scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BELTAV PAST-TEPALIGI O'SIMLIKLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ochilova Mohira O'rozboy qizi; Serekeeva Gulayim Abdigalievna

Full text

448 BELTAV PAST-TEPALIGI O’SIMLIKLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Ochilova Mohira O’rozboy qizi Nukus Davlat Pedagogika Instituti, e-mail:[email protected], Serekeeva Gulayim Abdigalievna Qoraqolpoq Davlat Universiteti, e-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752926 Annotatsiya: Qoraqolpoqiston hududi o’simliklar dunyosi va tuproq qatlamining unumdorligi, ob-havosi boshqa hududlardan ajralib turadi. Hududning hozirgi kundagi holatini baholash, inqirozga uchragan yerlarni aniqlash va o’simliklar qoplamini ko’paytirish, ulardan oqilona foydalanish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish juda ahamiyatlidir. Kalit so’zlar: Flora, landshaft, tur, eroziya, kserofit, mezofit. Qoraqolpoqiston hududi past-tepaliklaridagi o’simliklar qoplami o’ziga xos turli iqlim sharoitlarida o’sishga moslashgan. Hududda oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va qurilishda kerakli o’simliklar juda keng tarqalgan. Qoraqoloqiston hududi batanik tarafdan juda ko’p olimlar tarafidan o’rganilgan. Jumladan F.I. Baziner (1894), I.G. Borshov (1865), M.G. Popov (1915), A.A. Muzaffarov (1960), O.N. Bondarenko (1964), R.A. Abduraxmanov (1967), M.T. Tadjitdinov va boshqalar (1972), B.Sh. Sherbayev (1972-1988), B.S. Saribayev (1973), S.E. Erejepov (1978), O.T. Toremuratov (1978), O.N. Karovina, A. Baxiev va boshqa olimlar tarafidan (1982-1983), B.N. Sagitov (1986), Sh. Sherimbetov (2010) yillarda juda ko’p ilmiy izlanishlar olib borilgan. Hududdagi o’simliklarni aniqlashda A.L. Takhtajan ishlab chiqqan sistematika va Ó.P. Pratov, M.M. Nabievlarning “O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi” nomli metodikasidan keng qo’llaniladi. Ósimliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini aniqlashda (S. Erejepov 1978) ilimiy ishlaridan foydalanildi. Qoraqolpoqistonning sharqiy qismi Taxtako’pir tumanidan 26 km shimolisharqda joylashgan. Umumiy yer maydoni 720 km ga teng. Beltav juda chuqur hududda joylashganligi sababli sug’orish manbalari deyarli yoq. Shu sababli artezian quduqlaridagi suvlardan foydalanadi. Iqlimi keskin kantenintal va quruq. Yoz oylari juda issiq 40 c dan 45c gacha. Qish fasli uchun o’rtacha harorat -5dan-8c gacha. Tuprog’i qumli. Hududda quyidagi o’simliklar keng tarqalgan. Asosan kserofit va mezofitlar ustunlik qiladi. Quyidagi o’simliklar keng tarqalgan. 449 Ephedra distachya L. Past bo‘yli butachalar, ba’zida ildizlari yordamida yoyilib o‘sadi. Ko‘pincha sudraluvchi poyali, uzunligi 20 sm gacha. Poyalari tik yoki ko‘proq ko‘tarilib o‘suvchi, juda qisqa novdalangan, barglari siyrak joylashgan, rangi sarg‘ish-yashil, yuqori qismida ko‘proq sarg‘ish tusda. Barglari elliptik yoki tuxumsimon, uzunligi 10–12 mm, eni 1,5–2 mm gacha, qirrasi bo‘ylab nozik tishchali, pastki yuzasi tukchalar bilan qoplangan, yuqorisi yaltiroq. Gulboshlari qo‘shaloq, har birida 8 ta erkak va 3 ta urg‘ochi gul joylashgan. Erkak boshoqchalari 3–4 juftdan, ichkariga egilgan, pastki qismida parda shaklida birlashgan, tashqi qobig‘i keng, 4–5 mm gacha. Urg‘ochi boshoqchalari ovalsimon, 6–7 mm uzunlikda, poyalari bilan birikkan, tashqi qobig‘i go‘shtdor, qizil rangda. Mevasi yassi, 3 mm gacha uzunlikda, silliq urug‘. Urug‘lar iyun–iyul oylarida pishadi. O‘sish joylari: cho‘llarda, qumloq yerlarda, ochiq va quyoshli joylarda o‘sadi. Stipa caspia-kovil. Poyasi tik, ingichka, uzunligi 35–70 sm. Pastki qismi odatda tizzasimon bukilgan, sershox. Barglari ko‘pincha quruq joylarda o‘suvchi, tor, uzunligi 30 sm gacha, eni 2–3 mm, yassi yoki biroz yoyilgan, chetlari mayda tishli. Qoplovchi qinlari (poyaning barg asosidagi qismi) tukchalar bilan qoplangan, ustki qismi ochiq, 10–20 mm uzunlikda, tuklari pastga qaragan.Boshoqchalari 2,5–3,5 sm uzunlikda, tor, zich joylashgan, boshoq o‘qi ikki qatorli, ba’zan engil egrilangan, tukchalar bilan qoplangan. Har bir boshoqchada 2–3 ta gultojibargli gul bor. Qobig‘i pichoqsimon cho‘qqili, 5 mm gacha uzunlikda. May oyida pishadi. Schismus arabicus Nees. Arab shizmusi (qum o‘ti). Gullari metelka shaklida, boshoqchalari 5–8 guldan iborat. Boshoq qoplovchi qobig‘i (gluma) tor, uchi o‘tkir va biroz bukilgan. Pastki gultoji (lemma) 5 tomirli, uchi ikki tishli, qisqa ost’li. Gultoji yupqa, biroz bukilgan, och yashil rangda. O‘simlik bir yillik, past bo‘yli, cho‘l sharoitiga moslashgan. Gullash davri: aprel–may oylarida. Ekologiyasi: Efemer o‘simlik, qumli cho‘l sharoitiga moslashgan, bahorda tez o‘sib yozda quriydi. Bahorgi yaylov o‘ti sifatida foydali, ammo qisqa muddatli yashovchanlikka ega. Puccinellia distans (Jacq.) Parl. Beksilinitsa. O‘simlik bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, sho‘rxok va nam joylarda o‘sadi. Poyasi tik yoki yotiq, bo‘yi 50–100 sm gacha. Gullari metelka (shingilsimon guldasta) shaklida, boshoqchalari 3–8 ta guldan iborat. Boshoq qoplovchi qobig‘i (gluma) tor, uzun, silliq, pastki gultoji (lemma) 3–5 tomirli. Barglari chiziqsimon, silliq, pastki barglar quruq davrda o‘ralib qoladi. Poyaning pastki qismi puchok holida o‘sadi. Gullash davri: aprel–iyun oylarida. Mevasi: donacha (caryopsis). Ekologik xususiyatlari: sho‘rxok tuproqlarda o‘sishga moslashgan halofit (tuzga chidamli) o‘simlik. U sho‘r yuvish jarayonida tuproqdagi tuz miqdorini 450 kamaytirishga yordam beradi. Chorvachilikda bahor va erta yoz oylarida sho‘rxok o‘tloqlarning foydali o‘simligi hisoblanadi. Sho‘r yerlarda eroziyaga qarshi o‘t sifatida ekilsa, tuproqni mustahkamlashda yordam beradi. Anisantha tectorum (L.) Nevski. Poyasi tik yoki yotiq, balandligi 15–50 sm. Barglari tor, chiziqsimon, uzunligi 10–12 sm, eni 2–4 mm, silliq yoki biroz tukli. Gullari metelka shaklida, boshoqchalari 5–10 gulli. Boshoq qoplovchi qobig‘i (gluma) tor, uchi o‘tkir. O‘simlik bir yillik. Gullash va mevaga kirish davri: aprel– iyun oylarida. Eremopyrum distans (Koch) Nevski-mortuk rasstavlenniy Poyasi tik yoki biroz yotiq, balandligi 4–27 sm. Poyaning pastki qismi tizzasimon tugunlardan o‘sib chiqadi. Pastki barglarning qinlari silliq, yuqori qismi biroz shishgan. Barg tillachasi tukli, uzunligi 1 mm gacha. Barg plastinkalari chiziqsimon, pastdan biroz tukli, uzunligi 1,4–2,5 sm, eni 3–5 sm. Gullari boshoqsimon metelka shaklida. Boshoqchalar cho‘zilgan, uzunligi 13–17 mm, kengligi 3–4 mm, 3–5 ta guldan iborat.Pastki gultoji (lemma) chiziqsimon-lansetsimon, silliq yoki biroz binafsha rangli, uzunligi 6–8 mm, uchi biroz bukilgan, ost’i (so‘gali) 5–9 mm.O‘simlik bir yillik. Gullash va mevaga kirish davri: aprel–may oylarida. Carex physodes M. Bieb. Kulrang-yashil rangdagi o‘simlik, balandligi 15–40 sm. Poyasi silliq, yupqa, yuqoriga qarab biroz qavariq. Barglari tor, lansetsimon, uchi o‘tkir, uzunligi 10–20 sm, eni 1–2 sm. Boshoqlar to‘plami 5–7 ta boshoqdan iborat, shakli konussimon yoki silindrsimon, uzunligi 15–25 sm. Erkak boshoqlar yuqorida joylashgan, ularning qobig‘i silliq, jigarrang yoki oltinrang. Urg‘ochi boshoqlar pastda joylashgan, gultoji silliq, pufaksimon, uzunligi 1–1,8 sm, uchi qisqa tumshuqli. O‘simlikning urug’i qobig‘i silliq, usti biroz yaltiroq. Gullash va mevaga kirish davri: aprel–may oylarida. Aeluropus caspium Pall. Kaspiy piyozi qum piyozi. Ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi 5–25 sm balandlikda, tik yoki yotiq, pastki qismi tizzasimon bukilgan.Barglari tor, lansetsimon, silliq yoki biroz qo‘pol, uzunligi 10–20 sm, eni 2–4 mm. Boshoqlar 3–5 gulli, cho‘zilgan yoki tuxumsimon shaklda. Boshoq qobig‘i yashil yoki binafsha rangli, lansetsimon, uchi o‘tkir. Urg‘ochi gultoji 5–7 tomirli, silliq, uchi o‘tkir. O‘simlik sho‘rxok qumli joylarda, daryo bo‘yi va pasttekisliklarda o‘sadi. Gullash va mevaga kirish davri: aprel–may oylarida. Xulosa qilib aytqanda, olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, Beltav pasttepaligi o’ziga xos relyefda joylashganligi, o’simliklar olami, ob-havosining va tuproq qoplamining o’ziga xosligi bilan boshqa hududlardan farq qiladi. Bu hududdagi o’simliklar qoplami chorvachilik uchun mos keladi. O’simliklardan faqat 451 chorvachilikda foydalanibgina qolmasdan aholining xalq tabobatida ham foydali o’simlik borligini aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Baxiyev E., Ibragimov M.Yu., Xolmuratov P., Saiytova A. O’simliklar ekologiyasi. (o’quv qo’llanma). Nukus. 2004. 2. Pratov О'. P., Nabiyev M.M. О'zbekiston yuksak о'simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent. 2007. 3. O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish haqida»gi Qonuni. Toshkent. 1992.