MUDDAT, ME'YOR VA FOTOSINTEZ SOF MAHSULDORLIK
Full text
491 MUDDAT, ME’YOR VA FOTOSINTEZ SOF MAHSULDORLIK Tog‘aev Abubakir Abdumalikovich Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753278 Annatatsiya. Ushbu maqolada 2023-2025 yillar mobaynida Navoiy viloyatining yarimcho‘l xududida sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening xorijiy “Svat” hamda “Tit” navlarini turli muddat va urug‘ ekish me’yorlarida ekib yetishtirishning rivojlanish fazalari kesimida fotosintez sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: kuzgi tritikale navlari, urug‘ ekish muddatlari, urug‘ ekish me’yorlari, ko‘chat qalinligi, fotosintez sof mahsuldorlik (FSM). Abstract. This article presents data on the effects of sowing the foreign varieties “Svat” and “Tit” of winter triticale at different sowing times and seeding rates on the indicators of net photosynthetic productivity during the growth phases under the conditions of irrigated meadow– gray soils in the semi-desert zone of Navoi region over the period of 2023–2025. Keywords: winter triticale varieties, sowing dates, seeding rates, plant density, net photosynthetic productivity (NPP). Kirish. G‘alladosh ekinlarida fotosintezning sof mahsuldorlik ko‘rsatkichi (FSM) o‘simlik tomonidan birlik vaqtda va birlik maydonda yaratilgan sof organik moddalar miqdorini ifodalaydi. FSMning yuqori bo‘lishi barglarning samarali ishlashi, xlorofill miqdori, yorug‘likdan foydalanish koeffitsienti va uglerod almashinuvi tezligi bilan bevosita bog‘liq. Barglar maydoni indeksi va fotosintetik potensialning o‘sishi don ekinlarida bug‘lanish–transpiratsiya muvozanatini yaxshilab, vegetatsiya davrida uglerod yig‘ilishini tezlashtiradi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng, muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintez haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo Fotosintezni tajribalar orqali oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye (1782), shveysariyalik olim T.Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan boshlandi. [4]. Fotosintez jarayonida shakllanadigan umumiy va sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlari g‘alla ekinlarining o‘sish sur’ati, poya va boshoq rivojlanishi, donning to‘lish darajasi hamda hosil elementlarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. FSM yuqori bo‘lgan navlarda yorug‘lik energiyasidan foydalanish samaradorligi oshadi. Bu esa don hosildorligining o‘sishiga olib keladi. Shu bois agrotexnik tadbirlar — optimal tuproq namligi, o‘g‘itlash, sifatli urug‘dan foydalanish va zararkunandalarga qarshi kurash FSMni oshirish orqali don hosildorligini sezilarli darajada yaxshilaydi [1].
492 Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, g‘alladosh ekinlarida FSM juda muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, o‘z navbatida ekinlarning o‘sib rivojlanishi hamda don hosildorligini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda 2023-2025 yillari Navoiy viloyatining yarimcho‘l xududida sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening xorijiy “Svat” hamda “Tit” navlarini turli muddat va urug‘ ekish me’yorlarida ekib yetishtirishning rivojlanish fazalari kesimida fotosintez sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganib borish maqsad qilindi. Tadqiqot olib borish usuli va uslubi Tajpiba 18 ta vapiantdan ibopat bo‘lib, 3 takpoplanishda bip yapucda joylashtipildi. Tajpiba dalacida egat kengligi 70 cm, uzunligi 50 m. Hap bip bo‘lakchalap maydoni 280 m2, hicobga olinadigan maydon 140 m2. Tajpibalapning umumiy maydoni 1,6 ga. Tajpiba 3 yil davomida 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) qicqa potasiyali almashlab ekish tizimida olib bopildi. Tajpibada kuzgi tritikalening Davlat pecctpiga kipitilgan va Navoiy viloyati tuproq-iqlim sharoiti uchun ekishga tavsiya etilgan “Svat” va “Tit” navlapi ekildi. 1-jadval Tajpiba tizimi № Kuzgi tritikale navi Urug‘ ekish muddatlari Urug‘ ekish me’yorlari, mln.dona/ga 1 Svat 15-sentyabr 4,0 5,0 6,0 4 1-oktyabr 4,0 5,0 6,0 7 15-oktyabr 4,0 5,0 6,0 10 Tit 15-sentyabr 4,0 5,0 6,0 13 1-oktyabr 4,0 5,0 6,0 16 15-oktyabr 4,0 5,0 6,0 Tajpibada kuzgi tritikalening “Svat” va “Tit” navlapi upug‘lapini uch xil ekish (15-centyabp, 1-oktyabp, 15-oktyabp) muddatlapida uch xil (4,0 mln/ga, 5,0 mln/ga, 6,0 mln/ga) ekish me’yoplapida ekib o‘rganildi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Fotosintezning sof mahsuldorligi o‘simlik tomonidan energiyani o‘zlashtirish va ularni organik moddalarga aylantirish jarayonining samaradorligini anglatadi, ya’ni u xom energiyani qay darajada o‘simlik massasiga aylantira olishini bildiradi [3]. M.Pirova tomonidan Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida tritikalening “Farxod” va “Norman” navlarini turli muddat va me’yorlarda ekib yetishtirishning FSM ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilganida, yuqori ko‘rsatkichlar
493 urug‘lar 15-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantda kuzatilib, boshqa muddat va me’yorlarga nisbatan “Farxod” navida 0,35-0,45 g/m2/kungacha, “Norman” navida 0,33-0,40 g/m2/kungacha yuqori bo‘lgani aniqlangan [2]. Yuqorida keltirilgan sharhlardan ko‘rish mumkinki, o‘simliklarda fotosintez jarayoni eng muhim jarayon bo‘lib, ekinlarning mahsuldorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biz ham Navoiy viloyatining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening “Svat” va “Tit” navlarini o‘suv davrida qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlarni fotosintez sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash maqsadida variantlar kesimida tahlillarimizni olib bordik. Olingan natijalarning ko‘rsatishicha, har ikki navda ham bir xil qonuniyat saqlangani holda, yuqori FSM gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlar bo‘yicha urug‘lar 1-oktabr muddatida, gektariga 5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlar bo‘yicha 15-oktabr muddatida ekilgan variantlarda kuzatildi. Jumladan, urug‘lar 1-oktabr muddatida gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan 4 va 13 variantlarda rivojlanish fazalari kesimida FSM 6,91-6,57 g/m2/kunni tashkil etib, urug‘lar 15-sentabr va 15-oktabr muddatlarida gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlarga nisbatan FSM “Svat” navida 0,32-0,63 g/m2/kunga, “Tit” navida 0,10-0,42 g/m2/kunga yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa, urug‘lar 15-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan 8 va 17 variantlarda FSM 7,55-7,26 g/m2/kunni tashkil etib, urug‘lar 15-sentabr va 1-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlarga nisbatan “Svat” navida 0,25-1,03 g/m2/kungacha, “Tit” navida 0,14-0,82 g/m2/kungacha, urug‘lar 15-oktabr muddatida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan 9 va 18 variantlarda FSM 8,07-7,76 g/m2/kunni tashkil etib, urug‘lar 15-sentabr va 1-oktabr muddatida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlarga nisbatan “Svat” navida 0,41-1,60 g/m2/kungacha, “Tit” navida 0,33-1,56 g/m2/kungacha yuqori bo‘lgani qayd etildi.
494 1-rasm. Kuzgi tritikale navlarining fotosintez sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri Tajriba variantlaridan olingan natijalardan ko‘rish mumkinki, har ikki nav ham bir xil qonuniyat saqlangani kuzatilib, ekish me’yorlari bo‘yicha gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ ekilgan variantlar bo‘yicha yuqori natija urug‘lar 1-oktabr muddatida ekilgan variantda kuzatilib, rivojlanish fazalari bo‘yicha o‘rtacha “Svat” navida 6,51 g/m2/kunga, “Tit” navida 6,32 g/m2/kunga, gektariga 5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlar bo‘yicha yuqori natijalar urug‘lar 15oktabr muddatida ekilgan variantlarda kuzatilib, rivojlanish fazalari kesimida o‘rtacha “Svat” navida 6,90-7,27 g/m2/kunga, “Tit” navida 6,72-7,06 g/m2/kunga teng bo‘lgani qayd etildi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, urug‘larni erta muddatlarda ekish kuzgi tritikale o‘simligining tuplash darajasini yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida barglarga yorug‘lik bir tekisda taqsimlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, urug‘ ekishda mudddat va me’yorlarni to‘g‘ri belgilash o‘simliklarni yorug‘likdan optimal darajada foydalanishiga olib kelib, don hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
495 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Myers, R. A. (Ed.). (2010). Plant Biology. Springer-Verlag, New York, 124-125 pp. 2. Pirova M. Tritikaledan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda turli ekish muddatlarida urug‘ ekish me’yorlarini ishlab chiqish // Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati, Andijon – 2025, 18-20 betlar. 3. https://support.google.com/ websearch=1 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Fotosintez