QISHLOQ XO'JALIGI BAHOLASH XARITALARI ISHLAB CHIQISHDA XORIJIY TAJRIBA
Full text
58 QISHLOQ XO‘JALIGI BAHOLASH XARITALARI ISHLAB CHIQISHDA XORIJIY TAJRIBA Sharopov R.N. “O‘zdavyerloyiha” DILI q.x.f.f.d.,(PhD), katta ilmiy xodim Aliqulov.F.S. “O‘zdavyerloyiha” DILI mustaqil izlanuvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17754759 Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yеrlarini baholash va xaritalash bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqotlar Ispaniya, Xitoy, Kanada, Turkiya va Litva misollarida GIS, masofadan zondlash, ko‘p-kriteriyali tahlil va ekotizim xizmatlari yondashuvlari asosida amalga oshirilgan. Kalit so‘zlar. qishloq xo‘jaligiy еrlari, baholash, GIS, masofadan zondlash, ko‘p-kriteriyali tahlil, ekotizim xizmatlari. Abstract. This article analyzes international experiences in agricultural land evaluation and mapping. The study examines Spain, China, Canada, Turkey, and Lithuania, using GIS, remote sensing, multi-criteria analysis, and ecosystem services approaches. Keywords. agricultural land, assessment, GIS, remote sensing, multi-criteria analysis, ecosystem services. Kirish. Qishloq xo‘jaligi yеrlarining samarali boshqarilishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi [1]. Yer resurslaridan oqilona foydalanish hosildorlikni oshirish va degradatsiyani oldini olishga yordam beradi [2]. Ilmiy asoslangan baholash xaritalari Yevropada XIII asrdan boshlab rivojlangan [3], Rossiya imperiyasida esa 1910-yilda “Земелънййе оcенки” yaratilgan [4]. Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda, qishloq xo‘jaligi baholash xaritalari XX asrning 20–30-yillarida shakllangan [5]. Tadqiqot maqsadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida qishloq xo‘jaligi еrlarini baholash va xaritalash yondashuvlarini tahlil qilish hamda ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatish [1-6]. Tadqiqot usullari. GIS asosida fazoviy baholash, masofadan zondlash (RS), ko‘p-kriteriyali tahlil (MCDA, AHP), iqtisodiy va ekologik indikatorlar integratsiyasi, shuningdek ekotizim xizmatlarini shartli baholash (CVM) [1-6]. Xorijiy tajribalar natijalari. Tadqiqot davomida qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan ekin еr maydonlarni iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda olib borilga baholash xaritalari bo‘yicha ishlarini o‘rganishga qaratildi. Ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri ularda mavjud tabiiy manbalardan oqilona foydalanishdir. Yer–ana shunday manbalarning asosiysidir. Yer haqidagi ma’lumotlarlardan foydalanish uning hosildorligini oshirish rejasini tuzishga,
59 so‘ngra еr sifatini pasayib ketishining oldini olishga yordam beradi. Yerlarni baholash xaritalari sifatida tanilgan kadastr xaritalari Yevropada XIII asrdan boshlab rasmiy tus ola boshlagan: Italiyada (XIII asr) – “catasto” atamasi paydo bo‘lgan, bu еr solig‘i uchun tuzilgan baholash ro‘yxati va xaritalarni bildiradi. Rossiya imperiyasida esa 1765-yilda “Generalnoe mezhevanie” loyihasi boshlanib, bu jarayonda har bir еr uchastkasi o‘lchovdan o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi qiymati va unumdorlik darajasi bo‘yicha xaritalar yaratilgan (Gerasimov, 1978). Markaziy Osiyoda (jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida) Amir Temur davrida ham еr solig‘i va hosil hisob-kitoblari uchun еr bahosi ro‘yxatlari yuritilgan, lekin ular hali to‘liq xaritalash shaklida emas edi. XIX asr o‘rtalarida Yevropa davlatlarida qishloq xo‘jaligi еrlarini bonitirovka (tuproq unumdorligi bo‘yicha balli baholash) asosida xaritalash boshlangan. 1860–1880-yillarda Germaniya, Avstriya va Rossiyada bonitet xaritalari ishlab chiqilgan — bu xaritalar har bir еrning sifati, tuproq turi va hosildorlik darajasini ko‘rsatgan. Rossiya imperiyasida 1910-yilda “ Земелънййе оcенки ” (yer bahosi xaritalari) yaratilgan, ular bugungi qishloq xo‘jaligi baholash xaritalarining ilk ilmiy namunalaridir. O‘zbekiston hududida qishloq xo‘jaligi baholash xaritalari (tuproq, еr sifati, ekin joylashuvi) Sovet davrining boshlarida, 1920–1930-yillarda shakllangan. 1924–1929-yillarda Toshkentda “O‘rta Osiyo tuproqshunoslik va geobotanika instituti” tashkil etilib, tuproq xaritalari va baholash kartalari ishlab chiqilgan. 1933-yilda “O‘zbekiston SSR еr kadastri” tashkil etilib, tuproq va agrobaholash xaritalari respublika miqyosida tuzila boshlandi. 1950–1980-yillarda Melioratsiya va еr tuzish institutlari tomonidan bonitet xaritalari, tuproq sho‘rlanish xaritalari, ekin joylashtirish xaritalari yaratildi. Mamlakatimiz boshqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi okeanlardan olis masofada joylashgan. Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jalik sohasiga bo‘lgan talabni ortishiga olib keladi va qishloq xo‘jalik еrlarini doimiy ravishda kuzatib borishni taqoza etadi. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan еrlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan еrlar hisoblanadi [1.1; 74-b.]. Ispaniya (Madrid mintaqasi) • GIS va MCDA asosida qishloq xo‘jaligi moslik indeksi tuzilgan [1]. • Yerlar yuqori (32%), o‘rta (41%) va past (27%) moslikka bo‘lingan [1].
60 • Eng yuqori moslik Tajo daryosi vodiysi hududida kuzatilgan [1]. Xitoy (Hubei provinsiyasi) • Noqishloq bosimga sezgirlik (NASI) va qishloq xo‘jaligi moslik indeksi (AFSI) ishlab chiqilgan [2]. • Yuqori moslikdagi еrlar 28,6%, o‘rta 46,3%, past 25,1% ni tashkil etadi [2]. • Model “Double Evaluation” yondashuvi bilan urbanizatsiya bosimi va ekologik moslikni birlashtiradi [2]. Kanada (AAFC modeli) • Sun’iy yo‘ldosh, GIS va mashinani o‘rgatish texnologiyalari integratsiyalangan [3,6]. • Har bir еr uchastkasi uchun Agro-Ecological Index (ALEI) va Land Dynamics Coefficient hisoblangan [3,6]. • 2000–2022 yillarda ekin maydonlari 7,8% ga qisqardi, sug‘oriladigan еrlar 12% ga oshdi [3,6]. Turkiya (Cankırı viloyati) • GIS asosida Land Value Index (LVI) ishlab chiqilgan [4]. • Yuqori qiymatli еrlar 26,8%, o‘rta 49,5%, past 23,7% [4]. • Natijalar xaritada real vaqt rejimida kuzatiladi [4]. Litva • Ekotizim xizmatlari va ijtimoiy qiymat yondashuvi (CVM) qo‘llangan [5,6]. • Fuqarolar yiliga o‘rtacha 45,6 еvro ajratishga tayyor [5,6]. • Eng yuqori qiymat estetik manzara va biologik xilma-xillik uchun berilgan [5,6]. Xulosa. • Qishloq xo‘jaligi еrlarini baholash zamonaviy sharoitda faqat ekologik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslanmasligi, balki ijtimoiy va urbanizatsiya bosimi ham hisobga olinishi kerak. • GIS, masofadan zondlash va ko‘p-kriteriyali tahlil xorijiy tajribada samarali qo‘llanilgan. • Ushbu yondashuvlar O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi еrlarini baholash va rejalashtirish tizimini modernizatsiya qilish imkonini beradi.
61 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. European Commission Joint Research Centre (JRC), 2022. Agricultural Land Suitability Analysis for Land Use Planning: The Case of the Madrid Region. Publications Office of the European Union. 2. Zhang, L., Chen, X., Li, J., 2021. Farmland Suitability Evaluation Oriented by NonAgriculturalization Sensitivity: A Case Study in Hubei Province, China. Journal Land, MDPI, Vol.10(4):488. 3. Agriculture and Agri-Food Canada (AAFC), 2023. National Agricultural Land Use and Monitoring Framework. Ottawa: Government of Canada. 4. Öztürk, A. & Erkan, B., 2022. Valuation Mapping of Rural Areas in Central Turkey: A Model Proposal. Open Access Journal of Waste Management & Xenobiotics. 5. Kovaite, K., & Vitunskas, D., 2019. Valuing Agricultural Landscape: Lithuanian Case Study Using a Contingent Valuation Method. ResearchGate, Vilnius University. 6. FAO, 2023. Spatial Land Valuation Models for Agricultural Development. Rome: United Nations Food and Agriculture Organization.