scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUV MUHITLARIDA GIDROBIONTLARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI MUHOFAZA QILISH

Jumabayev B.E; Xasanov N.H; Sayfullayev M. M.; Ismatullayev B. A

Full text

362 SUV MUHITLARIDA GIDROBIONTLARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI MUHOFAZA QILISH Jumabayev B.E., Xasanov N.H., Ismatullayev B. A., Sayfullayev M. M. Navoiy davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752509 Annotatsiya: ushbu maqolada antropogen omillar ta’sirida atrof-muhitning o‘zgarishi biologik xilma-xillikning yo‘qolishiga, jumladan, hayvonot dunyosi resurslari xilma-xilligining kamayishi sabablari, shunga ko‘ra, tabiiy suv havzalarida tarqalgan gidrobiontlar populyasiyalariga ta’sir qilayotgan omillarni belgilash, kamyob va endemik turlarni saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo’yicha tahlil etiladi. Kalit so’zlar; Hirudo orientalis, gidrobiont, biologik xilma-xillik, anropogen omil, qishloq xo’jaligi, sanoat. Annotation: this article analyzes changes in the environment caused by anthropogenic factors for the loss of biodiversity, including the reasons for the decrease in animal world resource diversity, accordingly, in determining factors affecting populations of hydrobionts distributed in natural bodies of water, developing measures to preserve rare and endemic species. Keywords; Hirudo orientalis, hydrobiont, biodiversity, anropogenic factor, agriculture, industry. Jahonda turli tabiiy ekologik muhitlarda tarqalgan mollyuskalarni saqlab qolish zamirida turlarni faunistik tahlil qilish, ularning tabiiy geografik tarqalishi, biotop xususiyatlariga bog‘liq taqsimlanishi, ekologik xususiyatlari, mollyuskalarning tarkibida yuz beradigan o‘zgaruvchanlik sabablari, kamyob va yo‘qolib ketish arafasidagi turlarini saqlab qolishga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mollyuskalar tipi dunyo malakofaunasida 150 000 dan ortiq turlarni o‘z ichiga oluvchi hamda tabiiy ekotizimlar va shu bilan birgalikda, inson tomonidan o‘zlashtirilgan hududlarda eng keng tarqalgan umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi. Bu o‘rinda, mollyuska vakillarining turli suv tiplari, urbanlashgan hududlarda yashovchanligi hamda xilma-xil mutatsiyalarga moslashuvchanligini hisobga olgan holda mollyuska populyasiyalaridagi o‘zgarishlarni izohlash, hududlar kesimida bioxilma-xillikni, kamyob va endemik turlarni aniqlash, ularni tarqalishi bo‘yicha geoaxborot ma’lumotlarni shakllantirish muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega [1]. Hozirgi kunda respublikamizda hayvonot dunyosi obektlarini inventarizatsiyalash va ularni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 363 Gidrobiontlarbu suv muhitida yashovchi barcha tirik organizmlar bo‘lib, ular o‘z hayot faoliyatlarini suv bilan chambarchas bog‘lagan. Ular tarkibiga mikroorganizmlar, suv o‘simliklari, baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqalar va boshqa hayvonlar kiradi. Gidrobiontlarning tarqalishi tabiiy omillardan tashqari, inson faoliyati — ya’ni antropogen omillar ta’sirida ham o‘zgaradi. Bugungi kunda global miqyosda gidrobiontlar yashash joylarining kamayishi, ularning biologik xilma-xilligiga putur yetishi antropogen omillar bilan bog‘liqdir. Zuluklar (Hirudinea) sinfi Hirudinidae Whitman, 1896 oilasi Linnaeus,1758 urug‘i Hirudo orientalis Linnaeus,1758 1rasm. O‘lchamlari. Zarafshon daryosi quyi oqimi suv ekotizimlarida tarqalgan Hirudo orientalis ning umumiy uzunligi 12,1-16,2 sm., og‘irligi 24-38 g. ekanligini aniqladik. Tur tana tuzilishi yassi, rangi yorqin-jigarrang ko‘rinishida. Ekologiyasi. Zarafshon daryosi quyi oqimidagi daryoda, buloq va chashmalarda tarqalganligi aniqlandi. Suv ostidagi toshloq va qumloq biatoplarda yashaydi. Germafradit, jinsiy yo‘l bilan yiliga 1-2 marta ko‘payadi. Tuxumlarini pillalarda qo’yadi, qishda suv temperaturasining pasayishi bilan uyquga kiradi. Sut emizuvchilarni qonini suradi. Suv temperaturasi va suvlarni kimyoviy ifloslanishiga juda sezgir. Tog‘ etaklarida joylashgan turg‘un yoki sekin oqar tubi loyqali yoki toshli chuchuk suv havzalar sayoz joylarida yashaydi. Suv ekotizimlarida ko‘p uchrar edi, keyingi o’n yilliklarda keskin kamayib ketgan. 1rasm. Hirudo orientalis. Suv manbalari: Hirudo orientalis asosan chuchuk suvli joylarda, masalan, ko’llar, daryolar, buloqlar va botqoqlarda yashaydi. Oxirgi vaqtlarda ardizan nasoslar qurulishi natijasida buloq suvlarining kamayishi hamda qurub qolishi natijasida ushbu turlar populyatsiyasiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Parazitlik xususiyati: Ular asosan sutemizuvchilar va ba’zi baliqlarning qonini so’rib oziqlanadi. Harakatchanligi: Suvda yaxshi suzadi va quruqlikda ham bir necha metrgacha harakatlana oladi. Tibbiyotda qo’llanilishi antikoagulyant moddalar: 364 Hirudo orientalis tupurik bezlarida hirudin kabi qonni suyuqlashtiruvchi fermentlar mavjud. Qon aylanishini yaxshilashda mikrojarrohlik, plastik jarrohlik va revmatologiyada qo’llaniladi. Zuluk bilan davolash (hirudoterapiya): Ba’zi xalq tabobatlash usullarida qo’llaniladi, lekin Hirudo medicinalis va Hirudo verbana kabi keng tarqalgan turlarga nisbatan kamroq ishlatiladi. Genetik xususiyatlari Mitoxondrial DNK tahlili: Hirudo orientalis genetik jihatdan hirudo medicinalis va hirudo verbana dan farq qiladi. Taksonomik jihatdan: Ushbu tur yaqin vaqtgacha Hirudo medicinalis deb hisoblangan, ammo molekulyar genetik tahlillar orqali alohida tur ekanligi aniqlangan. Hayot tsikli: Tuxumdan chiqqan yosh zuluklar bir necha oy ichida voyaga yetadi. Muhofaza choralari. Zarafshon vodiysida buloq va chashmalarda yashash joylarini muhofazasini yo’lga qo’yishni tashkillashtirish, daryoda tarqalgan suv ekotizimlarini ifloslanishdan saqlash muhum hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat oqova suvlari ta’siri. Suv ekotizimlariga inson faoliyatining eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillaridan biri bu qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan oqova suvlardir. Oqova suvlar tarkibida ko‘pincha azot, fosfor, pestitsidlar, og‘ir metallar, neft mahsulotlari va boshqa toksik moddalar mavjud bo‘lib, ular gidrobiontlar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligidan oqib tushadigan suvlar asosan mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar bilan to‘yintirilgan bo‘ladi. Bu moddalar suv havzalarida evtrofikatsiya jarayonini tezlashtiradi, natijada suvdagi kislorod miqdori kamayib, gidrobiontlar hayot faoliyati izdan chiqadi. Ayniqsa, planktonlar, baliq bolalari va sezgir turdagi organizmlar bunday sharoitda omon qololmaydi. (1jadval). Sanoat tarmoqlari esa ko‘pincha og‘ir metallar (simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy), fenollar, neft mahsulotlari, bo‘yoqlar, kislotali va ishqoriy moddalarning asosiy manbai hisoblanadi. Bu moddalarning ko‘pchiligi gidrobiontlarning ferment tizimlarini ishdan chiqarib, ularning nafas olish, ozuqa qabul qilish, ko‘payish kabi asosiy hayotiy jarayonlarini izdan chiqaradi. Natijada suv hayvonlari populyatsiyasi kamayadi, hatto butunlay yo‘qolib ketishi mumkin [6]. O‘zbekiston Respublikasi agrar davlat bo‘lib, yillik suv sarfining katta qismi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. Aynan sug‘oriladigan dehqonchilik oqibatida yuzaga kelgan oqava suvlar tarkibida ortiqcha miqdordagi azotli va fosforli o‘g‘itlar, shuningdek, pestitsidlar mavjud bo‘lib, ular daryolar, kanallar va suv omborlariga tushadi. Bu esa, o‘z navbatida, suvdagi biokimyoviy muvozanatni buzib, gidrobiontlarning populyatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi[4]. Masalan, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, bahorgi va yozgi mavsumda daryoga tushayotgan suvlarning tarkibida azotli 365 birikmalar me’yordan 2–3 barobar ko‘p bo‘lishi aniqlangan. Bu holat fitoplanktonlar ko‘payishiga olib kelib, eutrofikatsiya jarayonini jadallashtiradi va kislorod tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada baliqlar orasida ommaviy nobud bo‘lish holatlari qayd etilgan. Sanoat sohasi, ayniqsa Navoiy, Olmaliq, Chirchiq va Angren kabi yirik sanoat markazlarida joylashgan korxonalar faoliyati bilan bog‘liq. Bu hududlardagi metallurgiya, kimyo va energetika korxonalari tomonidan chiqarilayotgan oqava suvlar ko‘pincha oldindan tozalanmasdan suv havzalariga yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati atrofidagi Chirchiq daryosi bo‘yida gidrobiontlarning soni kamaygan, biologik xilma-xillik sezilarli darajada qisqargani kuzatilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan baliqchilik xo‘jaliklari ham qishloq xo‘jaligi oqavalaridan aziyat chekmoqda. Bu hududlarda sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan drenaj suvlari baliqchilik xo‘jaliklarida suv sifatini yomonlashtiradi, baliqlarda stress holatlari va kasalliklar ko‘payadi. Mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ayrim baliq turlarida og‘ir metallar to‘planishi kuzatilgan, bu esa ularning populyatsiyasini kamaytirish bilan birga, inson salomatligiga ham xavf tug‘diradi[2]. Ilmiy tadqiqotlar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Suv muammolari instituti” olimlari tomonidan 2021-yilda olib borilgan tadqiqotlarda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv tarkibi har mavsumda o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, suvda azotli birikmalar (NO₃⁻, NH₄⁺) miqdori bahor oylarida Sirdaryoda me’yordan 2,4 baravar, Amudaryoda esa 2,1 baravar yuqori bo‘lgan. Fosforli moddalar (PO₄³⁻) konsentratsiyasi 0,15–0,30 mg/l ni tashkil etgan bo‘lib, bu me’yor (0,05 mg/l) dan sezilarli darajada yuqori. Biologik kislorod sarfi (BOD₅) esa sanoat chiqindilari yaqinidagi nuqtalarda 10–15 mg/l ni tashkil qilgan (me’yori 3–5 mg/l). Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yaqinidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida 2022-yilda o‘tkazilgan kuzatuvlar quyidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorini aniqlagan: Mis (Cu²⁺) – 0.012 mg/l Qo‘rg‘oshin (Pb²⁺) – 0.05 mg/l Rux (Zn²⁺) – 0.23 mg/l Fenollar – 0.015 mg/l Bu ko‘rsatkichlar gidrobiontlar salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Ayniqsa, og‘ir metallar planktonlar, qisqichbaqasimonlar va baliqlarda to‘planib, ularning 366 hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi. Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan 2020–2022 yillarda baliqchilik xo‘jaliklarida o‘tkazilgan monitoringda quyidagi muammolar aniqlangan: Baliqchilik xo‘jaliklarining 40 foizida suv sifati (BOD, pH, kislorod) bo‘yicha me’yordan og‘ish mavjud. 30 foiz xo‘jaliklarda baliq bolalarida rivojlanish muammolari va ommaviy nobud bo‘lish holatlari qayd etilgan. 18 foiz namunada baliq to‘qimalarida rux, mis va kadmiy elementlari me’yordan yuqori chiqqan [3]. Ushbu natijalar qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilarining gidrobiontlar hayotiga bevosita va salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. (1jadval) Qishloq xo‘jaligi va sanoat oqova suvlarining gidrobiontlarga ta’siri Antropogen omil Qisqichbaqalarga ta’siri Mollyuskalarga ta’siri Zuluklarga ta’siri 1. Kimyoviy ifloslanish (pestitsidlar, og‘ir metallar) Tana qobig‘i yemiriladi, nafas olish buziladi O‘sish sekinlashadi, ko‘payish to‘xtaydi Teri orqali toksik moddalar kirib, o‘limga olib keladi 2. Oziq-ovqat chiqindilari (organik ifloslanish) Kislorod tanqisligi, stress holati Past pH va anaerob muhitda yashay olmaydi O‘ta organik ifloslikda nobud bo‘ladi 3. Gidrotexnik inshootlar (GES, suv omborlari) Migratsiya yo‘llari to‘siladi, suv harorati o‘zgaradi Suv oqimi o‘zgarib, hayotiy sikl buziladi Ko‘payish joylari yo‘qoladi 4. Tuproq va suv eroziyasi, qurilish ishlari Sedimentatsiya ko‘payadi, yashash joylari loy bilan to‘ladi Filtratsiya organlari (oyoqlari) loy bilan to‘lib ishlamay qoladi Yopiq, loyqa muhitda yashay olmaydi 5. Issiqlik ifloslanishi (sanoat chiqindilari orqali) Harorat o‘sishi bilan metabolizm buziladi Termal stress, qobiq shakllanishi to‘xtaydi Harorat o‘zgarishiga juda sezgir, ko‘payish sekinlashadi 6. Biologik invaziya (begona turlar kirishi) Mahalliy qisqichbaqalarni siqib chiqaradi (masalan, Procambarus spp.) Raqobatchi turlar mavjud turlarni yemiradi Yirtqich turlar zuluklarni oziqa sifatida yo‘q qiladi Xulosa qilib aytganda Gidrobiontlarning tarqalishi va yashash muhiti inson faoliyati natijasida sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Qisqichbaqalar, mollyuskalar va zuluklar ekologik holat indikatorlari sifatida xizmat qiladi, ya’ni ularning mavjudligi yoki yo‘qligi suv tipining sifati yoki ifloslanganlik darajasini ko‘rsatadi. Foydalaniladigan adabiyotlar 1. Иззатуллаев З.И., Боймуродов Х.Т. Результаты выращивания жемчуга двустворчатых пресноводных моллюсков (Bivalvia: Unionidae, Anаdontinae) Узбекистана Журнал Московское Общество Испытателей Природы. –Москва, 2016. т. 121. вып. 5 c.16-19. 367 2. Боймуродов Х.Т. Иккипаллали моллюскаларнинг инсон томонидан барпо этилган сув ҳавзаларида тарқалиши ва биологик хилма - хиллиги Ўзбекистон биология журнали.– Ташкент, 2010.–№6.– стр.41 - 44. 3. Хасанов Н., Туйбоев М. Куйи зарафшон сув хавзалари икки иаллали моллюскаларнинг экологияси. ilmiy-amaliy konferensiya-Jizzax 2022 y 4. Боймуродов Х.Т. Хасанов Н. Influence of abiotic factors on biodiversity of the populations of bivalve molluscs of the Lower Zarafshan reservoirs. International Journal India 2021 5. Ergashev A. «Ekologiya». O‘quv qo‘llanma. Nashriyot: EFFECT-D, Toshkent, 2021 yil. ISBN: 978-9943-7429-0-1. 6. «Global ekologik muammolar va ularning echimlari (1-qism)». Maqola. Ekolog.uz, 2021 yil 7. Usmonov M., Qahharova B., Fayzullayeva G. “Ekologik muammolar va ularning butun dunyoda iqtisodiy oqibatlari”. Modern education and development, 2025.