DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI ASOSIDA QURILISHDA KICHIK VA YIRIK BIZNES SUBYEKTLARINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik va yirik biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy o’sishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga ko’maklashish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan tashqi bozor segmentlariga chiqishni qo’llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, qurilishda kichik va yirik biznes subyektlari rivojlantirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlari o’rganildi.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 309 DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI ASOSIDA QURILISHDA KICHIK VA YIRIK BIZNES SUBYEKTLARINI RIVOJLANTIRISH Axmedova Nilufar Shuxratovna TAQU,“ Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasi v.b. professori, PhD Hajiboyeva Kamola Baxtiyor qizi TAQU, “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasi magistranti Annatatsiya: Mazkur maqolada qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik va yirik biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy o’sishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga ko’maklashish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan tashqi bozor segmentlariga chiqishni qo’llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, qurilishda kichik va yirik biznes subyektlari rivojlantirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlari o’rganildi. Kalit so’zlar: Qurilish sohasidagi kichik va yirik biznes, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, innovatsion texnologiyalar, qo’llab-quvvatlash mexanizmlar, qurilishda raqamli texnologiyalar. Аннотация: В данной статье разработаны механизмы создания благоприятных условий для динамичного развития малого и крупного бизнеса в строительной сфере, совершенствования деловой среды в регионах, содействия реализации новых бизнес-инициатив, стимулирующих экономический рост, а также поддержки выхода на внешние рыночные сегменты с конкурентоспособной продукцией. Кроме того, изучены механизмы государственной поддержки развития малых и крупных субъектов бизнеса в строительстве. Ключевые слова: Малый и крупный бизнес в строительной сфере, организационно-экономический механизм, инновационные технологии, механизмы поддержки, цифровые технологии в строительстве. Annatation: This article develops mechanisms aimed at creating favorable conditions for the rapid development of small and large businesses in the construction sector, improving the business environment in the regions, supporting the implementation of new business initiatives that stimulate economic growth, and facilitating entry into foreign market segments with competitive products. In addition, the study examines state support mechanisms for the development of small and large business entities in
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 310 the construction industry. Keywords: Small and large businesses in the construction sector, organizational and economic mechanism, innovative technologies, support mechanisms, digital technologies in construction. Kirish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qoʻllab-quvvatlashning “uzluksiz zanjirini” yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning yangi texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi boʻgʻini boʻlgan oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari yetarlicha yaratilmasdan qolmoqda. Moliya bozorida resurslarning yuqori foiz stavkalari saqlanib qolayotgan sharoitda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratishga, xususan tadbirkorlik loyihalariga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasini joriy etishga, kafillik yordamini taqdim etishni kengaytirishga ehtiyoj ortmoqda. Biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimida asosiy boʻgʻinlardan biri boʻlgan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakli tadbirkorlik subyektlariga yetarlicha yordam koʻrsatish, yangi xizmat turlarini joriy etish. Shuningdek, joriy yilning 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda Jamgʻarma faoliyatini jahon tajribasi asosida tashkil etish va tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha kompleks tizimni yaratish haqida nutq so’zladi. Tadqiqot maqsadi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini o’rgangan holda qurilishda kichik va yirik biznes subyektlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning nazariy masalalari chet ellik olimlardan A.Smit, J.B.Sey, R.Kantilon, A.Marshall, Y.Shumpeter, J.Keyns, R.Xizrich, M.Piters, F.Xayek, M.G.Lapusta, G.N.Vlasov, A.M.Jeltov va boshqalarning ilmiy ishlarida atroflicha tahlil qilingan. O‘zbekistonda KBXTni rivojlantirishning umumnazariy masalalari Y.Abdullayev, M.Boltabayev, U.G‘ofurov, A.Samadov, A.Yusupov, B.Xodiyev, T.Do‘stjanov, S.Salayev, N.Murodova, Q.Muftaydinov, A.Vahobov,
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 311 R.Xodjayev, B.Sanaqulova, A.Qulmatov U.Boymatova, I.Ibragimov, D.Sobirjonova, J.O‘rmonov4 va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida ko‘rib chiqilgan. Respublikamizda qurilish tarmog‘ini rivojlantirish va boshqarish, sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishning nazariy-uslubiy, amaliy masalalari olimlarimizdan R.Nurimbetov, A.Abdullayev, N.Axmedova, R.Gimush, L.Nosirova, M.Ziyayev, D.Xairova, I.Davletov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan. Yuqoridagi ilmiy-tadqiqot ishlarda aynan qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan masalalar tizimli ravishda yoritilmagan. Bu esa ushbu dissertatsiya ishidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflarning dolzarbligidan dalolat beradi. Tahlil va natijalar. Mamlakatimizda kichik va yirik biznes subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholining turmush tarzi yaxshilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrda “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF–193-son farmoni, 2025-yil 19-martda “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF–50-son farmoni doirasida Kichik va oʻrta biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga koʻmaklashish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan yangi tashqi bozor segmentlariga chiqishni qoʻllabquvvatlash maqsad qilingan. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllabquvvatlash instrumentlari va shartlari 1-Jadval. I. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari T/r Qoʻllabquvvatlash turi Ishtirokchilar Foydalanish muddatlari Alohida shartlar 1. Ustav kapitalga ulush kiritish 1. Loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat Kiritilgan ulush yetti yil davomida bozor Qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov oʻtkazish
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 312 yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa aktivlar koʻrinishida ulush kiritish. koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiruvchi oʻrta tadbirkorlik subyektlari: a) 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan. qiymatida realizatsiya qilinadi. orqali tanlab olinadi. Kompaniya ulush kiritilgan loyihalar boʻyicha muntazam ravishda monitoring olib boradi va konsultativ yordam koʻrsatadi, shuningdek, ushbu loyihalar haqida har oy oʻzining rasmiy vebsaytida maʼlumot joylashtirib boradi. Mazkur qoʻllabquvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga xizmatlar ipotekasi hamda kafillik yordami taqdim etilmaydi. Loyihalar yoʻnalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi. 2. Xizmatlar ipotekasi 2. Koʻchmas mulk va asbobuskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va quyidagi shartlarning biri asosida Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiruvchi oʻrta Yetti yil muddatgacha taqdim etiladi. Qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov oʻtkazish orqali tanlab olinadi. Mazkur qoʻllabquvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga “ulush kiritish” yordami taqdim etilmaydi. Yordam koʻrsatiladigan
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 313 tashabbuskorga berish: a) qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash; b) boʻlib-boʻlib toʻlash. tadbirkorlik subyektlari: a) 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan. loyihalar yoʻnalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi. 3. Kompaniya resurslari hisobidan kredit (lizing) ajratish 3. 1,5 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish. Kichik tadbirkorlik subyektlari. Tijorat banklari tomonidan kredit (lizing) yetti yil muddatgacha ajratiladi. Kompaniya tomonidan: milliy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar boʻyicha resurs Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlmagan stavkada; xorijiy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar boʻyicha resurs Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan stavkada joylashtiriladi. 4. 5 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish. Oʻrta tadbirkorlik subyektlari. 5. 500 million soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kichik tadbirkorlik subyektlari. Lizing kompaniyalari tomonidan lizing Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tashabbuskorning
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 314 Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qoʻshilgan stavkada lizing ajratish. besh yil muddatgacha ajratiladi. koʻrsatkichlari hamda loyiha yoʻnalishlaridan kelib chiqib ajratiladigan resurs miqdori va shartlari belgilana?i. Kompaniya tomonidan lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobiga ajratiladigan kredit (lizing)lar uchun Kompaniyaning boshqa moliyaviy yordami koʻrsatilmaydi. 6. 1 milliard soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qoʻshilgan stavkada lizing ajratish. Oʻrta tadbirkorlik subyektlari. 7. 300 million soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda mikromoliya tashkilotlarining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish. Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan kredit (lizing) uch yil muddatgacha ajratiladi. 4. Kafillik taqdim etish 8. 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Kichik tadbirkorlik subyektlari. Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 315 9. 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Oʻrta tadbirkorlik subyektlari. akkreditivlar muddatiga mos davrga. “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchisi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari. Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93son Farmoniga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi. 10. 800 million soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Kichik tadbirkorlik subyektlari. Lizing kompaniyalari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan lizinglar muddatiga mos davrga. Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi. 11. 1,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Oʻrta tadbirkorlik subyektlari. 12. 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar muddatiga mos davrga.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 316 13. 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish. Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari. Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga. Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi va kafillik 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi. 5. Tijorat banklari kredit (lizing)lari boʻyicha kompensatsiya taqdim etish 14. 3 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash. Faoliyat davri uch yilgacha boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlari. 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida quyidagilarga asosan davom ettiriladi: yangi ish oʻrinlarini yaratish rejasi bajarilishi; yillik realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) boʻyicha tushumning Kompensatsiya yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga taqdim etiladi. Kichik tadbirkorlik subyektlariga tashkil etilgan davridan qatʼi nazar kompensatsiya taqdim etiladigan yoʻnalishlar Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Kompensatsiya hudud toifasidan kelib chiqib taqdim etiladi. 15. 5 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash. Tashkil etilgan davridan qatʼi nazar kichik tadbirkorlik subyektlari. 16. 10 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar (lizinglar) boʻyicha foiz Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat Kompensatsiya Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 317 stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash. yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari. kamida 15 foizga oshishi. Oʻrnatilgan bazaviy meʼyorlar bajarilmagan taqdirda oʻtgan davr uchun kompensatsiya toʻlovi keyingi yilga oʻtkaziladi. valyutadagi kreditlarga 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilmaydigan moliyaviy yordamlar roʻyxati: • ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish; • nobank kredit tashkilotlari, lizing va sugʻurta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish; • savdo, umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish (bundan eksportoldi moliyalashtirish, “yashil” texnologiyalarni sotib olish va oʻrnatish mustasno); • aylanma mablagʻlarni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish, turizm va asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish bundan mustasno); • yengil va ilgari foydalanishda boʻlgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni taʼmirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari); • bino-inshootlarni sotib olish. 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasi. 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 200 milliard AQSH dollariga yetkazish, kambagʻallik darajasini 5 foizdan pastga tushirish hamda Oʻzbekistonni daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiritish boʻyicha barcha imkoniyatlar yetarli. Bugungi kunda 283,9 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar va 905,8 ming kichik va oʻrta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda, ushbu sohada 10,5 million aholi band (jami band aholining 74 foizi). 2024-yil yakuni boʻyicha yalpi ichki mahsulotning 54,3 foizi, sanoatning 32,4 foizi, eksportning 33,3 foizi kichik va oʻrta biznes subyektlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Uch yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan kichik va oʻrta biznes korxonalari ulushi 76