scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA QOʻYLARDA PARAZITLIK QILADIGAN SESTODALAR VA ULARNING ORALIQ XO'JAYINLARI HAQIDA

Paluaniyazova D.A.; Dadayev S; Dosjanova G.Ye.

Full text

458 QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA QOʻYLARDA PARAZITLIK QILADIGAN SESTODALAR VA ULARNING ORALIQ XO‘JAYINLARI HAQIDA Paluaniyazova D.A., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Dadayev S., Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti 1Dosjanova G.Ye. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752975 Kirish. Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida qo'ychilik agrar sohaning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Biroq, qo'ylarda uchraydigan gelmintozlar, xususan sestodozlar qo‘zg‘atuvchilari natijasida yuzaga keladigan invaziyalar chorva mollar mahsuldorligini pasaytirib, xo'jaliklarga sezilarli darajada iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Sestodozlar qo‘zg‘atuvchilari hayvonlar organizmida turli patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi, ularning rivojlanish bosqichlari va asosiy xo‘jayinlarga yuqish yo‘llari esa zararlanish xavfini baholashda asosiy mezon hisoblanadi. Hayvonlar va parazitlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar turli tabiiy sharoitlarda farqlanadi. Xo‘jayinlarning yashash sharoiti, parazitlarning biologik xususiyatlari va ekologik omillari gelmintlar bilan zararlanish darajasini va parazitlarning xilma-xilligini belgilovchi asosiy mezon sifatida e’tirof etiladi. Shu sababli, biotsenotik aloqalarni chuqur o‘rganish asosida qishloq xo‘jalik hayvonlariga, jumladan qo‘ylarga invaziyani yuqtirmaslik uchun samarali qarshi kurash choralarni ishlab chiqishda katta turtki bo‘ladi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston hududida qo‘ylarning sestodalar bilan zararlanishida oraliq xo‘jayinlarini ishtiroki, ularning biologik va ekologik xususiyatlari haqida olib borgan tadqiqot ishlarimiz natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot materiallari va metodlari. Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘plab tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida olib borildi. Olib borilgan tadqiqot ishlari davomida akademik K.I. Skryabinning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan gelmintologik yorib ko‘rish usuli bilan 184 bosh qo‘y (82 bosh qo‘y to‘liq gelmintalogik yorib ko‘rish usuli bilan va 102 bosh qo‘yning turli organlari to‘liq bo‘lmagan gelmintologik yorib ko‘rish usullari bilan) tekshirildi [5]. 459 Natijalar va ularning muhokamasi. Tadqiqot ishlarimiz natijasida, Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida qo‘ylarda 34 turga kiruvchi gelmintlar parazitlik qilishligi qayd etilgan. Shulardan 3 turi trematodalar sinfiga, 7 turi sestodalar sinfiga va 24 turi nematodalar sinfiga kiradi [1]. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida hamda adabiyotlar tahliliga koʻra Qoraqalpogʻiston sharoitida qo‘ylarda 7 tur sestodalar parazitlik qilishligi qayd etildi. Qo‘ylarda parazitlik qiladigan sestodalarning barchasi biogelmint hisoblanadi, ya’ni ularni rivojlanishida oraliq hamda qo‘shimcha xo‘jayinlar sifatida sovutli kanalar, qo‘ng‘izlar, mayda hasharotlar, qo‘y va echkilarning o‘zi ishtirok etadi (jadval). Jadval Qoraqalpog’iston sharoitida qoʻylarda uchraydigan sestodalarning oraliq xo‘jayinlari № п/п Sestodaning turlari Asosiy xo'jayin Oraliq xo'jayin Xo‘jayin Parazitlik qiladigan organi Xo‘jayin Parazitlik qiladigan organi 1 Moniezia expansa Qo‘ylar Ingichka ichak Qalqonli tuproq kanalari Tana bo‘shlig‘i 2 M. benedeni Qo‘y va echkilar Ingichka ichak Qalqonli tuproq kanalari Tana bo‘shlig‘i 3 Avitellina centripunctata Qo‘y va echkilar Ingichka ichak Mayda hasharotlardanpichanxo‘rlar va kollem-bolalar vakillari Tana bo‘shlig‘i 4 Thysaniezia giardi Qo‘y va echkilar Ingichka ichak Qalqonli tup-roq kanalari va pichanxo‘rlar vakillari. Tana bo‘shlig‘i 5 Multiceps multiceps (Coenurus cerebralis) It va boshqa yirtqich hayvonlar Ingichka ichak Qo‘y va echkilar Bosh miya, ba’zida orqa miyada 6 Echinococcus granulosus larvae It va boshqa yirtqich hayvonlar Ingichka ichak Qo‘y va echkilar Jigar va o‘pkada 7 Taenia hidatigena (Cysticercus tenuicollis) It va boshqa yirtqich hayvonlar Ingichka ichak Qo‘y va echkilar Hayvonlarning charvi va boshqa yog‘ to‘qimalarida. Qoraqalpog’iston sharoitida qoʻylarda uchraydigan sestodalardanMonieziyalarning (Moniezia exspansa va M. benedeni) asosiy xo‘jayinlari mayda shoxli mollar va boshqa kavsh qaytaruvch hayvonlar hisoblanadi. Oraliq xo‘jayinlari 460 esa O‘zbekistonning turli mintaqalarida sovutli (oribatid) kanalar ekanligi aniqlangan [3]. Sovutli kanalar - tuproqda yashovchi mikroskopik o‘rgimchaksimonlar bo‘lib, tuproq ekotizimining eng muhim organizmlaridan biridir. Ularning o‘lchami 0,2 mm dan 1,5 mm gacha, rangi jigarrang, qora, och jigarrang bo‘lib, asosiy yashash joylari chirindi tuproqlar, nam o‘t qatlami, o‘simlik ildizlari oralig‘i, quruq dashtlar (Qoraqalpog‘iston shimoli uchun xarakterli) hisoblanid, asosan +5°C dan +40°C gacha haroratda faol, qurg‘oqchilikka chidamli va qalin qobiq tufayli kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Avitellina centripunctata ning asosiy xo‘jayinlari mayda shoxli mollar va boshqa kavsh qaytaruvch hayvonlar ekanligi, oraliq xo‘jayinlari esa Lachesilla avlodiga mansub pichanxo‘r hasharotlar ekanligi hamda bu hasharotlardan - Lachesilla pedicularia, L. reticulatus va boshqa turlari tabiiy va eksperimental sharoitda Avitellina tuxumlari bilan sun'iy zararlanganda ularda sestoda sistiserkoidlari 44 kunda rivojlanishi aniqlangan. Shuningdek, P.T. Tverdoxlebov, L.N. Romanenko va L.G. Tishenko Avitellina centripunctata ning oraliq xo‘jayinlari 5-10 mm keladigan juda mayda, og‘iz apparati kemiruvchi yoki sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan hasharotlardan -Entomobrya avlodiga mansub kollembolalar ekanligini aniqlashgan [6]. Kollembolalar parazit tuxumi bilan zaralangandan 20 kun o‘tgach yuqumli shakldagi lichinka-sistiserkoidlarga aylanadi va natijada mayda shoxli mollar yaylovda parazitning yuqumli davri bilan zararlangan kollembolalarni o‘tlar bilan qo‘shib yeyishi orqali o‘zlariga yuqtirib oladi. Thysaniezia giardi ning asosiy xo‘jayinlari mayda shoxli mollar hamda boshqa kavsh qaytaruvch hayvonlar hisoblanadi. Uning oraliq xo‘jayinlarini aniqlash borasida olimlar tomonidan bir qator tadqiqot ishlari olib borishgan. Masalan, V.A. Potyomkinaning olib borgan tadqiqot natijalari bo‘yicha tuproqda yashovchi qalqonli kanalar tizanieziya uchun oraliq xo‘jayin ekanligi qayd etilgan [4]. M.I. Kuznetsov olib borgan kuzatuv ishlarida hasharotlarga mansub pichanxo‘rlar (Psocoptera) guruhiga kiruvchi Lachesilla avlodi vakillari organizmida tizanieziyaning yuqumli bosqichi - sistiserkoid rivojlanishini hisobga olib, bu hasharotlar tizanieziyaning oraliq xo‘jayinlari ekanligini ta’kidlaydi [2]. Taenia hydatigena (larvae) bu parazitning yetuk davri it, bo‘ri va boshqa yirtqich hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi, ya’ni bu go‘shtxo‘r hayvonlar asosiy xo‘jayinlar, mayda shoxli mollar va boshqa chorva mollari esa invaziyaning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Echinococcus granulosus (larvae). Сhorva mollarga, jumladan, qo‘y va echkilarga juda katta zarar keltiruvchi Echinococcus granulosus (larvae) turi 461 Qoraqalpog‘istonda keng tarqalgan bo‘lib, uning asosiy xo‘jayinlari: it, bo‘ri, tulki, shoqol va turli kemiruvchilar bo‘lib, yetuk davri ularning ichagida parazitlik qiladi. Oraliq xo‘jayinlari esa mayda shoxli mollar va boshqa chorva mollari hamda odam hisoblanadi. Pufak shaklidagi lichinkali davrlari ularning asosan jigar va o‘pkalarida parazitlik qiladi. Coenurus cerebralis asosan, qo‘y-echkilarda, ba’zan esa boshqa chorva mollarda parazitlik qiladi. M. multiceps sestoda turining lichinkasi-Coenurus cerebralis hayvonlarning bosh miyasida, ayrim hollarda esa orqa miyasida parazitlik qiladi. Uning asosiy xo‘jayinlari: it, bo‘ri, tulki, shoqol va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar, ya’ni yetuk davri ularning ichagida parazitlik qiladi. Oraliq xo‘jayinlari, asosan, mayda shoxli mollar va ba’zan cho‘chqa, ot va boshqa hayvonlar hisoblanadi. Pufak shaklidagi lichinkali davri qo‘y va echkilarni bosh miyasida, ayrim hollarda esa orqa miyasida parazitlik qiladi. Xulosa. Qoraqalpog‘iston sharoitida qo‘ylarning sestodalar bilan zararlanishi chorvachilikda keng tarqalgan epizootologik muammo hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sestodalar rivojlanish jarayonida asosiy rolni oraliq xo‘jayinlar, ya’ni oqalqonli mayda tuproq kanalari, mayda hasharotlardan - pichanxo‘rlar va kollembolalar vakillari, asosiy xo‘jayinlari esa it va boshqa yirtqich hayvonlar hisoblanadi. Yaylovlarda mayda qalqonli kanalarining ko‘pligi, namlik va organik moddalarga boy tuproqlar, chorva hayvonlarining mavsumiy harakati gelmintlar bilan zararlanish darajasini oshiruvchi asosiy ekologik omillardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Paluaniyazova D.A., Dadayev S.D. Qoraqalpog‘iston mayda shoxli mollari gelmintofaunasi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Djaloliddin Azimovich Azimovning 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan “O‘zbekiston zoologiya fani: Hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi V - Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami. 2023. B. 94-96. 2. Кузнецов М.И. Аноплоцефалятозы жвачных животных. Москва: Колос, 1972. – 199 c. 3. Назарова С.А. К вопросу о промежуточных хозяевах в условиях полупустынных пастбищ Узбекистана // Труды УзНИВИ. – 1965. Т.XVII – С.176-179. 4. Потёмкина В.А. Расшифровка биологического цикла Monieziya benedeni – ленточного гельминта мелкого и крупного рогатого скота // Докл. АН. СССР. – М., 1944. – T.42. №3. -С.150-152. 5. Скрябин К.И. Метод полных гельминтологических вскрытий позвоночных, включая человека. Москва: МГУ, 1928. – 45 c. 6. Твердохлебов П.Т., Романенко Л.Н., Тищенко Л.Г. Коллемболы – промежуточные хозяева Avitellina centripunctata (Rivolta, 1974) Gough, 1911 // Ветеринария. 1988. – №5. – С.33–35.