scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KEGEYLI TUMANIGA FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIF

Beknazarov K.O; Allamuratov M.O.

Full text

17 KEGEYLI TUMANIGA FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIF Beknazarov K.O., Allamuratov M.O. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17754604 Annotatsiya. Mazkur tezisda Kegeyli tumanining tabiiy-geografik o‘rni, relyefi, iqlimi, gidrografik tarmog‘i, tuproq va o‘simlik qoplami hamda aholining joylashuvi va xo‘jalik faoliyatining shakllanishiga tabiiy omillarning ta’siri tahlil qilingan. Kegeyli tumani hududining ekologik holati, suv resurslaridan foydalanish masalalari hamda tabiiy sharoitning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari tuman hududining tabiiy resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini belgilashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. Relyef, iqlim, gidrografiya, tuproq, o‘simlik qoplami, tabiiy resurslar, ekologik muvozanat. Abstract. In this thesis, the influence of natural factors on the natural-geographical location, relief, climate, hydrographic network, soil and vegetation cover, as well as the settlement of the population and the formation of economic activity of the Kegeyli district is analyzed. The ecological state of the territory of the Kegeyli district, issues of water resource use, and the influence of natural conditions on economic development are covered on a scientific basis. The research results will serve to determine ways to protect and rationally use the natural resources of the district. Keywords. Relief, climate, hydrography, soil, vegetation, natural resources, ecological balance. Kegeyli tumani Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan bo‘lib, 1928-yil 3-sentabrda Chimboy tumanidan ajratilib tashkil etilgan. Kegeyli tumani Chimboy, Nukus, Qorao‘zak va Bo‘zatov tumanlari bilan chegaradosh (1-rasm). Umumiy maydoni 0,94 ming km², aholisi esa 58,2 ming kishi (2000-yil ma’lumotlariga ko‘ra). Tumanda 1 shahar (Xalqobod), 1 shaharcha (Kegeyli) va 6 ta ovul fuqarolari yig‘ini (Abat, Janabozor, Jalpaqjap, Kumshunkul, Aqtuba, Qiziluy) mavjud. Markazi — Kegeyli shaharchasi. Kegeyli atamasining kelib chiqishi tuman va Kegeyli shaharchasi hududidan oqib o‘tadigan Kegeyli kanali nomi bilan bog‘lanadi. Ushbu kanalning ikki tomoni kegay daraxtlari va turang‘illar bilan qoplangan bo‘lgani sababli u “Kegeyli” deb atalgan. Keyinchalik bu nom shaharcha va tuman nomiga aylangan. Kegeyli tumani Quyi Amudaryoning o‘ng sohilidagi pasttekislikda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yozi issiq, qishi sovuq. Iyul oyining o‘rtacha harorati 26,9 °C, yanvar oyiniki esa –6,7 °C. Vegetatsiya davri 188 kunni tashkil etadi. Tumanning g‘arbiy qismida, asosan, dehqonchilik qilinadi. 18 Hududdan Quvanishjarma kanali oqib o‘tadi. Aqtuba kabi ko‘llar mavjud. Tuproqlari o‘tloq va o‘tloqi-botqoq tipida bo‘lib, ayrim joylarda hali o‘zlashtirilmagan. Aqtubako‘li atrofi esa yaxshi pichanzor va o‘tloq sifatida foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda turang‘il, qamish, qo‘g‘a, yantoq, ajriq, jiyda va mayda jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi. 1-rasm. Kegeyli tumani xaritasi Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, Kegeyli tumani tabiiy sharoiti, suv resurslari va tuproq-iqlim omillari qishloq xo‘jaligi, aholining turmush tarzi hamda iqtisodiy faoliyatini belgilovchi asosiy omillardandir. Kegeyli tumanining tuproqlari asosan bo‘z, sho‘rxok, qumloq va o‘tloq-alluvial turlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlarda unumdorlik nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligida paxta, g‘alla, sabzavot, poliz ekinlari keng ekiladi. Tabiiy o‘simlik qoplami kam rivojlangan bo‘lib, saksovul, yantoq, sho‘ra va qandim kabi cho‘l o‘simliklari ustunlik qiladi. Sug‘oriladigan yerlarda esa madaniy o‘simliklar — beda, makkajo‘xori, piyoz va g‘o‘za ekinlari yetishtiriladi. Kegeyli tumani tabiiy-geografik jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim iqtisodiy hududlaridan biri hisoblanadi. Uning relyefi tekisliklardan iborat bo‘lib, iqlimi kontinental, suv resurslari esa Amudaryoga bog‘liq. Tuman tabiiy sharoitlari qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay bo‘lishiga qaramay, sho‘rlanish va suv tanqisligi muammolari mavjud. 19 Hududning kelajakdagi barqaror rivojlanishi ekologik resurslarni muhofaza qilish, suvdan samarali foydalanish va tuproq degradatsiyasini kamaytirish choralari bilan chambarchas bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi geografiyasi. — Nukus: QDU nashriyoti, 2020. 2. Karimov A. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. — Toshkent: Fan, 2018. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2024-yil. 4. Rasulov A. Amudaryo deltasi hududining tabiiy-geografik xususiyatlari. — Toshkent, 2019. 5. Allamuratov M. Cho‘l landshaftlarining ekologik muammolari. — Nukus: Ilm, 2022. 6. Berdaq nomidagi QDU Geografiya fakulteti arxivi, 2023-yilgi ilmiy hisobotlar.