YANGI STRATEGIYA VA BARQARORLIK - TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY YO'NALISHIDIR
Full text
25 1 3 YANGI STRATEGIYA VA BARQARORLIK - TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY YO‘NALISHIDIR Xamidova Dilorom Muhitdinovna Xalqaro Innovatsion Universiteti, “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi o„qituvchisi NEW STRATEGY AND STABILITY ARE THE MODERN DIRECTION OF DEVELOPMENT Khamidova Dilorom Muhitdinovna International Innovation University Teacher of the Department of "Economics and Finance" НОВАЯ СТРАТЕГИЯ И УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ – СОВРЕМЕННОЕ НАПРАВЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ Хамидова Дилором Мухитдиновна Международный инновационный университет Преподаватель кафедры «Экономика и финансы» E-mail: yoldoshev[email protected] Orcid: 0009-0001-0251-3302 Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.17759017 Annotatsiya. Bugungi tez o„zgaruvchan va murakkab global sharoitda har bir davlat, tashkilot yoki korxona o„z oldiga qo„ygan maqsadlarga erishishda barqarorlik va yangicha strategik yondashuvlarni birlashtirgan holda harakat qilishi muhimdir. Bozor iqtisodiyotidagi raqobat, ekologik xavf-xatarlar, geosiyosiy beqarorlik va texnologik inqiloblar sharoitida faqat strategik fikrlaydigan va barqaror rivojlanishga e‟tibor qaratgan tizimlargina muvaffaqiyatga erisha oladi. Kalit so‘zlar: strategiya, barqarorlik, strategik yondashuv, innovatsion fikrlash, integratsiya, risk, tavakkalchilik, inson kapitali, ta‟lim, samaradorlik. Аннотация. В современной быстро меняющейся и сложной глобальной среде для каждой страны, организации или предприятия важно действовать таким образом, чтобы сочетать стабильность и новые стратегические подходы для достижения своих целей. В условиях конкуренции рыночной экономики, экологических рисков, геополитической нестабильности и технологических революций добиться успеха могут только системы, мыслящие стратегически и ориентированные на устойчивое развитие. Ключевые слова: стратегия, устойчивость, стратегический подход, инновационное мышление, интеграция, риск, принятие риска, человеческий капитал, образование, эффективность. Annotation. In today's rapidly changing and complex global environment, it is important for every country, organization or enterprise to act in a way that combines sustainability and new strategic approaches to achieve its goals. In the conditions of competition in a market economy, environmental risks, geopolitical instability and technological revolutions, only systems that think strategically and focus on sustainable development can succeed. Keywords: strategy, sustainability, strategic approach, innovative thinking, integration, risk, risk-taking, human capital, education, efficiency.
26 1 3 KIRISH. O‗zbekiston Respublikasi 2017—2021-yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 dan ortiq qonun va minglab Prezident qarorlari qabul qilindi [1]. Bu davrda milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash hamda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va hududlarni rivojlantirishga qaratilgan samarali choralar ko‗rildi [1]. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA ADABIYOTLARNING TAHLILI. Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy g‗oyalari ―O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasida ifodalangan bo‗lib, ular quyidagilardan iborat [2]: barqaror iqtisodiy o‗sish, ta‘lim va sog‗liqni saqlash tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, ekologik sharoitlarni yaxshilash, davlat boshqaruvining zamonaviylashuvi va xavfsizlikni ta‘minlash. Yangi strategiya uzoq muddatli barqarorlik, ijtimoiy mas'uliyat va ekologik xavfsizlikka yo‗naltirilgan yondashuvni o‗z ichiga oladi. Innovatsion fikrlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga integratsiya va inson kapitaliga sarmoya kiritish asosiy tarkibiy elementlardir [7,8]. Barqarorlik iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarni uyg‗unlashtirishni anglatadi. U iqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik darajasining nazoratda bo‗lishi, ijtimoiy farovonlik, ekologik muvozanatni saqlash kabi jihatlarni o‗z ichiga oladi. Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan ―O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasida quyidagi asosiy g‗oyalar aks ettirilganligi inobatga olingan: barqaror iqtisodiy o‗sish orqali daromadi o‗rtachadan yuqori bo‗lgan davlatlar qatoridan o‗rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‗liq javob beradigan ta‘lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta‘minlash[2].
27 1 3 Yangi strategiya deganda endilikda faqat qisqa muddatli foyda yoki o‗sish emas, balki uzoq muddatli barqarorlik, ijtimoiy mas'uliyat va ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga yo‗naltirilgan yondashuv tushuniladi. Yangi strategik yondashuvlar innovatsion fikrlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga integratsiyalash, inson kapitalaiga sarmoya kiritish kabi tushunchalarni o‗z ichiga oladi: Innovatsiyalarni boshqarish — bu amalda qo'llanilishi mumkin bo'lgan va muayyan ehtiyojlarni qondirishga qodir bo'lgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki texnologiya ko'rinishida mujassamlangan ijodiy faoliyatning yakuniy natijasidir. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, innovatsiya — bu iste'molchilarning ma'lum ehtiyojlarini qondirish uchun amaliy foydalanish maqsadida yangi g'oyalar va bilimlarni amalga oshirish natijasidir[8]. Bu nafaqat an‘anaviy yondashuvlardan voz kechish, balki mavjud muammolarga yangicha qarash, kutilmagan yechimlarni taklif qilish va bu orqali raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladigan yondashuvdir. Bugungi kunda sun‘iy intellekt, raqamlashtirish, avtomatlashtirish kabi texnologiyalar faqat vosita, ammo asosiy kuch — bu innovatsion fikrlashning o‗zida. Iinnovatsion fikrlash shunchaki texnologiyalarni qo‗llash emas, balki ulardan qanday samarali foydalanishni bilish, ularni ijtimoiy, iqtisodiy yoki ilmiy muammolar yechimiga yo‗naltirish sanaladi Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) integratsiya – iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy omillarni o‗zaro uyg‗unlashtirish, yaqinlashtirish natijasida barqarorlikka erishishdir. O‗zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy rivojlanish strategiyasiga integratsiya qilishi — islohotlarning xalqaro standartlarga mosligini va aholining farovonligini oshirishga qaratilganligini ko‗rsatadi. BRMlar orqali iqlim o‗zgarishiga moslashish, kambag‗allikni kamaytirish, ta‘lim va sog‗liqni saqlash sifatini yaxshilash kabi asosiy yo‗nalishlarda kompleks natijalarga erishish mumkin. Inson kapitaliga sarmoya kiritish ham iqtisodiy, ham ijimoiy barqarorlikka asos bo‗la oladi. Ta‘lim, sog‗liqni saqlash, malaka oshirish orqali inson resurslarini kuchaytirish. Inson kapitali — eng muhim resurs. Tabiiy resurslar, infratuzilma yoki texnologiyalar qancha kuchli bo‗lmasin, ularni boshqaradigan va rivojlantiradigan inson omili bo‗lmasa, ularning qiymati cheklangan bo‗ladi. Zamonaviy dunyoda bilimli, malakali, sog‗lom va kreativ insonlar — har qanday davlat yoki tashkilotning eng qimmat aktivi hisoblanadi. Barqarorlik – bu faqat iqtisodiy o‗sish emas, balki resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash, jamiyatda tenglik va ishonch muhitini
28 1 3 yaratish demakdir. Bunday yondashuv bugungi va kelajak avlod manfaatlarini inobatga oladi. Barqarorlik quyidagi asosiy yo‗nalishlarda namoyon bo‗ladi: Iqtisodiy barqarorlik – inflyatsiya, ishsizlik, tashqi qarz va valyuta kursining nazorat ostida bo‗lishi. Ijtimoiy barqarorlik – aholi farovonligi, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy himoya tizimining kuchliligi. Iqtisodiy barqarorlik – makroiqtisodiy muvozanat garovidir. Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham boshqa ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‗sishiga erishish, raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, moliyaviy resurslarni ko‗paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish choralari ko‗zda tutilgan[7]. Strategiya beshta ustuvor yo‗nalishni qamrab oladi: har bir insonga o‗z salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish; barqaror iqtisodiy o‗sish orqali aholi farovonligini ta‘minlash; suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; qonun ustuvorligini ta‘minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; ―xavfsiz va tinchliksevar davlat‖ tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish. Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‗rsatkichlariga erishish mamlakatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun ustuvor vazifa deb e‘lon qilindi[9]. Inflyatsiya, ishsizlik, tashqi qarz va valyuta kursining nazorat ostida bo‗lishi – bu faqat raqamlar emas, balki xalqning hayot sifatiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan omillardir. Masalan: Inflyatsiya past bo‗lsa, aholining real daromadi yemirilmaydi, tadbirkorlik uchun barqaror muhit yaratiladi. Ishsizlik darajasining nazoratda bo‗lishi, yoshlar va aholining boshqa qatlamlari uchun bandlik imkoniyatlarini bildiradi. Tashqi qarzning oqilona boshqarilishi – iqtisodiy mustaqillikni saqlash va investorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Valyuta kursining barqarorligi esa import-eksport balansiga, narxlar barqarorligiga va sarmoya jalb qilishga bevosita ta‘sir qiladi Ekologik barqarorlik – atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish, yashil energetikani rivojlantirish.
29 1 3 Shuningdek, inson huquqlarini ta‘minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‗yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‗llabquvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta‘minlash bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rildi. Iqtisodiyotda ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pulkredit siyosati puxta o‗ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur‘atlar bilan o‗sishini, inflyatsiyani prognoz ko‗rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta‘minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi[4]. NATIJALAR. So‗nggi yillarda O‗zbekistonning asosiy strategik hujjatlari — ―O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasi va Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi — barqaror rivojlanishni ta‘minlashga qaratilgan [2]. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi ishlar kengaytirilib, uning hajmi va samaradorligi oshirilmoqda. Ta‘lim va mehnat bozorini zamonaviylashtirish natijasida kadrlar tayyorlash sifati yaxshilandi [5]. Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti ustuvor yo‗nalishni o‗z ichiga oladi, ulardan biri ma‘naviy taraqqiyot va ijtimoiy adolatni ta‘minlashdir. Strategiyada iqtisodiy barqarorlik, qonun ustuvorligi, ekologik muhofaza va xavfsizlikka ham alohida e‘tibor qaratilgan [6,7]. MUNOZARA. O‗zbekistonning barqaror rivojlanish yo‗nalishidagi strategiyasi iqtisodiy o‗sish bilan birga ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlikni ham ta‘minlashga intiladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, inson kapitaliga sarmoya kiritish, innovatsion boshqaruvning kuchayishi mamlakatning global bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan birga, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash davlat boshqaruvida ochiqlik va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini talab qiladi [3,4,9]. XULOSA. Yangi strategiya va barqarorlik zamonaviy taraqqiyotning asosiy omillaridir. Ular bir-birini to‗ldiradi va integratsiyalashgan holda mamlakatlar, tashkilotlar va
30 1 3 jamiyatlarning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta‘minlaydi. O‗zbekiston ushbu yondashuvni samarali amalga oshirish orqali o‗zining xalq farovonligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‗lida dadil qadamlar tashlamoqda.. Adabiyotlar: 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. 2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son ―O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasi to‗g‗risida‖. 3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2022-2026-yillarga mo‗ljallangan Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida. 4. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ to‗g‗risida 07.02.2017. 5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-sonli farmoni ―Raqamli O‗zbekiston – 2030‖ strategiyasiga muvofiq. www.lex.uz 6. Saidov A.X. Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasi: ―Davlat – jamiyat – inson‖ tamoyilidan ―Inson – jamiyat – davlat‖ tamoyiliga o‗tilmoqda, 2022 y. 7. Surin А.V., Molchanova О.P. Innovatsion boshqaruv, 2008. 8. https://parliament.gov.uz/deputies/ruzmetov-abdulla-sadullayevich 9. https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/12/stratery/