IRIS PSEUDACORUS L. O'SIMLIGINING URUG' MAHSULDORLIGI
Full text
474 IRIS PSEUDACORUS L. O‘SIMLIGINING URUG‘ MAHSULDORLIGI Serekeeva G.A., Ótebaeva G. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753197 Annotatsiya: Qoraqalpog‘iston sharoitida Iris pseudacorus L. o‘simlikning urug‘ mahsuldorligi shu turning istiqboligi. Urug‘ mahsuldorligi, urug‘dan ko‘payish xususiyatlari, vegetatsiya davrining ob-havo sharoitiga bog‘liqligi keltirilgan. Kalit so‘zi: Urug‘, potensial, sinkarp, mahsuldorlik, biometrik, koeffitsiyenti. Urug‘ mahsuldorligi har xil sharoitlarda o‘suvchi tur hayotchanligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Uni o‘rganish o‘simliklarning urug‘dan ko‘payish xususiyatlarini aniqlashga imkon yaratadi. Bu esa o‘simliklar xomashyosini tayyorlashda senopopulyatsiyalardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab-chiqishda muhim ahamiyatga ega. Introduksiya qilinayotgan o‘simlikning urug‘ mahsuldorligi shu turning istiqbolini belgilovchi omil hisoblanadi. Urug‘ mahsuldorligi doimiy xarakterga ega bo‘lmasdan, vegetatsiya davrining ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. O‘simlik urug‘ mahsuldorligining yuqori bo‘lishi mazkur turni tabiatda va introduksiya sharoitida yetishtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar soni bilan hosil bo‘lgan urug‘lar soni orasida sezilarli darajada farq bo‘ladi. Bunda pishib yetilgan urug‘ va mevalarning soni muhim ko‘rsatkich bo‘lib, real urug‘ mahsuldorligini (RUM) belgilovchi mezondir. U potensial urug‘ mahsuldorlikdan (PUM) turli darajada past bo‘ladi. Buning sababi, ob-havo va muhitning noqulay sharoiti, shuningdek parazit organizmlarning ta’sir etishidir. Iris pseudacorus ning mevasi ko‘p urug‘li, sinkarp (ko‘p chanoqli), uch chanoqli ko‘sakcha bo‘lib, yonidan uzun va qisqa yon tirqishlar hosil qilib yoki uchta chanog‘i yorilib, urug‘lari to‘kiladi mevasida 32-47 tagacha haqiqiy urug‘lari bo‘ladi, urug‘lari suv orqali tarqalib, ko‘payadi. Iris pseudacorus ning urug‘ murtagi to‘g‘ri bo‘lib, qattiq endosperm bilan qoplangan Mevasi Moldaviya sharoitida iyul oyining boshida, Moskva, Leningrad, Ukraina sharoitida avgust-sentyabr oylarida pishadi. Urug‘ mahsuldorligini o‘rganish jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi: gulpoyadagi gullar soni, gulpoyadagi mevalar soni, potensial urug‘ mahsuldorligi (PUM), haqiqiy urug‘ mahsuldorligi (HUM), mahsuldorlik koeffitsenti. 2025-yilda Iris pseudacorus ning 1 ta gulpoyasidagi gullar soni 5-10 dona, mevalar soni 6-7
475 dona, PUM (potensial urug‘ mahsuldorligi) 908 dona, HUM (haqiqiy urug‘ mahsuldorligi) 510 dona, mahsuldorlik koeffitsiyenti 56,1 % ni tashkil etdi. O‘simlikning generativ organlarining biometrik ko‘rsatkichlari: Iris pseudacorus mevasining uzunligi V.N. Chugayeva ma’lumoti bo‘yicha 4,9±0,35 sm, eni 1,7±0,25 sm ni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston sharoitida esa Iris pseudacorus ning bo‘yi 108,2 sm, gulpoyasining uzunligi 95,4 sm, mevasining uzunligi 60,1 mm, eni 16,4 mm, meva tumshuqchasining uzunligi 6,7 mm, eni 3,2 mm, meva bandinin g uzunligi 35,2 mm, eni 1,8 mm, 1 ta mevadagi PUM 115,8 dona, HUM 69,8 dona, mahsuldorlik koeffitsiyenti 60,2 % ni tashkil etdi. O‘simlikni urug‘idan ko‘paytirish usullari G.I. Rodionenko M.G. Nikolayeva va boshq tavsiyalariga ko‘ra, o‘simlikning urug‘ unuvchanligini oshirish uchun uni sovuq oranjereyada 4-7 0S li nam qumda saqlash kerak yoki kuzda ekish orqali ham yaxshi natija olish mumkin. Gulsafsar urug‘larini qaynab turgan suvga 5 sekund botirib olinganda, unuvchanligi birdaniga pasayganligi kuzatilgan. Bu tajriba ikki marotaba qaytarilganda urug‘larning to‘liq nobud bo‘lishiga olib kelgan. V. Rame ning tadqiqotlariga qaraganda Iris pseudacorus urug‘lari unishi uchun optimal harorat 20-300S bo‘lib, 150S dan past haroratda urug‘lari unib chiqmaydi. Ammo o‘simlik urug‘lari dengiz suvida 30 kun saqlab keyin ekilganda unuvchanligining ancha yuqori bo‘lganganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiradi. G.M. Balabas va boshq Iris pseudacorus ning urug‘larini undirish uchun 3 oy davomida qor tagida stratifikatsiya qilish ham yaxshi natijalar berishini ta’kidlab o‘tishgan. Bunday urug‘lar ekilgandan 1 oy o‘tgach to‘liq unib chiqishi kuzatilgan. Iris L. turkumi vakillarining ko‘pchiligida ildizpoyasining yillik bo‘laklarida 6-8 ta va undan ham ko‘proq tinim holatidagi kurtaklari mavjud bo‘lib, ularning ildizpoyalarini bir necha bo‘laklarga bo‘lib oson ko‘paytirish mumkin G.M.Balabas va boshq ma’lumotlariga qaraganda o‘simlik ildizpoyasini bir necha bo‘laklarga bo‘lib nam joylarga ekilganda tez ko‘payadi. Xulosa qilib aytqanda, o‘simlikni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishda uning uch yillik va undan katta bo‘lgan ildizpoyalaridan foydalaniladi. Ildizpoyalarini tinimdagi kurtaklari bilan birga bir necha bo‘laklarga bo‘lib, ochiq maydonlarga kuzda (oktyabr) va bahorda (mart) ekish chuqurligi 3-4 sm, o‘simlik oralig‘ini 25 sm, qator oralig‘i 30 sm qilib ekish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Балабас Г.М., Буйко Р.А., Грашенков А.Е. Интродукция лекарственных, ароматических и технических растений. –М.-Л.: Наука, 1965. –С.152-156. 2. Вайнагий И.В. О методике изучения семенной продуктивности растений // Бот. журн. -
476 Ленинград, 1974. –№6 (59). –С.826-831. (13) 3. Левина Р.Е. Морфология и экология плодов. –Л.: Наука, 1987. –160 с. (26) 4. Немирович-Данченко Е.Н. Семейство Iridaceae / Сравнительная анатомия семян: однодольные. В-2-х т. –Л.: Наука, 1985. Т.1. –С.108-113. (34) 5. Rame. V. Center for aquatic and Invasive Plants, University of Florida: Iris pseudacorus. http:// aquatI. Ifas. Ufl.edu/seagrant / iripse 2.html. Accessed January 20, 2011. (62) 6. Родионенко Г.И. Род Ирис-Iris L. –М.-Л.: АН СССР, 1961. –216 с. 7. Николаева М.Г., Разумова М.В., Гладкова В.Н. Справочник по проращиванию покоящихся семян. –Л.: Наука, 1985. –С. 177-178.