АKTUBA KO'LINING GIDROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
502 АKTUBA KO‘LINING GIDROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI Turemuratova G.I., Abatova U.A. 2-kurs magistr Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753310 Аnnotatsiya Dunyo miqyosida baliq yetishtirish tobora intensiv akvakultura texnologiyalariga tayanib bormoqda. Shuning ushin ko‘lning tabiiy xususiyatidan kelib chiqqan holda, ko‘lning sho‘rlanganlik darajasi yuqori bo‘lsa sho‘rga chidamli umurtqasizlarni ozuqa zahirasini yetarlicha shakllantirib hamda ko‘lning suv kirish qismida ya’ni chuchuk joyida tabiiy ko‘paya oladigan baliq turlarini kopaytirish boyisha ma‘lumat berilgan. Kalit suzlar; Arctodiaptomus salinus, Cyclops vicinus, Ceriodaphnia turkestanica, Diaphanosoma mongolianum, Brachionus plicatilis limnofil, baliq populyatsiya. Aktuba ko‘li gidrobiontlari. Zooplankton ular asosan kopepodlar, kladotserlar va rotiferlardir. Dominant turlari sifati Arctodiaptomus salinus, Cyclops vicinus, Ceriodaphnia turkestanica, Diaphanosoma mongolianum, Brachionus plicatilis avlod vakillari kiradi. Zoobentos oligoxetalar, xironomidlar, qisqichbaqalar va uzun panjali qisqichbaqa Astacus leptodactilus larni o‘z ichiga oladi. Asosiy ovlanadigan baliq turlariga Rutilus rutilus aralensus, Сyprinus carpio, Carassius auratus gibelio kabilar kirib, ko‘lning ixtiofaunasini tashkil etadi. Baliqlarning urchish joylari kollektorning ko‘lga quyiluvchi qismiga yaqin zonada joylashgan bo‘lib, buning asosiy sababi, ko‘lga quyiladigan suv, ko‘ldagi suvga nisbatan chuchukroq va baliq uvildiriqlarining otalanishi muvaffaqiyatli kechadi. Аktuba ko‘li kollektor-drenaj suvlari to‘planadigan ko‘ldir. Suv havzasi ko‘plab tepaliklar bilan o‘ralgan. Ko‘l suvning tiniqligi fasliy bo‘lib 40-60sm, ko‘l tubi qumli, loyli, organik qoldiqlar aralashmasi bo‘lgan loy qizil-jigarrang tusga ega, suv tubi ancha tekis va suv o‘simliklari bilan qoplangan. Zooplanktonlar 21 turni o‘z ichiga olib, 8 tur rotiferlar, 6 tur kladotseralar va 7 tur kopepodlar guruhiga mansub. Shoxdormo‘ylovlilardan Bosmina sp., Daphnia longispina, Chydorus sphaericus, Ceriodaphnia turkestanica, Notholca acuminata kabi, rotiferlardan Alona rectangula, Keratella quadrata, kopepodlardan Arctodiaptomus salinus, Cyclops vicinus, Thermocyclops cf. Crassus kabi turkum vakillari keng tarqalgan. Turlarning xilma-xilligi may-iyun oylarida yuqori bo‘lib, qishda esa kamayishi qayd etildi. Zooplanktonlardan eng keng tarqalgan tur-Arctodiaptomu ssalinus. Zoobentos kam tuklilar, xironomidlar va qisqichbaqalardan iborat asosiy avlodlari Tanytarsus mancus, Pelopia Villipenis, Ablobesmia lentiginosa hisoblanadi.Zoobentoslar 9
503 turdagi oligoxetalar, 8 tur xironomidlar, 2 tur mollyuskalar, 2 tur ninachilar, 1 tur kunliklarni tashkil qiladi. Кo‘ldagi suv ta’minotining kamayishi natijasida, suvning minerallashuvi 20 g/l dan oshib, ko‘lning ixtiofaunasiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Mineralizatsiyaning kuchayishi bir qator limnofil baliq turlari, populyatsiyalarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Кo‘lning gidrografiyasi, ekologik va toksikologik holati suv almashinuvining yo‘qligi tufayli suv mineralizatsiyasi o‘sib, ko‘lning baliqchilik ahamiyati pasaydi. Аktuba ko‘lining baliq mahsuldorligi faqat ko‘l buyida yashaydigan aholi baliq ovlaydi, biroq hozirgi kunda baliq unumdorligi nihoyatda past. Dengiz turlarini iqlimlashtirish va meliorativ tadbirlarni o‘z vaqtida va ilmiy asoslab amalga oshirish natijasida mazkur ko‘lda baliq unumdorligini 10-15 kg/ga yetkazish mumkin. 1-rasm. Aktuba ko‘lining kosmik fotosurati. Аktuba ko‘lining uzunligi 4-5 km, maksimal chuqurligi 2-5m. qirg‘oq tabiati nishablikdan iborat va tekis. Sug‘orish uchun suvi olinmaydigan yopiq suv havzasi hisoblanadi. Аktuba ko‘li ixtiofaunasi boshqa suvliklariga o‘xshash bo‘lib, asosan shimoliy kollektor baliqlari ta’sirida shakllangan. Baliq unumdorligi 0,9-1,7 kg/ga. Меliorativ tadbirlarni to‘g‘ri bajarganda, baliqlantirish muvaffaqiyatli amalga oshirilganda hamda kerakli turdagi ozuqa obektlari bilan ozuqa zahiralari boyitilganda, ko‘lning baliq mahsuldorligini 5-10 kg/ga yetkazish mumkin. Кеgeyli kollektorining suvlari va yozning issiq iqlimi ko‘lning asosiy kimyoviy ifloslanish manbalari hisoblanadi. Ko‘l suvining noturg‘unligi tufayli uning mineralizatsiyasi oshadi, bu esa ko‘lda baliqchilik ahamiyatining pasayishiga olib keladi.
504 Коllektorni o‘simliklardan tozalash, baliqlarning ozuqa bazasini ko‘paytirish uchun sho‘r suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlardan neriyes, gammarus va mollyuskalarni iqlimlashtirish kerak. Hozirda baliq mahsuldorligi past darajada, meliorativ tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirish, ko‘lni to‘laqonli semizlikka ega bo‘lgan yetarli miqdordagi chavoqlar bilan o‘z vaqtida baliqlantirish, ozuqa bazasini kerakli turlar bilan boyitish, baliq unumdorligini 20-25 kg/ga gacha yetkaza oladi. Urchish joylari kollektorning ko‘lga quyilish qismlarida joylashgan. Кo‘ldagi yuksak o‘simliklar miqdorini kamaytirish uchun ko‘lni oq amur chavoqlari bilan baliqlantirish kerak. Natijada, ko‘lning kislorod rejimi yaxshilanib, plankton unumdorligi oshadi va baliq yetishtirishda yuqori mahsuldorlikka erishiladi. Qoraqalpog‘istonda asosiy ko‘llari bir qator o‘xshashliklariga ega bo‘lib, birinchidan aksariyat ko‘llar Ye.Nauman va A.Tenniman guruhlashiga ko‘ra mezotroflashgan ko‘llar hisoblanadi. Ko‘llarining suv ta’minoti kollektor-drenaj suvlari bilan amalga oshiriladi. Birorta ko‘lda losossimonlar turkumi vakillari uchramaydi. Ko‘llar qirg‘og‘i tuzilishiga ko‘ra keskin, nisbatan qiya va tekis nishablikka ega. Ularning suv tubi gidrofitlar bilan qoplangan. Chuqur ko‘llarning yuksak o‘simliklar bilan qoplanishi nisbatan kam (10% gacha), bu holat mazkur ko‘llarning gidrobiologik holati yuksak suv o‘simliklari bilan oziqlanuvchi xususan oq amur uchun ijobiy bo‘la olmaydi. Chunki ko‘llarda baliqchilikni yaxshi taraqqiy etishi birinchidan ovlanadigan baliqlar populyatsiyasining mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ushbu baliqlarning yetarlicha ozuqa zahirasi bilan ta’minlanganligi bilan belgilanadi. Shunday ekan aholini baliq mahsuloti bilan ta’minlashni tadqiq etar ekanmiz, har bir ko‘lning o‘z tabiiy xususiyatidan kelib chiqib unga yondoshishimiz kerak. Ya’ni ko‘lning sho‘rlanganlik darajasi yuqori bo‘lsa sho‘rga chidamli umurtqasizlarni ozuqa zahirasini yetarlicha shakllantirib hamda ko‘lning suv kirish qismida ya’ni chuchuk joyida tabiiy ko‘paya oladigan baliq turlariga asosiy ahamiyat qaratish kerak. Ko‘lda bentos miqdori ko‘paytirish ko‘lni ko‘proq bentofaglar bilan baliqlantirish lozim. Suv havzalariga yetarli miqdorda planktofag baliq turlarini o‘tkazish ular tabiiy ozuqa zahirasidan samarali foydalanish imkonini beradi, makrofitlar va suv tubi o‘simliklarga boy suvliklarga yirik o‘simlikxo‘rlarni keng jalb etish kerak. Shuningdek sho‘r suvga moslashgan ozuqa obektlariga e’tibor qaratish kerak. Хulosa qilib aytganda mamlakatimizda gidrobiologiya sohasining tadqiq etilishi akademiklar A.M. Muhammadiyev, A.M. Muzaffarovlar va ularning
505 shogirdlari ilmiy ishlariga borib taqaladi. Bu olimlarning xizmatlari tufayli, respublikamizning deyarli barcha yirik regional suvliklari gidrobiontlarining tur tarkibi, fasliy rivojlanish qonuniyatlari, bu organizmlarning turli tarmoqlar uchun ahamiyatli jihatlari, dunyo taksonomiyasi bilan solishtirilishi, ularning sistematik o‘rni, ayniqsa gidrobiontlarning baliqchilikdagi ahamiyati o‘rganilgan va bugungi kunda ham ayrim jihatlari o‘rganib kelinmoqda. Dunyo miqyosida baliq yetishtirish tobora intensiv akvakultura texnologiyalariga tayanib bormoqda. Biroq tabiiy havzalardagi tabiiy ozuqalar hisobiga yetishtirilgan baliqlar go‘shtining sifat darajasi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. Respublikamizda bunday tadqiqotlarning olib borilishi, baliq yetishtirishda so‘nggi texnologiyalarning o‘zlashtirib borilayotganligidan dalolat beradi. Аkvakultura, yopiq suv basseynlarida baliq mahsuloti yetishtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan strategik yo‘nalishlar davlat dasturlari, qabul qilingan qonun va qarorlar bunday ilmiy tadqiqodlar rivojlanishining huquqiy asosi hisoblanadi.