scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KATTALARNING O'QISHGA MUNOSABATI VA OʻQITISHDAGI MUAMMOLAR

Rahmetova, Hilola; Qahhorova, Fazilat

Abstract

The article discusses the relevance of adult education today, the challenges and solutions to establishing it.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 87 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com KATTALARNING O’QISHGA MUNOSABATI VA OʻQITISHDAGI MUAMMOLAR Rahmetova Hilola Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Pedagogika nazariyasi va tarixi" yoʻnalishi 1-bosqich magistranti [email protected] +998994746381 Qahhorova Fazilat Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Pedagogika nazariyasi va tarixi" yoʻnalishi 1-bosqich magistranti nasuxqa[email protected]om +998950491614 ANNOTATSIYA Maqolada bugungi kunda kattalar ta’limining dolzabligi va ular ta’limini yo’lga qo’yishda qiyinchiliklar va ularga yechimlar borasida so’z boradi. Kalit soʻzlar: andragogika,kattalar ta’limi,kasbiy kompetensiyalar,hayotiy tajriba,sub’ektiv munosabat,malaka oshirish,qayta tayyorlash АННОТАЦИЯ В статье рассматривается актуальность образования взрослых сегодня,проблемы и пути их решения. Ключевые слова: андрагогика, образование взрослых, профессиональные компетенции, жизненный опыт, субъективное отношение, нужны навыки, переподготовка ANNOTATION The article discusses the relevance of adult education today, the challenges and solutions to establishing it. Keywords: andragogy, adult education, professional competencies, life experience, subjective attitude, skills and retraining are needed KIRISH XX asrning o‘ziga xos xususiyati bilimlarning tez o‘sishi va yangilanishi, yangi kasblarning paydo bo‘lishi – ilmiy-texnikaviy inqilob natijasidir. Uning salbiy oqibati mutaxassislarning bilimi va malakasining eskirishi va eskirish jarayonining tezlashishi INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 88 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, XX asr o‘rtalaridan boshlab institut bitiruvchisining ishga kirgandan so‘ng institutda olgan bilimlari 5-6 yil ichida yarmiga va xatto 97% gacha eskiradi va faqatgina har yili o‘qituvchilar, muxandislar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning nazariy bilimlari 5% va amaliy bilimlari 20% ga yangilanadi.Dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari ko‘proq bilim olishga zamondan ortda qolmaslik,yangi tendensiyalardan doimo xabardor bo‘lishga olib keldi. Shu munosabat bilan dunyoda kattalar ta’limiga bo‘lgan ehtiyoj o‘sa boshladi. Kattalar ta’limining yangi, noan’anaviy shakllarining paydo bo‘lishi ortib bormoqda: masofaviy ta’lim, uchinchi yoshdagi universitetlar, biznes maktablari, uyda o‘qitish uchun korporativ universitetlar va boshqalar. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolada kattalar ta’limining yildan-yilga dolzarb bo‘lib borayotganligi, ko‘plab mamlakatlarda kattalar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalar va davlat dasturlari ishlab chiqilishi yoritib o‘tilgan. Kattalar o‘qishi va ularga ta’lim berish hayot davomida ta’lim olishning muhim qismi bo‘lib hisoblanadi va hozirgi zamonda bunday ta’lim butun dunyodagi odamlar va jamiyat duch kelayotgan masalalarni yechishda muhim rol o‘ynamoqda. YUNESKOning kattalar ta’limi bo‘yicha 2009-yil dekabrda o‘tkazilgan oltinchi Xalqaro konferensiyasida (CONFINTEA VI) qabul qilingan «Belen harakatlar me’yori»da aytilishicha, «Kattalar o‘qishi va ularga ta’lim berish odamlarga o‘z haqhuquqlarini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish hamda o‘z taqdirlarining egalari bo‘lishlari uchun zarur bilimlar, malakalarni egallash, fazilat va qadriyatlarni qaror toptirishga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birgalikda kattalar o‘qishi va ularga ta’lim berish adolat va inklyuzivlikka erishish, qashshoqlikning ko‘lamini kamaytirish va savodxonlikka asoslangan adolatli, bardoshli va barqaror jamiyat yaratish uchun mutloq zaruriyat bo‘lib hisoblanadi».[1] Zamonaviy fan androgogikaning quyidagi asosiy tamoyillarini belgilangan: 1. Mustaqil ta’limning ustuvorligi tamoyili. Ushbu tamoyilni amalda qo’llash uchun jiddiy dastlabki tayyorgarlik - dasturlarni tayyorlash, o’quv materialini tanlash va takrorlash, o’quv dasturlarini o’zlashtirish va yaratish kerak. Bu yerda bibliografiya qilishning o’zi yetarli emas. Ushbu tamoyil kattalar uchun asta-sekin o’quv materiallari bilan tanishish, atamalar, tushunchalar, tasniflarni yodlash, ularni amalga oshirish jarayonlari va texnologiyalarini tushunish imkoniyatini beradi. Bunda zamonaviy masofaviy ta’lim muhim yordam beradi. 2. Tayyorgarlik va o’quv jarayonida o’quvchining sinfdoshlari va o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyati printsipi. O’quv jarayonining boshlang’ich nuqtasi o’quvchilarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish ehtiyojlarini aniqlashdir. Trenerlar bilan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 89 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com suhbatlar va guruh muhokamalari bu ehtiyojlarni aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, ta’lim mavzusi bo’yicha to’rtta nuqtai nazarni aniqlab olish kerak: talabaning o’zi (yoki guruhda o’qiyotgan bir nechta talabalar), uning rahbari, bo’ysunuvchisi va sherigi (talaba bilan korxona ichidagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan kishi) Yangi asrda axborot bilan ishlashning yangi usul hamda vositalaridan foydalanilmoqda. 40 yoshdan o’tgan kishilarni tashqi dunyodan kelayotgan axborotlarning ko’pligi, turli - tumanligi, noan’anaviyligi tashvishga soladi. U xatto o’zi ishlab turgan sohadagi axborotlarni qamrab olish imkoniyatiga ham ega emas. Katta odam oldida yangi “maktab”da nafaqat o’qish, balki “uqish” vazifasi paydo bo’ldi. Eng avvalo kompyuter texnikasini egallash, axborot tizimida ishlay olish. Bu esa muloqotning yangi, masofaviy shaklini o’zlashtirishni talab etadi. Kishining yoshi ulg’ayib borgan sari, uning yangi zamonaviy ta’lim jarayoniga kirishiga yillar davomida shakllangan ichki to’siqlar halal beradi. Kishining butun hayoti davomida ta’lim olish zarurligi to’g’risidagi vazifaning shakllanmaganligi zamonaviy mutaxassisning o’z kasbiy mahoratini doimo oshirib borishi shart ekanligi e’tiborga olinmaydi. Ayrim hollarda kishilar kattalar ta’lim olishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lmaydilar. O’qitish jarayoniga qo’shilar ekan, katta odam faol o’rinni egallaydi. Hayotiy tajriba va sub’ektiv munosabat, zamonaviy odamga ta’lim jarayonini baholash hamda o’qitish usullarini tanlash imkonini beradi. Uning uchun dars berayotgan o’qituvchi va tinglovchilaming ham shaxsiy, kasbiy sifatlari muhim sanaladi. Shuning uchun kattalarni o’qitish o ’zaro hamkorlik, o’zaro yordam va o ’zaro birdamlik muxitida amalga oshiriladi. Katta odamni o ’qitish jarayonida u o ’z tajribalari bilan o’rtoqlashishni ko’proq maqul ko’radi.[2]. MUHOKAMA VA NATIJALAR «Belen harakatlar me’yori» bu sohadagi asosiy vazifalardan biri hisoblangan kattalar ta’limi sohasida ish olib boradigan mutaxassislarning kasbiy malakalarini oshirishni belgilaydi va quyidagilarni qayd etadi: “Kasbiy mahoratning talab darajasida bo‘lmasligi va pedagoglarni tayyorlashga imkoniyatlarningyetishmasligi kattalarni o‘qitish va ularga ta’lim berish dasturlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar ta’limi bo‘yicha 150 dan ortiq mamlakatlar tomonidan konferensiyaga tayyorlangan ma’ruzalarning uchdan bir qismida malakali xodimlarning yetishmasligi haqidagi eslatmalar o‘rin olgan bo‘lib, bu masala hal qilinishi uchun choralar ko‘rilishi kerak bo‘lgan yirik muammolardan biri ekanligi aks ettirilgan. Ushbu holatga YUNESKOga a’zo davlatlarning javobi shunday bo‘ldi-ki, CONFINTEA konferensiyasida qabul qilingan boshqa qarorlardan tashqari“kattalar INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 90 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com bilan ish olib boradigan pedagoglarning masalan, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari, o‘qituvchilar uyushmasi va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vositasida tayyorgarligini, salohiyatni oshirish, yollash shartlari va kasbiy mahoratini takomillashtirish” majburiyatlarini o‘z zimmalariga oldi. 1953 yilda Yevropa katta yoshdagilar ta’limi assotsiatsiyasi tashkil etilib, bugungi kunda u 34 mamlakatdagi 100 dan ortiq filiallarni birlashtirgan va butun Yevropa bo‘ylab 50 milliondan ziyod erkak va ayollardan iborat katta yoshdagilar ta’limini qamrab olgan. Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari orasida katta yoshdagilarni umrbod o‘qitish va ularga ta’lim berish g‘oyasini targ‘ib qilish hamda siyosatini ishlab chiqish; o‘z a’zolariga axborot va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish; loyihalar, nashrlar va treninglar orqali sohadan xabardorlikni rivojlantirish; xalqaro hamkorlik masalalari ustuvor o‘rin tutadi. Xalq universitetlari esa, ko‘plab mamlakatlarda katta yoshdagilarga ta’lim berish tizimining bir qismidir. Bu hammabop ma’rifiy muassasalarda millionlab yevropaliklar, ta’lim darajasi va yoshidan qat’i nazar, kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari mumkin. Buni Germaniyadagi xalq universitetlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bu mamlakatdagi 900 dan ortiq shunday muassasalar ma’lum firma va korxonalar uchun xizmat safarlari va sayohatlar ko‘rinishida «buyurtma bo‘yicha ta’lim» shaklida kadrlarni qayta tayyorlash kurslari va seminarlarni taklif etadilar. Ularda har qanday yoshdagi odam tahsil olishi mumkin. Hatto ishlab turgan odamlar, ishsizlar, oila qurgan ayollar va erkaklar, shuningdek, pensionerlarga yo‘naltirilgan alohida kurslar mavjud. Xalq universitetlari sharofati bilan har bir Germaniya fuqarosi yangi ixtisosni egallashi yoki o‘z sohasi bo‘yicha malakasini mustahkamlashi mumkin. Maxsus hisobvaraqda — turli darajadagi sertifikatlarni taqdim etadigan til kurslari, turli darajadagi foydalanuvchilar uchun kompyuter mahoratini o‘rgatish bo‘yicha juda ko‘p takliflar mavjud. Xalq universitetlarini bitirib chiqish orqali Germaniyada har yili 9 milliondan ortiq kishi qo‘shimcha bilim va malakaga ega bo‘ladi. Janubiy Koreyada butun hayot davomida uzluksiz ta’lim haqidagi qonunga binoan, ushbu sohadagi milliy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan maslahat organi faoliyat olib boradi. Hayot davomida uzluksiz ta’lim qo‘mitasi ta’lim vaziri tomonidan boshqariladi. Uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, Milliy uzluksiz ta’lim instituti prezidenti va qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan ekspertlar kiradi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun, tegishli kasbiy vakolatlarga ega bo‘lgan kattalar bilan ishlaydigan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 91 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com andragogpedagoglarni tayyorlash muammosini hal qilish kerak. Biz bu masala bilan hech qachon shug‘ullanmaganmiz, hatto ko‘plab ta’lim sohasi xodimlarining o‘zlari bu so‘zni birinchi marta eshitishmoqda. Ammo bu muammo faqatgina O‘zbekistonda mavjud emas. Katta yoshdagilarga ta’lim berishning professionallik darajasini oshirish bugungi kunda ham bir mamlakat uchun, shu jumladan, xalqaro miqyosda ham asosiy muammo hisoblanadi. Har yili o‘tkazilishi kerak bo‘lgan so‘rovlar katta yoshdagilarning ta’limda ishtirok etish darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu sohadagi taraqqiyotni doimiy kuzatib borish katta yoshdagilarni o‘qish va ta’lim olishini rivojlantirish strategiyasini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa Davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkonini beradi. Bu yo‘nalishda birinchi qadam allaqachon tashlangan. 2019 yilda «Oila» ilmiyamaliy tadqiqot markazi (hozirda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti) Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi Filiali ko‘magi bilan ««O‘zbekistonda katta yoshdagilar o‘qishi va ta’limi: dolzarb holat va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi tadqiqotni o‘tkazdi. Mazkur tadqiqot asosida tayyorlangan hujjat respublikadagi katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish sohasidagi ishlarning real holatini tahlil qiladi, bu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini namoyish etadi. Ushbu loyiha manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda joriy yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish holati to‘g‘risida Milliy hisobot uchun asos bo‘lishi mumkin. Tadqiqot ob’ektlari 24−55 yoshdagi ayollar va 25−60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar edi. Unda Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida tashkil etilgan xalqaro tadqiqot Adult Education Survey (AES) yondashuvining alohida usullari qo‘llanilgan. So‘rovnoma O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan.[3] XULOSA Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishni rivojlantirish uchun rasmiy ta’lim muassasalari tarmog‘ining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish kerak.Norasmiy ta’lim ta’minotchilarini (nodavlat ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va madaniyat markazlari) ni rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatning alohida chekka hududlarida ularning tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llabquvvatlash Davlat dasturini qabul qilish zarur. Chora-tadbirlarning qabul qilinishi katta yoshdagi aholi o‘rtasida asosan «kompyuter savodxonligi» ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, onlayn ta’limni kuchaytirish uchun sharoit yaratish, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘quv jarayonlarini raqamlashtirishga yordam beradi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 92 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Moliyalashtirish va rag‘batlantirishning ko‘p kanalli mexanizmlarini rivojlantirish lozim. Bunda bir tomondan, ta’lim xizmati ko‘rsatuvchilarni, ikkinchi tomondan, ta’lim xizmatlari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutish darkor. Masalan, mahalliy hokimiyat organlari provayderlarga o‘quv binolarini bepul berishi yoki institutsional mablag‘ ajratishi, tinglovchilarga vaucherlar va stipendiyalar berish, kasb ta’limini olish davridagi ta’til uchun haq to‘lash mumkin. Aholining zaif qatlamlari, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehnat muhojirlari, ishsizlar, nogironlar, mahkumlar, qariyalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va boshqalar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini targ‘ib qilish va kengaytirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Aholi shuni his etishi kerakki, kasb-hunarga o‘qish, ta’lim olish va lavozim bo‘yicha ko‘tarilishda erkaklar va ayollar teng huquqlarga ega. ADABIYOTLAR RO’YHATI 1.KATTALAR TA’LIMI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA TENDENSIYALARI.Bekmuradova Gulnoza Maxmudovna. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 21811784 2. KATTALARNI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI. Afro’za Norboyeva. https://cyberleninka.ru 3. Katta yoshdagilarga ta’lim berish — dolzarb masala. Diloram Toshmuhamedova .Gazeta.uz