BALIQ CHAVOQLARINI YETISHTIRISH USULLARI
Full text
330 BALIQ CHAVOQLARINI YETISHTIRISH USULLARI G‘oyibova K.S., Nazarbaeva G.A. Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya mutaxassisligi magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752367 Baliqchilik-xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchilik tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sunʼiy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini koʻpaytirish yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq oʻstirish maqsadida suv omborlaridan foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham Baliqchilikning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va maxsus oʻtlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni koʻpaytirish uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham oʻstiriladi. Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni isteʼmol qilinadigan darajaga yetkazguncha boʻlgan jarayonlar amalga oshiriladi[1]. Lichinkalarni baliqcha bosqichigacha o‘stirish. Bunda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: - hovuz o‘zanini quritish, ohaklash, o‘g‘itlash; - boy oziqa bazasini shakllantirish maqsadida hovuzni 20-50 sm gacha suv bilan to‘ldirish; - hovuzga baliqlar lichinkalarini o‘tkazish; - lichinkalar o‘sgan sari suvni to‘ldirib borish va lichinkalarni boshlang‘ich oziqalar bilan oziqlantirish (zichlik katta bo‘lganda); - baliq chavoqlarining vazni 1-3 g bo‘lgan hovuzdagi barcha baliqchalarni ovlab olish va ularning o‘sishini ta’minlovchi kattaroq havzalarga ko‘chirib o‘tkazish.Tanasi uzunligi 3 sm va og‘irligi 1-2 g ga yetgan yosh baliqchalar sifatli
331 baliqchalar hisoblanadi. Baliqchalarni yetishtirishda quyidagi tashqi omillar asosiy hisoblanadi: - suvning harorati (optimal - 18-2 °C va undan yuqori); - hovuzdagi tabiiy oziqa bazasining miqdori va sifati (zog‘orabaliqlarning yosh baliqchalarining kattaligi 0,1-0,2 mm ga teng zooplankton organizmlar bilan oziqlantirish); - erigan kislorodning miqdori (eng maqbul konsentratsiya -5-8 mg/l); - zooveterinariya qoidariga amal qilish. Baliqchalar o‘stiriladigan hovuzlarning maydoni, odatda,0,5-1,5 ga, chuqurligi esa 50-70 sm bo‘lishi lozim.Hovuzga suv to‘ldirilishi bilanoq 30 kg/ga miqdorida ammiakli selitra va 15 kg/ga miqdorida superfosfat solinadi. Hovuz yaxshilab o‘g‘itlansa, zooplankton organizmlari ommaviy rivojlanib, baliqlar lichinkalari uchun oziqaga aylanadi.Baliqlarning chavoqlari o‘sgan sari yirikroq zooplankton organizmlari bilan oziqlanishga o‘tadi.Lichinkalar tongda tashilgani ma’qul.Uzoq masofaga lichinkalar 20-40 l ikki qavatli polietilen xaltalarda yetkaziladi. Bir yozlik baliqchalarni yetishtirish davrining asosiy vazifasi - kuzga qadar 25 g va undan ortiq vaznli yaxshi qishlay oladigan bir yozlik baliqchalarni o‘stirishdan iborat. O‘zbekistonda ularni yetishtirish uchun qulay sharoit iyundan noyabrgacha davom etadi. Yosh baliqchalar yetishtirishda quyidagi tashqi omillar muhim hisoblanadi. 1. Suvning harorati 22-28 °C bo‘lganda maqsadga muvofiq hisoblanadi, suvning harorati bundan yuqori (30-32 °C dan ortiq) bo‘lganda baliqlar o‘sishi sustlashib qolishi mumkin. 2. Oziqa bazasi muhimdir, biroq baliqlar o‘sgani sayin oziqalarni yeb qo‘yishi sababli uning ahamiyati kamayadi. Ayniqsa, yuqori natijalarga erishish uchun baliqlarni sun’iy yemlar bilan boqishni tashkil qilish lozim. 3. Suvda erigan kislorodning suvdagi tarkibi 5 mg/l dan ortiq bo‘lmasligi zarur. 4. Baliqlarning dushmani bo‘lmish yirtqichlar ularga katta zarar yetkazishi mumkin. Bir yozgi baliqlar uchun ular o‘sgan sari nisbatan kattaroq bo‘lgan dushmanlar, suv va quruqlikda yashaydigan hayvonlar xavfli bo‘lib boradi. 5. Ob-havo sharoitlari (yog‘ingarchilik, shamol harorati va h.k.). O‘zbekistonda do‘ngpeshanalar, zog‘ora va oq amur baliqlarini polikulturada yetishtirish qo‘llaniladi. Bu baliqlarni urchitish va o‘stirish muddatlari bir-biridan farq qiladi. Zog‘ora,amur uvuldirig‘i may oyida olinadi: shunga muvofiq o‘stirish hovuzlarini tayyorlash va ularga suv quyish aynan shu baliqlarga mo‘ljallab amalga oshiriladi. Do‘ngpeshana lichinkalari yoki baliqchalari kechroq olinadi va zog‘ora
332 bilan oq amur baliqlariga qo‘shib quyiladi. Bir yozlik baliqchalarning o‘sishi sifatli oziqaga bog‘liq.Oq do‘ngpeshana yaxshi rivojlangan fitoplanktonni talab qiladi.Buning uchun mineral o‘g‘itlardan foydalaniladi.Oq amur hovuzdagi yuqori suv o‘simliklari bilan oziqlanib,ularni tezda yeb tugatadi. Yaxshi natijalarga erishish uchun hovuzga o‘rilgan o‘tlardan baliqlar vazniga 3-5 foiz hisobida solib turmoq lozim. O‘t solish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, oq amurdan qo‘shimcha baliq sifatida foydalanilib, uning soni 10 foizdan oshmasligi kerak. Zog‘orabaliq yem tanlamaydi, bentos organizmlarini Afzal ko‘rsada, omuxta yemlarni ham yaxshi iste’mol qiladi. Aslida, mamlakatimiz baliqchiligida sun’iy omuxta yemlardan aynan zog‘orabaliqlarni oziqlantirish uchun foydalanilgan. Bir yozlik baliqlar qishlovi.Vegetatsiya davrining oxirida kuzda mayda baliq o‘stirilishi yakunlanadi. Bir yozlik baliqchalar qishlash uchun qishlovhovuzlariga o‘tkaziladi. Qishda suv harorati past bo‘ladi, baliqlarda modda almashinuvi sustlashadi, ular oziqlanmay qo‘yadi, shu bois baliqlarni kattaroq zichlikda saqlash mumkin. Eng muhimi hovuzlar muzlab qolmasligi kerak. Baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar qishlashi uchun katta bo‘lmagan va chuqur (2 m va undan ortiq) maxsus qishlov hovuzlaridan foydalaniladi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan baliqlar uchun ularni sutkalik o‘rtacha harorat 10 °C past bo‘lgan sharoitda, ya’ni noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha bo‘lgan davrdagi saqlashni qishlov deb aytadilar. Bunday haroratda zog‘orabaliqlar oziqlanishni to‘xtatadilar, shu bois ular qishlov davrida oziqlantirilmaydi[1]. Baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun uning moddiy-tehnika bazasini mustahkam qilib barpo etish lozim. Chunki moddiytehnika resurslari yordamida barcha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularga yer resurslari, suv havzalari, ishlab chiqarish imoratlari, inshootlari, baliqchilik xo‘jaligi mashinalari va jihozlari, transport vositalari, baliqlar, baliq u rug‘lari, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, suv resurslari, urugMik, baliq ozuqalari, neft mahsulotlari, kimyo vositalari, urug‘liklar, yem-xashaklar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqa vositalar kiradi. Baliqchilik xo‘jaligini intensiv rivojlantirishda, mavjud ishlab chiqarish potentsialining samaradorligini oshirishda moddiy-texnika bazasinining ahamiyati katta bo‘lib, uni kengaytirish, qayta tashkil qil|ish talab ctiladi[2]. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xolmirzayev D., Haqberdiyev P.S., Shohimardonov D.R., Shaptaqov E.S. “Baliqchilik asoslari” Toshkent- «Ilm Ziyo» - 2016. 2. Salixov T.B., Komilov B.G., Saidov Z. “ Baliq chavaqlarini yetishtirish” Toshkent-2013. 3. https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0067/67_i_20250226_ 232502_ 6.6