scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XO'RAKI NO'XAT KASALLIKLARIGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNING SAMARADORLIGI EFFICACY OF CHEMICAL AGENTS AGAINST DISEASES OF EDIBLE CHICKPEA

Nadjimov T. E.; Sarimsaqov U.M.

Full text

423 UDK:633.31/37 XO’RAKI NO’XAT KASALLIKLARIGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNING SAMARADORLIGI EFFICACY OF CHEMICAL AGENTS AGAINST DISEASES OF EDIBLE CHICKPEA Nadjimov T. E. Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institute Sarimsaqov U.M. Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752764 Annotatsiya. Olib borilgan tajribada xo’raki no’xatning ildiz chirish (Fusarium solani f.sp. phaseoli) va Askoxitoz (Ascochyta rabiei) kasalligi Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. va Kruizer Ekstra xlopok 36,2% k.s. preparatlarining biologik samaradorligi o’rganilgan. Bunda Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. preparatining 3,0 l/t me’yorda qo’llanilgan variantida nazoratga nisbatan biologik samadorlik Askoxitoz kasalligiga 86,9 %, ildiz chirish kasalligiga 87,9%, Kruizer Ekstra xlopok 36,2% k.s. preparatlarining 3,0 l/t me’yorda qo’llanilgan variantlarda Askoxitoz kasalligiga 87,9 %, ildiz chirish kasalligiga 84,4 % tashkil etdi. Kalit so’zlar: tajriba, xo’raki no’xat, kimyoviy preparatlar, kasallik, biologik samaradorlik, nazorat, ildiz chirish, askoxitoz, variant. Аnnotation. In the conducted experiment, the biological efficacy of the chemical preparations Virkruzer Extra 36,2% SC and Cruiser Extra Cotton 36,2% SC was studied against diseases of edible chickpea, namely root rot (Fusarium solani f.sp. phaseoli) and Ascochyta blight (Ascochyta rabiei). The results showed that the application of Virkruzer Extra 36,2% SC at a rate of 3,0 L/t demonstrated a biological efficacy of 86,9% against Ascochyta blight and 87,9% against root rot compared with the control. Similarly, the use of Cruiser Extra Cotton 36,2% SC at the same rate (3,0 L/t) resulted in biological efficacies of 87,9% against Ascochyta blight and 84,4% against root rot. Keywords: experiment, edible chickpea, chemical preparations, disease, biological efficacy, control, root rot, Ascochyta blight, variant Kirish. Keyingi yillarda Respublikada aholi extiyoji uchun talab qilinadigan to’yimli, yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari ichida dukkakli don ekinlari jumladan, no’xat ekini muxim o’rin egallaydi. Dukkakli don ekinlaridan no’xat asosan lalmi yerlarda ekilishi bilan bir qatorda qurg’oqchilikka chidamliligi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi. Dukkakli don ekinlarining afzalligi doni yuqori oqsilga boy va o’simliklar havodan azotni o’zlashtirib ekologik toza mahsulot hosil qiladi, tuproq unumdorligini oshiradi [3; 58-60]. Xo’raki no’xatning ildiz chirish kasalligi (Fusarium solani f.sp. phaseoli) va ba’zi boshqa (Fusarium) turlari qo’zg’atadi. Yangi unib chiqqan nihollarning o’q ildizlarida och-qo’ng’ir, so’ngra qizg’ish-qo’ng’ir va nihoyat qo’ng’ir dog’lar, 424 so’ngra ildiz bo’ylab chatnashlar paydo bo’ladi, ildiz nobud bo’ladi va o’simlik so’lib qoladi. Ba’zi o’simliklarda zararlangan joylardan yuqorirog’ida yon ildizlar o’sib chiqadi. Zamburug’ o’simliklarga har xil yaralar orqali yoki bevosita ildizning sog’lom to’qimalariga kiradi. Dalaga dukkakli ekinlarni qayta ekish tuproq zararlanishini kuchaytiradi. Dukkakli ekinlar bo’lmaganida ham parazit tuproqda 5 yildan ko’proq saqlanishi mumkin. Xo’raki no’xatning askoxitoz kasalligi (Ascochyta rabiei) zamburug’i qo’zg’atadi. Ekinning barg, poya, dukkak va donlarida kulrang-qo’ng’ir, ba’zan to’qqo’ng’ir, so’ngra qorayuvchi, uzunchoq yoki ko’pincha dumaloq dog’lar, ularning ustida esa kengligi 0,1-0,2 mm keladigan piknidalar rivojlanadi. Zararlangan don ekilganda unmaydi, yoki ungan nixollar keyinroq chirib ketadi. Kuchli zararlangan o’simliklar qurib qoladi. Tez-tez yomg’ir va 20-25 oC havo xaroratida zamburug’ning piknospora va askosporalari ekin ichida tez tarqaladi va askoxitoz kuchli rivojlanadi. Sporalar o’sishi uchun minimal havo xarorati 3 oC, maksimul 33 oC. Kasallik rivojlanishi uchun optimal havo namligi 65% dan yuqori va xarorati 18-23 oC minimum 8 oC va maksimum 32-33 oC ga teng. Patogen urug’da va o’simlik qoldiqlarida piknida va xlamidosporlari bilan qishlaydi. Xlamidosporlar tuproqda 4 yilgacha saqlanishi mumkin. Askoxitoz nihollarni siyrak qilib qo’yadi, barglar vaqtidanoldinquriydi va to’kiladi. O’simliklar rivojlanishdan orqada qoladi, mayda o’sish quvvati hamda unuvchanligi past bo’lgan va zararlangan urug’lar hosil bo’ladi. Kasallik no’xatning ko’k massasini gektardan 30-50 sentnerga, donni 2-7 sentnerga pasaytirishi mumkin. Qo’zg’atuvchining fiziologik irqlari mavjud; ba’zi navlar askoxitozga chidamli yoki nisbatan kamroq zararlanadi. Askoxitoz no’xatda O’zbekistonda asosan lalmikor yerlarda, ba’zi mintaqalarda va mavsumlarda ekinni kuchli zararlaydi, ammo qo’zg’atuvchining qaysi turga mansubligi aniq emas [1; 5154] Tadqiqot uslublari: Yuqoridagilardan kelib chiqib Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Andijon viloyati o’tloqi soz tuproqlar sharoitida Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. urug’ dorilagich preparatini xo’raki no’xatning Polvon navi ekish oldidan 3,0 l/t sarf me’yorlarda urug’lar dorilab ekildi. 1-jadval Tajriba tizimi № Tajriba variantlari Sarf me’yori, l/t 1 Nazorat Ishlov berilmagan 2 Kruizer Ekstra xlopok 362% k.s. (andoza) 3,0 3 Virkruzer Ekstra 36,2 k.s. 3,0 425 Nazorat variantida xo’raki no’xotning Polvon navi urug’lari xech qanday ishlov berilmadi, tajribaning ikkinchi varianti andoza varianti bo’lib xo’raki no’xotning Polvon navi ekishdan bir oy oldin Kruizer Ekstra xlopok 36,2% k.s. preparati 3,0 l/t sarf me’yorlarda urug’lari dorilandi, tajribadagi Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. preparati bilan xo’raki no’xatning Polvon navi ekishdan bir oy oldin 3,0 l/t ishlov berildi. Dala tajribalari Davlat Kimyo komissiyasi (1994 y), O’simlikshunoslik ilimiy-tadqiqot instituti xamda B.A.Dospexov (1979 y), A.V.Fsyunova (1984 y) tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyat asosida olib borildi. [2; 36-39]. Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tajriba bo’yicha taxlil qilinganda askoxitoz kasalligiga qarshi preparatlarning samaradorligi quydagicha kuzatildi. Tajribaning birinchi ishlov berilmagan variantida xo’raki no’xotning unuvchanligi 73,4 foiz tashkil etib, askaxitoz kasaligi bilan zararlanish o’simlikning shonalash davrida 27,0 foiz kuzatilib, kasallikning rivojlanishi 12,3 foiz tashkil etdi. 2-jadval Xo’raki no’xatda kasalliklarga qarshi urug’dorilagich preparatlarning biologik samaradorligi № Variantlar Preparat sarfi, l/t Unuvchanligi,% Zararlanishi, % Kasallik rivoji % Biologik samaradorlik % Xo’raki no’xatning askoxitoz kasalligi 1 Nazorat (Ishlovsiz) - 73,4 27,0 12,3 - 2 Virkruzer Ekstra 36,2 k.s. 3,0 92,8 7,4 1,6 86,9 3 Kruizer Ekstra xlopok 362% k.s. (andoza) 3,0 91,0 7,9 1,9 84,5 Xo’raki no’xatning ildiz chirish kasalligi 1 Nazorat (Ishlovsiz) - 86,1 18,4 5,8 - 2 Virkruzer Ekstra 36,2 k.s. 3,0 95,4 4,4 0,7 87,9 3 Kruizer Ekstra xlopok 362% k.s. (andoza) 3,0 94,1 5,2 0,9 84,4 Tajribaning Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. urug’ dorilagich preparati bilan 3,0 l/t sarf me’yorlarda ekishdan oldin urug’ga ishlov berilgan varintda unuvchanlik 92,8 foiz, kasallik biln zararlanish 7,4 foiz, kasallikni rivojlanishi 1,6 foiz, nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 86,9 foiz kuzatildi. Tajribaning andoza Kruizer Ekstra Xlopok 36,2% foiz urug’ dorilagich preparati bilan 3,0 l/t sarf me’yorlarda ekishdan oldin urug’ga ishlov berilgan 426 varintda unuvchanlik 91,0 foiz, kasallik bilan zararlanish 7,9 foiz, kasallikni rivojlanishi 1,9 foiz, nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 84,5 foiz kuzatildi. Xo’raki no’xatning ildiz chirish kasalligiga qarshi olib borilgan tajriba bo’yicha taxlil qilinganda ildiz chirish kasalligiga qarshi preparatlarning samaradorligi quydagicha kuzatildi. Tajribaning birinchi ishlov berilmagan variantida xo’raki no’xotning unuvchanligi 86,1 foiz tashkil etib, ildiz chirish kasaligi bilan zararlanish o’simlikning unib chiqish va chinbarg chiqarish davrida 18,4 foiz kuzatilib, kasallikning rivojlanishi 5,8 foiz tashkil etdi. Tajribaning Virkruzer Ekstra 36,2% k.s. urug’ dorilagich preparati bilan 3,0 l/t sarf me’yorlarda ekishdan oldin urug’ga ishlov berilgan varintda unuvchanlik 92,8 foiz, ildiz chirish kasallik bilan zararlanish 4,4 foiz, ildiz chirish kasallikni rivojlanishi 0,7 foiz, nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 87,9 foiz kuzatildi. Tajribaning andoza Kruizer Ekstra Xlopok 36,2% foiz urug’ dorilagich preparati bilan 3,0 l/t sarf me’yorlarda ekishdan oldin urug’ga ishlov berilgan varintda unuvchanlik 94,1 foiz, ildiz chirish kasallik bilan zararlanish 5,2 foiz, ildiz chirish kasallikni rivojlanishi 0,9 foiz, nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 84,4 foiz kuzatildi. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 1. SHeraliyev A.SH., Raximov U.X. Qishloq xo’jalik fitopatologiyasi // Toshkent. 2014. –B. 5154. 2. Dospexov. B. A. “Dala tajribasi metodikasi” // Uslubiy qo’llanma. Moskva. 1985. –B. 36-39. 3. Rahmonov J., Bababekov Q., Gulmurodov R. Dukkakli don ekinlarda uchragan kasalliklarga qarshi kurash choralari // Agro kimyo himoya va o’simliklar karantini jurnali. 2022. №1. –B. 58-60.