SURXONDARYO VILOYATI SHAROTIDA YOMG'IR CHUVALCHANGLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
470 SURXONDARYO VILOYATI SHAROTIDA YOMG‘IR CHUVALCHANGLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Raxmatullyev Baxodir Amanovich Termiz davlat universiteti dotsenti, Termiz, O‘zbekiston Abdullaeva Zuloyxo Zokirovna Termiz davlat universiteti, magistr, Termiz, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753176 Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining turli biosenozlarida yomg‘ir chuvalchanglarining bioekologik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida Lumbricomorpha turkumiga mansub 5 tur (Dendrobaena byblica, Octolasion lacteum, Aporrectodea rosea, Aporrectodea c. caliginosa, Aporrectodea c. trapezoides) yomg‘ir chuvalchangi aniqlandi. Turli agrobiotsenozlarda turlar soni va miqdoriy jihatdan farq qilishi qayd etilgan. Kalit so‘z: biobiotsenoz, yomg‘ir chuvalchangi, vermikompost, degradatsiya, agroekotiz, bioindikator. Abstract: This article presents data on the bioecological characteristics of earthworms in various biocenoses of Surkhandarya region. As a result of the study, 5 species of earthworms belonging to the order Lumbricomorpha (Dendrobaena byblica, Octolasion lacteum, Aporrectodea rosea, Aporrectodea c. caliginosa, Aporrectodea c. trapezoides) were identified. It was noted that the number and quantity of species in different agrobiocenoses differed. Key words: biobiocenosis, earthworm, vermicompost, degradation, agroecology, bioindicator. Turli organik qoldiqlar yomg‘ir chuvalchanglar organizmidan o‘tib, donador, yumshoq, mutlaqo chuvalchanglar ekskrementlaridan iborat bo‘lgan material (vermikompost) ga aylanadi. Vermikompost suvga chidamli va suv bilan birga tarkibida suvni o‘zida saqlovchi gidrofil modda bo‘lib, tuproqni muhim gumus qismini shakilantirishida faol qatnashadi. Lumbricomorpha turkumiga mansub yer chuvalchanglari tuproqdagi organik moddalarning parchalanishida, struktura hosil bo‘lishida va biogen elementlarning aylanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular tuproq hayotiyligining bioindikatorlari hisoblanib, agroekotizimlar salomatligini baholashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston sharoitida N.A.Dimo tomonidan yomg‘ir chuvalchanglarining faoliyati o‘rganilib, 1 m2 maydondagi tuproqda o‘rtacha 150 ta chuvalchang bo‘lishini aniqlagan. Uning ko‘rsatishicha chuvalchanglar yil davomida tuproq yuzasiga 20 t koprolit ishlab chiqiladi [3]. 1996-2004 yillarda A.Raxmatullaev tomonidan Toshkent vohasi agrotseonlarida tarqalgan chuvalchanglarning 11 turi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
471 B.Hamidov Qashqadaryo hududi tuproqlarida yomg‘ir chuvalchanglarining Limbristidlar oilasiga mansub 4 urug‘ning 5 turini aniqlagan [7]. 2012-2014 yillarda A.Raxmatullaev tomonidan tadqiqot ishlari davom ettirilib, “Maishiy qattiq chiqindilarni vermikultivatsiya uslubida qayta ishlash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligin oshirishda qo‘llash” mavzusidagi innovatsion loyiha tadqiqot natijalariga ko‘ra, har xil daraxt barg xozonlari, karton qog‘ozlar va qoldiq oziq ovqat maxsulotlarini chorva hayvonlari go‘ngi bilan aralshtirib yomg‘ir chuvalchangining Aporectodea caliginosa turiga berilganda, ularda rivojlanish taraqiyotining oshganligini qayd etgan. 2016 yilda X.Ergasheva tomonidan Eisena fetida turidan foydalanib, ekspremental va nazariy tadqiqotlar natijasida past energiya sarfida tinimiz va doimiy rejimlarda chorvachilik chiqindilarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi jarayon texnologiyasini amalga oshirgan. A.caliginosa caliginosa, Dendrobaena byblica turini qayd etgan [8]. Shunday qilib, O‘zbekiston hududida yomg‘ir chuvalchanglari ustida boshqa hududlarga nisbatan tadqiqot ishlari kam o‘tkazilgan. Surxondaryo viloyati sharoitida umuman tadqiqot ishlari olib borilmagan. Tadqiqot uchun materiallar Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidan 2025 yilning fevral, mart va aprel oylarida yig‘ilgan materiallar asos bo‘lib xizmat qiladi. Yomg‘ir chuvalchanglarini yig‘ish va fiksatsiya qilish uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan monografiya va qo‘llanmalar asosida olib borildi (Malevich, 1950; Gilyarov, 1965; Babyeva, Zenova, 1989; Atlavinite, 1990). Bundan tashqari Qarshi davlat universiteti dotsenti A.Raxmatullaevning “O‘zbekiston yomg‘ir chuvalchanglari faunasi” nomli monografiyasi hamda Lumbricidae yomg‘ir chuvalchangi oilasi dunyo taksonomik sistematikasining http://taxo.drilobase.org ma’lumotlar bazasidan foydalanildi [6]. Har bir biotsenozda 1 m² tanlab olinadi. Tanlangan joydan dastlab 50 sm chuqurlikda tik xandak kovlanadi. So‘ngra xandakning bir tomoni devori bo‘ylab har bir 10 sm qatlamdan tuproq namunalari olinishi lozim. Chuvalchanglar soni har bir tuproq qatlami bo‘yicha alohida hisoblanadi. Belkurak bilan kesilgan chuvalchanglarning faqat bosh qismi hisobga olinib, bitta chuvalchangni ikki marta sanamaslik uchun uning dum qismi hisobga kiritilmaydi. Chuvalchanglar sonini aniqroq hisobga olish maqsadida qazilishi kerak bo‘lgan joy 1 m2 maydonda to‘g‘ri burchakli chiziqlar bo‘ylab qoziq qoqiladi. Maydonchaning yoniga pishiq selofan yoki biror bir mato yoyib qo‘yilishi kerak.
472 Belkurak bilan qazib olingan tuproq klenka ustiga tashlanadi. Qo‘l yordamida tuproq ezilib, undagi chuvalchanglar yig‘ib olinadi. Yig‘ib olingan chuvalchanglar dastlab suvli bankaga solib yuvib olinishi, so‘ngra 5 foizli formalin eritmasiga solib qo‘yish lozim. Tirik chuvalchanglar ustida kuzatish olib borish zarur bo‘lganida ular biroz nam tuproq bilan selofan yoki nam o‘tqazmaydigan qog‘ozdan tikilgan xaltalarga joylanadi. Yig‘ilgan namunalar laboratoriya tahlillaridan so‘ng ularning gavdasining uzinligi va diametri o‘lchanadi, teri rangi, boshining shakli va tuzilishi, belbog‘ kamari, jinsiy organlari, tuklari, papillalari, valiklari va anal teshiklarining joylashgan o‘rnini aniqshlashda MBS-1, MBS-9 va MBS-10 mikroskopining foydalanildi. Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududiga qarashli turli biotsenozlardan namunalar yig‘ilib, tahil natijalariga ko‘ra, Lumbricomorpha turkumiga mansub, Dendrobaena byblica, Octolasion lacteum, Aporrectodea rosea, Aporrectodea c. caliginosa, Aporrectodea c. trapezoides kabi turlari mavjudligi qayd etildi. Tahlil natijasiga ko‘ra, yomg‘ir chuvalchanglarining Dendrobaena byblica turi ochiq dala maydonida va sug‘oriladigan dalalarda, Octolasion lacteum turining ochiq dala maydoni va beda dalasida, Aporrectodea rosea turining faqat ochiq dala maydonida, Aporrectodea c. caliginosa turining sug‘oriladigan dala, bug‘doy dalasi va beda dalasida va Aporrectodea c. trapezoides turining esa sug‘oriladigan dala maydoni va bug‘doy dala maydonida uchrashi qayd etildi (1-jadval). 1-Jadval Chuvalchanglar turlarining агроbiotsenozlar bo‘yicha tarqalishi Chuvalchanglar turi Ochiq dala maydoni Sug‘oriladigan dala Bug‘doy dala Beda dala Dendrobaena byblica + + - - Octolasion lacteum + - - + Aporrectodea rosea + - - - Aporrectodea c. caliginosa - + + + Aporrectodea c. trapezoides - + + - Bundan tashqari, yomg‘ir chuvalchang turlarining oylar kesimida tarqalishi ham aniqlanib, fevral oyida kam sonda, mart oyida o‘rtacha va aprel oyida ko‘p sonda uchrashi qayd etildi. Yomg‘ir chuvalchanglarining bunday tarqalishida harorat, tuproq namligi va tuproq unumdorligi asosiy belgilovchi omillardan biri sanalishi aniqlandi (2-jadval). 2-Jadval . Chuvalchanglar turlarining oylar bo‘yicha soni (1 m²) tarqalishi
473 Chuvalchanglar turi Fevral Mart Aprel Dendrobaena byblica 5 10 17 Octolasion lacteum 5 12 15 Aporrectodea rosea 8 15 25 Aporrectodea c. caliginosa 0 0 0 Aporrectodea c. trapezoides 0 0 0 Xulosa o‘rinida shuni ta’kidlash mumkinki, yomg‘ir chuvalchanglari organik moddalarni parchalash va tuproqdagi elementlar aylanishida, uglerod, azot, fosfor kabi elementlarning biogeoximik aylanishida hamda tuproqda havo va suv o‘tkazuvchanligini yaxshilayda va organik moddalarni minerallashuvida katta ahamiyatga ega. Shu sababdan yomg‘ir chuvalchanglarining bioekologik xususiyatlarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Атлавините О.П. Вилияние дождевых червей на агротсенозы.-Вильнюс: Моклас. 1990176 с. 2. Бабъева И.П., Зенова Г.М. Биология почв.-М., Университет. 1989.-335 с. 3. Гиляров М.С. Зоологический метод диагностики почв. М., Наука. 1965.С-1-278. 4. Димо Н.А. Земляные черви в почвах Средней Азии. Почвоведение.-1938. 4. С.- 494-506. 5. Малевич И.И. Собирание и изучение дождевых червей-почваобразователей.-М.-Л.1950. 75 с. 6. Raxmatullaev A. Y. “O‘zbekiston yomg‘ir chuvalchanglari fakunasi”. / monografiya-Qarshi, “Nasaf NMIU”-2022. 68 bet. 7. Hamidov B.A. “Qashqadaryo vohasi yomg‘ir chuvlchanglarining ekologiyasi, ularning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish” Mutaxassislik: 5A140101-Biologiya (zoologiya) magsitr akademik darajasini olish uchun dissertatsiyasi. Qarshi – 2011. B. 80. 8. Ergasheva X.I. “Organik chiqindilarni yomg‘ir chuvalchanglari asosida biodegradatsiyalanish texnologiyasi” . Mutaxassislik: 5A140104-Biotexnologiya Biologiya fanlari magistrlik akademik darajasini olish uchun dissertatsiyasi. Samarqand-2016 yil. 71 bet.