OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA EDUKOLOGIK MODELLARNI QO'LLASH HOLATI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida edukologik modellarni qo‘llash jarayoni, ularning samaradorlik omillari, amaldagi holati hamda rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Edukologiya fanining nazariy asoslari, ta’lim jarayonini loyihalashdagi modellarning o‘rni va pedagogik faoliyatni modernizatsiya qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot metodlari sifatida tahlil, qiyosiy tahlil va diagnostik monitoring ma’lumotlaridan foydalanildi.
Full text
916 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA EDUKOLOGIK MODELLARNI QO‘LLASH HOLATI Usmanova Gulxumor Saidakbarovna Oriental universiteti, O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17754450 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida edukologik modellarni qo‘llash jarayoni, ularning samaradorlik omillari, amaldagi holati hamda rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Edukologiya fanining nazariy asoslari, ta’lim jarayonini loyihalashdagi modellarning o‘rni va pedagogik faoliyatni modernizatsiya qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot metodlari sifatida tahlil, qiyosiy tahlil va diagnostik monitoring ma’lumotlaridan foydalanildi. Kalit so‘zlar: edukologiya, edukologik model, oliy ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim sifati, kompetensiya yondashuvi. СОСТОЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ ЭДЮКОЛОГИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ В ОРГАНИЗАЦИЯХ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье анализируется процесс применения эдюкологических моделей в системе высшего образования Узбекистана, факторы их эффективности, текущее состояние и перспективы развития. Раскрываются теоретические основы эдюкологии, роль моделей в проектировании образовательного процесса и их значение в модернизации педагогической деятельности. В качестве методов исследования использовались анализ, сравнительный анализ и данные диагностического мониторинга. Ключевые слова: эдюкология, эдюкологическая модель, высшее образование, педагогическая технология, качество образования, компетентностный подход. THE STATE OF APPLYING EDUCOLOGICAL MODELS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS Abstract. This article analyzes the implementation of educological models in the higher education system of Uzbekistan, the factors influencing their effectiveness, their current state, and prospects for development. The theoretical foundations of educology, the role of models in designing the educational process, and their significance in the modernization of pedagogical practice are discussed. Analysis, comparative analysis, and diagnostic monitoring data were used as research methods. Keywords: educology, educological model, higher education, pedagogical technology, quality of education, competence-based approach. Kirish: Zamonaviy oliy ta’lim tizimi global raqobat sharoitida ta’lim jarayonini ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali takomillashtirishni talab qiladi. Edukologiya fani aynan shu ehtiyojdan kelib chiqqan bo‘lib, ta’lim jarayonini tizimli o‘rganish, modellashtirish, samaradorligini baholash hamda pedagogik jarayonni ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Oliy ta’limda edukologik modellarni qo‘llash jarayonlarining chuqur tahlili, avvalo, ta’lim sifati monitoringini yuritish va kompetensiyaviy yondashuvni amalda to‘liq joriy etish imkonini beradi. Edukologik modellar mohiyati va tamoyillari. Edukologik model — bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismlarini tizimli shaklda aks ettiruvchi, uning mazmuni, shakl va
917 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 metodlarini oldindan loyihalovchi ilmiy-nazariy konstruksiya hisoblanadi. Edukologik modellar quyidagilarga asoslanadi: 1. Tizimli yondashuv – ta’lim jarayonini yagona yaxlit tizim sifatida o‘rganish; 2. Kompetensiyaviy yondashuv – talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy faoliyatga moslashtirish; 3. Innovatsion yondashuv – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim metodlarini integratsiya qilish; 4. Refleksiv yondashuv – ta’lim jarayonining doimiy monitoringi va takomillashtirilishi. Edukologik modellar ichida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari: Didaktik model (maqsad–mazmun–metod–vosita–natija) Pedagogik texnologiya modeli Blum taksonomiyasi asosidagi o‘quv maqsadlari modeli ADDIE ta’lim moduli modeli Konstruktivistik o‘qitish modeli Oliy ta’limda edukologik modellar qo‘llanishining amaldagi holati. So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida edukologik modellarni joriy etish borasida quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda: 1. Kompetensiyalarga asoslangan o‘quv rejalari. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini loyihalashda kompetensiyaviy yondashuv yetakchi metodologik tamoyil sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlariga modul tizimining joriy etilishi ushbu yondashuvni amaliyotga izchil tatbiq etish imkonini berdi. Modul asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari o‘qitish natijalarini umumkasbiy, ixtisoslik va shaxsga oid kompetensiyalar majmuasi sifatida belgilashni talab etadi. Bu esa ta’lim mazmunining aniq, o‘lchab bo‘ladigan va monitoringga qulay bo‘lgan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishini ta’minlaydi. Kompetensiya modeli asosida shakllantirilayotgan o‘quv natijalari talabalarning nafaqat nazariy bilimlarni egallashi, balki ularni amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish, muammolarni hal etish, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy faoliyatga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon ta’lim mazmunini aniq maqsadlarga yo‘naltirib, o‘quv rejalari va dasturlarda “bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya” kabi ketma-ketlikni ta’minlaydi. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshiruvchi bir qator mexanizmlarni shakllantiradi: 1. Mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlik: o‘quv rejalari kasbiy standartlarga moslashtiriladi, malaka talablari esa real ish beruvchilar ehtiyojlari asosida belgilab boriladi. 2. Ta’lim natijalarini baholashning shaffofligi: kompetensiyalarni o‘lchash uchun mezon va indikatorlar ishlab chiqiladi, bu esa baholash jarayonini aniq va obyektiv qiladi. 3. O‘quv jarayonining integrativ xarakteri: nazariya-amaliyot uyg‘unligi kuchayadi, fanlararo bog‘liqlik ta’minlanadi, mustaqil ta’lim ulushi ortadi. 4. Talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish: modul tizimi o‘quv yuklamasini moslashtirish va individuallashtirilgan o‘qitish imkonini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlari talabalarda tanqidiy fikrlash, axborot bilan ishlash, jamoada hamkorlik qilish va innovatsion yechimlar yaratish kabi universal kompetensiyalarning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, bitiruvchilarning kasbiy moslashuv darajasi oshib, ta’lim sifati yaxshilanadi.
918 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. Raqamli pedagogik modellar joriy etilishi. Ko‘plab OTMlarda LMS tizimlari (Moodle, Canvas, Kredo, Google Classroom) orqali ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi: o‘qitish jarayonini modellashtirish, baholash mexanizmlarini avtomatlashtirish, talabalarning o‘zlashtirish jarayonini monitoring qilish imkonini yaratdi. 3. Ta’lim jarayonini loyihalashning modellari. O‘qituvchilar tomonidan: kompetensiya modeli, o‘quv topshiriqlar modeli, didaktik loyihalash modeli keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, barcha OTMlarda bu jarayon bir xil darajada yo‘lga qo‘yilmagan. 4. Edukologik monitoring va diagnostika. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari sifat nazorati bo‘limlari tomonidan: talabalar bilimini diagnostika qilish, pedagogik jarayonni baholash, ta’lim sifatini o‘lchashning spetsifik modellaridan foydalanilmoqda. Biroq diagnostik modelning ilmiy asoslash bosqichi hamma OTMda yetarli emas. Asosiy muammolar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim tashkilotlarida edukologik modellarni joriy etish jarayonida qator tizimli va metodik muammolar mavjud bo‘lib, ular ta’lim jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. 1. O‘qituvchilarning metodologik savodxonligi yetarli darajada emas Ko‘plab pedagoglar edukologiya, edukologik model, pedagogik texnologiya va didaktik loyihalash kabi ilmiy tushunchalarning mohiyatini chuqur anglab yetmagan. Bu esa modellashtirish jarayonida nazariy yondashuvlarning noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilarning metodologik tayyorgarligi ta’lim sifati va modellashtirish samaradorligining asosiy determinantlaridan biridir. Biroq mavjud amaliyotda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarida edukologik modellashtirish bo‘yicha maxsus modullar yetarli darajada qamrab olinmagan. 2. Modellashtirish jarayoni uchun metodik qo‘llanmalar yetishmaydi Ayrim yo‘nalishlarda o‘quv jarayonini edukologik model asosida loyihalash bo‘yicha aniq, bosqichma-bosqich tavsiyalar beradigan uslubiy majmualar kam. Metodik ta’minotning to‘liq shakllanmaganligi natijasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bir xil modelni turlicha talqin qilish holatlari kuzatiladi. Bu esa ta’lim tizimining yagona metodik makonini shakllantirishda muammolarni yuzaga keltiradi. 3. Monitoring va diagnostikaning ilmiy asoslari yetarlicha joriy etilmagan Ta’lim jarayonini modellashtirish samaradorligini baholash monitoringi ko‘p hollarda formal yondashuvga asoslanadi. Kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini aniqlik bilan o‘lchaydigan indikatorlar, mezonlar va diagnostik vositalar yetarli ishlab chiqilmagan. Ilmiy asoslangan monitoring mexanizmlarining sustligi ta’lim natijalarining obyektiv baholanmasligiga va modellar samaradorligi bo‘yicha real statistik ma’lumotlarning to‘planmasligiga olib keladi.
919 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 4. Raqamli modellashtirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti Bugungi kunda ta’lim jarayonini simulyatsiya qilish, raqamli tahlil qilish, ta’lim algoritmlarini loyihalash kabi zamonaviy texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanayotgan bo‘lsada, oliy ta’lim muassasalarida ushbu imkoniyatlardan foydalanish darajasi past. Raqamli platformalar, o‘quv jarayonini modellashtirish dasturlari, ta’lim analitikasi (learning analytics) va sun’iy intellekt asosidagi tahlil vositalarining yetarlicha joriy etilmagani modellashtirish sifati va tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 5. O‘quv rejalari va fan dasturlarida modelga asoslangan tizimning uzviy integratsiyasi yo‘q Ko‘pgina o‘quv dasturlari edukologik model talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilmagan. Fanlararo integratsiya, kompetensiya yo‘naltirilgan o‘quv natijalari, modulli tarkib va baholash tizimi o‘rtasida yetarli uzviylik mavjud emas. Natijada o‘quv jarayoni elementlari o‘zaro bog‘lanmagan holda, fragmentar tarzda tashkil etilib, modelning to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Bu holat ta’lim sifatining barqarorligini ta’minlashda sezilarli institutsional muammolarni yuzaga keltiradi. Edukologik modellarni samarali joriy etish bo‘yicha takliflar 1. O‘qituvchilar uchun edukologiya bo‘yicha malaka oshirish kurslari Oliy ta’lim tizimida edukologik modellarni samarali joriy etishning asosiy shartlaridan biri — pedagoglarning nazariy-metodologik savodxonligini oshirish va ularni zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan qurollantirishdir. Shu maqsadda o‘qituvchilar uchun edukologiya bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur kurslar o‘quv jarayonining modernizatsiyasini ta’minlaydigan asosiy komponentlarni qamrab olishi lozim. 1. Pedagogik modellashtirish Malaka oshirish kurslarida pedagoglarga ta’lim jarayonini ilmiy asoslangan modellashtirish metodlari, didaktik tizimlarni loyihalash usullari, ta’lim jarayonining struktur komponentlarini aniqlash, ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik, grafik va kontseptual modellarda ifodalash bo‘yicha maxsus kompetensiyalar shakllantiriladi. Pedagogik modellashtirishning o‘rgatilishi o‘qituvchi faoliyatini intuitiv yondashuvdan ilmiy asoslangan, aniq maqsadli va tizimli faoliyatga o‘tkazishga yordam beradi. Bu esa ta’lim jarayonining barqarorligi va natijadorligini oshiradi. 2. Kompetensiya modeli Kurslar doirasida kompetensiyaviy yondashuvning nazariy asoslari, kompetensiya turlari, ularni shakllantirish mexanizmlari, kompetensiya indikatorlarini ishlab chiqish va baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. O‘qituvchilarga o‘quv natijalarini kompetensiya shaklida ifodalash, o‘quv mashg‘ulotlarini kompetensiyaviy loyihalash, o‘quv jarayonini mehnat bozori talablari bilan moslashtirish bo‘yicha bilimlar beriladi. Bunday tayyorgarlik ta’lim mazmunining zamonaviy standartlarga mos ravishda takomillashuvini ta’minlaydi. 3. Raqamli didaktika Raqamli didaktika moduli o‘qituvchilarning raqamli pedagogika, masofaviy o‘qitish, sun’iy intellekt yordamida ta’limni individuallashtirish, o‘quv jarayonini monitoring qilish, raqamli modellar asosida tahlil qilish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratiladi.
920 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Zamonaviy raqamli vositalar — Learning Management Systems (LMS), learning analytics, simulyatsiya dasturlari, elektron portfoliolar, interaktiv ta’lim platformalaridan foydalanish ko‘nikmalarining shakllanishi pedagogik faoliyat samaradorligini sezilarli oshiradi. 4. Ta’lim sifatini baholash modellari Mazkur modulda o‘qituvchilar zamonaviy baholash tizimlari, ta’lim natijalarini o‘lchashning mezon va indikatorlarini ishlab chiqish, diagnostik monitoring, formatif va summativ baholash metodologiyasi bilan tanishtiriladi. Ta’lim sifatini baholashning xalqaro yondashuvlari (Bloom taksonomiyasi, Kirkpatrick modeli, Outcome-Based Education yondashuvi) asosida o‘qituvchilar baholash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish malakasiga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quv jarayonining obyektivligini ta’minlaydi va edukologik model samaradorligini baholash imkonini kengaytiradi. 2. OTMlar uchun yagona edukologik model konsepsiyasini ishlab chiqish Har bir OTM o‘zining metodik markazi orqali ta’lim jarayonini modellashtirishni tizimlashtirishi zarur. 3. Raqamli model konstruktorlarini joriy etish Shular jumlasiga kiradi: o‘quv maqsadlarini avtomatik modellashtirish dasturi, kompetensiya xaritasini yaratish tizimi, raqamli diagnostika vositalari. 4. Oʻquv jarayonining elektron metrikasini yaratish Zamonaviy oliy ta’limda o‘quv jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun talabalar faoliyatini elektron tarzda tahlil qilish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Bunday tizimlar elektron metrika (e-metrics) konsepsiyasi asosida shakllantiriladi va u quyidagi komponentlarni qamrab oladi: 1. Talabalar faoliyati va davomati monitoringi Elektron metrika talabalarning darslarda ishtiroki, masofaviy o‘qishdagi faoliyati va o‘z vaqtida topshiriqlarni bajarishi bo‘yicha real vaqtli ma’lumotlar bazasini yaratadi. Learning Management Systems (LMS) va interaktiv platformalar yordamida talabalar har bir mashg‘ulotda ishtirok etganlik darajasi, tizimga kirish chastotasi, test va nazorat ishlarini bajarish vaqti kabi ko‘rsatkichlar avtomatik tarzda qayd etiladi. Bu jarayon o‘qituvchiga individual talaba trayektoriyasini kuzatish, faol talaba va passiv talaba guruhlarini aniqlash imkonini beradi. 2. Baholash va kompetensiya natijalarini avtomatlashtirish Elektron metrika talabalarning o‘quv natijalarini kompetensiya modeli asosida baholashni imkoniyatini beradi. Har bir modul, mashg‘ulot yoki topshiriq uchun indikatorlar (bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya) belgilangan bo‘lib, LMS tizimlari orqali avtomatik yig‘iladi va vizualizatsiya qilinadi. Natijada, talaba kompetensiyalaridagi kamchiliklarni aniqlash, shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish va o‘quv jarayonini moslashtirish osonlashadi. 3. Faollik tahlili va interaktiv indikatorlar Elektron metrikada talabalar faolligi, forumlarda ishtirok, muammoli vazifalarni yechish va jamoaviy loyihalarda qatnashish kabi faoliyatlar raqamli indikatorlar bilan o‘lchanadi. Learning Analytics texnologiyalari (misol: Moodle, Canvas, Blackboard Analytics) yordamida olingan ma’lumotlar asosida o‘quv jarayoni samaradorligi, talaba motivatsiyasi va jamoaviy interaktivlik darajasi baholanadi.
921 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 4. Avtomatlashtirilgan tahliliy model Ushbu tizim real vaqt rejimida quyidagilarni amalga oshiradi: Talabaning individual faoliyatini baholash va progressini kuzatish; Guruhlar va kurs bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni aniqlash; Kompetensiya indikatorlari bilan o‘quv natijalarini integratsiyalash; Ta’lim jarayonidagi potensial muammolarni (masalan, davomati past yoki testlarni muvaffaqiyatsiz bajaradigan talabalar) avtomatik tarzda aniqlash va ogohlantirish. Shunday qilib, elektron metrikalar tizimi nafaqat o‘quv jarayonini samarali boshqarish va monitoring qilishga xizmat qiladi, balki talabalarni individual rivojlantirish, kompetensiya natijalarini aniqlash va ta’lim sifatini oshirishga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bunday tizimlarni joriy etish uchun raqamli platformalar (Moodle, Google Classroom, Zoom LMS integratsiyasi) va avtomatlashtirilgan baholash modullari keng tatbiq etilmoqda. 5. Ilmiy-tadqiqot ishlarida edukologik modellardan foydalanish Dissertatsiyalar, amaliy tadqiqotlar va grant loyihalarida modellashtirishning ilmiy asoslarini kengaytirish talab etiladi. Xulosa Oliy ta’lim tizimida edukologik modellarni joriy etish ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ajralib turadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida modellashtirish jarayoni bosqichma-bosqich rivojlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, ularni tizimli va uzluksiz qo‘llash bo‘yicha hali yetarlicha imkoniyatlar yaratilmagan, va ba’zi jarayonlarda metodik va texnologik nomutanosibliklar mavjud. Edukologik modellar samaradorligini oshirish uchun bir qator chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega: 1. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish — o‘quv jarayonini elektron metrikaning vositalari orqali monitoring qilish, talabalar faoliyati va kompetensiya natijalarini avtomatlashtirilgan tizimlarda tahlil qilish imkonini beradi. 2. O‘qituvchilarning metodik savodxonligini oshirish — pedagogik modellashtirish, kompetensiya modeli, raqamli didaktika va ta’lim sifatini baholash metodologiyasi bo‘yicha muntazam malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 3. Ta’lim monitoringi tizimini takomillashtirish — diagnostik va tahliliy mexanizmlarni joriy etish orqali o‘quv jarayonidagi muammolarni aniqlash, uzluksiz baholash va samaradorlikni oshirish imkoniyati yaratadi. Shu tarzda, edukologik modellarni integratsiyalashgan, ilmiy asoslangan va raqamli vositalar bilan qo‘llab-quvvatlangan holda tatbiq etish oliy ta’limda ta’lim sifatini barqaror oshirish, talabalarning kompetensiyalarini samarali rivojlantirish hamda OTMlar raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishda konseptual metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan asosiy adabiyotlar 1. TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYA TARKIBI VA TAMOYILLARI — Y. Xayrullakizi Hudoyberdiyeva & I.G. Tursunov (Chirchiq davlat pedagogika universiteti) 2023 y.
922 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI — N.G. Meyliyeva. 2023 y. 3. TA’LIM SIFATIGA YO‘NALTIRILGAN O‘QUV MATERIALLARINI YARATISH MODELI — S. Javliyeva 2024 y 4. BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA — G’. Avazov & X. Xushboqov 2025 y. 5. ТАʼЛИМ СИФАТИНИ ОСИРИШДА ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ ПЕДАГОГИК МАХОРАТИНИ БАҲОЛАШ МЕХАНИЗМЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОСИРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ҲУСУСИЙАТЛАРИ — Z. Tursinova. 2025 y.