namligi nam yuqori, mexanik tarkibi qumli, tuzilishi palaxsasimon yirik, joylashishi o’rta zichlashgan, yangi yaralmasi zang dog’lari ko’p, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri aniq. 64-78 sm. Rangi qo’ng’ir och, namligi nam yuqori, mexanik tarkibi o’rta qumoqli, tuzilishi tangasimon yirik, joylashishi o’rta zichlashgan, yangi yaralmasi zang dog’lari kam, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri keskin. 78-100 sm. Rangi jigar rang och, namligi zah o’ta nam, mexanik tarkibi loyli, tuzilishi kesaksimon mayda, joylashishi kuchli zichlashgan, yangi yaralmasi zang va ko’kish dog’lari ko’p, qo’shilmalari yoq, qatlamga o’tish tasiri asta-sekin. Tuproqlarning morfologik belgilari tuproq hosil bo’lish jarayoniga bevosiyta bog’liq. Qadimdan sug’orma dehqonchilik qilinadigan tuproqlarda shor yuvish ishlari olib borilishi tuproqlarning morfologiyasiga o’z tasirini ko’rsatadi. Tajriba dalasidan olingan tuproq namunalari mexanik tarkibini laboratoriyda tekshirganimizda haydalma qatlamida 0,01 mm dan katta fizik qum miqdori 49,21 foiz bo’lib engil qumoq, 28-40 sm qatlamida 64,16 foiz o’rtacha qumoq, 40-50 sm qatlamida 75,43 foiz engil qumoq va pastki qatlamlarda 50-64 sm, 64-78 sm, 78-100 sm da zarrachalar gruhlari 40,03 foiz, 31,5 foiz, 35,70 foiz ko’rsatkishlari bo’yicha zarrachalarning nomlanishi og’ir qumoq, o’rtacha loy (soz) bo’lishi ma’lum bo’ldi. Tajriba dalasi tuproqlarining mexanik tarkibi bo’yicha laboratoriyada olingan natijalar. Xulosa. Qoraqalpog’iston Respublikasi o’tloqi-allyuviyal tuproqlarining morfologik va mexanik tarkibini o’rganganimizda tuproq qatlamlari morfologiyasi iqlim sharoiti va ekologik o’zgarishlarga bog’liq har xil ekanligi, tuptoqlarning mexanik zarrachalarni o’rganganimizda 0,01 mm dan katta fizik qum miqdorlari ko’p uchraydigan 40-50 sm qatlamida 75,43 foizni (engil qumoq), o’rtacha miqdorda Tuproq qatlamlari sm Tuproq zarrachalari, mm Mexanik tarkibi bo’yicha nomlanishi 1-0,25 0,250,05 0,05-0,005 0,0050,001 >0,01 <0,01 0-28 6,21 43 41,7 9,09 49,21 50,79 Engil loy (soz) 28-40 9,16 55 29,03 6,81 64,16 35,84 O’rtacha qumoq 40-50 8,43 67 20,03 4,54 75,43 24,57 Engil qumoq 50-64 7,03 33 57,70 2,27 40,03 59,97 Og’ir qumoq 64-78 7,5 24 59,88 8,62 31,5 68,50 O’rtacha loy (soz) 78-100 4,70 31 54,77 9,53 35,70 64,30 O’rtacha loy (soz)
318 uchraydigan 0-28 sm qatlamida 49,21 foiz (engil loy )va kam miqdordagi 64-78 sm qatlamida 31,50 foiz (o’rtacha loy) bo’lishi ma’lum bo;ldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. B.S.Mámbetnazarov., J.B.Oteuliyev, M.M.Dauletmuratov, K.J.Dosjanov Topıraq melioraciyası hám gidrologiyası. / Oqıw qollanba. / / – NUKUS: “ILIM NUR”, 2024. – 198 b. 2. Hakimova N.X., Izzatova M. Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi. International scientific-practical conference actual issues of agricultural development: problems and solutions. JUNE 6-7, 2023. 754-757 B. 3. Oteuliyev J.B., Dozhanov K.J., Alpisbayeva A.J. Chemical and saliny properties of soils of the dried bottom of the Aral sea. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume: 9 | Issue: 3 | March 2024. 353-356 b.