scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNI KASBKA YO'NALTIRISHDA OQITUVCHILARNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK JIHATDAN TA'SIRI

G.R. Kutlimuratova

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilar kasbni tog‘ri tanlashda o‘qituvchining o‘rni, pedagogik - psixologik jihatdan ta‘siri haqida yoritilib o‘tildi. Shu bilan birga kasb klassifikatsiyasida yoritilib berilgan.

Full text

Noyabr, 2025-Yil 312 UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASBKA YO‘NALTIRISHDA OQITUVCHILARNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK JIHATDAN TA‘SIRI G.R. Kutlimuratova Ajiniyoz nomidagi Nukus mamlakatlik pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta‘lim fakuleti umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17753281 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘quvchilar kasbni tog‘ri tanlashda o‘qituvchining o‘rni, pedagogik - psixologik jihatdan ta‘siri haqida yoritilib o‘tildi. Shu bilan birga kasb klassifikatsiyasida yoritilib berilgan. Kalit sózlar: Kasb, o‘qituvchi, psixologik talablar, professiografiya, kasb klassifikatsiyasi, psixologik jarayonlar. Kasb - inson ish faoliyatining ma‘lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Kasbiy faoliyat insonning shaxs sifatidagi kamolotida hal qiluvchi omillardan biri ekan, kasb tanlashni dolzarb ijtimoiy muammo deb tushunish о‘rinli bо‘ladi. Har qanday murakkab qarorni qabul qilishda bо‘lganidek kasbiy tanlovni amalga oshirishda adashmaslik uchun odam tajribali pedagogik-psixologik tayyorgarlik kо‘rgan mutaxassislarga muhtoj bо‘ladi. Pedagogpsixolog о‘qituvchilar, amaliyotchi psixologlarni shu yо‘nalishda yoshlarga yordam berishga qodir mutaxassis bо‘lib shakllanishida “Kasbga yо‘naltirish va kasb tanlash asoslari” faniga oid bilimlarning ahamiyati kattadir. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. O'qituvchi - bu oʻsib borayotgan avlod va jamiyat oʻrtasidagi vositachidir. U jamiyatni ishongan insoni, shaxsidir. Hozirgi vaqtda yuksak kasbga ega boʻlgan, yaʻni oʻz fanini yaxshi bilgan, shuningdek chuqur metodologik va pedagogik - psixologik tayyorgarlikka ega boʻlgan, zukko, ijodkor, asli ziyoli va tashabbuskor oʻqituvchilar zamonamizga zarurdir. Oʻqituvchi kasbga yoʻnaltirar ekan oʻz pedagogik faoliyatining subyekti sifatida va oʻquvchilar bilan ishlovchi shaxs sifatida quyidagi psixologik talablarga javob berishi zarur: - Bolalarga nisbatan mehrli boʻlish; - Pedagogik faoliyatni sevish; - Yetarli bilimlarga ega boʻlish; - Keng eruditsiyaga ega boʻlish; - Pedagogik intuitsiyaga ega boʻlish; - Yuksak tafakkurga ega boʻlish; - Yuksak darajadagi ahloqqa va madaniyatga ega boʻlish; - Bolalarni tarbiyalashda va oʻqitishda har xil taʻsirchan metodlarga ega boʻlish. Kasb tanlashda oʻsib kelayotgan yoshlarga taʻlim va tarbiya beruvchi ustozlar borki ularni oʻrnini hech nima bilan almashtirib boʻlmaydi. Noyabr, 2025-Yil 313 Maktab va kollej davrida yoshlar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan kasblarni egallashga intilib boradilar. Bu davr uchun pedagogning oʻrni butunlay boshqacha boʻlib qoladi. U endi faqat tarbiya va taʻlim beruvchigina emas, balki oʻquvchilarni maʻlum bir kasbga boʻlgan intilishini shakllantiruvchi pedagog - psixolog ham boʻlib qoladi. Pedagog bu davrda oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlarda boʻlib, uning qaysi fanlardan oʻzlashtirishi yaxshiligini, qaysi fanlar uni qiziqtirishini va nima uchunligini, undagi boshqa fanlarga boʻlgan e‘tiborini, qaysi fanlar uning uchun yetarli qiziqish uygʻotishini va shu kabilarni kuzatib boradi. Pedagog kuzatish orqali oʻquvchidagi maʻlum fanlarga va kasblarga oʻzida qiziqish borligini suhbatlar orqali, kuzatishlar orqali, darslardagi javoblar orqali bilib boradi. Oʻquvchi oʻz kasbini tanlashda oʻqituvchining yordamiga muhtoj boʻladi. Oʻqituvchi boladagi psixologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni maʼlum bir kasbga yoʻllab turadi, yaʻni kasbiy maslahat beradi. Oʻqituvchi bu holatda kasblarga xos xususiyatlarni bilishi va ularni bolalarga tushuntirib berishi zarur boʻladi. Bu oʻqituvchiga professiografiya kabi tushunchalar bilan tanish boʻlishni talab qiladi. Professiografiya - bu kasb tomonidan shaxsga tegishli boʻlgan xususiyatlarga, yaʻni uning psixologik qobiliyatlariga, psixofiziologik imkoniyatlariga qoʻyiladigan talablarni oʻrganuvchi texnologiyadir. Professiografiya inson va kasb oʻrtasidagi oʻzaro moslikni diagnostika qilish orqali, korreksiya qilish orqali, metodik qoʻllanmalarni shakllantirish va amaliy tavsiyalar berish orqali informatsiyalar berish bilan taʻminlab turadi. Professiografiya kasbiy mehnatni unumdorligini amaliy vazifalar va ularni tashkil qilish orqali taʻminlab beradi. Professiografiya aniq kasbiy faoliyatlarni - ijtimoiy, ijtimoiy iqtisodiy, tarixiy, texnik, texnologik, huquqiy, psixologik, psixofiziologik, gigiyenik va ijtimoiy psixologik qamrab oladi. Bulardan koʻrinib turibdiki, professiografiya bu oʻqituvchilar uchun bolalarni kasb tanlashlarida kerak boʻladigan sohalardan biridir. Oʻqituvchi oʻquvchilarni kasb tanlashlariga ijtimoiy jarayon sifatida qarar ekan, ularning kasb tanlashlaridagi individual tomonlarini ham hisobga olishi kerak boʻladi. Buning uchun yoshlarning jinsini, yoshini va ularga xos boʻlgan xususiyatlarini ham etiborga olishi zarur boʻladi. Bunda oʻqituvchi birinchi navbatda oʻquvchining kasbiy ehtiyojini, motivini, layoqatliligini, qiziqishini, qobiliyati va manfaatlarini hisobga olishi muhimdir. Aks holda umumiy tarzdagi berilgan yoʻllanma ham ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Bular esa kasb maorifini bilishni talab qiladi. Pedagogni oʻrnini va oʻquvchini kasbni tanlashi bilan bogʻliq jarayonlarni koʻplab psixolog olimlar kuzatishgan. Ular kasbga qiziqishni klassifikatsiya qilganlar. Deylik rossiyalik olimlar kasb egasi boʻladiganlarni har xil davrlarga boʻlib koʻrsatganlar. Kudryavsev T.V. shaxsning kasb egasi boʻlishini 4ta davrini koʻrsatadi: 1. Kasbni tanlashga boʻlgan uyni paydo boʻlishi va shakllanishi. 2. Kasbiy faoliyatga tayyorlanish va kasbga oʻqish. 3. Kasbni faol oʻzlashtirish, unga kirib borish va oʻzini ishlab chiqarish kollektivida tasavvur qilish. 4. Shaxsni kasbiy mehnatda oʻzini toʻla oʻz kuchini sarf qilishi. Klimov E.A. ham kasbni tanlashni quyidagi davrlarini koʻsatadi: 1.Ongli ravishda kasbni tanlashga tayyorgarlik(12-17 yosh) davri. Noyabr, 2025-Yil 314 2.Kasbga tayyorgarlik koʻrish davri (15-23 yosh) - boʻlgʻusi kasbga xos bilimlarni va malakalarni o'zlashtirish bilan bog'liq faoliyat. 3.Kasb taraqqiyoti davri (1623 dan to pensiyagacha) - kasbga xos shaxslararo munosabatga kirishish va subyektni keyingi taraqqiyot davri. Pedagog oʻquvchini kasbga yo'naltirish davomida uni yoshiga qarab shu yuqorida koʻrsatilgan jarayonlardan kelib chiqqan holda tayyorlashi kerak boʻladi. Haqiqatdan ham oʻquvchi shu davrlar davomida oʻzi uchun kasb tanlab boradi va pedagogning yordamida uni tan oladi. Kasbga yо‘naltirish murakkab va kо‘p bо‘g‘inli hodisa bо‘lib, unda iqtisodiy jarayonlar ijtimoiy, taʻlimiy va psixologik jarayonlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Shunga muvofiq kasbga yо‘naltirish ishining quyidagi jihatlari ajratiladi: 1.Psixologik-pedagogik jihat. Kasbga yо‘naltirish ishi odamga tarbiyaviy taʻsir kо‘rsatishni nazarda tutib, uni shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligiga intilish, jamiyat taraqqiyoti uchun о‘zini-о‘zi takomillashtirishga о‘rgatadi. 2.Tibbiy-biologik jihat. Kasbga yо‘naltirish ishi turli kasblar inson salomatligi va jismoniy imkoniyatlariga qо‘yilgan talablarni hisobga olish asosida amalga oshirilib, odamga tegishli yо‘nalishdagi kasbiy faoliyat uning ruhiy va jismoniy holatiga qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligini tushuntirishni taqozo etadi. 3.Ijtimoiy-iqtisodiy jihat. Kasbga yо‘naltirish mamlakatning asosiy boyligi bо‘lgan mehnat zaxiralaridan iqtisodiy taraqqiyot uchun unumli foydalanishga yordam beradi, qolaversa, kasb tanlash va keyinchalik mutaxassis sifatida rivojlanish odamning ijtimoiy ahamiyatli bilim, me’yorlar, malakalarni о‘zlashtirishi bilan uyg‘un kechadi. Xulosa. Xulosa sifatida fikr keltirish lozimki inson hayoti davomida kun keshirishi, yaxshi sharayatta yashash uchun muayyan bir kasbni tanlaydi. Kasbni tog‘ri tanlashda maktab davrida o‘qituvchining rolli katta ekanligi hammaga oid va ma‘lum. Shuning uchun o‘qituvchi tamonidan tog‘ri yol yoriq berish katta ahamiyatka ega. O‘qituvchi psixologik-pedagogika jihatdan bilimlarni shuqir bilishi, o‘quvchilarning qobiliyati va qizig‘ishlari, imkoniyotlarin hisobka olishi kerak. Shu xislatlar orqali jamiyatimizga yetuk kadr sifatida takomillashiga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova. Kasb psixologiyasi. Darslik T.: «Barkamol fayz media nashriyoti», 2018. 2. D.M.Anvarova, P.S.Ergashev. Kasbga yo‘naltirish va kasbga tanlash asoslari. O‘quv qo‘llanma T .: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016. 3. A.I.Avazboyev, Y.U.Ismadiyarov. Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 4. B.T.Jurayev. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma.“Fan va ta‘lim” Buxoro-2022